Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


 «Ovisto» - eng qadimgi yozma ma'rifiy yodgorlik



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

 
3. «Ovisto» - eng qadimgi yozma ma'rifiy yodgorlik 
Eramizdan  avvalgi minginchi  yillarning  o’rtalarida  eng qadimgi  ajdodlarimiz 
tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko’p afsona va rivoyatlar yaratilgan. Agar 
bu  afsonalar  zardushtiylik  dinining  muqaddas  kitobi  «Ovisto»  mundarijasidan  o’rin 
olmaganda edi, biz ular haqida hech qanday ma'lumotga ega bo’lolmagan bo’lardik. 
Zardusht  taxminan  miloddan  avvalgi  570  -yili  tug’ilgan  bo’lib,  77  yoshida, 
ibodat qilayotgan paytida dushman qohinlaridan biri tomoni-dan o’ldirilgan. 


 

Zardusht o’z davrida ikki xudolilik g’oyasini ko’tarib chiqadi. Asta-sekin o’zini 
Axura Mazda, ya'ni Oliy Tangri elchisi deb e'lon qiladi. Zardusht dunyoni yaxshilik 
va  yomonlik  dunyosi  tarzida  ikkiga  bo’ladi.  Bu  ikki  dunyo  o’rtasida  doimo  kurash 
ketadi. 
Zardusht  tomonidan  asoslangan  din  uning  hayotligidayoq  ko’plab  o’lkalarga 
yoyiladi.  Biroq  Zardusht  vafot  etganidan  so’ng  zardushtiylik  dinining  g’oyalari 
yanada keng yoyila boshlaydi. 
«Ovisto»  eramizdan  avvalgi  VI  asrning  oxiri  IV  asrning  boshlarida  yaratilgan 
bo’lib,  u  uzoq  davrlar  mahsuli  sanaladi,  davrlar  o’tishi  bilan  qayta-qayta  ishlanadi. 
Asarning  to’liq  kitob  holida  shakllanishi  eramizdan  avvalgi  birinchi  asrga  to’g’ri 
kelishi barcha manbalarda alohida qayd etilgan. 
G’arb,  rus  va  o’zbek  olimlari  mazkur  asar  mazmunini  har  tomonlama  tahlil 
etishga  harakat  qilganlar.  Zero,  «Ovisto»  asarida  inson  shaxsining  kamolotga 
erishishiga  oid  fikrlar  ifoda  etilgandir.  Mazkur  asar  g’oyalari  orqali  qadimgi 
davrlarda  mamlakatimiz  hududida  yashagan  xalqlarning  tabiiy,  ilmiy,  ma'rifiy 
hamda  ijtimoiy  qarashlari  borasida  muhim  malumotlarga  ega  bo’lamiz.  «Ovisto» 
diniy  xarakterga  ega  bo’lish  bilan  birga,  o’zida  falsafiy,  siyosiy,  filologik,  va 
tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. 
Abu  Rayhon  Beruniy  o’zining  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»  asarida 
zardushtiylik  dini  qadimgi  Xuroson,  Fors,  Iroq  va  Balxdan  Suriya  erlarigacha 
tarqalganligini aytadi. 
Ozar  olimi  M.  Rafiliy  esa  «Muxtasar  Ozarboyjon  adabiyoti  tarixi»  kitobida (1-
jild, Boku, 1943,2-3-betlar) «Ovisto»ni faqat Ozar xalqining ma'naviy merosi deydi. 
Tarxichi  olim  V.M.Avdievning  fikriga  ko’ra,  «Ovisto»  nomli  qadimgi  diniy 
to’plamning  dastlabki  qismlari  aynan  o’rta  Osiyo  hududida  vujudga  kelgan,  deyish 
uchun  barcha  asoslar  etarli.  Zero,  asarda  keltirilgan  ayrim  rivoyatlarbundan  dalolat 
beradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik dinining birinchi «Muqaddas olovi» 
Xorazmda  yoqilgan.  Asarda  tasvirlangan  «Ayriana  Vayjo»  mamlakati  Xorazm 
bo’lgan boiishi mumkin. Bu mamlakatda Axura Mazda Zardushtga ko’rinish bergan. 
«Ayriana  Vayjo»  degan  afsonaviy  mamlakatning«Ovisto»  asarida  saqlanib  qolgan 
tasviri  Xorazmning  geografik  sharoitlariga  to’la  muvofiq  keladi.  S.P.  Tolstov  ham 
«Ovisto»ning eng qadimgi zamonga oid qismi Markaziy Osiyo (Xorazm)da eramizdan 
awalgi birinchi  mingyillikning  birinchi  yarmida  yozilgan deb qayd etadi. «Ovisto»da 
xudolar  va  qahramonlar  to’g’risidagi  xalq  afsonalariga  oid  juda  ko’p  qimmatli 
ma'lumotlar  jamlangan.  Asarda  tasvirlangan  xudo  va  qahramonlar  o’rta  Osiyo 
mamlakatlari,  ularga  qo’shni  bo’lgan  Eron  va  Afg’oniston  oikalarida  ish  ko’radilar. 
«Ovisto»dagi madhiyalarda shunday bir o’lka tasvirlanadiki, unda: «Bir talay qo’shinga 
qudratli yo’lboshchilar bosh bo’lgan, keng o’tloqlari va suvlari ko’p bo'1gan, baland 
tog’lari chorvachilik uchun zarur hamma narsani etishtiradi, unda chuqur-chuqur va 
sersuv  ko’llar,  kemalar  yurib  turadigan  keng  daryolar  Iskat  va  Pourta,  Mour 
(Marv),  Xarova  (Hirot),  Gou  So’g’d  va  Xvoyrezm  (Xorazm)  tomoniga  pishqirib 
oqadilar (Yasht X, 14)». Bunda zikr etilgan joylarning ta'rifi va nomlari boshqa ko’p 
jihatlari  bilan  birga  qadimgi  Zardusht  dinining  xuddi  shu  erda,  Amudaryo  havzasida 
vujudga kelganiga shubha qoldirmaydi. 
Zardusht eramizdan avalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar 


 
10 
oilasi  Spitama  urug’idan  bo’lgan.  Otasi  Paurushasp,  onasi  Dugdova  ot  va  tuya 
boqish bilan shug’ullanganlar. Zardusht ko’pxudolilikka sig’inish hamda ko’plab 
qurbonliklar  qilinishi  natijasida  mollar  qirilib  ketayotganligi,  turli  qabilalar 
o’rtasida nizolar kelib chiqayotganligini ko’rib, uning oldini olish choralarini izlaydi 
va ana shu maqsadda o’z ta'limotini targ’ib qila boshlaydi. 
Zardushtning  yangi  talimotini  qabila  a'zolari  orasida  targ’ib  qilishini  istamagan 
qabila boshliqlari uni ta'qib etadilar.  Ana  shu ta'qib tufayli u  Ray(Eron)ga  qochadi 
va  o’z  dinini  o’sha  erda  to’la  shakllantirishga  muvaffaq  boladi.  «Ovisto»ni  shoh 
Vishtasp(Gushtasp)ga  taqdim  etadi.  Shoh  Vishtasp  uning  homiysiga  aylanadi. 
Vishtaspning  farmoniga  binoan  otashxona  -  ibodatxonalar  qurdiriladi,  zardushtiylik 
dinining g’oyalari keng yoyila boshlaydi. 
Zardusht  shoh  Vitasp  vazirining  qizi  Havoviga  uylangani,  undan  uch  o’g’il  – 
Istavatra,  Urvatatnara,  Xvarachitra  va  uch  qiz  –  Freni,  Triti,  Pourichistani 
ko’rganligini qayd etadi. 
«Ovisto»ning  kitob  holidagi  matni  eramizdan  oldin  o’n  ikki  ming  oshlangan 
mol  terisiga  oltin  harflar  bilan  bitilgan.  Bu  nusxa  Iskandar  Maqduniy  istilosiga 
qadar  Istahr  shahrida  saqlangan.  Iskandar  Istahrni  bosib  olgach,  «Ovisto»  kitobda 
bayon  etilgan  tibbiyot,  nujum,  ilmi  hikmat  sohalariga  oid  g’oyalarni  yunon  tiliga 
tarjima qilinib, qolgan fikrlar bitilgan sahifalar yoqib yuboriladi. 
Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki nusxada etib kelgan. 
Mazkur  nusxalarning  birinchisi  -  duolar  to’plamidan  iborat  bo’lib,  «Pok 
Vendidat» deb ataladi. Ushbu kitobga «Yasna» va «Vispered» kiritilgan. 
Ikkinchi  kitobda  ham  birinchi  kitobdagi  kabi  «Vendidat»,  «Yasna»  va 
«Vispered»lar  o’rin  olib,  unda  sharhlar  ham  beriladi.  Izohli  tarjima  «Zand»  (sharh 
ma'nosida)  deb  ataladi.  Shuning  uchun  ham  asarning  sharhli  nusxasi  «Ovisto  va 
Zand» yoki «Zand Ovisto» deb nomlangan. 
Ikkinchi variantga binoan asar quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
1.  «Vendidat».  Mazkur  qism  22  bobdan  iborat.  Asosan,  Axura  Mazda  bilan 
Zardusht o’rtasida kechgan savol-javob shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni, devlarni 
engish  voqealari,  gunohlardan  pok  bolish  qoidalari  hamda  mifologik  unsurlarni 
o’z  ichiga  oladi.  Xarakterli  jiqati  so’z  yuritilayotgan  qismda  devlarga  qarshi 
yaratilgan  qonun  matni,  ya'ni,  qonunnoma  mazmuni  yoritilgan.  Qonunnomada 
aytilishicha, yomonlik timsoli bolgan devlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor. 
Axura  Mazda  yurtda  yaxshilik,  xayrli  ishlarni  yuzaga  keltirsa,  Anhra  Manu 
(Axriman) o’z yurtida yomonlikni qaror toptiradi. 
2. «Vispered». U 24 bobdan iborat. Ibodat qo’shiqlarini o’z ichiga oladi. 
3. «Yasna»lar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o’tkazish chog’ida,  qurbonlik 
qilish  marosimida  aytiladigan  qo’shiqlar,  xudolarga  bag’ishlangan  madhiyalar 
yasnalarni  tashkil  etgan.  Ushbu  qismning  17  bobi  Gotlar  deb  yuritiladi.  Gotlar 
«Ovisto»ning eng qadimgi qismlari sanaladi. 
4.  Yashtlar.  Yashtlar  zardushtiylik  dinining  xudolari  va  ma'budalari  sharafiga 
aytilgan 22 qo'shiq(gimn)ni o’z ichiga oladi. 
5.  «Kichik  Ovisto»  (Xurda  Ovisto,  Xvartak-apastak).  Quyosh,  Oy,  Ardvisura, 
Mitra,  olov  xudolari  hamda  ma'budalar  sharafiga  bag’ishlangan  kichik  ibodat 
(gimn) matnlaridan iborat. 


 
11 
Zardushtiylik  dinining  g’oyalari  xususida  so’z  borganda,  ularning  to’g’rilik 
bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim. 
Inson  va  uning  jamiyatda  tutgan  o’rniga  nisbatan  munosabat  masalasi «Got»lar  
o’z ifodasini topgan. 
«Ovisto»  tarbiyaviy  manba  sifatida  katta  ahamiyatga  ega.  Yuqorida  aytib 
o’tilganidek,  Zardusht  qadimgi  qabilalar  a'zolarining  diniy  e'tiqodlariga 
aylangan  qarashlar  mazmunini  isloh  qilgan.  Keyingi  boblarda  Yima  haqidagi 
afsona  keltiriladi.  Afsonada  erni  uch  barobar  ko’paytirish,  o’simlik,  hayvon  va 
odamlarni himoya qilish maqsadida  chegara belgilanganligi hikoya qilinadi. Ushbu 
afsonada,  shuningdek,  qadimgi  Hind-Eron  qabilalarining  Erning  suvdan  paydo 
bo’lganligi  borasidagi dastlabki tasavurlari ham  o’z ifodasini topgan. 3-19-boblarda 
esa,  gunoh  va  uning  jazosi,  poklikning  mohiyati  ta'riflanib  olov,  suv,  er,  chorva, 
daraxt  hamda  o’simliklar  ulug’lanadi,  kohin,  harbiy,  dehqon  va  chorvadorlar 
sharaflanadi.  Hayvonlarga  zulm  o’tkazish  eng  katta  gunoh  sifatida  qoralanadi. 
Mazkur  bo’limda  shaxsiy  gigienaga  amal  qilishga  oid  qoidalar–tirnoq  va  sochni 
parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. 
XIX  bobda  odamlarning  Axura  Mazdaga  bo’lgan  e'tiqodlari  darajasini  ifodalash 
maqsadida  ular  boqiy  dunyoda  qil  ko’prikdan  o’tadilar,  ko’prikning o’rtasi qilich 
kabi o’tkir bo’ladi, deyiladi. Kimki Axura Mazdani tan olmasa, unga ishonmasa, u «Qil 
ko'prik»dan  o’tolmay,  jahannamga  tushadi.  Dindor  va  doimiy  ravishda  ibodat 
qiluvchilar esa jannatga  tushadilar. Axura Mazda yaratilgan vaqtdan boshlab oradan 
o’n mingyi] o’tgach, Axrimanning kuchi tugab, Adolat o’lkasi qaror topadi. Shunda 
barcha mayitlar (qazo qilgan kishilarning tanalari) bir joyga to’planadi, ularga jon ato 
etilib,  yaxshi  kishilar  bir  tomonga,  yomon  kishilar  ikkinchi  tomonga  ajratiladi.  Shu 
tariqa yaxshilar jannatga, yomonlar esa do’zaxga tushadi. Yaxshi odamlar uch kun 
davomida  otash  irmog’ini  kechib  o’tgach,  gunohlardan  poklanib,  Axura  Mazda 
yurti  -  Adolat  o’lkasiga  kiradilar.  Bu  o’lkada  inson  o’zining  axloqi  va  yaxshi 
amallari,  xatti-harakatlari  bilan  yaxshilik  tarafdori  ekanligini  isbotlashi  kerak. 
Inson  o’z  hayot  yo’lini  tanlar  ekan,  o’z  zimmasiga  olgan  majburiyatnibajarishga 
javobgar  sanaladi.  «Got»larda  Axura  Mazdaning  erdagi  yordamchisi  hisoblangan 
chorvadorlarning  dunyoqarashlari  ifodalangan.  Yaxshi  kishilar  yuksak  axloqiy 
xislatlarga  ega  bolsalar,  yovuz  kishilar  yomon  xislatlarning  egasidir. 
Zardushtiylikda  yaxshilik  va  yomonlik  tushunchalari  orqali  er  yuzida  mavjud 
bolgan yaxshilik va yomonlik dunyosining mohiyati ochib beriladi. 
Taqvodor  chorvador  odil  va  oqil  bo’lib,  atrofdagilarning  hurmatlariga  sazovor 
bo’lsa,  katta  podaning  egasiga  aylanadi.  Chorvadorlarning  nazarida, 
ko’chmanchilar  ularning  dushmanlaridir.  Chunki  ular  odamlarni  talaydi,  molini 
haydab  ketadi.  Asarda  ko’chmanchilar  axloqsiz  maxluqlarga  qiyoslanadilar.  Ular 
azob-uqubatlarga  loyiq,  zero,  serhosil  yaylovlarni  yakson  etadilar,  yaxshilik 
homiylariga hujum qiladilar. 
Bildirilayotgan  fikrlardan  anglashiniladiki,  zardushtiylik  dinining  g’oyalariga 
ko’ra,  shaxsning  axloqiy  xislatlarga  ega  bo’lishi  Adolat  oikasini  qaror  toptirishda 
tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura 
Mazdaning  ko’makchisi  sanalgan  inson  sa-hovatli  bo’lishi  kerak,  degan  aqidadir. 
Garchi,  zardushtiylikda  diniy  rasm-rusumlarga  rioya  etish,  Zardusht  tomonidan  ilgari 


 
12 
surilgan  barcha  axloqiy  yo’l-yo’riqlarni  bajarish  har  bir  kishining  muqaddas  burchi 
ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib 
beriladi. 
Zardusht  Axura  Mazdadan  dunyoda  shodlik  va  baxt  makoni,  eng  sevimli  joy 
qaerda ekanini so’raganda, u shunday javob beradi: baxt makoni shunday joyki, kishilar 
u  erda  uy-joy  quradilar,  otashkada(ibodatxona)lar  barpo  etadilar,  dehqonchilik  va 
chorvachilik  bilan  shug’ullanib,  bola-chaqali  bo’ladilar;  men  har  ikkala  qoli  bilan 
mehnat  qiluvchi  kishini  qo’llayman,  uning  ishiga  baror,  hosiliga  baraka 
bag’ishlayman, deydi. Bunda mehnat, dehqonchilik yovuz kuchlarga qarshi kurash, 
yaxshilik manbai, tayanchi, deb ko’rsatiladi. 
Zero,  zardushtiylikda  axloqiylikning  asosi,  sahovatlilik  belgisi  -mehnat,  deb 
ko’rsatilsa,  ishyoqmaslik  barcha  nuqsonlarni  keltirib  chiqaruvchi  sabab  ekanligi 
ta'kidlanadi. Ayniqsa, dehqonchilik sohasida qilinayotgan mehnat yaxshilikni yuzaga 
chiqaruvchi asosiy omil deya  ta'kidlanadi. Dehqonchilikbilan shug’ullanish, mo'1-ko’l 
hosil  etishtirishga  qaratilgan  harakat  Axura  Mazda  qonuniga  bo’ysunish  sanalgan.  Don 
ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekishi, Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini ilgari surishi, 
imonni  oziqlantirib  turishi  o’n  ming  marta  ibodat  qilish  bilan  barobar,  yuzlab 
qurbonlik  qilishga  teng  deyiladi.  «G'alla  erdan  unib  chiqqanda,  devlar  larzaga 
keladi,  g’alla  o’rib  olinayotganda  devlar  nola-faryod  chekadi,  g’alla  yanchib,  un 
qilinayotganda  ular  qocha  boshlaydi,  xamir  qilinganda  esa  devlar  mahv  bo’ladi. 
G’allaning mo'1-ko'l bolishi devlarning labiga qizitilgan temir bosilgandek ularni tum-
taraqay qiladi». 
Ushbu  misollarda «Ovisto»da inson  mehnati tufayli barcha  yomon xislat,  yomonlik 
hamda yovuzliklardan qutilishi mumkin, degan g’oya ilgari suriladi. 
Samoviy dunyoda ham uchlik hukmronlik qiladi: Axura Mazda - Oliy tangri, ya'ni 
«Qodir  iloh»  -  o’t,  alanga  ruhiga,  Asha  (Arta)  -  Vazishta  -«Eng  yaxshi  tartibot»ga 
(kohinlik  va  katta  kohinning  samoviy  obrazi),  chorva  ruhi-  Voxu  Mana,  ya'ni 
«Sahovatli  fikr»ga  (o’troq  chorvadorlar  va  ularningboshliqlari  jamoasining  samoviy 
obrazi)  tayanadi.  Ana  shu  uchlik  fikr,  so’z  va  ish  birligidan  iborat  axloqiy  uchlikni 
ham o’zaro bo’lishib olishgan. 
O’sha  davrda  jamiyatda  bosh  hokim  (lashkar  boshlig’i)  katta  kohin  (kohinlar 
ijtimoiy  guruhining  boshlig’i)  yoki  urug’  oqsoqollariga,  o’troq  chorvador  va 
dehqonlarning  jamoalari  hamda  xonadonlariga  tayangan.  «Ovisto»  asarining  hajmaii 
eng katta qismi - «Yasna»larda inson kamolotini belgilovchi axloq-odob mezoni uchlik 
-  Humata  (manbalarda  Gumata,  Humata)  -  yaxshi  fikr,  Hukta  (manbalarda  Gukta, 
Hukta)  -  yaxshi  so’z  va  Hvarsha  (manbalarda  Gvarsha,  Hvarsha)  -  yaxshi  ishlar 
birligida  ifodalanadi.  «Men  yaxshi  fikr,  yaxshi  so’z,  yaxshi  ishga  shon-shavkat  baxsh 
etaman.  Men  yaxshilikdan  iborat  Mazda  qonuniga  shon-shavkat  baxsh  etaman» 
(«Yasna», 14-bob), deyiladi asarda. 
«Ovisto»da inson fikri, so’zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana 
(Ezgu  fikr)  va  Ako  Mana  (yovuz  fikr)  ta'sir  ko’rsatadi,  deydi.  Barcha  fikr,  so’z  va 
ishlar  asosida  aslida  ezgulik  va  yovuzlik  mavjud  («Yasna»,  30-bob).  Asta-sekin 
axloqiy  tushunchalar  shaxsiy  mazmun  kasb  eta  boshlaydi.  Masalan,  «Yaxshi  so'zlar» 
deganda  ahdida  turish  va  beril-gan  va'dani  bajarish  kabilar  nazarda  tutilsa,  «Yaxshi 
amallap>  deganda  esa,  savdo-sotiq  ishlarida  halol  bo’lish,  qarzni  vaqtida  to’lash, 


 
13 
o’g’rilik  va  talonchilik  qilmaslik,  o’zgalarning  moliga  ko’z  olaytirmaslik,  buzuqlik-
lardan  o’zini  tiyish,  atrofdagilarga  ziyon  etkazadigan  har  qanday  harakatni  sodir 
etmaslik va hokazolar tushunilgan. 
Zardusht  yovuzlik  kuchlariga  ko’maklashgan  kishilarga  nisbatan  ayovsiz 
munosabatda, chorvachilik rivojiga xalal beruvchi yolg’on  ixlosmandlariga qarshi 
kurashda  esa  shafqatsiz  boladi.  «Kimki  menga  sodiq  bo’lsa,  eng  yaxshi  narsaga 
musharraf  bo’ladi,  kimki  sodiq  bo’lma-sa,  unga  eng  yomon  narsa  nasib  etadi... 
Kimki meni - Zardushtni quvvatlasa, buning evaziga istagan barcha narsalari bilan 
birgalikda bir juft sog’in sigir ham oladi»(«Yasna», 46-bob), deyiladi asarda. 
«Yaxshi  fikr»  iborasining  mazmuni  o’zida  ilohiy  qonun  ruhidagi  g’oyalarga 
ega  bo’lish,  yaqin  kishisiga  nisbatan  mehribonlik  ko’rsatish,  muhtojlarga 
ko’maklashish,  yovuzlikka  qarshi  kurashga  doimo  tayyor  turish,  kishilarning  baxt-
saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda 
yashashga  intilish  ruhidagi  niyat  va  fikrlar  musaffoligini  aks  ettiradi.  Inson  fikran 
ham  boshqalarga  hasad  qilmasligi  lozim.  Yaxshi  niyatli  kishi  darg’azab  bo’lmaydi, 
jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, 
burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. 
«Ovisto»dagi  uchlikning  haqiqiy  manbalariga  yondashiladigan  bo'1sa,  ular 
qadimgi  zamon  kishilarining  axloqiy  tasawurlariga  batamom  muvofiq  bo’lib 
tushadi.  Fikr,  so’z  va  ishning  birligi  ibtidoiy  insonning  ham  ajralmas  xislati  edi. 
Uning  ong,  axloq  va  boshqalar  xususidagi  tasawurlari  o’zi  mansub  bo’lgan  jamoa 
bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning 
ham  so’zlari,  jamoaning  ishlari  uning  ham  ishlari  bo’lgan.  Ijtimoiy  va  shaxsiy 
manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning 
har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi. 
Zardushtiylik  ilohining  etmish  ikki  nomi  borligi  ma'lum.  Yuqorida 
ta'kidlanganidek,  Zardusht  butun  hayoti  davomida  ezgu  fikr,  ezgu  kalom,  ezgu 
amaldan iborat uchlik g’oyasini ilgari suradi va ushbu g’oyaga awalo uning o’zi amal 
qiladi.  Inson  o’limidan  so’ng  marhumning  faoliya-ti  ustidan  o’tkazilgan  hisob-kitob 
vaqtida  Haqiqat  ilohi  u  tomonidan  sodir  etilgan  ezgu  va  yovuz  amallarni  maxsus 
tarozida o’lchaydi. 
Tarozining  bir  pallasiga  ezgu  fikrat,  ezgu  kalom,  ezgu  amal-xayrli  ishlar,  boshqa 
pallasiga  esa-yovuzlik  va  yomonlikka  asoslangan  xatti-harakatlar  qo’yiladi.  Ezgu 
amallar salmog’i og’irlik qilsa,  marhum  ruhi  yuqoriga  uchadi  va  jannatga  tushadi, 
yovuz va yomon harakatlar qo’-yilgan palla og’irlik qilsa, chohga tushadi. 
Axura Mazda-Oliy tangri elchisi sifatida «Xurmuzd yasht»da shunday ta’riflanadi: 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish