Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda xalq
maorifi va pedagogika
Tarixdan ma'lumki, xalqimiz o’z boshidan kechirgan og’ir davrlardan biri Ikkinchi
jahon urushi yillaridir. O’sha davrda mamlakatimiz yoshlarini yuksak axloq
ruhida, ayniqsa, vatanparvarlik, do’stlik, meh-natsevarlik, ongli intizom, fidokorlik,
birdamlik ruhida tarbiyalash kuchaydi. Bu tarixiy sharoit taqozosi edi.
1941 -yil 22 iyunda fashistlar Germaniyasi hujum qilmaslik haqidagi bitimni
buzib, urush e'lon qilmay turib Sovet ittifoqiga bostirib kirdi.
Mamlakatdagi hamma xalqlar mudofaa uchun otlandi. O’zbekiston ham
himoyaga o’zining munosib hissasini qo’shdi.
Kishilar fabrika va zavodlarda, shaxta va temiryo’llarda, kolxoz, sovxoz va
MTSlarda—hammajoyda «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g’alaba
uchun» degan shior ostida fidokorona ishladilar. Butun kuch, vosita va imkoniyatlar
fashistlar ustidan g’alaba qozonish uchun safarbar etildi.
Mamlakat mudofaa fondiga pul, qimmatbaho buyumlar, davlat obligasiyalari,
xullas, kimda nima bolsa, hammasini topshirdi. Urushning dastlabki kunlaridanoq
birgina Toshkent shahrining o’zida mudofaa fondiga 5,5 million so’mdan ortiq pul
yig’ildi.
Dushman bosib olgan yerlardagi anchagina zavod-fabrikalar, ishlab chiqarish
142
korxonalari, turli muassasalar O’zbekistonga ko’chirildi. O’zbekiston ularni joy,
ishchi kuchi bilan ta'minladi. Buning ustiga, frontdagi armiyani oziq-ovqat va
kiyim-kechak bilan ta'minlash asosan o’zbek xalqi zimmasiga tushdi. Ishchi kuchi
etishmaganidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ib-terib olish ancha orqaga
cho’zilib ketmoqda edi. Hukumatning 1942-yil 13 fevralda chiqargan «Urush
yillarida mehnatga qobiliyatli bo’lgan barcha kishilarni ishlab chiqarish sohasiga va
qurilishga jalb qilish to'g’risida» farmoni mamlakat ichkarisidagi ishlarni
birmuncha izga soldi.
Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o’quv dasturlari sharoitga
moslashtirildi.
Urush yillari harbiy-fizkultura darslari soati ko’paydi, harbiy o’qish 1-sinfdan
boshlab o’tila boshlandi, harbiy ta'lim faqat o’g’il bolalarga emas, qiz bolalarga ham
o’rgatila boshlandi.
Urushning
dastlabki
kunlaridan
boshlab
urush
ketayotgan
joylardan
O’zbekistonga ko’plab yosh bolalar va keksalar, xotin-xalaj evakuasiya qilingan edi.
1942-yili ular soni 716 mingga etdi.
1943-yili O’zbekistonda 154 bolalar uyi bor edi. 1945-yilga kelib ular soni
242taga, tarbiyalanuvchilar soni esa, 31.500ga etdi.
Urush davrida ko’pchilik pedagoglar frontga safarbar qilinganligi uchun
respublika bo’yicha 1940-1941 o’quv yilida 36267 nafar o’qituvchidan 30616
kishi qoldi. Frontga ketganlar o’rnini to’ldirish uchun qisqa muddatli o’qituvchilar
tayyorlash kurslari ochildi. 1941-yildan 1943-yilgacha bu kurslarni 16 ming o’qituvchi
bitirib chiqdi. Boshqa sohalarda ishlayotgan o’qituvchilar maktabga qaytarildi.
Maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlash ishiga, ayniqsa, o’zbek xotin-qizlaridan
ko’proq jalb etish zarurligi alohida ta'kidlandi.
Shaharlardagi maktablarda o’qish uch smenada olib borilar edi. Bu hol esa,
tabiiyki, ta'lim-tarbiya jarayonining qiyinlashishiga olib kelgandi. Darslar 40 minutga
qisqargandi. Ashula va rasm darslari umuman o’tilmagandi.
Kitoblar yetishmasligi tufayli o’qituvchilar og’zaki tushuntirishga katta e'tibor
berdilar. Yangi o’tiladigan dars o’qituvchi tomonidan doskaga yozilar, o’quvchilar uni
daftarga ko’chirib olishardi.
Sharoit taqozosi bilan ko’pchilik o’quvchilar ham maktabda o’qib, ham qishloq
xo’jalik ishlarida faol qatnashdilar. Barcha ishlab chiqarish muassasalarida, zavod
va fabrikalar qoshida kurslar ochilib, o’quvchilar o’qishdan ajralmagan holda mehnat
qildilar.
O’zbekiston mahalliy sovetlari, hukumat ko’rsatmasiga binoan, 1943-yilning 1
yanvaridan boshlab 8-10-sinf o’quvcbilari hamda katta yoshdagi o’zbek o’quvchilarini
o’qish haqi to’lashdan ozod etdi. Qozoq, qirg’iz, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa
xalqlar bolalari ham o’qish haqi to’lashdan ozod bo’ldilar.
1942-yilning boshidan qishloq xo’jaligi asoslarini maktabda o’qitiladigan
fanlar qatoriga kiritish haqida buyruq chiqdi.
Davlatning maxsus ko’rsatmasiga binoan 1943-yildan boshlab ba'zi maktablarda
o’quv-ishlab chiqarish ustaxonalari ochila boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi g’alaba bilan tamom bo’lgach, respublika xalq talimi
urushdan keyingi yillar bir qancha jiddiy qiyinchiliklarni engib o’tishga to’g’ri
143
keldi.
Urush davrida maktablar birmuncha qisqargan, o’quvchilar soni ham shunga
yarasha kamaygandi. Ko’pchilik o’quvchilar turli sinflardan o’qishni tashlab,
frontga, front uchun qurol-aslaha ishlab chiqaradigan zavodlarga ishga ketib qoldilar.
O’sha yillari yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablar o’z vaqtida
jihaozlar bilan ta'mirlanmaganligi sababli ko’p maktab binolari o’quv jarayonini
maromida tashkil etish va gigiena talablariga javob bermas edi.
Urushdan keyingi dastlabki yillari o’quvchilarning maktabni tashlab ketishlari
birmuncha kamaygan bo’lsa ham, harholda, davom etaverdi: 1945-1946 o’quv
yilida O’zbekiston maktablaridagi o’quvchilar soni rejadagi 1 mln.10 ming kishi
o’rniga 823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda qolgan o’quvchilar soni ham ko’p
bolib, 1946-yili u barcha o’quvchilarning 37%ini tashkil etdi. Ayniqsa, qizbolalarni
maktabga jalb qilish, ularni o’qish tugaguncha ushlab turish alohida muammo sifatida
ko’ndalang bolib turardi.
O’qituvchi xodimlar masalasi urushdan keyingi yillardagi eng katta
muammolardan biri edi. Chunki malakali o’qituvchilar asosan urushga yuborilgan,
ularning ko’pchiligi halok bo’lgandi. Xususan, 1947-yili respublika bo’yicha 4
ming o’qituvchi etishmasdi. Tuman xalq maorif bo’limlari mudirlari, maktab
direktorlari va ta'lim bo’yicha direktor muovinlarining 60% dan ko’prog’i tegishli
malumotga ega emasdi. 1950 -yili 7125 maktab o’qituvchilarga muhtojlik sezardi.
Rasmiy hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish
maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o’qitishga urg’u berdi.
Natijada 60-yillari o’zbekiston tarixi, o’zbek tili va adabiyoti, chet tili, musiqa va
ashula darslari hajmi keskin qisqardi va ular o’quv rejasida belgilanganidan haftasiga
16,5 soat kamayib ketdi. Ular o’rniga esa rus tili va adabiyoti fani o’qitildi. Masalan,
o’qituvchilar «XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida o’zbek adabiy muhiti»,
«Milliy-madaniy jarayonlar» to’g’risidagi mavzularda dars o’tishi lozim bolgan
soatlarda rus madaniyatining«progressiv» ahamiyatini ko’rsatib berishga majbur
boldilar. Oqibatda, boy va ko’hna o’zbek xalqi tarixini o’rganishga 52 soat
ajratilgani holda boshlang’ich maktablarda rus tili va adabiyoti fanlari uchun 1600
soat ajratilgan.
Xalq xo’jaligini tiklash hamda rivojlantirish sohasida urushdan keyingi birinchi
beshyillikda jiddiy kamchiliklarga duch kelindi. Birinchidan, aholi o’zi tug’ilib
o’sgan shaharlariga qaytib ketayotganligi sababli aholi sonida keskin o’zgarishlar
ro’y berdi. Ikkinchidan, majburiy ta'lim maktablarida o’qitiladigan bolalarni
hisobga olishning aniq va tezkor sistemasi yo’q edi.
Shuning uchun ham maorif xodimlari tezlik bilan maktab shoxob-chalarini
tiklash va kengaytirish, urush vaqtida maktabni tashlab ketgan bolalarni maktablarga
tortish sohasida juda katta ishlar qilishlari kerak edi. Bunday mas'uliyatni bajarishda
ular dastlab boshlang’ich maktablarni tamomlagan bolalarning hammasini to’la
ravishda o’qishga tortishga e'tibor berishlari lozim edi. Bu ish ancha muvaffaqiyatli
amalga oshirildi.
Bu davrga kelib o’rta maktabni bitirib chiqayotganlarning soni oliy o’quv
yurtlariga qabul qilinayotganlar soniga qaraganda ancha ortib ketdi. o’rta maktablarni
tamomlaganlarning ko’pchiligi sanoat va qishloq xo’jaligida ishlashlariga to’g’ri
144
keldi. Biroq ular bu amaliy faoliyatga yetarli tayyorlanmagandilar: maktablarda
o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishlari yaxshi yo’lga qo’yilmagandi.
O’rta maktablarni tamomlaganlarning maxsus kasbiy tayyorgarligini oshirish
maqsadida texnikumlar soni ko’paytirildi, texnikumlar qoshida to’liq o’rta malumotli
kishilarni qabul qiladigan bo’limlar ochildi. Bu bo’limlarda o’qish muddati 2-3 yil
qilib belgilandi. Mehnat zahiralari sistemasida o’rta maktab negizidagi texnika bilim
yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bilim yurtlari 1-2 yillik o’qish muddati bilan yuqori
malakali mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi.
Urushdan keyingi yillari 1943-yili ochilgan ishchi va dehqon yoshlari maktablari
(kechki va smenali) tarmog’i birmuncha kengaytirildi.
1951-55 yillarga mo’ljallangan beshinchi beshyillik rejada politexnika ta'limiga
katta o’rin berildi. Shu munosabat bilan ittifoqdosh respublikalarning talim
vazirliklari o’quv rejalari va dasturlarini qayta tuzib, politexnika talimini oshirish
to’g’risida maktablarga ko’rsatmalar berdilar.
1957-1958 o’quv yilidan boshlab ba'zi pedagogika oliy o’quv yurtlarida boshlang’ich
maktab uchun oliy pedagogika malumotiga ega bo’lgan o’qituvchilar tayyorlashga
kirishildi va buning uchun maxsus fakultetlar tashkil etildi. Lekin urushdan keyingi
yillari
hamda
mavjud
jamiyatni
rivojlantirish
jarayonida
respublika
maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo’lar edi.
Chunki o’tgan davrlar chuqur tahlil qilinganda ko’p kamchiliklar borligini ko’rish
mumkin. Chunonchi, ko’pgina maktablarda o’quv-tarbiya ishlarining saviyasi
davlat standarti talablariga etarlicha javob bera olmas, bir sinfda ikki yil qolgan
o’quvchilar soni hamon ko’p, o’quvchilarning maktabni tashlab ketishlari esa tobora
ko’payayotgandi. Ko’pgina maktablarning moddiy-texnika bazasi talablarga javob
berolmasdi, maktablarda matematika, fizika, rus tili va chet tili fanlaridan dars
beradigan malakali o’qituvchilar etishmasdi, yettiyillik umumiy majburiy talimni
amalga oshirish va o’rta talimni rivojlantirish borasidagi ishlarda ham muayyan
nuqsonlar yo’q emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish o’sha kunning birinchi
galdagi vazifasi bolib qolgandi.
Boshlang’ich maktabda to’rtyillik boshlang’ich talimdan uchyillik boshlang’ich
talimga o’tish amalga oshirildi.
Yettiyillik to’liqsiz o’rta maktab, umumiy majburiy sakkizyillik ta'lim
maktabiga aylantirildi.
Sakkizyillik maktabni tamomlagan o’quvchilar quyidagi o’quv yurtlarida
o’qishlari mumkin edi: 1) to’liq umumiy ta'lim o’rta maktablarida (IX-X
sinflarda); 2) o’qish muddati uch-to’rtyillik bo’lgan texnikumlarda; 3) hunar-
texnika bilim yurtlari hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1959-1975-yillari respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va
kuni uzaytirilgan guruhlar tarmog’i rivojlandi; jismonan nuqsonli bolalar uchun
maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar tayyorlash va ular malakasini
oshirish tarmog’i kengaytirildi. 70-80-yillari ham O’zbekiston maktablarida ahvol
o’zgarmay qolaverdi. Ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanmadi. Ammo
maktablar, o’quvchilar soniyildan-yilga ortib boraverdi. Masalan, O’zbekistonda 1945–
46-o'quv yilida jami 4525 maktab bo’lib, ularda qariyb 998 ming o’quvchi o’qigan
bo’lsa, 1970–71-o'quv yilida respublikaning umumiy talim maktablari soni
145
7072taga, o’quvchilar soni esa, 3 mln.164 ming kishiga etdi... 1970-1980-yillari xalq
talimi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag’ ll%dan 8%ga kamayib ketdi... 5%
dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi.
Umuman, xulosa qilib aytganda, urushdan keyingi va tinch qurilish davridan
mustaqillik davrigacha O’zbekiston maorifi, fan va madaniyati rus hamda Yevropa
madaniyati ta'sirida rivojlandi, ammo bu - o’zbek xalqining milliyligidan,
asrlardan beri meros bo’lib kelayotgan qadriyatlaridan muayyan darajada
ajralgan holda rivojlanish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |