Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Jahon Otin Uvaysiy (XVIII asrning 80-yillari tug’ilib, 65 yoshlarida vafot etgan) 
Jahon  Otin  Uvaysiy  Marg’ilonda  tug’ilgan.  Otasini  Qaynar  devona  yoki  Devonai 
Qalandar deb atashgan. Onasining nomi esa Chinnibibi edi. 
Dastlab  Jahonbibi  ota-onasi  va  akasi  ko’magida  Navoiy,  Jomiy,  Fuzuliy 
asarlarini sevib o’qib, o’rganadi. Uvaysiy taxallusi bilan she'rlar mashq qiladi. 
Uvaysiyning  maktabdorlik  faoliyati  qaysi  yillari  boshlanganligi  ma'lum  emas. 
Ammo, turmushga chiqquncha shoira otincha sifatida ancha tanilib qolgan edi. Onasi 
Chinnibibi o’qitadigan qizlar maktabida awal xalifalik qilgan, keyinchalik uning o’zi 
mustaqil tarzda qizlarni o’qita boshlagan. 
Shoirani  16-17  yoshlarida  Marg’ilonlik  Hojixon  ismli  yigitga  uzatadilar.  Uvaysiy 
Quyoshxon, Muhammadxon ismli o’g’il-qizning onasi bo’ladi. 
Nodira  kelin  bo’lgan  yillari  Uvaysiy  xalq  orasida  tanilgan  shoira,  uning  akasi 
Oxunjon  hofiz  Umarbekning  sozandasi,  eri  Hojixon  bekning  arboblaridan  edi. 


 
103 
Umarbek  haramidagi  nufuzli  ayollardan  Ulfatbegim  Nodiraning  shoiralik 
iste'dodini  ko’rishib,  unga  Uvaysiyni  ta'riflashadi  va  saroyga  keltirishni  eri 
Umarbekdan iltimos qilishni maslahat berishadi. 
Umarbek  Uvaysiyni  o’rdaga  muallima,  sozanda,  xonanda  sifatida  qabul qiladi. 
Uvaysiy o’rdada yosh bolalarni va kanizaklarni o’qitadi. Nodiraning ijodiy ishlariga 
ko’maklashadi. 
1809-yili Zolimxon laqabini olgan Olimxon o’ldirilib, o’rniga Umarbek (1809-1822) 
xon bo’ladi. U Marg’ilon o’rdasidagi butun harami bilan poytaxt – Qo’qonga ko’chib 
keladi.  Bu  davrda  ota-onasining  vafoti,  ustiga  eri  o’lib  ikki  bolasi  bilan  beva  qolgan 
Uvaysiy  Marg’ilonda  yashardi,  akasi  Oxunjon  hofizning  yordami,  muallimalikdan 
kelgan daromadi bilan tirikchilik qilardi. 
Uvaysiyning Umarxon saroyiga, saroy shoiralari qatoriga kelib  qo’shilisbi bilan 
bog’liq'  turli  fikrlar  mavjud.  Aslida  Uvaysiy  maxsus  yorliq  bilan  Marg’ilondan 
Qo’qonga chaqirilgandi. 
Nodira  Uvaysiyni  o’z  himoyasiga  oladi.  Ikkala  shoira  egachi-singil  tutinadilar. 
Nodira  egachisiga  Qo’qondan  hovli-joy  in'om  qiladi.  Uvaysiy  Qo’qonda  Nodiraning 
eng yaqin kishisi, suhbatdoshi, sirdoshi bo’lib qoladi. Xalq orasida tobora uning obro’yi, 
shuhrati ortadi, Nodira sayohatga qaerga borsa,  Uvaysiyni  ham  o’zi  bilan  birga  olib 
boradi. Nodira bilan u Konibodom, Xo’jand, o’ratepa, Toshkent, Andijon, O'sh va 
boshqa shaharlarda bo’ladi... 
XIX  asrda  o’zbekistonda,  umuman,  Markaziy  Osiyoda  talim-tarbiya 
muammolari  bilan  maxsus  shug’ullanuvchi  mutaxassislar,  olimlar  bo’lmagan. 
Lekin  davrning  ilg’or  kishilari  o’z  ma'rifiy  qarashlari  asosida  talim-tarbiyani 
rivojlantirganlar. 
O’tmishdagi  barcha  Sharq  mutafakkir  va  shoirlari  singari  o’zbek  otinlarining 
ham pedagogika nazariyasiga oid asarlari yo’q. Lekin bizga  meros qoldirgan she'riy 
durdonalariga  asoslanib  ularning  ta'lim-tarbiya  to’g’risidagi  qarashlarini  aniqlash 
mumkin. Bir so’z bilan aytganda, pedagogika ularning asarlariga singib ketgandir. 
1796 – 1797-yillari onasi otinlik qilgan xususiy maktabda dastlab xalfalik, keyin 
mustaqil  ravishda  otinlik  qilgan  Jahon  Otin  o’z  maktabida  ta'lim-tarbiya  sohasida 
o’ziga xos usullarni qo’llashga intilganligini ko’raraiz. 
Qizlarga  boshlang’ich  diniy  ta'lim  beradigan  otinbibi  maktablari  esa  asosan 
xususiy bo’lib, otinlarning uylarida tashkil qilinardi. Bunday  maktablar muayyan 
bir  o’quv  rejasi  va  dasturiga  ega  emas  edi.  o’q'uvchilar  ham  kitoblarni 
o’zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo’lib o’qitilardi. 
Domla  yoki  otinoyi  darsni  berilgan  vazifani  o’qitib  ko’rish  va  yangi  topshiriq 
berishdan boshlardi. 
Katta  yoshli  o’quvchilardan  biri  otinoyiga  yordamchi  qilib  saylanar  va  «xalfa» 
deb yuritilardi. Maktabdagi asosiy o’quv fani islom qaidalari  to’plami edi. Otinoyiga 
ish  haqi  sifatida  ota-onalar  oziq-ovqat  mahsulotlari,  kiyimliklar  berishar  ba'zan  pul 
to’lashar  edi.  Bundan  tashqari,  ota-onalardan  «bo'yra  puli»,  «o'tin  puli»  ham 
undirilardi. 
Otinoyi  maktabida  o’qitishning  saviyasi  otinoyining  bilim  darajasiga  nihoyatda 
bog’liq ekanligini alohida ta'kidlamoqchimiz. 
Qizlar  maktablarida  harflarni  hijjalab  o’qitish  usulida  savod  chiqarilardi. 


 
104 
Ya'ni, alfavit  yodlanardi:  - alif, be, te, se ...  So’ngra shu  harflarni bir-biriga qo’shib 
o’qish  mashq  qilinardi.  Domla-imomlarning  xotinlari,  qizlari  maktablarning 
qisqartirilgan  dasturi  asosida  o’qitilardi.  Shu  bilan  birga,  qizlarga  uy-ro’zg’or 
ishlaridan dastlabki mehnat ko’nikmalari berilardi. 
Maktabni  muvaffaqiyatli  tugatgan  talabalar  tuman  miqyosidagi  otinlar  maktabida 
o’qishni  davom  ettirardilar.  Uvaysiy  Umarxon  saroyida  shoira  sifatida  she'r 
san'atidan, musiqadan muallimalik qilgan. 
Qizlarga boshlang’ich ta'lim berar ekan, Jahon Otin ularning zehnini  o’stirishga 
katta  ahamiyat  qaratadi.  Otin  o’z  shogirdlariga  savod  o’rgatibgina qolmay, ular 
orasidan  iqtidorli  qizlarni  tanlab  Sharq  she'riyati  bilan  tanishtiradi.  Qizlarni  nazm 
bo’stoniga yetaklaydi. 
Uvaysiy o’z davrining peshqadam shoiralaridan bo’lgan. Shu bois qizlarga she'r 
san'atidan  dars  berganda,  o’sha  davr  shoirlari  bilishi  zarur  bo’lgan  nazirago’ylik, 
radifgo’ylikni  ham  o’rgatgan.  Har  bir  shoir  mushohada  kuchiga  ega  bo’lishi 
zarurligini uqtirgan. 
Jahon  Otinning  ko’p  asarlari  insoniy  muhabbat,  go’zallikni  ifoda  etadi.  Uning 
she'rlaridagi  asosiy  lirik  qahramon  hayotni  butun  go’zalligi  bilan  sevuvchi,  unga 
maftun  bo’lib,  shodlanuvchi,  jabr-zulmga  qarshi  kurashuvchi,  do’stlik, 
vafodorlikka  sodiq  chin  oshiq,  aqlli,  bilimdon  ayol.  Ana  shu  olijanob  insoniy 
fazilatlar  kishilardagi  vafosizlik,  bemehrlik,  yolgonchilik,  subutsizlik  kabi  salbiy 
illatlarga qarama-qarshi qo’yiladi. 
Uvaysiy  o’z  asarlarida  xalqning  dilida  yod  bo’lib  ketgan  hikmatli  so’zlar, 
maqollar,  iboralardan  keng  foydalanadi.  Bular  uning  asarlarining  tarbiyaviy 
ahamiyatini oshiradi. 
Uvaysiyning  ma'rifiy  faoliyatida  uning  ayollar  savodxonligini  oshirish,  aqliy 
tarbiya, musiqa san'ati, qobiliyatli qizlar bilan ishlash usullari  alohida ahamiyatga 
ega.  U  o’z  davrining  yosh  tolibalariga  hayotga  muhabbat  tuyg’ularini  singdirib 
borgan, tez fikrlash, chiroyli so’zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bog’liq bo’lgan 
chiston-topishmoq usullarini yaratishni o’rgatgan... 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish