127
Atamalarni, ularning izohlarini va manbalarini yuklash, shuningdek,
ular o‗rtasida aloqa o‗rnatishda tezaurus muharriri tilshunos-ekspertlar
uchun qulay interfeys yaratib beradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, atamalar
ta‘riflarini, manbalar va ular o‗rtasidagi bog‗lanishlarni kiritish yoki tahrir
qilish tugallanishi bilan tezaurus foydalanuvchilariga veb-interfeysi orqali
yangi axborotlarni ko‗rish imkoni yaratiladi.
Tezaurus muharriri veb-ilova sifatida amalga oshiriladi va ro‗yxatga
olingan iste‘molchilarda internet orqali foydalanish imkoni mavjud
bo‗ladi. Taqsimlangan jamoa bo‗lgan holda ishlab chiqishni ta‘minlash
maqsadida tezaurus muharririda turli darajadagi ekspertlar huquqini
himoya qiluvchi vakillar saqlanadi. Bu mexanizmga ko‗ra faqatgina eng
yuqori daraja ekspertlari tezaurus tuzilmasini tahrir qilishlari mumkin,
boshqa darajadagi ekspertlar esa faqatgina uning tarkibi - mazmunini
(atamalarning ta‘rifi va manbalarni) tahrir qilishlari mumkin. Bunda
quyidagi cheklovlar mavjud: ikki ekspert (foydalanuvchi) bir vaqtning
o‗zida aynan bir maqolani (yoki manba ta‘rifini, yoki atamani) tahrir qila
olmaydi. Bundan tashqari, lug‗at manbasini faqatgina muallifning o‗zi
tahrir qilishi mumkin, degan yondashuv ham mavjud. Agar ekspertlardan
biri boshqa birovning atamasiga qo‗shimcha yoki umuman o‗zgartirish
kiritmoqchi bo‗lsa, muallif bilan kelishib olishi mumkin va buni elektron
tezaurusda ilova sifatida keltirilgan maxsus forum orqali amalga oshirishi
mumkin.
Tezaurus matnli hujjatlarni indekslash (kodlash) va qidirishda
foydalanish uchun fan sohasining yaxlit va bir-biriga zid bo‗lmagan
tushunchalar tizimini ifodalashi lozim. Bu atamalar muharririga kiritilgan,
tezaurus tushunchalari tizimining mantiqiy yaxlitligini ta‘minlovchi va
chiqarib beruvchi mexanizmlar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning
vazifasi tezaurus muharririda aksioma va cheklovlar sifatida ifodalangan
tezaurus munosabatlari ta‘riflariga asoslanadi.
Jumladan, ushbu xususiyatlar asosida tezaurus atamalari o‗rtasidagi
maqbul bog‗lanishlar o‗rnatish hodisasi yuz beradi, zaruriyat tug‗ilganda
esa ular avtomat tarzda qo‗shimcha qilinishi yoki o‗chirib tashlanishi
mumkin. Bundan tashqari, ularning u yoki bu sinflarga mansubligiga ko‗ra
tezaurus atamalari o‗rtasidagi u yoki bu bog‗lanishlar mavjud bo‗ladi va
ularning soniga nisbatan bo‗lgan cheklovlar tartibga solinadi. Masalan,
agar sal avvalroqda ko‗rilgan ―Qara‖ munosabatiga qaytuvchi munosabat
(sinonim) keltirilgan bo‗lsa va mavjud munosabatlar cheklangan bo‗lsa
(ushbu turda har bir askriptor atama uchun faqat birgina bog‗lanish
bo‗ladi), u holda
Do'stlaringiz bilan baham: