146
S.Rajabov 1947-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
pedagogika kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning o’z ilmiy-pedagogik
faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat yaratildi.
Olimning 1958-yilgacha bo’lgan davrdagi ijodiy faoliyati salmoqli bo’ldi. Bu yillari
uning «Pedagogikani o’qitishni hozirgi zamon fani talabi darajasiga ko'taraylik»,
«O'qituvchilar kasbi haqida», «O'zbekistonda 25 yil ichida maktablarning
taraqqiyotiga doir», «Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalarining ilmiy tadqiqot
ishlari haqida», «O'zbekiston maktablarining 30 yil ichidagi tarixidan»,
«O'zbekistonda umumiy talim uchun kurash va maktablarda o’quv-tarbiya ishlari»,
«40 yil ichida O’zbekistonda xalq maorifi» kabi jami 26 ilmiy, ilmiy-ommabop ishlari
nashr qilindi.
1958-yili Siddiq Rajabov maktablar tarixiga doir doktorlik dissertasiyasini
muvaffaqiyatli yoqladi.
1959-yili pedagogika fanlari doktori Siddiq Rajabov RSFSR Pedagogika fanlari
akademiyasiga muxbir a'zo qilib saylandi va 1960-yili unga professor ilmiy unvoni
berildi.
1961-yili Siddiq Rajabov O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga
direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur institutga olti yil rahbarlik qildi. Institutni
malakali mutaxassis xodimlar bilan ta'minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot
ishlarini hayotga-maktab amaliyotiga yaqinlashtirishga boshchilik qildi.
S.R.Rajabov 1958-1966-yillar mobaynida 50dan ortiq ilmiy va o’quv-metodik ishlar
muallifi boldi. Chunonchi, «L.N.Tolstoyning pedagogik faoliyati haqida»,
«Pedagogika fanining yangi vazifalari», «Pedagogika nazariyasi va tarixiga oid ilmiy-
ommabop maqolalar to'plami», «Darsda o’quvchilar aktivligini oshirish yo'llari»,
«Tadqiqotchilarning kuchini birlashtiraylik», «Ta'lim berib tarbiyalaylik, tarbiyalab
talim beraylik», «Maktab haqida g’amxo’rlik – umumxalq ishi», «O'zbekistonda
xalq maorifi», «Pedagogika fanining ravnaqi uchun» kabi ishlari, 1962,1966-yillari
nashr qilingan «Pedagogika» darsliklariga hammuallif bo’ldi.
Bu davrda olim ko’pgina iqtidorli yoshlarni o’z atrofiga chorladi, yordam berdi.
M.Ochilov (1962), FAbdullaev (1962), K. Hoshimov (1964), MAhmedova (1965),
T.Mo’minjonov (1966), A. Tyulenov (1966), D. Urumbaev (1966), S. Fayzulina
(1966) kabi iqtidorli yoshlar olim rahbarligida nomzodlik dissertasiyalarini
muvaffaqiyatli yoqladilar.
1964-yili S.Rajabovga «Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi» unvoni
berildi.
U 1966-1990-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
umumiy pedagogika kafedrasi jamoasiga boshchilik qildi. Olim kafedra a'zolarining
har biriga murabbiy, ustoz edi. Bugina emas, olim o’qituvchi mutaxassislar
tayyorlash sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamkasblari — institut
olimlari
bilan birga o’rta va oliy ta'-limga aloqador juda ko’p muammolarni hal qilishda
faoliyat ko’rsatdi.
Professor S.Rajabovning institutdagi chorak asrlik uzluksiz ilmiy-pedagogik
faoliyati uning hayotida alohida davr bo’ldi.
S.Rajabov bu davrda juda ko’plab metodik muammolarni kafedra a'zolari va
ilmiy jamoatchilik tomonidan muvaffaqiyatli hal qilinishiga boshchilik qildi.
147
Xususan, didaktika - ta'lim nazariyasi, xususiy metodika, tarbiya nazariyasi va
metodikasi, maktabshunoslikning dolzarb muammolariga aloqador asarlar
yaratdi.
Olimning 300ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari, risolalari, qo’llanmalari,
darslik va monografiyalari e'lon qilindi.
S.Rajabov Sharq mutafakkirlari pedagogik merosini o’rganish masalalariga
o’z faoliyatida katta o’rin berdi. Uning Navoiy, Bobur singari mutafakkirlarning
pedagogik qarashlari haqidagi maqolalari muhim ahamiyatga ega. U K.Hoshimov
bilan «O’zbekistonda pedagogik fikrlar antologiyasi»ning (Moskva, 1986)
tuzuvchilaridan hisoblanadi. Bu antologiya o’zbekiston va sobiq Ittifoqdagi barcha
millatlarga, ayniqsa, rusiyzabon millatlarga o’rta Osiyo qomusiy olimlarining hayoti,
ta'lim-tarbiya sohasidagi g’oyalaridan ma'lumot beruvchi muhim manba sifatida
qimmatlidir.
S.Rajabov o’zining asosiy ishini jamoat ishlari bilan bog’lagan holda olib bordi. U
1961-1988-yillari O’zbekiston xalq talimi vazirligining hay'at a'zosi sifatida faoliyat
ko’rsatdi. U vazirlik tomonidan xalq talimi tarmog’ini kengaytirish, maktablarda
o’quv-tarbiya ishlarini davr talablari darajasiga ko’tarish borasida amalga
oshirilayotgan hamma tadbirlarda bevosita qatnashib keldi.
Siddiq Rajabovning ko’p qirrali jamoatchilik faoliyatida uning respublika
pedagogika jamiyati markaziy kengashi prezidiumiga raisligi asosiy o’rin egallaydi.
Siddiq Rajabovning pedagogika fani va xalq ta'limi ravnaqi yo’lidagi mehnatlari
hukumat tomonidan yuksak baholandi. Professor S. Rajabov 1993-yili vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: