Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Uch  fe'l  erur  kishiga  qotil oxir, Qotillik  aro zahri halohil oxir.  Buxl angla  birin, 
birin hauo bir oxir, Qil ujbni ham alarg’a doxil oxir. 
Darhaqiqat,  Alisher  Navoiy  o’zining  badiiy  asarlari  bilan  birga,  talimiy-
axloqiy asarlarida ham o’zi orzu etgan yetuk inson qiyofasini yaratadi. 
Navoiy  asarlarida  tasvirlangan  qahramonlar  -  Farhod,  Qays,  Iskandar 
obrazlarida  jismoniy  yetuklik  hamda  axloqiy  kamolot  o’z  ifodasini  topgandir. 
Insonning  sog’lom,  baquvvat  va  axloqli  bo’lib  yetishishi  xususidagi  o’gitlar 
allomaning didaktik-axloqiy asarlarida markaziy o’rinni egallagan. 
Aksariyat  asarlarda  yigit  kishi  yoshligidanoq  o’zlashtirishi  shart  bo’lgan 
harbiy-jismoniy  xislatlar  borasidagi  fikrlar  ilgari  surilar  ekan,  yoshlarda  ularni 
tarbiyalash yo’llari ko’rsatiladi. Navoiy ham, boshqa mutafakkirlar singari, har bir 
yigitga  quyidagi  fazilatlar  xos  bo’lishi  lozimligini  aytadi:  kamondan  ota  olish  - 
merganlik,  qilichbozlik,  suvda  suzish,  kurash  tusha  olish.  Mutafakkir  asarlarida 
bosh  obraz  sifatida  talqin  etilgan  qahramonlar  o’zlarida  ana  shu  xislatlarni  tarkib 
toptirishga  muvaffaq  bo’la  olgandirlar.  Xususan,  Farhod,  Bahrom  hamda  Iskandar 
chavandoz,  yengilraas  bahodir  va  mohir  mergan  bo’lib  yetishgandirlar.  Ularning 
jismoniy  kamolotga  erishish  jarayonlarini  yoritishga  xizmat  qiluvchi  lavhalar 
«Farhod  va  Shirin»,  «Sab'ai  sayyor»  va  «Saddi  Iskandariy»  dostonlarida  o’z 
ifodasini  topgan.  «Sab'ai  sayyor»  dostonida  asar  qahramoni  Bahromning  mohir 


 
98 
mergan  ekanligini  ifodalovchi  shunday  lavha  mayjud:  Diloromning  istagi  bilan 
shoh Bahrom ovga chiqadi. Ov chog’ida u kamondan o’q otib, bir kiyikning avval ikki 
oyog’ini  juftlaydi,  keyin  esa  ikkinchi  o’q  bilan  kiyikning  bo’g’ziga  o’q  otib, 
bo’g’izlaydi. Lavha tasvirlangan holat Bahromning naqadar usta mergan ekanligidan 
dalolat beradi. 
Bizga yaxshi malumki, ajdodlarimiz har bir yigitning harbiy-jismoniy mahoratni 
puxta  o’zlashtirishiga  alohida  e'tibor  berib  kelganlar.  Merganlik,  suvda  suzish, 
qilichbozlik,  kurash  tushish  sirlari  yosh,  o’ktam  yigitlarga  bu  borada  chuqur  bilim 
hamda  katta  hayotiy  tajribaga  ega  bo’lgan  murabbiylar  tomonidan  o’rgatilgan. 
Mavjud  an'anaga  muvofiq  Alisher  Navoiy  ham  o’zining  badiiy  hamda  talimiy-
axloqiy asarlarida yoshlarda ushbu xislatlarni tarbiyalash katta ijtimoiy ahamiyatga 
ega ekanligini ta'kidlab o’tadi. 
Navoiy  bilim  olish  jarayonida  barcha  fanlar  asoslarini  chuqur o’rganish  maqsadga 
muvofiqdir,  deb  hisoblaydi.  Shu  bois  alloma  turli  fanlar  yo’nalishlarida  yetuk 
bilimlarga  ega  va  xalq  o’rtasida  alohida  hurmat-e'tiborli  boigan  olimu  fozillarni 
yig’ib,  ularning  yordami  bilan  ilm-fanning  rivojini  ta'minlashga  e'tiborni  qaratadi. 
Ana  shu  maqsadda  shaxsiy  mablag’i  evaziga  madrasalar  barpo  etadi,  maktablar 
ochadi.  Madrasalarda  o’ziga  xos  tartib-qoidalarga  muvofiq  faoliyat  yuritilgan. 
Talabalardan mavjud tartib-qoidaga qafiy rioya qilish talab etilgan. 
Navoiy  bola  tarbiyasi  bilan  oila  hamda  maktabda  shug’ullanish,  bola  tarbiyasini 
olib  borish  jarayonida  namuna  usulidan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  ekanligiga 
alohida e'tiborni qaratadi. Tarbiya va talim ishlari  o’qituvchi, ota-ona tomonidan olib 
borilisbi  lozim.  Adib  bolalarga  jismoniy  jazo  berishdan  saqlanish,  aksincha, 
xushmuomalalik  bilan  yo'1  qo’yilgan  xatolarning  mohiyatini  ularga  tushuntirish 
zarurligini,  biroq  bu  o’rinda  me'yorga  amal  qilish  zarurligini  aytadi.  Navoiy 
o’qituvchining talabchan bo’lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy 
sifatlarning  shakllanishida muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Alloma fan asoslari 
yoki  muayyan  kasb-hunar  sirlarini  o’rganishga  layoqatli,  iste'dodli  bola-larni 
tarbiyalashga  alohida  ahamiyat  berish  jamiyat  uchun  katta  foyda  keltiradi, 
qobiliyatsizni  tarbiyalashga  urinish  befoydadir,  degan  xulosa-ga  keladi,ya'ni: 
«Qobiliyatlini  tarbiya  qilmaslik  zulmdir,  qobiliyatsizga  xislatga  ta'rif  beriladi. 
Navoiy  karam  va  muruvvat  sifatlarini  ota-onaga  qiyoslasa,  vafo  va  hayoni  egizak 
farzandlardir, deya ta'kidlaydi. 
Alisher  Navoiy  asarlarida  zamonaviy  pedagogika  fani  asoslari  sistemasida 
muhim  o’rin  tutuvchi  omil  o’z-o’zini  tarbiyalash  masalasining  mohiyati  ham 
yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko’ra, bolaning o’zi yo'1 qo’ygan xato 
va  kamchiliklarini  o’zi  anglab  olishi  hamda  ularni  bartaraf  etish  uchun  imkoniyat 
yaratish  zarur.  Mutafakkirning  e'tirof  etishicha,  kimki  bu  borada  yaratilgan 
imkoniyatdan  to’g’ri  foydalansa,  o’z  xatosini  anglay  oladi  va  uni  bartaraf  etishga 
harakat  qiladi;  kimki  yo'1  qo’yilgan  xatoni  anglash  va  uni  to’g’rilashga  harakat 
qilish o’rniga turli bahonalarni ro’kach qilaversa, xatolari yana bittaga oshishi uchun 
shaxsan  o’zi  sharoit  yaratadi.  Keltirayotgan  bahonasi  qancha  ko’p  bo’lsa,  uning 
yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko’rinadi, kamchilikning mayjud ekanligini 
ko’rsatgan  kishi  bilan  tortishish  qancha  kuchli  bo’lsa,  el  oldida  uning  obro’si 
shunchalik pasayadi. 


 
99 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish