Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Q.S.Sodiqov. O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi. Uquv qo‘llanma. - Toshkent: O‘qituvchi 1992 y.
2. L.S.Klemesheva, M.S.Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 1991 y.
3. I.G.Azimov. Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi. Uquv qo‘llanma. -Toshkent: 1994 y.
4. A.A.Markosyan. YOsh fiziologiyasi masalalari. - Moskva: 1974 y.
5. A.G.Xripkova. M.V.Antropova, D.A.Farber. Vozrastnaya fiziologiya i shkol’naya gigiena. - Moskva: prosveshenie, 1990 g.
6. YU.A.Ermolaev. Vozrastnaya fiziologiya. Moskva: Visshaya shkola. 1985.
7. A.A.Guminskiy. Vozrastnaya fiziologiya. - Moskva Visshaya shkola, 1985.
8. U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi «tibbiyot» nashriyoti. 1996 y.
9. X.T.Almatov, L.S.Klemesheva, A.T.Matchanov. Vozrastnaya fiziologiya. -Toshkent: 2002 y.
12-Mavzu: ISSIKLIK ACHMASHINUVINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Tana haroratini boshqarish
2. Kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiyaning yoshga xos xususiyatlari
Odam organizmida uzluksiz ravishda issiqlik ishlab chiqariladi va bu issiqlik to‘qimalarga ma`lum harorat baxsh etadi. Ammo, tananing turli qismlarida hosil bo‘ladigan issiqlikning mikdori teng emas. Odamning ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi a`zolari tana massasining 6% ini tashqil qilsada, ishlab chiqariladigan issiklikning 56% ni beradi. Uncha katta bo‘lmagan bosh miyada umumiy issiklikning 16% i hosil bo‘ladi. Demak, tanani issiqlikning asosiy mikdorini ishlab chiqaruvchi ichki qismga va o‘z ichiga muskullar va terini qamrab olgan va ancha katta bo‘la turib, oz mikdorda issiqlik ajratadigan tashqi qismga ajratish mumkin.
Ichki a`zolar harorati deyarli o‘zgarmaydi ammo turli a`zolar harorati 0,5°S chamasida farqlanish mumkin. Ko‘proq issiqlik hosil qiladigan a`zolar boshqalarga nisbatan sal iliqroq bo‘ladi tananing ichki kismida (mag‘izida) issiqlik uzluksiz ishlab chiqarilishiga qaramasdan, uning harorati ko‘tarilib ketmaydi. CHunki bu issiqlikni periferiyadan ancha sovib kelgan qon ichki a`zolardan o‘tish vaqtida ilib, o‘zi bilan olib ketadi va tana yuzasiga etkazadi.
Odamning tanasi maqizinikg harorati 370S. kun va tun davomida 0,5-1°S chegarasida o‘zgarib turadi kunning ikkinchi yarmida, soat 16-18 da harorat eng yuqori, tong otishidan oldin, soat 4 da eng past nuqtalarda bo‘ladi.
Tana mag‘izi harorati doimiyligini (izotermiyani) saqlash anchagina murakkab mexanizmlarning vazifasi. Bu mexanizmlarning izotermiya ta`minotiga jalb etilishi tashki muhit haroratiga bog‘liq.
Muhit harorati termoneytral sohadan past bo‘lsa, izotermiyani saqlash uchun qo‘shimcha issiqlik hosil qilish kerak. Bunga quyidagi yo‘l bilan erishish mumkin.
1. harakatlarni ixtiyoriy ravishda jadallashtirish. Buning natijasida issiqlik xosil bo‘lishi 60-80% ortadi.
2. Beixtiyor tonik yoki ritmik muskul faolligini oshirish (titrash, qaltirash). Qaltirash issiklik hosil bo‘lishini 200% ko‘paytira oladi.
3. Almashinuv jarayonlarini jadallashtirish (betitrov termogenez). Betitrov termogenezni yangi tug‘ilgan bolalarda va sovuqqa moslashgan mayda hayvonlarda kuzatish mumkin.
Tana harorati doimiyligini saklash uchun issiqlik muvozanatiga erishi zarur: organizmda hosil bo‘ladigan issikliq mikdori yo‘qotiladigan issiqlikning mikdoriga teng bo‘lishi kerak. Bunga issiqliqning idora etilishining fizialogik mexanizmlari yordam beradi. Ular fizikaviy va kimyoviy boshqarish mexanizmlariga ajratiladi.
Kimyoviy termoregulyatsiya sovuq harorat ta`siriga javoban organizmda issiqlik hosil kilishini kuchaytirishdir. Bunga erishish yo‘llari yuqorida bayon etilgan. Fizikaviy termoregulyatsiya tanadan issiqlik ajralishi jadalligini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshadi. Tashqi muhit harorati yuqori bo‘lganda fizikaviy termoregulyatsiyaning ahamiyati oshadi. Fizikaviy termoregulyatsiya asosan issiklikni yo‘qotishdan iborat tana issiqlikni:
1. Utkazish; 2. Kovektsiya; 3. Nurlanish; 4. Bug‘lanish yo‘li bilan yo‘qotishi mumkin.
Tana harorati doimiyligini saqlashda markaziy nerv tizimi etakchi rol o‘ynaydi. Bu vazifani bajarish uchun MNT tashki va ichki harorat to‘g‘risida doimo ma`lumot olib turishi zarur. Terida, teri va teri ostidagi tomirlarda va MNT ning o‘zida joylashgan issiqlik va sovuqni sezuvchi termoretseptorlar harorat o‘zgarishlarining darakchisi sifatida xizmat qiladi.
Markaziy termoreseptorlar gipotalamusning preoptik sohasida, oraliq miyaning tursimon formatsiyasida va orqa miyada joylashgan. Gipotalamik neyronlarning harorat o‘zgarishlariga sezgirligi ularni bevosita ta`sirlash yo‘li bilan isbotlangan.
Gipotalamus jarohatlansa, organizm o‘z haroratining doimiyligini saqlash qobiliyatini yo‘qotadi.
Gipotalamusning oldingi qismi fizikaviy termoregulyatsiyani nazorat qiladi.
Issiqlik hosil bo‘lishini va issiqlik yo‘qotilishini nazorat qiluvchi markazlarning uyg‘un faoliyat ko‘rsatishi tana harorati doimiyligini ta`minlaydi.
Bolalikni ilk davrida haroratni boshqaruvchi asosiy mexanizm kimyoviy termoregulyatsiya hisoblanadi. Kimeviy termoregulyatsiya bolalikni ilk davrida tashqi muhitga nisbat issiqlik muvozanatini ta`minlash uchun talab qilinadi. YAngi tutilgan bola muhit harorati pasayganda issiqlik almashi mahsulotini ko‘paytiradi va u katta odamlardagi mikdorga ya`ni 4 kkal/kg s teng bo‘ladi. Bolalar hayotining birinchi yilida kimyoviy termoregulyatsiyaning faolligi asta-sekin pasayadi.
Bolalikni 6-5 oyligida fizikaviy termoregulyatsiyaning roli keskin oshadi. YOshi oshgan sari fizikaviy termoregulyatsiya rolini ko‘payishi bir qator omillarni (A.D.Slonim 1956, E.I.Korenevskaya 1969, L.Issaeva 1970) ishlarida ko‘rsatilgan.
Bolalarda haroratni kimyoviy termoregulyatsiya orqa boshqarishdan fizikaviy termoregulyatsiya boshqarishiga o‘tishi chegarasi 9 yoshlik deb hisoblanadi. Bolalar terisini ochiq joylaridagi haroratni pasaytirishi tashki muhit haroratini pasayishi tufayli amalga oshish tomir reaktsiyalarini etilishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |