5. Germaniyada talim tizimi
Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari talimning quyi
bosqichi hisoblansada, lekin davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni
mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari,
korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar
bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul
tolaydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi .
Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning
yarmida yesa uyda, oilada bo’ladilar. Bu mamlakatda kuni uzaytirilgan bog’chalar
ham bor.
Majburiy talim 6 yoshdan 18 yoshgacha bolgan bolalarga tegishli, ya’nibu
jarayon 12 yil davom yetadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to’la
haftalik o’qishda o’qiydi. o’qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar kam.
o’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom yetadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang’ich
maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu yerda 5-6-
sinf bosqichidagi yo’nalish maktablarda maxsus dastur asosida o’qiydilar. Keyin
navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: bular - asosiy, maxsus maktab, real bilim
yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o’tadi. 9 yoki 10 yillik o’qish
tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga
yega bo’lgan bolalar o’qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich
maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda o’qish 6 yil davom yetadi (5-10
sinfgacha) va to’la o’rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar
o’rta maxsus o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib
o’qish huquqiga yega bo’ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13
sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham
bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o’quv yurtida
o’qish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar talimi muhim ahamiyatga
yega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchli. To’liqsiz o’rta
maktabni bitiruvchilarning 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom
yettiradilar. Aksariyat hollarda o’qish muddati 3-3,5 -yilni tashkil yetadi. o’qish uch
bosqichdan iborat bo’lib, birinchi -yili asosiy hunar talimi beriladi. Bunga
o’qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik
korxonalarda amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar
ta’limi beriladi. o’quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o’tishi sinov
imtihonlari o’tkazilib o’qishni davom yettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil
davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi.. Bitiruv
180
imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari
korxonalarning yetakchi mutaxassislari, federal yerlardagi sanoat palatasi,
hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining
diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uphun 1
yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab yetiladi. o’qishga qabul qilish imtihonsiz
maktab talimi to’g’risidagi hujjatga asosan oshiriladi.
Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga yega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi
rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. o’z-o’zini boshqarishda
vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki
prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o’qituvcbilar, o’quvcbilar, ilmiy
xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi yerkin tashkil yetilgan. Ko’p
sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif yetiladi. o’qishga haq
to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko’tara
olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’g’iisidagi federal qonunga ko’ra
ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa,
ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama qilinmoqda,
bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar
7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari
yoki bundesverda xizmat qilishini hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat
faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
Germaniyada Xalq universitetlari mayjud bo’lib, ular partiya va dindan tashqari
muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bolib, faqat 1989-yili universitetlarda
400000 kurslar tashkil yetilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan.
Davlat malaka osbirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka
mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida tinglovchilarga mablag’
bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z malakasini oshirish
imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil
davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. Cherkovlar
ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok yetadi. Yevangel cherkovi
o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo’yicha konferensiyalar tashkil
yetadi.
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat
sohalariga katta ahamiyat beradilar.
Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy an’analaridan
biri. o’tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi,
o’shandan beri «Tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib
qolgan. Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi-fundamental amaliy
tadqiqot boiib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari
yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab
tizimga yega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada talim tizimini isloh yetish
yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
Nazorat uchun savollar
1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim yo’nalishlari qanday belgilangan?
181
2. AQSHda ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan?
3. Yaponiya ta'lim tizimi haqida gapirib bering.
4. Janubiy Koreyada ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan?
5. Fransiyadagi ta'lim tizimini so’zlab bering. 6. Germaniya ta'lim tizimi qanday tashkil
etilgan?
7. O’zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan qanday foydalanish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |