126
Kompyuter lingvistikasida rus va ingliz tillari bo‗yicha ikki tilli
tezaurusni yaratish ISO 5964-1985 Xalqaro standartining asosiy me‘yoriy
nizomlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan GOST 7.24-2007
Davlatlararo standarti talablariga asosan bajariladi va u ko‗p tilli axborot-
qidiruv tezaurusini qurishning asosiy talablari va tuzilmalarini, tarkibini
belgilab beradi.
Tezaurus atamalari manbasini aks ettirish
Tezaurusga kiritilgan atamalarning muhimligini tasdiqlash va
tezaurusdan foydalanish tajribasi bilan tanishtirish maqsadida har bir
termin uchun uning manbalari, ya‘ni ushbu termin uchraydigan yoki
ifodalanadigan matnli hujjatlar yoki matnli hujjatlar to‗plami
bilan
bog‗lanish belgilanadi. Buning uchun ikki munosabat xizmat qiladi:
manba
– matnlar to‗plami bo‗lsa, terminning manbada takrorlanish
darajasini ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan ―...da uchraydi‖ bog‗lanishi va
ushbu atama manbaning predmetga oid yo‗riqnomasida yoki glossariy
(biror tekstdagi notanish, tushunilishi qiyin so‗zlar lug‗ati)da uchrashi bu
atamaning muhimligini ko‗rsatuvchi unga bo‗lgan ishonchning oshishini
belgilovchi ―hujjat qismlarida uchraydi‖ bog‗lanishidir. Izoh-ta‘riflar bilan
ta‘minlangan deskriptor-atamalar manba bilan ―...da ta‘rif beriladi‖
munosabati yordamida bog‗lanadi.
Tezaurusda manbalar nomlanishi,
bibliografik izoh, til, tur (kitob,
monografiya, ilmiy maqola, hujjatlar to‗plami, darslik, lug‗at, tezaurus,
internet-manbalar, matnlar to‗plami va b.), internet tarmog‗idagi manzil va
qisqa ta‘rif, matnlar to‗plami uchun esa qo‗shimcha ravishda matnlar soni
va so‗zlar qo‗llanishi namoyon bo‗ladi.
Tezaurusni
elektron
manba
sifatida
ifodalash
maqsadida
ma‘lumotlarning ikki darajali ombori (saqlash joyi) ishlab chiqiladi, uni
ishlab chiqish va ilova qilish sifatida esa – tezaurus muharriri yaratiladi.
Birinchi darajada terminlararo belgilanadigan tezaurus maqolalari
sxemasini, turlarini va munosabatlarining
xususiyatlarini, shuningdek,
atamalar manbalarining ta‘riflari va ularning izohlarini belgilovchi
tezaurus tuzilmasi turadi. Tezaurus tuzilmasining yaratilishi tezaurus
muharririning maxsus bo‗limida amalga oshiriladi. Jumladan,
bunda
atamalar sinfi va atamalar manbalarining turlari, shuningdek, munosabatlar
to‗plami, ularning xususiyatlari belgilanadi. Vaholanki, munosabatlarning,
nafaqat ularning argumentlari turini va munosabatlarning sonini cheklash
vazifalarini ko‗rsatish yo‗li bilan amalga oshiriladigan tuzilmali
xususiyatlari, balki rasmiy xususiyatlarini ham belgilash mumkin.
127
Atamalarni, ularning izohlarini va manbalarini yuklash, shuningdek,
ular o‗rtasida aloqa o‗rnatishda tezaurus muharriri
tilshunos-ekspertlar
uchun qulay interfeys yaratib beradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, atamalar
ta‘riflarini, manbalar va ular o‗rtasidagi bog‗lanishlarni kiritish yoki tahrir
qilish tugallanishi bilan tezaurus foydalanuvchilariga veb-interfeysi orqali
yangi axborotlarni ko‗rish imkoni yaratiladi.
Tezaurus muharriri veb-ilova sifatida amalga oshiriladi va ro‗yxatga
olingan iste‘molchilarda internet orqali foydalanish imkoni mavjud
bo‗ladi. Taqsimlangan jamoa bo‗lgan holda ishlab chiqishni ta‘minlash
maqsadida tezaurus muharririda turli darajadagi ekspertlar huquqini
himoya qiluvchi vakillar saqlanadi. Bu mexanizmga ko‗ra
faqatgina eng
yuqori daraja ekspertlari tezaurus tuzilmasini tahrir qilishlari mumkin,
boshqa darajadagi ekspertlar esa faqatgina uning tarkibi - mazmunini
(atamalarning ta‘rifi va manbalarni) tahrir qilishlari mumkin. Bunda
quyidagi cheklovlar mavjud: ikki ekspert (foydalanuvchi) bir vaqtning
o‗zida aynan bir maqolani (yoki manba ta‘rifini, yoki atamani) tahrir qila
olmaydi.
Bundan tashqari, lug‗at manbasini faqatgina muallifning o‗zi
tahrir qilishi mumkin, degan yondashuv ham mavjud. Agar ekspertlardan
biri boshqa birovning atamasiga qo‗shimcha yoki umuman o‗zgartirish
kiritmoqchi bo‗lsa, muallif bilan kelishib olishi mumkin va buni elektron
tezaurusda ilova sifatida keltirilgan maxsus forum orqali amalga oshirishi
mumkin.
Tezaurus matnli hujjatlarni indekslash (kodlash) va qidirishda
foydalanish uchun fan sohasining yaxlit va bir-biriga zid bo‗lmagan
tushunchalar tizimini ifodalashi lozim. Bu atamalar muharririga kiritilgan,
tezaurus tushunchalari tizimining mantiqiy yaxlitligini ta‘minlovchi va
chiqarib beruvchi mexanizmlar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning
vazifasi tezaurus muharririda aksioma va cheklovlar
sifatida ifodalangan
tezaurus munosabatlari ta‘riflariga asoslanadi.
Jumladan, ushbu xususiyatlar asosida tezaurus atamalari o‗rtasidagi
maqbul bog‗lanishlar o‗rnatish hodisasi yuz beradi, zaruriyat tug‗ilganda
esa ular avtomat tarzda qo‗shimcha qilinishi yoki o‗chirib tashlanishi
mumkin. Bundan tashqari, ularning u yoki bu sinflarga mansubligiga ko‗ra
tezaurus atamalari o‗rtasidagi u yoki bu bog‗lanishlar mavjud bo‗ladi va
ularning soniga nisbatan bo‗lgan cheklovlar tartibga solinadi. Masalan,
agar sal avvalroqda ko‗rilgan ―Qara‖ munosabatiga qaytuvchi munosabat
(sinonim) keltirilgan bo‗lsa va mavjud munosabatlar cheklangan bo‗lsa
(ushbu turda har bir askriptor atama uchun faqat birgina bog‗lanish
bo‗ladi), u holda
Do'stlaringiz bilan baham: