Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy



Download 320,5 Kb.
bet6/11
Sana20.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy

ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar

o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til

orqali namoyon bo’ladi. Jamiyki ezgu

fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi,

ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.

Ona tili bu millatimizning ruhidir.

Islom Karimov.
Kirish

Uslubiyat – nutqning eng yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, me’yor qilib belgilaydi. Nutqning turli uslubiy qatlamlarida qo’llanadigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko’ra uslubiyat so’z san’ati ifoda vositalari haqidagi alohida bir fandir.

Ana shu fan haqidagi tushunchalarimizni boyib borishida tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning xizmati beqiyosdir. Ularning katta mehnati tufayli o’zbek tilining ko’pgina sohalarida qat’iy me’yorlar belgilanadi, til birliklarining aloqa jarayonidagi insoniy namunalari tavsiya etiladi. Til taraqqiyotidagi ko’pgina masalalar ilmiy- nazariy asosga qo’yiladi. Masalan, dastlab o’zbek tilida tasviriy vositalar, ko’chimlar bo’yicha hal qilinadigan masalalarga e’tibor qilinar edi. Keyinchalik bu sohalardan biriga aylanib bordi. Bu soha bo’yicha tilshunoslik va adabiyoshunoslikda qator asarlar yaratildi.

Tilshunos olimlarimizdan ulug’ ustozlarimiz R.Qo’ng’urov, E.Begmatov, A.Rustamov, M.Sodiqova, B.Yo’ldoshev, S.Karimovlar doktorlik dissertasiyalarini; I.Shukurov, Sh.Shoabdurahmonov, M.To’ychiev, R.Suvonova, D.O’rinboeva va A.Pardaevlar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilganlar.

Uslubiyat tilimizning jozibadorligini, barqarorligini va eng muhimi, tinglovchiga manzarani yaqqol tasvirlab berishini ta’minlaydi.

Badiiy asar tiliga bag’ishlangan va uslubiyat nuqtai nazaridan bajarilgan ilmiy ishlar ichida tasviriy vositalar, ma’no ko’chishining turli yo’llari tadqiq etilgan tadqiqotlar bizning e’tiborimizni tortadi. Ayniqsa, metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi tasviriy vositalar va o’xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi o’ziga xos xususiyatlarni ochib berish ham mas’uliyatli, ham qiziqarlidir.

Biz yashayotgan dunyo so’nggi yillarda nihoyatda o’zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqealar ro’y berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanladi, rivojlanishning o’zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zaruriyati dunyoqarashini tubdan o’zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirishni taqazo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Islom Karimov to’g’ri takidlaganlari kabi: “Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu jamiyatda tilshunoslik bo’ladimi, tarix, falsafa, siyosashunoslik bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod fani bo’ladimi barchasi ularning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega”1

Tilshunoslik, ya’ni lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo’lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o’rganadi.

Til – bu ijtimoiy hodisa, u kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo’lib, jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun ham tilning kishilik jamiyatidagi roli beqiyosdir.

Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo’lgan til va uning muhim xususiyatlari haqida turli tushunchalar, fikrlar va nazariyalar vujudga kelgan.

Ba’zi olimlar tilni hayvon, o’simlik kabi jonli narsalarga o’xshatib tabiatdagi tirik organizm deb tushungan va shunday deb da’vo qilishgan. Ular til tirik organizm singari, tabiat qonunlariga itoat qilgan holda tug’iladi, o’sadi, taraqqiy qiladi, eskiradi, eng oxirida esa o’ladi, deb tushunganlar. XIX asrning o’rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan bu nazariya tilshunos olimlarning diqqatini o’ziga jalb qiladi, tilni tirik organizm deb tushunish ancha kuchayadi.

Kishilar til orqali bir-birlari bilan munosabatda bo’ladilar, bir-birlariga fikr va istaklarini etkazadilar. Demak, til tafakkur bilan chambarchas bog’liq bo’lib, tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo’lmagandek, tafakkursiz til o’z ifodasini shakllantira olmaydi Tafakkur bilan tilning, aniqroq qilib aytganda, fikr bilan so’zning o’zaro munosabati juda murakkab jarayondir. Til faqat kishilarga xos bo’lganidek, tafakkur ham kishilargagina xos bo’lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan bog’liqdir.

Ammo bunda tafakkur bilan tilni aynan bir xil narsa deb tushunish xatodir. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni, fikrni ma’lum bir shaklga solib, so’zlar, so’z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi.

O’zining boy tarixi va katta lug’at boyligiga ega bo’lgan o’zbek tili o’z navbatida nutqiy jarayonda qo’llanishning ham bitmas tuganmas imkoniyatlariga ega. O’zbek tilining hozirgi taraqqiyot bosqichi uning barcha yaruslarida tasviriy stilistik imkoniyatlarining kengligidan dalolat beradi. Ta’lim jarayonida uning ana shu stilistik resurslar bilan tanishtirib borish, ulardan nutqiy jarayonda foydalanish sirlarini o’rgatish, fanni o’qitish oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.

Ammo bu stilistik resurslar o’zbek tilining barcha qatlamlarida bir xil emas. Birida oz, ikkinchisida ko’p darajada. Masalan, leksik yarusdagi stilistik imkoniyatlarni fonetik vositalardan talab qilib bo’lmaydi. Ammo tasviriylikning oz yoki ko’p bo’lishidan qat’iy nazar ularning barchasi muhim bir vazifaga , nutqning to’g’ri, aniq, mantiqiy, ta’sirchan, xullas, mukammal bo’lishiga xizmat qiladi. Shu yo’l orqali funksional jihatdan farq qiladigan nutq uslubi o’zaro bog’liqlikda, aniq ifoda bilan hamda tarixiy shakllangan va an’anaviy muomala muhiti bilan aloqada bo’lgan tilning barcha sathlarida so’zlashishning alohida akslari shaklida amalga oshiradigan vositalar bilan yaratiladi. Nutq ta’sirchan, aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi uchun undan foydalanuvchi tilning stilistik resurslarini va me’yorini yaxshi bilishi lozim.

O’zbek tili badiiy uslubining shakllanishi uzoq davrlarga borib taqaladi. Xususan, “Devoni hikmat”, “Qutadg’u bilig”, “Hibbat – ul haqoyiq”, “Qissai Yusuf”, “O’g’uznoma”, “Hisrav va Shirin”, “Muhabbatnoma” singari adabiy-tarixiy yodgorliklardan axtarish lozim bo’ladi. Alisher Navoiy o’zbek adabiy tili bilan bir qatorda uning badiiy uslubi ham yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Badiiy uslubning hozirgi mavqei uning o’zbek tili funksional uslublari doirasida allaqachon shakllanib bo’lganidan dalolat berib turibdi.2

Badiiy uslublarni to’laqonli tasavvur qilishimiz uchun zarur yana bir muhim tomoni uning shakllanishidagi yozuvchi shaxsi masalasidir. Yozuvchining so’z ustida ishlashi – bu uning ijod jarayonida matnni qayta-qayta ko’zdan kechirish voqeaning, obrazning tasvir va bayonning ta’sirchan turlicha variantlarini ishlatish, so’zlarni qarama-qarshi yoki ma’nolarda qo’llash ana shu ijodiy ter to’kishning mahsuli hisoblanadi. Muallif neologizmlari ham ana shu zahmatlar tufayli paydo bo’ladi.

Badiiy uslubda yaratilgan nazmiy va nasriy asarlarda badiiy tasvir vositalarining qo’llanishi, ularda qushlar nomi bilan bog’liq ko’chimlar alohida o’rin egallaydi. Bu esa she’riyatda ko’proq uchraydi.

Metonimiya, metafora, sinekdoxa va o’xshatish kabi badiiy tasvir vositalari, badiiy uslubning matnlarida o’zining joziba va ta`sirchanligi bilan ajralib turadi, ko’proq qo’llaniladi. Shuning uchun men ham malakaviy bitiruv ishimning mavzusini “Qushlar nomi bilan bog’liq tasviriy vositalar va ularning uslubiy xususiyatlari” deb nomladim va izlanishlar olib bormoqdaman. Mening bu mavzuni ishlashimdan maqsadim hozir sevimli yozuvchilarimdan Abdulla Oripov eng hurmatga sazovor shoir, mustaqil O’zbekistonning madhiyasini juda maromiga keltirib yozgan, uni o’qiganda yuraklar jumbushga keladigan satrlaridan mazmun-ma’no sachrab turibdi. Yana shu yil shoirning 70 yillik yubelieni keng jamoatchilik butun O’zbekiston nishonlamoqda. Bundan tashqari boshqa barcha yosh shoirlarning ijodiga murojaat etdim va etarlicha misollar to’pladim. Qushlar nomi bilan bog’liq tasviriy vositalar juda ko’p uchraydi. Ularning tahlil talqini II bobda o’z ifodasini topadi.

– Jahon tilshunosligi taraqqiyot tarixini ko’zdan kechirish, undagi eng qimmatli lingvistik an’analarni rivojlantirish muayyan sabablar bilan bog’liq:

– Tilshunoslik yutuqlariga nisbatan bo’lgan lingvistik munosabatga barham berildi;

– Strukturalizm va uning ko’rinishlariga ijodiy yondashish vujudga keldi;

– Hozirgi zamon tilshunosligi ko’pgina hal qilinmagan muammolarni o’rganish uchun o’tmish tilshunosligi yutuqlarini tanqidiy nuqtai nazardan ko’zdan kechirish zarurligi amaliy jihatdan isbotlandi.

Tilshunoslik tarixi shundan dalolat beradiki, linvistik nazariyalar taraqqiyoti eng muhim falsafiy oqimlar rivojiga antik davrdan to shu kunga qadar asosan mos keladi.

– tilshunoslikni jahon madaniyat va sivilizasiyasining muhim boy qismi sifatida o’rganish;

– tilshunoslik g’oyalari, muammolari oqimi, maktabi va yo’nalishlarini tavsiflashda umuminsoniy va milliy qadryatlarning uyg’unligi tamoyiliga amal qilish;

- xilma-xil tilshunoslik ta’limoti va turli qarashlari bir butunligining ifodasi sifatida talqin etish;

- mavzularni aniq sharoit jarayonlar bilan bog’liq tavsiflash ularni ifodalashda dalil va misollarga tayanish;

- har bir mavzuni istiqlol va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq holda tushuntirishga erishdi.3

Keyingi paytlarda o’zbek tilining taraqiyyoti, adabiy til normalari, badiiy so’z mas’uliyati, so’zning badiiy nutqdagi ustuvor o’rni kabi masalalarga jiddiy e’tabor qilinmoqda. Bu o’rinda nuqsonlar-u, yutuqlar davr ruhiga mos ravishda oshkora, dangal aytilmoqda. Tilshunosligimizning eng muhim va qiziqarli sohalaridan biri bo’lgan uslubiyat ham yildan-yilga ilmiy ishlar bilan boyib, ko’pgina yutuqlarga erishmoqda. Uslubiyatning vazifasi jonli nutqimizning rang-baragligini, bo’yoqdorligi va nozikdorligini mukammal ifodalash, uning milliy xususiyatlarini ochib, nutqimizning barcha boyliklarini tinglovchiga etkazishdir. Uslubiyat o’zbek tilshunosligida, badiiy adabiyotning obrazlarini hayotiy yutuqlarini mukammal yuzaga chiqaruvchi asosiy vositadir.

Ona tilimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, o’tmishda ham turk tili nomi bilan atalib kelgan o’zbek tili oltoy tillar oilasiga mansubdir. Oltoy tillar oilasi uch guruhdan iborat:

Fin- ugor tillar guruhi;

Manjur –tungus tillar guruhi;

Mo’g’ul –turkiy tillar guruhi.

O’zbek tili mana shu mo’g’ul-turkiy tillar guruhidan bo’lib, undagi turkiy tillardan biridir. Tillarning rivojlanishi ham jamiyat va tabiatning rivojlanishi, harakat qilishi va o’zgarishi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu jamiyatimiz qonunidir.

“Tilning tirikligi xalqning mavjudligidir. Tilsiz xalq yo’q. Til va xalq, jon ila tan. Bular qaror topgan va himoya qilingan tuproq O’zbekiston diyorimizdir”.4

O’zbek tili haqidagi qonun sof o’zbek tilimizning jaranglashiga imkon beradi. Ko’pdan kutilgan bu qonun jonli tilimizda yanada ravnaq topishi, boyishiga va e’tibordan chetda qolib ketishi, so’zlashuv nutqidan chetda qolib ketgan va zanglay boshlagan so’zlarni yana muloqotga kiritdi. Masalan, ota-ona so’zining bir necha nomi bor: padar, buzruk, buzrukvor; ona – volida, oyi, aya, opa, onaxon, ocha kabilar. Bizning tilimiz so’zga boy til, faqat bular o’rniga qarab ishlatilishi lozim.

Ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy va uning zamondoshlari tili ham arxaik tilga aylanib bordi. Natijada ilk bor o’zbek tiliga asos solgan adibning so’zlarini adabiy tilimiz boyligi lug’atga singdirildi. Xuddi shunday Lutfiy, Bobur, Nodira, Uvaysiy, Furqat va Muqimiy asarlarini juda ko’p nodir so’zlariga izohlar berildi, lug’atlar tashikil etildi.

O’zbek tili ma’noviy nutqiy ravonligi, musiqiyligi bilan vujudimizga singib ketadigan tilki, bu huquqni doimo himoya qilmog’imiz kerak. Bu bizning oldimizdagi farzimiz va qarzimizdir.

Hozirgi davr tilshunosligida har bir til hodisasi va til qonuniyati shakl va ma’no munosabatini e’tiborda tutib, ular mutanosibligi hisobga olingan holda tadqiq etilmoqda. Nomutanosib kelish sabablari ochib berilmoqda. Har qanday adabiy til ma’lum xalqqa xos bo’lgan adabiy tilning leksik boyligi, fonetik va grammatik qurilishi asosida yaratiladi. Badiiy adabiyot tili ham adabiy til materiallaridan, qonun- qoidalaridan, uslubiy me’yorlaridan, rang-barang bo’yoqlaridan unumli oziqlanadi.

Umumxalq tilining lug’aviy-iboraviy xususiyatlarini hisobga olmay turib, badiiy adabiyot tilini o’ziga xosligini anglab bo’lmaydi. Uslubiyatning vazifasi jonli nutqimizning rang-barangligi, bo’yoqdorligi va nozikliklarini mukammal ifodalash, uni milliy xususiyatlarini ochib, nutqimizning barcha boyliklarini tinglovchiga etkazishdir.

Keyingi yillarda uslubiyat sohasida ham qator muvaffaqiyatlarga erishildi. Jumladan, bizning fakultetimiz ustoz olim o’qituvchilaridan R.Qo’ng’urov, B.O’rinboyev, S.Karimovlar doktorlik; T.Qurbonov, T.Jo’rayev, R.Suvonova, Sh.Maxmadiyevlar nomzodlik dissertasiya mavzularini uslubiyatga bag’ishladilar.



Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish