Bitiruv ishining maqsad va vazifasi. O`zining boy tarixi va katta lug`at boyligiga ega bo`lgan o`zbek tili o`z navbatida nutqiy jarayonda qo`llanishining ham bitmas tuganmas imkoniyatlariga ega. O`zbek tilining hozirgi taraqiyot bosqichi uning barcha yaruslarida tasviriy stilistik imkoniyatlarining kengligidan dalolat beradi. Ta’lim jarayonida uning ana shu stilistik resurslar bilan tanishtirib borish, ulardan nutqiy jarayonda foydalanish sirlarini o`rgatish, fanni o`qitish oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |