Vitaminlar
Organizm almashinuv jarayonlarini amalga oshirish uchun ovqat bilan vitamin moddalarini olish kerak. Bular juda oz mikdorda zarur bo‘ladigan, ximiyaviy tabiati turli-tuman, past molekulyar organik birikmalardir. Suvda va yog‘da eruvchi vitaminlar bo‘ladi. Suvda eruvchi vitaminlarga: askorbin kislota (S vitamin), V gruppa vitaminlar-tiamin (V1), riboflavin (V2), V6, V12 vitaminlar (kobalamin), niatsin (DR) folatsin, pantotenat kislota, biotin kiradi. YOg‘da eruvchi vitaminlarga A, D vitaminlar (kal’tsiferollar), E (tokoferol) va K vitaminlar kiradi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish (mahsulot nisbati baravar bo‘lmagan yoki kam kaloriyali ratsionda) yoki so‘rilishning buzilishi natijasida vitaminlar etishmovchiliga yoki gipovitaminozlar sodir bo‘ladi, chunki organizmda ko‘pgina vitaminlarning zapasi cheklangan bo‘ladi. Vitamin etishmovchiliga ba`zan bolalarda va o‘smirlarda tez o‘sish va balog‘itga etish davrida ro‘y beradi. Jismoniy va nerv-ruhiy zo‘riqish ham vitamin etishmovchiligiga sabab bo‘ladi. Bir qancha hollarda yuqumli kasalliklar, antibiotiklar, sul’fanilamidlar va boshqa dori preparatlarini uzok vaqt kabul qilish organizmida biror vitamin tanqis bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi, ular ichak mikroflorasini yo‘qotadi, natijada vitaminlarni ovqat orqali singdirish qiyinlashadi. Meva va sabzavot mahsulotlari vitaminlari boy bo‘ladi.
Organizmning hayot faoliyati uchun mikroelementlar nomini olgan moddalar ham zarur bo‘ladi. Ularning eng muhimlari kislorod, glerod, vodorod, azot, kal’tsiy, kaliy, fosfor, magniy, oltingugurt, xlor, natriy, shuningdeuk, bir qator metallar va metalmaslar mikroelementlardan alyuminiy, temir, mis, marganets, rux, molibden, kobal’t, nikel’, yod, brom, ftor va boshqalardir,
V.I.Vernadskiy organizm hujayralarida va to‘qimalarida doim bo‘ladigan barcha ximiyaviy elementlar muayyan fiziologik rol’ o‘ynasa kerak, deb hisoblangan. CHunonchi, vodorod, uglerod, azot, kislorod, fosfor, oligugur hujayra organik birikmalari tarkibiga kiradi.
Ularning ko‘p qismi fermentlar, so‘ngra vitaminlar, gormonlar, nafas pigmentlari tarkibiga kiradi. Ayrim mikroelementlar (marganets, rux, yod) o‘sishga, kutayishga (marganets, rux), qon yaratilishiga (kobal’t, mis, temir), to‘qimalarining nafas olishga (mis, rux) va hujayra ichida moddalar almashinuviga ta`sir qiladi.
Suv almashinuvi
Organizmning normal hayot faoliyati ratsional suv rejimi sharoitidagina yaxshi kechadi. U to‘g‘ri suv va elektrolit balansini, yuksak ish qobiliyatini ta`minlaydi. Suv organizmning ichki muxiti tarkibiga kiradi va qon, limfa, hujayralararo hujariy ichidagi suyuqlikdan iborat bo‘ladi va gavda vaznining 65 ni tashkil etadi ichki muhit sistemalari doim harakatdagi muvozanatda bo‘lib, moddalar almashinuvini ta`minlaydi chunki suv ko‘p moddalar uchun ajoyib erituvchi hisoblanadi.
Ilk bolalik yoshi uchun hujayradan tashqari suvning ko‘p mikdorda bo‘lishi xosdir. Kasalliklarda va tana og‘irligi o‘zgarganda u osonlikcha yo‘qotiladi. Organizmga ovqat bilan kirgan suv qon bilan bugun tanaga tarqaladi va turli organlarda tutilib qoladi. Muskullar va teri osti kletchatkasi organizmda suv deposi sifatida muxim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |