Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


I BOB BADIIY ASARLARDA QUS’HLAR OBRAZI (ORNITONIMLAR) VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI



Download 320,5 Kb.
bet7/11
Sana20.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
I BOB

BADIIY ASARLARDA QUS’HLAR OBRAZI (ORNITONIMLAR) VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Uslubiyat tilshunoslikning eng qiziqarli sohalaridan bo’lib, o’zbek tilshunosligida badiiy adabiyot tili muammolarini yechishda, badiiy tasvir vositalarini asarlarda namoyon bo’lish xususiyatlarini tobora oydin tasavvur qilishga ko’maklashmoqda.

So’z san’ati, ifoda vositalari haqidagi alohida bir fandir.

Badiiy asar tiliga bag’ishlangan va uslubiyat nuqtai nazaridan bajarilgan ilmiy ishlar ichida tasviriy vositalar, ma’no ko’chishining turli yo’llari tatqiq etilgan tadqiqotlar bizning e’tiborimizni tortadi. Ayniqsa metafora, metonimiya, sinekdoxa, o’xshatish kabi tasviriy vositalarning ma’lum bir ijodkor asarlari tilidagi o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishi ham mas’uliyatli va qiziqarlidir.

Biz bugungi kichik tadqiqotimizning mavzusini ko’chimning bir turi bo’lgan metonimiyaga bag’ishladik.

Metonimiya – grekcha so’z bo’lib, boshqacha nom berish degan ma’noni bildiradi va so’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslanadi. Agar metaforada bir-biriga o’xshash narsalar belgilari ko’chirilsa-da ikki narsa bir-biri bilan qandaydir aloqada bo’lsa ham, umuman o’zaro farqlanuvchi narsalari, belgilari chog’ishtiriladi, ko’chiriladi.

Metonimiya narsalarning nomini boshqa narsalarga o’tkazish etti xil ko’rinishlarga ega ekanligini keyingi boblarda kuzatamiz.

Qushlar nomi bilan bog’liq badiiy tasvir vositalarining shoir she’riyatidan misollar tahlili bilan isbotlaymiz. Bu borada 50-60 dan ortiq misollarni kartochka qilaman va ularning tahlili bitiruv ishimda o’z ifodasini topadi.

O’zbekiston mustaqillikning 20 yillik dovonidan mislsiz muvaffaqiyatlar bilan o’tmoqda. Bu muvaffaqiyatlarning zalvorli salmog’i, hech bir istisnosiz, hayotimizning barcha sohalarida – iqtisodiyotda ham, ijtimoiy hayotda ham, ma’rifat- ma’naviyatda ham tarozi pallasini ro’y-rost bosib turibdi. Ana shunday muvaffaqiyatlarning eng mustahkamlaridan biri, shubhasiz, shuki, xalqimizning aqliy va ruhiy dunyosining oynasi, dunyolarga bermaydigan bebaho boyligi bo’lgan, ammo asrlar davomida qizil va qancha ranglardagi istibdod iskanjasida to’lg’onsa-da, badiiyatning betakror bo’stonini bunyod etmoqqa tuganmas kuch topgan tilimiz – o’zbek tili o’zining erkin taraqqiyot o’zaniga hadiksiz va hormay odimlamoqda. Tilimiz qorong’u kechadan kunduzga ko`chdi. Istiqlol tufayli, me`mori bo’lgan Yurtboshimiz tufayli o’zbek tili o’z nufuzi va obro’yini tikladi.

Bugun O’zbekistonda Yurtboshimiz rahnamoligida benihoya xolis va odil til siyosati shakllangan, bu siyosatni hayotga joriy qilish borasida ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qisqa vaqt ichida o’zbek alifbosi va imlosi isloh qilindi, o’zbek tilini ilmiy tadqiq qilish va o’qitish ishlari mustaqillik davri talablariga javob beradigan darajaga keltirildi. Endilikda mana shu tarixiy o’zgarishlarni, bu boradagi yutuq va tajribalarni umumlashtirmoq hamda galdagi ustuvor vazifalarni bajarmoqqa yeng shimarib kerishmoq, jadal harakat qilmoq lozimdir. Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning 16 yillik mustaqillik taraqqiyot yo’liga bag’ishlangan ma’ruzasida shunday degan edi: - “Shuni ta’kidlash kerakki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo’lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o’zligimizni anglash, toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko’z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha yo’qligini afsus bilan aytishga to’g’ri keladi”.5

Mana shunday jiddiy tahlil qilinmagan mavzulardan biri – o’zbek tili va tilshunosligining mustabit tuzum davridagi ahvoli, o’zbek tilining erkin taraqqiyoti yo’lida olib borilgan kurashlar, o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning qonun bilan mustahkamlanishi, mustaqillik davrida mamlakatimizda olib borilayotgan til siyosati, o’zbek tilshunosligining rivoji uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar tufayli tilimizning yanada takomil topayotgani, bu borada amalga oshirilgan va amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar haqida bugun o’ylashimiz kerak.

Til odamga tabiat in’om qilgan bebaho ne’mat, uni mahluqot to’dasidan insoniyat rutbasidagi oliy sinf o’laroq ayirgan qudratdir. Bu oliy sinfning aql va ko’ngil mulki ayni shu tilga ko’ra munavvardir. Bashariyatning necha ming yilliklar mobaynida to’plagan butun aqliy va hissiy tajribalari ayni shu tilga ko’ra salomat saqlanib keladi. Til faqatgina muloqot quroli emas, u inson ruhiy-ma’naviy dunyosining fikr va betakror tirgagidir. Shuning uchun ham, tilsiz muhabbat, sadoqat, e’tiqod kabi bir qator tushunchalar tirgaksiz qoladi, shuning uchun ham tilga muhabbasiz Vatan, el muhabbati muallaqlashadi. Buni ulug’ bobkalonimiz Alisher Navoiy ko’p va xo’p ta’kidlagan, uning – “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz” degan hikmatli so’zi ayni shu fikrlarning qaymog’idir.

Alisher Navoiyning teran tafakkuri va bepoyon badiiy matn mahsuli bo’lmish benazir so’z durdonalarini namoyon etuvchi ulkan qomusdir. Shuning uchun ham, Prezidentimiz aytganidek, “Ona tiliga muhabbat, uni ulug’lash, beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ong-u tafakkurimizga, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib kelgan”.6

O’zbek xalqi o’z tilini qalbidagi tengsiz gavhar, tabiat in’om qilgan qutlug’ ne’mat sifatida asrlar davomida ardoqlab, saqlab, uning boyishi, rivoji uchun qayg’urdi va kurashdi. Bu o’rinda Yurtboshimizning quyidagi fikrlarini eslash o’rinlidir: “…Ajdodlarimiz o’z nasllarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas sharq falsafasi, milliy qadryatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida tilimizni, dilimiz va dinimizni, o’zbekning o’zligini har tomonlama asrab-avaylab, barkamol avlodlarni voyaga yetkazdilar.

Bunday fazilatlar asl e’tiborga ko’ra bizning zahmatkash xalqimizga munosibdir va bu bilan har qancha g’ururlansak arziydi”.7

O’zbeklarning asrlar davomida o’z ona tiliga bo’lgan hurmati haqida, o’zbek tilining takomili, o’ziga xos uslubiy-funksional, kommunikativ imkoniyatlarini kengaytirish haqida ro’y-rost gapirish, teran ilmiy tadqiqotlar olib borish, uning lug’aviy terminologik tizimi, imlo qolidalari va alifbosiga oid nuqsonlarini bartaraf qilishga qaratilgan harakat uni rus tilidan yuqori qo’yishga intilish, umuman, unga qarshi harakat deb baholanar edi. Birgina misol, 1981-yilda “Buxoro haqiqati” gazetasining bir sonida O. Safarovning “Qaysi ko’chada yashaysiz?” nomli maqolasi e’lon qilingan va unda Buxoro shahridagi ba’zi ko’chalarning tarixiy nomlari rus tiliga noo’rin, asossiz tarjima qilinayotgani (masalan, “Qarchig’ay” – “Ptichaya”; “To’pxona” – “Strelkovaya” kabilar) tanqid qilingan. Muallif bunday nomlarni ruschalashtirmasdan, milliy shaklini saqlash kerakligi, chunki bunday toponimlarda Buxoroning tarixi aks etganligini ta’kidlaydi. U shubhasiz nomshunoslik nazariyasi nuqtai nazaridan haqli edi, chunki toponimlar, odatda, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinmaydi, ammo o’sha davrda bu maqola rus tiliga qarshi harakat deb baholangan.

Xulosa qilib aytganda, qiyin sharoitda ham o’zbek tilshunosligi imkoniyat darajada rivojlandi, o’zbek tilining lug’aviy, fonetik, semantik, grammatik xususiyatlari, uslubiy imkoniyatlari, tarixi haqida tadqiqotlar olib borildi. “Hozirgi zamon o’zbek tili” (1956), “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (1966), “O’zbek tili grammatikasi” (1975), “O’zbek dialektologiyasidan materiallar” (1960), “O’zbek shevalari leksikasi” (1966), “O’zbek tilining izohli lug’ati” (1981) kabi fundamental tadqiqotlar yaratildi. Endilikda tilga olingan tadqiqotlar nafaqat o’zbek tili va tilshunosligi, balki o’zbek xalqining ilmiy – ma’naviy boyligiga aylandi.

Badiiy matnda qushlar nomi bilan bog’liq tasviriy vositalar ham ko’p uchraydi. Ayniqsa, nazmiy asarlarda metafora, metonimiy va qushlar nomi bilan bog’langan tasviriy vositalar, sinekdoxalarga misollar topish mumkin.

Metonimiya nomdoshlanuvchi va nomdoshlovchi narsa o’rtasidagi aloqadorlikka xos bo’lib, M. Mirtojiev aytganidek bu hodisani alohida bir ma’no ko’chishi hodisasi deb hisoblash mumkin.8

Ko’chma ma’no hosil qilinganda nomdoshlovchining nomdoshlanuvchiga nisbatan munosabati nazarda tutiladi, ko’chma ma’no hosil qiluvchi hodisa tobelik deyiladi. M.Mirtojiev o’z asarida bunday so’zlardan bir necha misollar keltirgan.

Masalan: “Qiz degani qushlarning onasi bo’lur” – gulshan so’zi “go’zal oila”, she’riyatdagi gul obrazi “jahon”, “g’uncha” – jononning labi va boshqalar. Demak, bu misollarda ko’chma ma’no berilgan, ya’ni aniq bir jonli yoki jonsiz narsa boshqa narsaning nomini ifodalagan. Bunday ifodalanish ular o’rtasida yaqinlik, o’xshash xususiyatlarga asoslangan.

Gulshan – yaxshi ochilgan gulzor, qiz ko’chma ma’noda gul, demak, gul gulshanda bo’ladi, gulshanni bezaydi. Endi ochilishga saylanayotgan, qizillik belgisi ko’rinadigan g’uncha labga o’xshaydi. Bu yaqinlik ko’chma ma’no egallab, asrlar davomida qizlar labining ta’rifi sifatida qo’llanilgan.

Jonli va jonsiz narsalar o’rtasidagi yaqinlik, o’xshashlik xususiyati bilan bog’langan ko’chma so’zlar A. Oripov poeziyasida ko’p uchraydi. Bu o’rinda shuni ta`kidlash kerakki, badiiy tasvir vositalari haqidagi manbalarda ba’zan va metaforani ajratolmaslik holatlari bor. Buning boisi ular o’rtasidagi yaqinlikdir. Metafora va metonimiya poetik ko’chim bo’lib, buni o’xshashli (metafora), ikkinchisi o’xshashsiz (metonimiya). M.Shaxzodaning “Kapitan Gastello” balladasida shunday satrlar bor:

Sher yurakli bu lochin,

Qoqib qanot-qulochin.

Quzg’unlardan asradi,

Elning xotin-xalojin.

Metafora ta’rifi berilgan qo’llanmalardan bu parcha shunday ta’riflanadi: “… bunga o’xshagan narsa (Kapitan Gastello) o’rnida o’xshatilgan narsa (lochin) qoldirilgan. Yoki fashistlar o’rnida quzg’unlar deyilgan”

Bu manbada quzg’unlar ham metafora hodisasi, deb ko’rsatilgan. Bizningcha bu to’g’ri emas. Chunki “lochin”da o’xshashlik, quzg’unda yaqinlik tushunchasi bor. Demak, quzg’unlar metafora emas, mtonimiya hodisasidir. Nega? Lochin metafora ekanligiga sabab u ikki qanotli, Gastello ham ikki qanotli “temir qush” – samalyotda uchadi. Ana shunday uchishdagi o’xshashlik lochin bilan Gastelloni qiyoslashga, Gastelloning lochindek shiddatli harakatini tasvirlashga asos bo’ladi.

Quzg’unlar esa fashist nomini ifodalashda yaqinlikka asos bo’lgan. Masalan: “uloq janda”, “sarhush kalla” hosil qilgandagi yaqinlikdek, quzg’unda ham yaqinlik bor. Bu yaqinlik ularning xususiyatida, fashist – odam dushmani, quzg’un –jonivorlar kushandasi. Sharq olimlarini “majozi mursal” deb atashgan. Hozirgi qo’llanmalarda ham u majoz deb yuritiladi. Masalan: R. Qo’ng’urov o’z tadqiqotlarida shunday aytadi va misollar keltiradi: tong – quvnoqlik, yoshlik; tun – baxsizlik simvoli.

Demak, simvolda ham bir narsa nomi o’ziga xos xususiyatlarga ko’ra boshqa nomda ifodalangan.

Biz yuqoridagi fikrimizdan kelib chiqib, agar yaqinlik xususiyati bilan ko’chirilgan nomlarni metafora yoki simvol deyishdan ko’ra , ya’ni majoz deb atashni o’z kuzatishimiz sifatida taqdim etdik. A. Oripov poeziyasidagi qushlar, hayvonlar nomlari orqali berilgan ko’chimlarda shunday xususiyatlar mavjud. Bizningcha masalani bunday qo’yish sharqona – “majoz”, “majozi mursal”ni anglashga, evropa tilshunosligida metonimiyani “boshqacha nom berish” ta’rifiga mos tushadi.

A.Oripov she’riyatida qushlar nomi bilan bog’langan metonimiyalar keng o’rin tutadi. Chunonchi, bulbul, sa’va, qaldirg’och, kaptar, qarg’a, burgut, to’ti, lochin, boyqush kabi qushlar poetik matnda shoirning g’oyaviy niyatini ochishga xizmat qilgan.

Sharq she’riyatida qushlar nomi hodisasi sifatida rang-barang mazmunni ifodalagan tasvirlar mavjud. Klassik poeziyada gul – janon, g’uncha – uning labi ma’nosini berganidek, bulbul – oshiq, to’ti – o’zganing fikrini o’g’irlovchi, lochin – chaqqonlik, botirlik; boyqush – yomonlik, inson hayotida mudhish kun kelishidan darak beruvchilar obrazi sifatida keng tasvirlangan. A. Oripov ham o’z she’riyatida bunday vositalardan o’rinli foydalanadi. Hamda o’zining g’oyaviy-badiiy niyatini ochishga erishadi.

Bulbul. A. Oripov poeziyasida bulbul dastlab an’anaviy mazmunni ifodalagan.

Bulbulga dard qayda, gul yo’qsa agar…

(Munojot. Ishonch ko’priklari, 67-bet.)

Bu matnda bulbul oshiq obrazini ifodalagan. Gul esa ma’shuqadir. A.Oripov “bulbul” obrazidan ko’pchilik o’rinda shoir, hayotini kuylovchi ijodkor ma’nosida foydalanadi:

Bulbulni quvlamang dostonlarimizdan…

(Ishonch ko’priklari, 94-bet)

Xo’ja Hofiz devonida bulbul sayrar siz uchun.

Bulbul obodlik, go’zallikning belgisi sifatida ko’rinadi:

“Bulbullar ham ketdi bundan ko’zlarin yoshlab”

(Munojot. Ishonch ko’priklari, 42-bet.)

Bu matnda shoir Buxorodagi Minorai Kalon yodgorligining xarobaga aylangan davrlarini ko’rsatishda shundan foydalangan. Bulbul bu o’rinda ilmli, fozil, dono kishilarning nomiga aylangan.

Kaptar. Bu nom poeziyada do’stlik, tinchlik, ikki dilni va mamlakatni bog’lovchi vosita sifatida ko’p qo’llanilgan. A. Oripov undan o’zga yor etagini tutgan, boshqa bilan donlashgan ma’shuqaning nomi sifatida foydalanadi:

Qaysidir go’shada bo’lmishdir g’oyib,

Bir zamon qo’limdan uchgan u kaptar.

(Munojot. Ishonch ko’priklari, 52-bet.)

Burgut. She’riyatda tajavuzkor kuchning nomidir. A.Oripov ham bu nomdan shunday ma’noda foydalangan. Shoir “Begonalik” she’rida yovuzlikdan ezgulikning yiroq yurishini burgut va tovushqon misolida ifodalashga erishadi:

Burgut panjasini erdan uzgan on,

Tovushqon qochadi butazor tomon.

( Ishonch ko’priklari, 146-bet.)

Ikkinchi matnda esa burgut yovuzlik timsoliga aylangan mamlakatning nomini ifodalaydi:

Qo’sh kalla burgutga tutqun Rossiya,

Ardoqlay bilmagan hatto o’z ishqin!

(Ishonch ko’priklari, 109-bet)

Bu satrda “qo’sh kalla burgut” Chor Rossiyasining nomi. Bu davlat gerbini ifodalash asosida hosil bo’lgan. Bu satrlar rus xalqining Pushkin, Lermontov kabi talantli shoirlari yashagan davrni ochishga xizmat qiladi.

Lochin. Bu nom oliy sifatli, shuhratli, jasoratli va shijoatli odamlar guruhini ifodalashga xizmat qilgan. Shoir “Bahor” she’rida yozadi:

Joy olmish o’zga bir suyukli daho,

Beqiyos edi u sher – lochin.

(Ishonch ko’priklari, 109-bet)

Bu matnda lochin she’riyatning ulkan dahosi ma’nosini ifodalagan. Shoirning o’zi eslatma berganidek, Maqsud Shayxzoda nazarda tutilgan. Yoki boshqa bir matnda esa lochin fazogir, osmon ilmini ochuvchi kishining nomi bo’lib keladi:

Yulduzni ko’zlagan lochin ham talay…

(Ishonch ko’priklari, 189-bet)

Sor. Badiiy adabiyotda lochinning sinonimi tarzida ham qo’llaniladi.

A.Oripov she’riyatida sordan ham bahodir, o’ktam, el-yurt tashvishlari bilan yonib yashayotgan kishilarning nomini ifodalashda foydalanadi:

O’tgan yo’llaringga tashlasam nazar,

Qayrilmas qanotli sorlaring border…

(Ishonch ko’priklari, 52-bet)

To’ti. Bu obraz sharq she’riyatida o’zgalarning gapini, she’rini o’ziniki qilib olgan shaxslar nomini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: Sayfi Saroyidagi bir masnaviydagi shoirlar uch guruhga – bulbul, qarg’a, to’tiga bo’linganda shu mazmun ifodalangan.

A.Oripov “Ona tilimga” she’rida to’ti nomini metonimiya tarzida qo’llar ekan, ana shu an’anaviy tasvir yo’lidan boradi:

Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz,

Men ham to’ti bo’lib qolaman…

(Ishonch ko’priklari, 58-bet)

Demak, bu matnda to’ti o’z tili va fikri yo’q inson ramzidir.

Quzg’un. Bu nom badiiy adabiyotda yomonlikning belgisi sifatida tasvirlangan. Unda birovning joniga, hayotiga xavf soladigan kishi nomi ifodalanadi. A.Oripov “Ikar” she’rida ham ana shu tamoyilni saqlaydi. Shoir tarixda odamlar bir-birining joniga qasd qilishi voqealarini tasvirlar ekan, shunday yozadi:

Birovin jigarin cho’qib quzg’unlar,

Birovi o’tlarda yongan beomon…

(Ishonch ko’priklari, 281-bet)

Bu matnda quzg’unlar sifatida tarixda yashagan buyuk zotlarni qatl ettirgan, o’tda yondirgan hukmdor shaxslarning nomidir.

Qarg’a. Sharq she’riyatida qarg’a sifatida ko’pchilik hollarda bulbulga, ya’ni ovozi yoqimli, talantli shoir bilan dag’al ovozda kuylovchi ijodkor, talansiz shoirlarni qiyoslashda qo’llanilgan. Umuman qarg’a poetik matnda noxushlik, ko’ngilsiz hodisalarning darakchisi hisoblanadi. A.Oripov “Ranjkom” dostonida qushlarning bu turi nomidan ham ko’chma ma’noda foydalangan:

Hech ajabmas, shonu-shuhrat tashlasa,

Mahallaning chumchug’idan tortib qarg’asi...

Ma’lumki, A.Oripovning “Ranjkom” dostoni mamlakatda demokratiya, erkinlik shamollari esayotgan yillarda yaratilgan (1988). Shoir demokratik va erkinlik tushunchalarini noto’g’ri tushunadiganlar ustidan kular ekan, chumchuq va qarg’a nomlariga katta ijtimoiy mazmun yuklaydi. Matnda mahalla nomi ham ko’chma ma’noga ega bo’lib, unda biz hayotni tushunamiz. Demak, hayotda lochinlar, burgutlar, bulbullar va boshqa qushlar mavjud. Biz ramziylik nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, biz sanagan qushlar insonlarning hayotdagi o’rni va shon-shuhratini belgilaydi, lekin hayotda hech bir foydali mehnat bilan shug’ullanmaydigan, ammo shon-shuhratga talabgor kishilar ham yo’q emas. Biz keltirgan matnda shoir chumchuq va qarg’a nomida ana shunday kishilarning qiyofasini keltiradi.

Boyqush. Badiiy adabiyotda boyqush inson hayotining musibatli kunlarining hamrohi sifatida tasvirlangan. Shu sababli ham uning poetik matndagi timsoli yomonlikning belgisi sifatida ko’rinadi. A. Oripovning “Qo’riqnoma” she’rida yozadi:

Ezgu, latif hislar bo’lmasin tahqir,

Bulbulni boyqushga topshirmoq…

Bu matnda shoir bulbul va boyqush obrazlari orqali ijtimoiy mazmunni ifodalagan. Bulbul – gulshanda, boyqush – xarobada sayraydi. Demak, metonimiya hodisasi sifatida bulbul yaxshi, go’zal hayotning kuychisi, boyqush – g’am, kulfat targ’ibotchisi va kishisidir. Bulbulni boyqushga topshirish yaxshi hayotni zillatli insonni g’am – kulfatlar iskanjasida ezishdir.

Hazrat Alisher Navoiyning “Lison ut-Tayr” dostonida qushlar safari timsolida inson kamolotining etti bosqichi haqida so’z yuritiladi: talab, ishq, ma’rifat, istig’no, tavhid, hayrat, faqru fano. Dostonning maxsus bobi “Ma’rifat vodiysining vasfi” deb nomlangan. Bob quyidagi baytlar bilan boshlanadi:

Ma’rifat vodiysin ondin singra bil,

Dashti bepoyonlig’in nazzora qil.

Kimki bu vodiyg’a bo’ldi muttasif,

Topti anda hollarni muxtalif.

Vodiydir yuz tuman ming onda yo’l,

Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul.

Ixtilofi juzv ila kull mundadir –

Kim, taraqqiyu tanazzul mundadur.

Ma’rifat vodiysini “dashti bepoyon” ga qiyoslangan hazrat Navoiy unda “holler muxtalif” ekanini ta’kidlar ekan, “vodiydur yuz tuman, ming onda yo’l” deya odamlarning ma’rifiy darajasi turlicha bo’lishiga ishora qiladi. Ulug’ shoirning “juzv ila kull” – bo’lak va butun, taraqqiy va tanazzul ixtilofi haqidagi fikrlari buni tasdiqlaydi.

Mazkur bob davomida bayon etilishicha, bu vodiyda “yuz tuman rahrav” (yo’lovchi) ni ko’rish mumkin. Pashsha ham, fil ham, jibril ham yo’lda. Muso-yu, Fira’vn, Mahdi-yu, Dajjol, Ahmad va Abu Jahl ham rahrav. Shunday bo’lg’ach, ulug’ shoir ta’biri bilan aytganda: “Muxtalif bo’lmay ne bo’lsin munda ish” .

Ushbu mulohazalari tasdig’i uchun hazrat Navoiy hadis mazmunini keltiradi:

Mundin aytibdur nabu rahbar –

Kim, ulusqa Haq sari bo’lsa safar.

Istasang yo’l hasratig`a addu had,

Xalq anfosi bila teng bil adad.

Ya’ni haqqa eltuvchi yo’llar soni xaloyiqning nufuzu bilan barobar. Boshqacha aytganda, ma’rifati darajasiga ko’ra, har bir odam o’z yo’lini to’g’ri deb biladi. Ular o’rtasidagi ixtilofning sababi ham shunda. Tanlangan yo’llari egri yoki to’g’ri, yaqin yoxud yiroq, ko’prigi durd (quyqa), ozrog’i sof bo’lsa-da, aslida hammasining maqsadi, to’g’rirog’i, da’vosi bir haqiqat.

Gar suluk atrofida tag’yir edi,

Maqsadi lekin borining bir edi.

“Ma’rifat vodiysining vasfi” dan keyin hazrat Navoiy bir hikoyat keltiradi. Unda yozilishicha, bir necha ko’zi ojiz kimsalar ma’lum muddat musofirlik sababmi, asir tushibmi, Hindistonda bo’ladi. Taqdir inoyati bilan o’z yurtlariga qaytib kelganida bir kishi ulardan so’raydi: “Filni ko’rdilaringmi?” ko’rlar tasdiq ishorasini qiladi. Haligi kishi, filni chindan ham ko’rganingizga dalil keltiring, deydi.

Tabiiyki, ular filni ko’rmagani, u haqda so’rab ham olmagan edi. Ko’rlarning har biri filning qaysi a’zosini paypaslagan bo’lsa, shungagina asosalnib javob bera ketadi. Oyoqlarini silab ko’rgani fil – bu “sutun” desa, qornini paypaslab ko’rgani “besutun” deya javob qiladi. Xartumini ushlab ko’rgani filni ajdahoga, tishlariga qo’li tekkani uni suyakka tenglaydi. Quyrug’ini silagani ilonga, boshiga qo’l urgani qiyaning tumshug’iga, qulog’ini ushlagani esa elpig’ichga qiyoslaydi.

Garchi ko’rlarning so’zi fil haqida emas, uning muayyan a’zolari xususida ekanini bilsa-da, “pilbonlig’ shevasida ustod” bo’lgan hakimi komil ularning so’zini rad etmaydi.

Dedi: “har bir ulcha voqif erdilar,

Pil holidin nishone berdilar”

Qissadan hissa shuki, ma’rifatda komil bir maqomga erishmagan kishi bamisoli o’sha ko’rlarning holiga tushadi. O’zi “ushlagani”nigina haq deb bilib, boshqalar bilan ixtilofga boradi, munozara qiladi.

Hayot – insonga chinakkam ma’rifatga, kamolotga erishmoq uchun berilgan imkon. Har holda mutafakkir ajdodlarimiz shunday deb hisoblagan. Kamolga erishmay, “jahondin notamom o’tmak” ni hazrat Navoiy bamisoli hammomga kirib nopok chiqishga mengzaydi. Kamolga erishmoqning esa asosiy sharti – ma’rifat.

Keyingi asrlarda “ma’rifat” so’zi ko’pincha “ilm-ma’rifat” tarzida juft qo’llana boshladi. Bu uning “bilish, tanish” ma’nolari jihatidan ham mantiqqa muvofiq. Binobarin, ilmsiz chinakkam ma’rifatga erishib bo’lmasligi ma’lum. Istiqboli yorug’ bo’lishini istagan har bir millat avlod kamolini hayot-mamot masalasi deb bilmog’i darkor.

Ta’lim- tarbiyaga berilayotgan bugungi e’tibor zamirida ham shu haqiqat yotadi. Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida kadrlar tayyorlash milliy dasturi dunyoga keldi. Albatta, ilm degani, ma’rifat degani faqat qarorlar, farmonlar bilangina egallanmaydi. Bu boradagi mavjud muammolar millatning har bir vakili, mamlakatning har bir fuqarosi jon kuydirmasa, natija kutilgan darajada bo’lmasligiga dalildir.

Mana bugun biz mustaqilmiz. Ilm olish uchun bolalarimizda hamma imkoniyat bor. Bu imkoniyatdan etarli darajada foydalanayotganlar ham bisyor. Lekin baribir yoshlarimizning aksariyatida ilmga muhabbatimni o’sha o’zimda bir vaqtlar sezganimday baland shavqni ko’rayapman. Bolalarimiz qalbida ilmga so’nmas rag’bat uyg’otishimiz kerak!”9

Qushlarning ramziy poetikasi Sharq adabiyoti tarixida alohida o’rinni egallaydi. Qushlarning obrazi ayrim she’riy misralarda majoziy tasvir uchungina emas, hatto yirik ramziy asarlarning yaratilishiga ham asos bo’lgan. Bu jihatdan Fariduddin Attorning “Mantiq ut-Tayr”, Alisher Navoiyning “Lison ut-Tayr”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” kabi asarlari ahamiyatlidir. Qushlar poetikasi turkiy xalqlarning qadimgi yodnomalari hamda “Devonu lug’otit turk”, “Qutadg’u bilig” kabi yirik asarlarida ham ma’lum g’oyaviy maqsadlarni ro’yobga chiqarish maqsadida o’z ifodasini topgan.

Masalan, qadimgi turkiy yozma yodgorlik “Tunyuquq bitigi” ning bir o’rnida qush-yovning, em-yovga kuchi etmasdan, halok bo’layotgan qarshi tomonning majoziy obrazlaridir. Ya’ni qush va em kurashadigan ikki tomon imkoniyat darajasining qush va em timsolidagi tasviridir. Kuchli tomonning kuchsiz tomonni qirib tashlashi xuddi qushning em eishiga o’xshatilgan.

Yag’umuz tegra ichuq teg erti,

Biz shad ertimiz.

Yog’imiz tegrada qushlardek edi.

Biz emdek edimiz.10

“Devonu lug’otit turk”da qushlarning quyidagi majoziy tasvirlari mavjud:

Dengiz – ko’z, qushlar uning atrofidagi kipriklar majozini olgan.

Agar ko’zim ush tengiz,

Tegra yo’ra qush uchar

Ko’z yoshlarim chun dengiz,

Tegrasida qush uchar.

(D.L.T. II 51-b.)

Qarg’a. Hayot qiyinchiliklariga dosh bera olmaydigan, engil-elpi hayot kechirgan, ochko’z, birovning haqiga ko’z olaytiradigan odamlarning majozidir:

Qarg’a qali bilsa, sunin ol buz soqar,

Avchi yashib tuzoq taba menga baqar.

Och ham tashna bo’lgan qarg’a muzni buzar,

Parvo qilmay tuzoq sari tumshuq cho’zar.

(D.L.T. 401-b.)

Mana bu misralarda ham ochko’z odam tasviri quzg’un obrazi orqali poetiklashadi. Ushbu parchada suq odamlarning mol-mulkka intilishlari xuddi quzg’unlarning o’limtikka tashlanganiga o’xshatiladi. Bunda quzg’un-suq, ochko’z odamning ramzi:

Eran qamug’ artadi nenlar uzu,

Tavar ko’rub usunlayu esga chuqar.

Suq odamlar molu-mulkka intilar,

O’limtikka tashlangandek quzg’unlar.

(D.L.T. 25-b)

Quyidagi misralarda uyg’ur itlari – o’g’ri muttaxamlarning ramzi bo’lib, qarshi kurashga otlanganlarning harakati qushlarning uchishiga qiyos qilingan. Ya’ni yovga qarshi hujumi qushlarning shiddat bilan uchib kelib, yopirilishiga o’xshatilgan:

Bechkam urub atlaqa,

Uyg’ur daqi tatlaqa.

Og’ri yavuz itlaqa,

Qushlar kebi uchtimiz.

(D.L.T. I 447-b.)

Quyidagi misralarda qashqaldoq jang-jadallardan bezgan insonning ramziy obrazidir:

Tanda bila meni o’rdek atar,

Qavla ko’rub qashqalaqi suvga batar.

Uchsiz o’qlab o’rdak osam ko’l tomonda,

Suvga botar qashqaldoqlar o’sha onda.

(D.L.T. I 480-b.)

Qashqaldoqlarning suv tagiga g’arq bo’lishida jang-u jadallardan bezgan odamlarning ramziy tasviri berilgan.

Yana kiprikning ham majoziy tasviriga aylangan. Ya’ni shoir ko’z yoshlarini dengizga, dengizga qo’ngan qush va o’rdaklarni kiprikka o’xshatib ifodalaydi. Oshiqning ma’shuqasi sog’inchidan chekkan iztiroblaridan oqqan ko’z yoshlari ramziy o’xshatish va ramziy mubolag’a orqali ifodalanadi:

Agar ko’zum ush teniz

Tegra yo’ra qush uchar

Ko’z yoshlarim chun dengiz,

Tegrasida qush uchar.

(D.L.T. II 51-b)

Ko’p ko’z yosh to’kkanligi soyga nisbat berilib, soyga o’rdak, qushning qo’nishi – kiprikning ramziy ifodasidir. Biz bilamizki, ko’z yosh oqqanda kipriklar jiqqa yoshga to’ladi. Kipriklarning ko’z yoshdan namlanib, qayrilishi esa ramziy ma’noda qush va o’rdakka o’xshatilgan:

Aqturur ko’zim yo’laq,

Tush qilur o’rdak yo’g’aq.

Aqdirur ko’zim ko’p soy,

Unda o’rdak qush qo’ngay.

(D.L.T. III 25-b.)

Karkas qushi. Donishmand kishining ilmni, nasihatni eshitishi bilanoq quloqqa olishi – karkas qushi yirtqich hayvondan qolgan go’shtni ko’rib, o’zini osmondan tashlashiga o’xshatiladi. Bundan tashqari karkas qushining shiddat bilan uchishi, olim kishining ilmni shunchalik tez o’zlashtirishiga o’xshatilgan:

Us es ko’rub yuksak qaliq qodi chaqar,

Bilga kishi o’qut berib tavraquqar.

Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar,

Olim kishi o’git bersa, darhol uqar.

“Qutadg’u bilig”da qushlar majozidan keng foydalanilgan bo’lib, bunda ayniqsa, qushlar majozi dostonning g’oyaviy estetik qimmatini oshirish, tasvirlanayotgan voqelikning mohiyatini chuqurroq ochish, qahramonlarning ichki dunyosi, yaxshilik va yomonlikka asoslangan fazilatlarini obrazli gavdalantirish maqsadida bo’ysundirilgan.

Asarda qushlar ramzi uch xil ko’rinishda namoyon bo’ladi:

Qushlar galasi, to’dasining tasviri. Bunday tasvirlarda bir kishi emas, balki bir necha, ayrim hollarda ko’plab kishilar, ya’ni xalq yoki guruhning obrazi umumlashadi;

O’z ko’rinishi, sayrashi insonga zarari yoki foydasi nuqtai nazaridan ijobiy xislatga ega bo’lgan qushlar. Bu xil qushlar tasvirida hayotdagi ijobiy insonlarning obrazi umumlashadi;

Ko’rinishi, ovozi yoqimsiz, insonlarga ko’proq zarari tegadigan qushlar. Bu xil qushlar toifasiga hayotdagi salbiy guruhlarning obrazi umumlashadi.

Dostonda Tavg’och ulug’ Bug’roxonning taxtga o’tirishi olamga bahor kelishi ramzi bilan tasvirlangan. Bug’roxonning podsho bo’lishi sharafiga xalqda paydo bo’lgan shodlikni ko’rsatish niyatida shoir butun mavjudodni jonlantiradi. Xalqning xursandchiligi qushlar ramzi misolida ham umumlashtiriladi. Turli xil nomdagi va ko’rinishdagi qushlar – g’oz, o’rdak, oqqush, qilquyruq, turna, kaklik, bulbul, qoraqarg’a kabilar insonlarning ramzidir:

Qaz erdak qug’uqil qaliqig’ tudi,

Qaqilayu qaynar yuqari quid.

Kokis turna kokda unun yarqular,

Tizilmish tetir-teg uchar elgurdr.

Ular qush unin tuzdi undar eshin,

Siliq qiz oqir-teg konul bermishin.

Unin utti kaklik kuldr qatg’ura

Qizil ag’zi qan-teg qashi qap-qara.

Qara chumg’uq utti suta tumshuqi

Uni og’bag’u qiz uni-teg taqi.

Chechdklikdd sanvach utdr min uchun

Oqir suri zibri tunun ham kunun.

O’zbek tilidagi tarjimasi:

G’oz, o’rdak, qil quyquqlar osmonni to’ldirib,

Qag’illashib, yuqori va quyini to’ldirib uchmoqda.

Mag’rur turna ko’kda ovoz chiqarib sayramoqda,

Tizilgan tuya karvonidek uchmoqda, qanot qoqmoqda.

Ular qush ovozini sozladi, o’z eshini chaqirmoqda,

Go’yo go’zal qiz o’z ko’ngil berganini chorlagani kabi.

Kaklik yoqimli ovoz bilan sayradi, qah-qahlab kulmoqda,

Uning qizil og’zi qon kabi, qoshi esa qop-qoradir.

Qora zog’ tumshug’ini ko’pirtirib qag’illadi,

Uning ovozi dod solib yig’layotgan erka qiz ovozi kabidir.

Gulzorda bulbul ming ovoz bilan sayramoqda,

Tun-u kun tinmasdan suri ibri chalmoqda.

(75-b)

Bu qushlar bahorni, qushlar timsolidagi odamlar esa – Bug’roxonning olamga adolatli shoh bo’lib kelishini o’zida yo’q quvonch, ayrimlari g’amginlik bilan kutib olmoqdalar. Osmonni to’ldirib qag’illayotgan qushlar eshitgan voqeadan xursand bo’lib, shodlanmoqdalar. Ko’kda ovoz chiqarib mag`rur sayrayotgan turna adolatli shohni eshitib, o’z eliga qaytib kelayotgan kishilarni eslatadi. Shoir bu majozni yorqinroq tasavvur ettirish maqsadida turnalar tizimini turnalar karvoniga o’xshatadi. Shoir kaklikning yoqimli ovozida sevishganlarning ishqiy kechinmalarini ko’radi. Kaklikning ovozidagi qizillik, qoshining qop-qoraligi ma’shuqani esga soladi. Demak, adolatli shohning taxtga o’tirishidan sevishganlar ham xursand. Oshiqning ramziga aylangan bulbul esa tun-u kun ming xil ovoz bilan suru ibri – Isrofil surnayidek yoqimli kuy chaladi. Parchada bulbul, kaklik voqelikni ulug’lovchi, madh etuvchi hofiz va mug’anniylar ramzidir. Lekin bunday xursandchilik qora qarg’aga negadir yoqmaydi. U “tumshug’ini ko’pirtirib qag’illaydi”, “uning ovozi ham yoqimsizroq”, “dod solib yig’layotgan erka qizning ovozi”ga o’xshaydi. Shak-shubhasiz, Qora qarg’a Bug’roxonning shoh bo’lishini, uning adolat bilan siyosat yuritishini xohlamaydiganlar, ya’ni yangi adolatli bekning dushmanlari toifasining majozidir.



Bug’roxonning taxtga ko’trilishini faqat uning o’z mamlakatidagi kishilar, jumladan, mug’anniy va hofizlar madh etilib qolmay, uzoq mamlakatlardan uni tabriklash, madh etish uchun mehmonlar kelishgan. Bunday manzara yana qushlar obrazi misolida umumlashgan:

Asirdin keligli qaliq qushlari,

Qayu rayi hindi qayu qaysari.

Ogadr atin undab unin yor tushub

Quvonch birla anvur sevinchka tushub.

Tarjimasi:

Asirdan kelgan olam qushlari,

Ba’zilari hind rajlari, bazilari (rum) qaysarlari toifasidandir.

Ovozasini tez yoyishdi, otini madh etib kuyladilar.

Sevinchga to’lib-toshib quvonch bilan ovundilar.

(77-b.)

Oyto’ldi eligning bek askarlarining qanday xislati bo’lishi kerakligiga bergan javobida askarlarda qoya qo’zg’uni, zag’izg’ondagi kabi harakat holatlar bo’lishi kerakligini aytadi. Quyidagi misralarida zag’izg’on – xushyor, ehtiyotkor; qoya quzg’uni esa uzoqni ko’ra biluvchi, o’ylab, fikr-mulohaza orqali ish yuritadigan kishiga aylangan:

Sag’izg’onda saqlak kerak tusa oz,

Qay quzg’uni – teg yiraq tusa koz.

O’zini sag’izg’ondan hushyorroq tutishi kerak,

Qoya quzg’uni kabi uzoq-uzoqlarga ko’z yugurtirishi kerak.

Xullas, ushbu asarlarda berilgan qushlar tasviri majoziy ma’no anglatishi jihatidan o’rganar ekanmiz, biz bunda eng avvalo, qushlarning harakati, holati, xarakter xususiyati, qadimdan sharq mumtoz adabiyotida yaratilgan qushlarning ramziy ma’no anglatishini inobatga olgan holda amalga oshirishimiz zarur. “Devoni lug’otit turk”dagi sheriy parchalarda kelgan qushlar tasviri orqali biz ko’proq ochko’z, faqat o’zini qornini to’ydirish g’amida yurgan (qarg’a) yoki bilimga tashna bo’lgan insonlarning (karkas qushi) majoziy tasvirini ko’ramiz. “Qutadg’u bilig”da esa juda ham ko’p qushlarning tasviri berilgan bo’lib, bu qushlar ham har xil xarakterga ega bo’lgan insonlarning majoziy obrazlari aniq o’xshatishlar bilan o’z ifodasini topgan.

Keyingi yillarda uslubiyat sohasida talaygina ilmiy ishlar yuzaga keldi va uning mazmunini boyitdi. Qushlar nomi bilan bog’liq tasviriy vositalarni badiiy matnda topish va ularni tahlil qilishni vazifa qilib oldim. Mavzuni ilmiy va nazariy jihatlariga ham e’tibor qarataylik. O’zbek tilidagi qush nomlari (ornitonim)larning ma’lum qismi tub, sodda so’zlar (jo’r, zog’, anqo, chil, quv kabi) bo’lsa, asosiy qismi soddalashish va yaxlitlanish (idiomatizasiya) asosida vujudga kelgan. Masalan, o’zbek tilida ukki, to’rg’ay, kakku, burgut, chumchuq, shunqor, o’rdak, qirg’iy kabi yuzlab ikki va undan ortiq bo’g’inli ornitonimlar mavjud. Hozirgi til nuqtai nazaridan muayyan so’z yasash qolipining hosilasi bo’la olmaydigan bu ornitonim leksemalarning barchasi tub so’zlar bo’lib, nutqda tayyor leksemalar sifatida qo’llanadi. Tarixan esa ular leksema emas, balki nutqiy hosilalar – yasama so’zlar va so’z shakllari bo’lgan.

Ornitonimlar shakllanishining yana bir keng tarqalgan usuli yaxlitlanishdir. Yaxlitlanish deb tarixan yasama bo’lgan leksema ma’nosining so’z yasash qolipi ma’nosidan uzilishiga, uzoqlashishiga aytiladi. Masalan, tuyaqush, laylak, oqbag’ir, qorabag’ir, qizilishton, sassiqpopishak, zarg’aldoq, go`ngqarg’a singari ornitonimlar tarixan ikki o’zakli hosiladan iborat bo’lgan, ular hozirgi paytda yaxlitlanib ornitonim – leksemalarga aylangan. Bunday birliklar ayrim ishlarda “konvensional frazemalar”11deb ham yuritiladi.

Ornitonimlar hosil bo’lishining eng unumli yo’llaridan biri atamalashish (terminlashish, terminologizasiya)dir. Nutqiy hosilalarga ma’lum bir soha, jumladan, ornitologiya sohasi nuqtai nazaridan ta’rif berilib, ularning ma’nosi ixtisoslashsa, bunday hosilalar ham tilning mustaqil ornitonimiga aylanadi. Masalan, tilimizda asal+chi+lar yasama ot leksemasi mavjud. Bu so’z uch grammatik shakl (morfema)dan iborat. Rus tilidagi “Medoved” ornitonimini o’zbek tiliga tarjima qilish jarayonida bu ornitonim asalchilar shaklida o’zbekchaga o’grilgan, natijada bu so’zning ma’nosi ixtisoslashib, bu termin – ornitonimga aylangan. Xuddi shuningdek, ayrim ornitoligik adabiyotlarda qayd etilgan qizg’ish, suvburgut, meshkopqush, meshkopchi qush, qizilbosh, kaljurji, qizg’ush, ko’kantoy, qoranbuzov, qumoy, qiziloyoq, tarterak singari ornitonimlarning shakllanishi haqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin.

Sodda ornitonimlar tarixan bo’linmas bo’lib, ular bir o’zakdan iborat tub lug’aviy birliklardir. Anqo, ang’irit, zog’, chil, sa’va, lochin, tovus, xo’roz singari ornitonim – leksemalar ana shunday sodda ornitonimlar qatoriga kiradi.

Hozirgi til nuqtai nazaridan tayyor va bo’linmas, shakliy va mazmuniy butunlikka ega bo’lib, tarkibi tarixan murakkab bo’lgan leksemalar soddalashgan ornitonimlar deb yuritiladi. Masalan, chug’urchiq, chumchuq, burgut, qarg’a, kakku, musicha, mayna, qaldirg’och singari ornitonimlarni soddalashgan, yaxlitlashgan, leksemalar sifatida qarash mumkin bo’ladi.

Tarixan ikki va undan ortiq o’zak (lug’aviy morfema)larning shakliy va mazmuniy butunlikka aylanishi natijasida yuzaga kelgan leksemalar qo’shma ornitonimlar deyiladi. Bizning dastlabki hisob-kitoblarimizga qaraganda, hozirgi o’zbek tilidagi ornitonimlarning 67 foizga yaqini ikki va undan ortiq o’zakdan iborat qo’shma leksemalardir: ko’kqarg’a, bahmaqush, dehqonchumchuq, suvburgut, qorato’rg’ay, olato’g’anoq, go’ngqarg’a, boltatumshuq, bedanamashak, yo’rg’atuvaloq, xo’jasavdogar, tentakqush, qoralaylak, singari ornitonimlar shular jumlasidandir.

Juft ornitonimlar tilda juda kam uchraydi. Ular qo’shma ornitonimlarning bir turi bo’lib, ular tarkibidagi o’zak morfemalardan biri tilda mustaqil leksema sifatida keng qo’llaniladi, ikkinchisi esa qo’llanilmaydi yoki juda kam qo’llaniladi. Masalan, chug’urchiq ornitonimi ikki taqlidiy so’z (chug’ur+chiq)dan tuzilgan, ularning yaxlitlashi esa juft ornitonimning shakllanishiga asos bo’lgan, lekin bu juft leksema va boshqa juft so’zlar singari chiziqcha bilan yozilmay, balki qo’shma leksemadek shakllanish asosiga egadir. Bizning chug’urch+chiq ornitonimi juft ornitonim deyishimizga chuvur//chug’ur so’zining chug’ur-chug’ur shaklida12 va chiq taqlidiy so’zining ham chiq-chiq shaklida qo’llanilishi ham asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek tilimizdagi shaqshaq, suqsun, tartar, tartarak, suqsur, suxsur kabi ornitonimlarning shakllanishi ham xuddi shu usulda amalga oshgan.

Murakkab ornitonimlarga atamalashgan va so’z birikmalaridan yasalgan leksemalar kiradi. Masalan, qizil bo’yin o’rdak, malla yo’lli qaldirg’och, qozog’iston moy quti, sohil qaldirg’och,i asal ko’rsatuvchi qush, qorni qora bulduruq, oq tushli ryabka buldurug’i, jannat hashoratxo’ri, qarchig’ayga o’xshagan yirtqichqush kabilarni ana shunday murakkab ornitonim-leksemalar tarkibiga kiritishimiz mumkin. Semantik tahlil bilan shug’ullanuvchi olimlar ma’no xususiyatiga ko’ra semema tarkibidagi semalarni quyidagi uch guruhga ajratib o’rganmoqdalar.

Atash semalari yoki denotativ semalar.

Bunday semalar ob`ektiv borliqdagi narsa-buyum, belgi-xususiyat, miqdor kabilarni atovchi, nomlovchi semalar sanaladi. Masalan “burgut” ornitonimi

1) tashqi ko’rinishiga ko’ra “patli”;

2) harakat tarziga ko’ra “chaqqon”;

3) biologik xususiyatiga ko’ra “yovvoyi”;

4) fe’l-atrofi, tabiatiga ko’ra “yirtqich” semalariga ega.

Bu semalar atash semalari sanaladi.

Ifoda semalari deyilganda semema tarkibidagi turli qo’shimcha ma’nolar (uslubiy bo’yoq, shaxsiy munosabat, qo’llanish doirasi kabilar) tushuniladi. Masalan, “burgut” deyilganda yuqorida biz ta’kidlagan semalardan tashqari qo’rqmas, mard, semalari ham qo’llaniladi, bu semalar “burgut” semasi tarkibidagi ifoda semalari bo’lib, ular muayyan matnlarda yuzaga chiqadi.

Vazifa semalari semema tarkibiga kiruvchi va ornitonim leksemaning nutqda qanday vazifalarda kela olishini bildiruvchi semalar sanaladi. Bu semalar ornitonim – leksemaning birikuvchanligini (sintaktik valentligini) ham belgilab beradi. Masalan, quyidagi matnda “burgut” ornitonim-leksemasi sintaktik jihatdan ega vazifasini bajarmoqda: “Do’ngda chakmonini elkasiga tashlab o’tirgan odamdek turgan vahimali burgut beozor qanot silkib, xuddi suvda suzayotgandek tik osmonga ko’tarildi” (Said Ahmad, Ufq, 296.)

Demak, ornitonimlarning ichki tomoni semema bo’lib, uning tarkibida atash, ifoda va vazifa semalari mavjud bo’ladi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ornitonimlar bir sememali va ko’p sememali bo’lishi mumkin. Masalan, ukki, qumoy, kuyka, quzg’un, qarchig’ay, musicha, sa’va, miqqiy singari ornitonimlar bir sememali, nutqda faqat qush nomi sifatida qo’llanish xususiyatiga ega bo’lsa; yilqichi, qizilg’oz, qiziltomoq, haydar kokil, boyo`g’li, boyqush, birqozon, asalchilar, mayna, burgut, lochin, qaldirg’och, loyxo’rak, uzunquyruq, baliqchi, qorabovur, o’limtik, vahimaqush, dehqonchumchuq singari juda ko’plab ornitonimlar ko’p sememalidir. Chunki ular nutqda ko’p ma’noli so’zlar, birikmalar sifatida yuzaga chiqadi. Jumladan, lochin, burgut singari ornitonimlar shaxsga nisbatan ham qo’llanadi.

Kelgusida tilimizdagi barcha ornitonimlarni to’plash, LGMlarga ajratish va shu asosda “O’zbek tilidagi ornitonimlarning izohli lug’ati”ni yaratish o’zbek tilshunosligi oldida turgan dolzarb muammodir.





Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish