Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


  Sohibqiron Amir Temur(1336-1405)



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

 


 
89 
Sohibqiron Amir Temur(1336-1405) 
Amir  Temur  Ko’ragon  ibn  Amir  Tarag’ay  Kesh(Shahrisabz)ning  Xo’ja  Ilg’or 
(hozirgi paytda bu qishloq Yakkabog’ tumaniga qarashli) qishlog’ida 1336-yilning 9-
aprelida  tavallud  topgan.  Uning  otasi  Amir  Tarag’ay  o’ziga  to’q,  badavlat  kishi 
bo’lgan.  Onasi  Tegina  begim  esa  buxorolik  taniqli  olim  Ubaydullohning  qizi 
bo’lgan. 
Temur  7  yoshidan  bilim  ola  boshlaydi.  U  bolalikdan  raard,  dovyurak,  jasur bo’lib 
o’sadi.  Harbiy  san'atni  mukammal  egallaydi.  Qur'oni  Karimni  yod  oladi,  hadis  ilmini 
o’rganadi. Dunyoviy bilimlarga ega boladi. Shuning uchun ham iymon-e'tiqodli, halol-
pok,  aql-zakovatli,  o’z  e'tiqodiga  mustahkam  rioya  qiladigan,  adolatli  inson  bo’lib 
etishadi. 
Amir Temur o’z davlati qudratini yuqori ko’tarib dunyoga tanitadi.  Amir Temur 
johillik,  yovuzlikni,  zo’ravonlikni  yoqtirmasdi.  Insonparvar,  adolatli  hukmdor  edi. 
Masalan,  «Temur  tuzuklari»  hukmdor-ning  hokimiyatni  boshqarish  qoidalari 
hamda  odob-axloq  me'yorini  belgilab beruvchi yo’riqnomadir. Taniqli olim Bo’riboy 
Ahmedov  «Temur  tuzuklari»  podsholarning  turish-turmush  va  axloq-odob 
normalarini belgilovchi risoladir, deb ta'riflaydi. 
Haqiqatan  ham,  mazkur  asarni  turmush  odobi,  hulq-odob  qoidalari  tartib 
berilgan  an'anaviy  asarlar  qatoriga  qo’ysak  boladi.  Zero,  tarixan  talimiy-axloqiy 
asarlarning  barchasida  ham  dastlab  davlatni  boshqarishga  oid  qarashlar,  so’ng  axloq 
me'yorlari  bayon  etiladi.  Shunga  ko’ra,  bu  asardan  talimiy-axloqiy  asar  sifatida 
foydalanish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Amir 
Teraur 
asarda 
insonparvarlik, 
mehnatsevarlik,  adolatlilik,  vatanga  sadoqat,  jasorat,  to’g’rilik,  do’stlik  va 
hamkorlik,  mehr  va  muruvvat  ko’rsatish,  sabr-qanoat,  yaxshilik  kabi  xislatlarni 
ulug’laydi  va  xiyonat,  bevafolik,  sotqinlikni  qoralaydi.  Hayotda  «rosti-rusti» 
qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o’zi naqshbandiylik tariqatidagi «Dil ba yoru, 
dast  ba  kor»  prinsipiga  ko’ra  ish  tutib,  Yusuf  Xos  Hojib,  Abu  Nasr  Forobiy  va 
boshqalar tomonidan targ’ib etilgan va haqiqiy komil  inson,  adolatli  hukmdor  uchun 
zarur bo’lgan quyidagi o’n ikki qoidani o’ziga yo’riq qilib olganini ko’ramiz: 
Har erda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda 
o’n  ikki  tabaqa,  toifadagi  kishilarga  tayanish;  dushman  bilan  kurashda  maslahat, 
kengash, tadbirkorlik bilan ish ko’rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko’rsatish, 
saltanat ishini yurg’izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish 
ko’rish;  davlat  ishlariniyurg’izishda  davlat  qonun-qoidalariga  qafiy  rioya  qilish; 
adolat  va  insof  bilan  ish  yuritish;  sayyidlar,  ulamo,  mashoyix,  oqilu  donolar, 
muhandislar, 
tarixchilarni 
izzat-hurmat 
qilish; 
azmu 
jazm 
bilan 
ish 
ko'rish(aytganigarioyaetish),  buzuqchilikningoldiniolish;  fuqaroning  ahvolidan 
ogoh  boiib  turish;  barchaga  hurmat-e'tiborda  boiish,  yaxshilik,  muruvvat,  ehson, 
izzatu  ikrom,  haqqini  ado  etish;  farzandl ar,  qarindoshlar,  oshnolar  va  do’st 
birodarlarni  doimo  yodda  tutib,  ular  bilan  yaqin  aloqada  bo’lish;  sipohiylarni 
hurmat etish va ularga g’amxo’rlik qilish. 
Ko’rinib  turibdiki,  Amir  Temur  mazkur  talablarga  rioya  etgani  tufayli  uning 
saltanati  rivoj  topdi, fan  va  madaniyat taraqqiy  etdi,  davlatining  nufuzi oshib, faqat 
Sharqdagina emas, balki G’arbda ham mashhur bo’ldi. 
Bu  o’n  ikki  qoidaga  rioya  qilishdan  tashqari,  Amir  Temur  o’zining  hayoti 


 
90 
prinsiplari haqida shunday degan: 
«Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qafiy e'tiqod qo’ydim va hamishalig’ 
ularga amal qildim, ular ushbulardir: 
Olloh  –  ul  har  narsaga  qodir  kuch,  sidqidildan  sig’insang,  istagan  murodu 
maqsadingga etkazadi
tafakkur – fikrlash va mushohada qobiliyati
qilich  –  ul  yigitning  yo’ldoshi,  el-yurt  osoyishtaliginining  posboni,  har  qanday 
dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin; 
imon  –  ul  insonni  barcha  jonlilardan  farqlantirib  turuvchi  xususiyatdir.  Imonli 
odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, 
halollik va poklikni fazilat biladi; 
kitob  (bitik)–barcha  bunyodkorlik,  yaratuvchanlik  va  aql-idrokning,  ilmu 
donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir». 
Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o’zi qafiy rioya etgan, haqiqiy etuklik 
belgisi  sanalgan  din,  imon,  aql  bilan  ish  yuritish  va  ilmga  e'tiqodni  boshqalarga  ham 
tavsiya etgan hamda avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga e'tibor bergan. 
Amir  Temur  zamonida  musiqa,  badiiy  adabiyot,  rassomlik  san'ati  rivoj  topib, 
yoshlarga  she'r  yozish, rasm  chizish,  musiqa  asboblarini  chalish,  kitobxonlik,  lison 
ilmi,  husnixat  o’rgatilar  edi.  Bu  san'at  turlari  o’sha  davr  tarbiyasi  tarkibiga 
kiritilgan  edi.  Sohibqironningbuyuk  saltanatida  ijod  qilgan  shoirlar,  rassomlar, 
mashshoqlar  va  boshqalar  buning  yaqqol  dalilidir.  Bu  davrda  hatto  shahar 
hunarmandlari  ham  ashula,  raqs,  suxandonlik  bilan  shug’ullanganlari  haqida 
Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida qayd etilgan. 
Amir  Temur  jismoniy  tarbiyaga  katta  e'tibor  bergan.  Sharqda  dilovarlik 
tarbiyasi, ya'ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. 
Yigitlar  bolalikdan  merganlik,  chavandozlik,  suvda  suzish,  ovchilik,  qilichbozlik, 
shaxmat  o’yini  kabilarni  mohir  murabbiylardan  o’rganib,  bu  borada  mashq  qilar 
edilar.  Amir  Temurning  o’zi  kuchli  lashkarboshi  sifatida  harbiy  ilmning  «Ming 
askar» uslubi asoschilaridan biri bo’lgan. Buyuk Sohibqiron shunday ta'kidlaydi: 
«Cherik  tuzib,  navkar  olmoqda  uch  qoidaga  amal  qildim:  birinchidan, yigitning 
kuch-quvvatiga; ikkinchidan, uning qilichni o’ynata olishiga; 
uchincbidan,  aql-zakovatiyu  kamolotiga  e'tibor  qildim.  Shu  uch  fazilat  jamuljam 
bo’lsa,  navkarlik  xizmatiga  oldim.  Negakim,  kuch-quvvatli  yigit  har  qanday 
qiyinchiliklarga,  azobu  uqubatlarga  chidamli  bo’ladi,  qilich  o’ynata  oladigan  kishi 
raqibini mag’lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni 
bartaraf etmog’i mumkin». o’g’illari 
-  Amirzoda Muhammad Jahongir, Umarshayx, Mironshoh, Shohrux, nabiralari 
-  Amirzoda  Muhammad  Sulton,  Amirzoda  Pirmuhammad  mohir jangchilar bo’lib, 
katta-katta janglarda shaxsan ishtirok etganlar. Amir Temurning o’zi aqlni charxlash 
vositasi bo’lgan shaxmat o’yinida ham mohir bo’lgan. Zero, o’sha davr tarbiyasi — 
shatranj  o’yinini  har  bir  yosh  o’rganishi  zarur  sanalgan.  Hatto  Amir  Temurning 
suyukli o’g’li Shohruxga ism qo’yilishi ham shaxmat o’yini bilan bog’langanligi haqida 
rivoyat yuradi. 
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati – mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiy  ettirish  bilan  birga  tarix  oldida  ma'rifiy  xizmatlari  ham 


 
91 
beqiyos.  Uning  ta'lim-tarbiyaga  oid  o’gitlari,  tutgan  siyosati  hozir  ham  o’z 
qimmatini yo’qotmagan. 
Amir  Temurning  ta'lim-tarbiyaga  oid  ishlari,  qarashlari  hozirgi  barkamol 
insonni shakllantirishda katta ahamiyatga egadir. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish