148
etadi. Buning uchun islohot taqozo etganidek,
ta'limning mazmunini
takomillashtirish zarur. Ta'limning mazmunini takomillashtirishning muhim
shartlari o’quv dasturlari va darsliklari materiallarini o’quvchilarning yoshiga mos
holda soddalashtirish, ortiqcha ikkinchi darajali materiallardan xalos etish zarur.
O’quv fanlarining amaliy yo’nalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb
tanlashga o’rgatishni yo’lga qo’yish, ta'lim mazmunining politexnik yo’nalishini
ta'minlash masalasi asosan amalga oshiriladi.
O’quv darsliklari, metodik qo’llanmalar yaratildi; o’quv rejasiga «Atrof muhit bilan
tanishish» (I-II sinflarda), «Informatika fa hisoblash texnikasi asoslari» (X-XI
sinflarda), «Oila etikasi va psixologiyasi» (X-XI sinflarda), «Ishlab chiqarish asoslari.
Kasb tanlash» (VIII-X sinflarda) kabi fan asoslari talim dasturiga kiritildi va
o’qitilmoqda, o’qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib haq to’lash joriy etildi,
o’qituvchilar malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar
ro’y berdi, o’quvchilarni mehnat talimi va tarbiyasining mazmuni takomillashti-
rildi; hunar-texnika ta'limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi;
maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat
tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o’zgargandek tuyuldi. Biroq, bu
o’zgarishlar ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun
etarli emas edi. Islohot birinchidan, «qayta qurish» sharoitida, maktab islohotining
evolyutsion xarakterga egaligi, maktab ishining mazmuni, ilmiy-pedagogik kadrlar,
moddiy-texnikaviy ta'minlanish, boshqarishning tubdan o’zgartirilmaganligi
ta'lim-tarbiyaning rivojlanishiga to’siq bo’ldi. Islohni amalga oshirishdagi
tashkilotchilik ishlarining etarli bo’lmayotganligi, boshqarishdagi byurokratik
metodga asoslanilayotganligi, xalq xo’jaligining ehtyojiga mos ravishda
kadrlar tayyorlash mo’ljallanmaganligi ham islohot talablarini qiyinchilik
bilan hal etilayotganligiga sabab bo’ldi. Bular esa o’z navbatida talim-tarbiya
saviyasini oshirishga salbiy ta'sir etdi.
Shuni qayd etish zarurki, o’zbek maktablari sobiq ittifoq davrida milliy zamindan
batamom uzilib qolgan edi. o’qish-o’qitishda Ovro’po, xususan o’rus tizimi qabul
qilindi. Yangi davrdagi zamonaviylashtirishning «bilimdon» va «zukko»
tashkilotcbilari ming yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirilishi, natijasida
maktablari o’quv-tarbiyaviy ishlar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi, avlod-
ajdodlarimizning dunyoviy, ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy merosi esa umuman
o’qitilmay, o’rgatilmay tashlab qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: