Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Muhammad ibn Iso at-Termiziy 
Mashhur  muhaddislardan  yana  biri  vatandoshimiz  Muhammad  ibn  Iso  at-
Termiziy  bo’lib,  u  824  -yili  Termiz  yaqinidagi  Bug’  qishlog’i  (hozir- gi  Surxondaryo 
viloyatining  Sherobod  tumani)da  tug’ilgan.  Uning  oilasi  va  ota-onasi  haqida 
ma'lumotlar  yo’q.  Ba'zi  tadqiqotchilar  uning  otasi  asli  marvlik  bo’lgan  deb  qayd 
etadilar. 
Muhamad ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o’rganishga qiziqqan, ayniqsa hadis 
ilmini chuqur egallagan. 
Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 -yildan ko’p mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz 
shahrida  bo’lib,  Makka  va  Madina  shaharlarini  ziyorat  qiladi.  Iroq  hamda  Xurosonda 
hadis,  fiqh,  qiroat,  bayon,  tarix  va  boshqa  ilmlarni  o’rganadi.  Mazkur  safarda 
Muhamad  ibn  Iso  at-Termiziy  ustozi  Imom  Ismoil  al-Buxoriy  bilan  uchrashadi. 
Alloma  ustoziga  nisbatan  alohida  hurmatda  bolib,  uning  yordamida  hadis  ilmidan 
to’la xabardor bo’ladi. Manbalarda e'tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-
Termiziy ustozining vafoti tufayli ko’p yig’laganidan ko’zi ko’r bo’lib qolgan. 
Muhammad  ibn  Iso  at-Termiziy  zehnining  o’tkirligi,  xotirasi,  va  yod  olish 
qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy uni faqatgina shogird  sifatida 
emas, balki hamkor, hamfikr va do’st sifatida ham hurmat qilgan. 
Muhammad  ibn  Iso  at-Termiziy  uzoq  safarda  manbalardan  o’qigan  yoki 
muhaddislardan eshitgan hadislarni to’plab, kitoblar tashkil qilishga kirishadi. U 863 
-yili o’z vataniga qaytadi va o’zi ham shogirdlarga talim beradi, ayni vaqtda kitoblar 
ham yozadi. 
Alloma tomonidan o’ndan ortiq asar yaratilganligi malum. Bular qatoridan «Al-
jome' 
as-sahih» 
(«Ishonchli 
to'plam»), 
«Ash-shamoil 
an-nabaviya» 
(«Payg’ambarning alohida fazilatlari»), «Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi illatlar va 
og’ishlar haqida») kabi asarlari o’rin olgan bo’lib, ular juda mashhurdir. 
Muhammad  ibn  Iso  at-Termiziy  tomonidan  yozib  qoldirilgan  asarlarda  o’z 
ifodasini  topgan  hadislar  ham  Imom  Ismoil  al-Buxoriy  tomonidan  bayon  etilgan 
hadislar  kabi  insonni  halollik,  adolat,  e'tiqod,  diyonat,  poklik,  mehnatsevarlik, 
muruvvatlilik,  mehr-shavqat,  yoshi  kattalar,  ota-ona  va  qarindoshlarga  hurmat 
g’oyalarini  ilgari  surish  xususiyatiga  ko’ra  shaxs  ta'limi  va  tarbiyasini  tashkil 
etishda katta ahamiyatga ega. 


 
36 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish