Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


-mavzu: Alisher Navoiy talim-tarbiya to’g’risida



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

 
6-mavzu: Alisher Navoiy talim-tarbiya to’g’risida 
 
Reja
1.  Alisher Navoiyning ilmiy-marifiy faoliyati 
2.  Alisher Navoiy asarlarida ilm-marifat va odob-ahloq to’g’risida 
3.  Alisher Navoiy pedagogik merosini o’rganishning ahamiyati 
 
O’zbek  adabiyotining  asoschisi,  davlat  arbobi  Alisher  Navoiy  1441-yil  9  fevralda 
Hirot  shahrida  tug’ilgan.  Alisher  favqulodda  iste'dod  egasi  bo’lgan,  iste'dodining 
dastlabki  uchqunlari  u  uch-to’rt  yoshligidayoq  namoyon  bo’la  boshlagan.  Shu 
vaqtda u Fariddidin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini yod oladi. 
Alisherdagi ilm o’rganishga bo’lgan kuchli qiziqish hamda ishtiyoqni  o’z vaqtida 
anglagan  ota-onasi  uni  1445-yili  maktabga  beradilar.  Maktabda  tahsil  olayotgan 
chog’larida  o’tmish  mutafakkirlari  va  o’z  zamonasining  zabardast  shoirlarining 
ijodlari  bilan  yaqindan  tanishadi.  Mazkur  davrda  mayjud  badiiy  asarlar  mazraunini 
o’qib-o’rganish  bilan  kifoyalanib  qolmay,  mustaqil  ravishda  she'rlar  yoza  boshlaydi. 
Alisher  tomonidan  yaratilgan  she'riy  misralar  o’zida  yuksak  badiiy  va  falsafiy 
fikrlarni  aks  ettirar  edi.  Chunonchi,  uning  ustozi  Lutfiyga  o’qib  bergan  quyidagi 
misralari  bugungi  kunga  qadar  she'riyat  ixlosmandlarining  hayratiga  sazovor 
bolib kelmoqda: 


 
95 
Orazin  yopqoch  ko’zimdin  sochilur  har  lahza  yosh,  Bo’ylakim,  paydo  bo’lur 
yulduz, nihon bo’lgach quyosh. 
Bilimlarni  chuqur  o’zlashtirgan  Alisher  Navoiy  xalq  orasida  hurmat-e'tibor 
qozonadi.  Bolalikdan  birga  ulg’aygan  do’sti  sulton  Husayn  Boyqaro  Alisher 
Navoiyning iste'dodi, bilimi hamda hayotiy qarashlarini yuksak  qadrlagan holda uni 
o’ziga  vazir  etib  tayinlaydi.  Davlat  arbobi  sifatida  faoliyat  olib  borgan  Alisher 
Navoiy  fan  va  san'atning  turli  sohalari:  adabiyot,  tarix,  til  bilimlari,  musiqa, 
xattotlik, tasviriy san'at hamda  me'morlikning rivoji yo’lida amaliy harakatlar olib 
borish bilan birga, yoshlarga ta'lim va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-
e'tibor  qaratdi.  Ulug’  mutafakkir  o’zining  «Xamsa»,  «Mahbub  ul-qulub», 
«Munojot»,  «Vaqfiya»,  «Majolis  un-nafois»,  «Muhokamat  ul-lug’atayin», 
Abdurahmon  Jomiyning  «Arba'in»  nomli  asarining  tarjimasi  sifatida  yaratilgan 
«Chihil  hadis»  («Qirq  hadis»)  kabi  asarlarida  ta'lim-tarbiya  masalalariga  oid 
qarashlarini ifoda etadi. 
Alisher  Navoiy  o’z  asarlarida  komil  inson  obrazlarini  yaratib,  ular  qiyofasida 
namoyon  boiuvchi  ma'naviy-axloqiy  sifatlarni  uluglagan  bolsa,  talimiy-axloqiy 
muammolarni  yorituvchi  asarlarida  esa  komil  insonni  shakllantirish  jarayonining 
mazmuni,  ushbu  jarayonning  o’ziga  xos  jihatlari,  yo’llari,  shakl  va  usullari 
borasidagi mulohazalarni bayon etadi. 
Alloma  tomonidan  yaratilgan  asarlar  mazmunidan  anglashiladiki,  ularda  ilgari 
surilgan qarashlarning markazida inson va uning kamolotini ta'minlash g’oyasi turadi. 
Bunaqda navoiyshunos olim V.Zohidov quyidagi fikrni bildiradi: «Navoiy ijodi hamda 
amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo’nalish nuqtasi har narsadan 
oldin  inson,  uning  taqdiri,  baxti,  saodati, uning  yaxshi  yashashi,  buning  uchun  zarur 
jamiyat masalalaridir». 
Allomaning  tasavviridagi  komil  inson  o’z  qiyofasida  eng  yuksak  insoniy 
fazilatlarni  mujassam  eta  olishi  lozim.  Chunonchi,  u  ijodkor,  qobiliyatli,  shu  bilan 
birga, ilm-fanga muhabbatli bo’lmog’i zarur. Alisher Navoiyning qarashlariga ko’ra, 
ana shunday sifatlarning sohibi bo’la olgan insongina o’z kuchi hamda aqlu zakovatiga 
ishonadi.  o’z  kuchi  va  aqlu  zakovatiga  qattiq  ishongan  insongina  turli 
qiyinchiliklarga  bardosh  bera  oladi,  u  o’ta  murakkab  muammolarni  ham  hal  qila 
olishga qodir 
Navoiy ilm-fanning inson kamolotidagi o’rni, bilimlarni o’rganish  asosida hosil 
bo’lgan  aql  va  idrokning  inson  hayotidagi  ahamiyati,  aqliy  tarbiya  va  uning 
mohiyatini  yoritishga  alohida  e'tibor  qaratadi.  Alloma  insonga  xos  bo’lgan 
ma'naviy-axloqiy  xislatlar  xususida  so’z  yuritadi  harada  mazkur  sifatlarning  har 
biriga  ta'rif  berib  o’tadi.  Qanoat,  sabr,  tavoze(adab),  o’zgalarga  nisbatan  mehr-
muhabbatli  bo’lish,  ishqda  vafodorlik,  saxovat,  himmat,  karam,  muruvvat, 
yumshoqko’ngillik  (hilm)  kabi  xislatlarni  ijobiy  fazilatlar  sirasiga  kiritadi  va 
ularning  har  biriga  ta'rif  berganidan  so’ng  tanbeh  va  hikoyatlar  vositasida 
shaxsiy  qarashlarini  dalillar  bilan  to’ldiradi.  Asarda  axloqiy  fazilatlarning 
antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo’llari ham bayon etilgan. 
Mutafakkir  axloqlilikning  eng  muhim  mezoni  odob  deb  hisoblaydi.  Odobli, 
axloqli bo’lish insonga atrofdagi kishilar o’rtasida  muayyan  mavqe  hamda  hurmatga 
sazovor  bolishga  yordam  beradi.  «Adab  kichik  yoshdagilarni  ulug’lar  duosiga 


 
96 
sazovor  etadi  va  u  duo  barakati  bilan  umrbod  bahramand  bo’ladi,  -  deydi  adib.  - 
Adab,  kichkinalar  mehrini  ulugiar  ko’ngliga  soladi  va  u  muhabbat  ko’ngilda  abadiy 
qoladi.  Yoshlarni  ko’zga  ulug’  ko’rsatadi.  Ularning  yurish-turishini  xalq  ulug’vor 
biladi.  o’ziga  qarshi  xalq  tomonidan  bo’ladigan  hurmatsizlik  eshigini  bog’laydi  va 
kishini hazil-mazaxdan va kamsitilishidan saqlaydi. Kishi tabiatini  insonlik yo’liga 
soladi  va  odam  mizojiga  odamgarchilik  manzilida  orom  beradi.  Kichiklarga  undan 
muncha natija hosil bo’lgach, kattalarga allaqachon bo’lishini ko’rarsan. 
Adabdan muhabbatga bezak va pardoz yetadi, adab tarkidan do’stlikning ravnaq va 
bahosi ketadi. Adab va tavozu do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki tomondan yorug’lik 
yetkazadi. 
Tavozuli  va  adablilarga  ta'zim  va  hurmat  yetadi  va  u  urug’ni  ekkan  bu 
qimmatbaho hosilni to’plab oladi. Xalq muomalasida yaxshi axloqning boshlang’ichi 
shu xislatlar va bu xislat qattiq o’rnashsa, muhabbatga  xalal etishi maholdir. Agar 
har ikki tomonda yaxshi xulq bo’lsa, adabi va tavozu evaziga ta'zim paydo bo'ladi». 
Demak,  yaxshi xulqning asosi bo’lgan odob Alisher Navoiyning talqinida  barcha 
insoniy  xislatlarning  bosh  bo’g’ini  sanaladi.  Qanoat,  sabr,  tavoze,  ishq,  vafo, 
saxovat,  himmat,  karam,  muruvvat,  hilm  kabi  fazilatlarning  odobli,  axloqli 
kishilar  qiyofasidagina  namoyon  bolishini  uqtiradi. Mutafakkir  insonga xos bo’lgan 
ma'naviy-axloqiy  xislatlar  xu-  susidagi  fikrlarini  ularning  har  biriga  ta'rif  berish 
asosida davom ettiradi. Chunonchi, «Qanoat - buloqdir - suvi olgan bilan qurimaydi. 
Xazinadir  -  naqdinasi  sochilgani  bilan  kamaymaydir.  Ekinzordir  -  urug’i  izzat  va 
shavkat mevasi beradir. Daraxtdir - shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi etkizadi. 
Kimki,  qanoatga  odatlansa,  shoh  va  gadoy  bordi-keldisidan  ozod  boladi.  Qanoat 
qo’rg’ondir,  u  erga  kirsang  nafs  yomonligidan  qutularsan,  tog’liklardir  -  u  erga 
chiqsang  dushman  va  do’stga  qaramlikdan  xalos  bo’larsan;  tubanlashishdir  - 
natijasi  yuksaklik;  zoriqishlikdir  -  foydasi  ehtiyotkorlik  urug’ining  mevasi 
farovonlik». 
Alisher  Navoiy  qanoatni  toldiruvchi  insoniy  fazilatlar  sabr,  saxiylik,  karam, 
muruvvat,  himmat  ekanligini  ta'kidlab  o’tadi.  Mazkur  xislatlarning  bir-biriga 
yaqinligi hamda ularni insonning obro'-e'tiborini yuksak darajaga ko’tarishga xizmat 
qiluvchi xislatlar sanalishini aytib o’tadi.  Ayni o’rinda sabr deb ataluvchi xislatga 
shunday  ta'rif  beradi:  «Sabr  achchiqdir  –  ammo  foyda  beruvchi,  qattiqdir  –  ammo 
zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir. 
U  o’rtoqdir  -  suhbati  zeriktirarli,  ammo  maqsadga  olib  boruvchi;  u  ulfatdir  - 
umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi. 
Ulovdir - yurishi taxir, ammo  manzilga etkazuvchi; tuyadir  - qadami og’ir, lekin 
bekatga tushirguvchi. 
Achchiq so’zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminida  maqsad hosil 
bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida sog’liq 
yuz beradi». 
Asarda  saxiylik  sifatiga  esa  insoniylikning  haqiqiy  mezoni  deya  ta'rif  beriladi. 
Navoiy talqinicha, saxiylik, saxovat odamlarning mushkulini oson qilish maqsadida 
ularga  beriladigan  minnatsiz  yordamdir.  Alloma  insonlarni  bir-birlariga  nisbatan 
saxovat ko’rsatishga da’vat etadi. Himmatlilik, muruvvat, karam kabi xislatlar esa 
saxovatning  tarkibiy  qismlari  hisoblanadi.  Ushbu  fazilatlarga  ta'rif  berar  ekan, 


 
97 
mutafakkir  quyidagi fikrlarni qayd etadi: «Saxiylik (qo’li ochiqlik) kishilik bog’ining 
hosildor  daraxtidir,  balki  u  daraxtning  shirin  mevasidir;  odamgarchilik  o’lkasining 
to’lqinli  daryosi,  balki  u  to’lqin  daryosining  asl  gavharidir.  Yaxshilik,  karam  -  bir 
jabrlanganning  qattiqchilik  yukini  ko’tarmoq  va  uni  o’sha  qiyinchiliklardan 
qutqarmoqdir.  Karam  birovning  mashaqqat  tikani  og’irligini  ko’tarmoq  va  tikan 
uchidan  guldek  ochilmoq  va  o’sha  qilingan  ishni  qaytib  tilga  keltirmaslik, og’ziga 
olmaslik,  kishiga  min-nat  qilmaslik  va  uning  yuziga  solmaslik».  «Muruvvat 
karamning urug’-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu xislatlarga ega bo’lsa, izzat 
va hurmatga sazovor bo'ladi» kabi fikrlar asosida esa muruvvat deb ataluvchi xislatga 
ta'rif  beriladi.  Navoiy  karam  va  muruvvat  sifatlarini  ota-onaga  qiyoslasa,  vafo  va 
hayoni egizak farzandlardir, deya ta'kidlaydi. 
Biroq alloma har qanday ko’rinishdagi ehsonni ham saxiylik deb  tushunmaydi. 
Saxovat  ko’rsatayapman  deb  isrofgarchilikka  yo'1  qo’yish,  yordamini  ta'kidlab 
ko’rsatish  va  minnat  qilishni  qoralaydi.  Alisher  Navoiy  saxovat  va  himmat  kabi 
sifatlarga  ta'rif  berar  ekan,  ularning  ma'nosini  keng  ochib  beradi.  Shu  bois  ularni 
ijtimoiy munosabatlar darajasida yoritadi. 
Mutafakkir fikricha, qanoat - sharaf va izzatning tantanasidir, molu davlatga ega, 
biroq ta'magir odamlar xor va pastkash kishilardir. 
Asar  mazmunida  Alisher  Navoiy  yoshlikning  qadriga  etish,  eng  yaxshi  xislatlarni 
o’zida  tarbiyalash,  nafsni  tiyishni  ulug’laydi.  Takabburlik,  manmanlik,  faqat  o’z 
foydasini  ko’zlab  ish  yuritish,  hasad,  g’iybat,  yolg’onchilik,  nodonlik,  johillik, 
ikkiyuzlamachilik,  ta'magirlik,  shoshmashosharlik,  bachkanalik,  pala-partishlik, 
fisqi-fasod,  yalqovlik,  haromdan  hazar  qilmaslik  kabi  illatlarni  qoralab,  ulardan 
xalos bo’lish borasida so’z yuritadi. 
Quyidagi  ruboiy  yomon  illatlarga  ega  inson  boshiga  turli  falokatlar  yog’ilishi 
mumkinligi to’g’risida ogoh etadi: 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish