Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 145,5 Kb.
bet2/6
Sana12.06.2022
Hajmi145,5 Kb.
#657252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Anvarova Zilola. HO\'AT Kurs ishi

II. Asosiy qism:
2.1. Sonning ma’nosi va grammatik belgilari.

Sonlar mustaqil ma’noli tobe so‘zlardan iborat bo‘lib, predmetning miqdorini va tartibini ko‘rsatadi, qancha? necha? nechanchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Son otga bog‘lanib, uning sanog‘ini, miqdorini (ikki talaba, besh bola, o‘nta daftar kabi) va otga bog‘lanmagan holda mavhum miqdor tushunchasining nomini ( uch bilan to‘rt yetti bo‘ladi kabi ) bildiradi.


Sonlar harflar bilan yoziladi yoki arab raqami bilan ko‘rsatiladi.
Miqdor tushunchasi juda mavhum bo‘lgani sababli, uni ifodalovchi so‘z ham mavhum xususiyatga ega. Son shu xususiyati bilan boshqa so‘z turkumlaridan farq qiladi. Masalan, besh, o‘n ikki, yigirma uch kabi sonlar alohida olinganda, faqat mavhum miqdor tushunchasinigina ifodalaydi. Sonning ma’nosi u biror narsa nomini bildirgan so‘z bilan bog‘langandagina aniqlanadi: beshta olma, yettita kishi kabi.
Bir sonidan katta barcha sonlar otning ko‘plik shakliga xos bo‘lgan birdan ortiqlik, ko‘plik tushunchasini aniqlab ifodalashga xizmat qiladi. Bunday sonlar bilan birikkan ot o‘zbek tilida ko‘plik yasovchi –lar affiksini olmaydi. Chog‘ishtiring: Talabalar keldi - to‘rt talaba keldi. Son har vaqt sanalishi mumkin bo‘lgan predmetlarni anglatgan otlar bilan qo‘llanadi, ularni miqdor jihatidan aniqlab keladi.3
O‘zbek tilida sonlar quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Son boshqa so‘z turkumlaridan yasalmaydi, uning son yasovchi affikslari ham yo‘q. Binobarin , son turkumi so‘z yasalishi sistemasiga ega emas.

  2. Sonning ma’no turlari va modal shakllari uning o‘ziga maxsus affikslar qo‘shish bilan yasaladi: bitta, o‘ntacha, uchov.

  3. Son o‘ziga turlovchi affikslarni qabul qilmaydi, sifatlovchi olmaydi, aksincha, o‘zi otning sifatlovchisi bo‘lib keladi. O‘ray desam... Ikki qo‘lim bo‘shmi, Ona Mahshargacha endi xayr-u xo‘shmi Ona?! (H. Xudayberdiyeva “Tishsiz odam faryodi”).

  4. Son miqdor tushunchasining nomini anglatadi va otlashganda kelishik, egalik affikslarni qabul qiladi, ot bajargan vazifalarda keladi: O‘n besh uchga kasrsiz bo‘linadi.

  5. Son narsa miqdorini turli tomondan aniqlash uchun sanoq bildiruvchi so‘zlar- numerativlar bilan ham qo‘llanadi: U sir tutar dil dog‘ini, Sezmas gulni, qiyog‘ini. Sizmas ikki dilyorini, O‘pmoqqa zor soylar bor. (H.Xudayberdiyeva “Qitmir yulduz yetaklasa”). Sangzor charx uradi, jilg‘alari jo‘sh, Ketsam ko‘nglim shunda qolayotganday. Boqsam tog‘ boshidan ikki archa qo‘sh , Bir-bir bosib tushib kelayotganday. (H. Xudayberdiyeva “ Baxmal”).

O‘zbek tilida sonlar birlik, o‘nlik, yuzlik, minglik sistemasida qo‘llanadi, ya’ni avval birdan o‘ngacha sonlar (birliklar) ayrim so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Keyin har qaysi o‘nlikning o‘ziga xos nomi bor. Yuz , ming shu so‘zlar bilan ifodalanadi. O‘nliklar orasidagi miqdor o‘nlik nomiga birlik soni qo‘shib tuziladi. Undan keyin minggacha yuz ichidagi sonlar qaytariladi. Sonning shu tariqa ifodalanishi birlik, o‘nlik, yuzlik, minglik sistemasini tashkil qiladi. Bu sistemaning qismlari qat’iy tartibga bo‘ysunadi. Bu sistemadi jami son bildiruvchi 20 ta so‘z (million, milliard so’zlaridan tashqari) bo‘lib, ular juda katta miqdorlarni ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Sonlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Sodda son bir o‘zakdan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilida sodda sonlar quyidagilar: bir , ikki , uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million, milliard.
Bulardan sakson, to‘qson, oltmish, yetmish sonlari tarixan yasama (sakkiz+o‘n, to‘qqiz+o‘n, olti+mish, yetti+mish) bo‘lsa ham, hozir ular birikib, ajralmas sodda holga kelgan. Sodda sonlar boshqa xil sonlarni hosil qilish uchun asos bo‘ladi.
2. Qo‘shma son bir miqdor tushunchasini anglatuvchi ikki va undan ortiq sonlardan iborat bo‘ladi: o‘n ikki, o‘n to‘rt, bir yuz yigirma kabi. Qo‘shma sonlarda avval katta sonning miqdori va uning o‘zi, undan so‘ng kichikroq son o‘z miqdori bilan keladi: bir ming yetti yuz sakson olti (1786) kabi.
3. Juft sonlar ikki sonning o‘zaro tenglashish yo‘li bilan bog‘lanishdan yasaladi va taxminiy miqdor ma’nosini anglatadi: to‘rt-besh, besh – olti, qirq-ellik kabi.
Ikki sonning o‘zaro teng bog‘lanishida kichikdan kattaga tomon bittadan (bir-ikki, ikki-uch , yetti – sakkiz kabi), beshtadan ( besh-o‘n, o‘n-o‘n besh, yigirma- yigirma besh kabi).
4.Takroriy sonlar bir xil o‘zaklarning takrorlanishidan hosil qilinadi: ikkita-ikkita, uchta-uchta: Bir-bir sinib bitdi qovirg‘alarim, Endi ket!(H.Xudayberdiyeva „Endi ket”). Son gapda asosan sifatlovchi vazifasida keladi: Bir gul yanglig‘ ochilarman nur qo‘ynida, Kim ham bilsin, so‘kilgan dil choklarimning bitmog‘ini. (H.Xudayberdiyeva „Men sen bilan xayrlashgan tun”).
Sonlar otlashganda va abstrak son tushunchasini ifodalaganda, gapda ega, to‘ldiruvchi, kesim va qaratuvchi vazifalarini bajaradi:
Sonning sintaktik xususiyatlari: 1) doim otlar bilan birga qo‘llanadi; 2)
sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so‘zlarni o‘ziga tobe qilib kelmaydi; 3)
sonlar ot oldida aniqlovchi bo‘lib kelganda, u bilan birikib yaxlit bir bo‘lak
vazifasini bajaradi: Uch dugona kelishyapti; 4) son va sifat aniqlovchi bo‘lib
kelganda, oldin son keyin sifat keladi: ikkita chiroyli kuylak. 5) sonlar gapda
ko‘pincha aniqlovchi va kesim vazifasida keladi.
Sonlarda quyidagi xususiyatlar ham mavjud: 1) omonimlik: yuz (son) – yuz (chehra), uch (son) – uch (harakat), qirq (son) – qirq (harakat), yigirma (son) – yigirma (harakat); 2) sinonimlik: bir – yakka, ikki – juft; 3) paronimlik: yetti –yetdi.
Gapda ot bog‘langan ot tushib qolishi mumkin. Bunday holda son otlashadi.
Otlashgan son xuddi otlarga o‘xshab egalik, ko‘plik va kelishik qo‘shimchalarini oladi: Beshga, uchni, ikkimiz, ikkinchilar..



Download 145,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish