Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Xatog’a  tadorik  nedur  bexilof,  Ayon  qilmoq  o’z  sahviga  e'tirof.  Vagar  qilsa 
sahvig’a ijro dail, Ki yaxshidur aylar iki ancha bil. 
Mutafakkirning  ilm  olish  yo’llari  xususidagi  qarashlari  ham  muhim  ahamiyatga 
egadir. Alisher Navoiy bilimlarni tinmay, uzluksiz o’rganish zarur, deydi. Bu yo’lda 
duch  keladigan  har  qanday  qiyinchilikni  engib  o’tish  mumkin  deb  hisoblaydi.  Aniq 
hayotiy  maqsadni  belgilab  olgan  holda  ana  shu  maqsadning  ro’yobga  chiqishi 
yo’lida  qunt  bilan  ishlash,  tirishqoqlik  bilan  harakat  qilish,  bu  yo’nalishda  olib 
borilayotgan  harakatni oxiriga  etkazishda  chidamli,  matonatli va sabotli bo’lishni 
maslahat beradi. 
Yuqorida  bayon  etilgan  fikrlardan  anglashiladiki,  alloma  o’z  davrida  ilm  olish 
prinsiplarini  to’g’ri  ko’rsatib,  ta'lim  mohiyatini  ochib  bera  olgan.  Alisher  Navoiy 
tomonidan asoslangan ta'lim sistemasi o’zida quyidagilarni aks ettiradi: 
a) maktab yoki madrasada tahsil olish; 
b) olim, hunarmand yoki san'atkorlarga shogird tushish asosida ta'lim olish; 
d) mustaqil ravishda ilm o’rganish. 
Yoshlarga  chuqur  bilim  hamda  axloqiy  tarbiya  berishda  muallimlarning  o’rni 
beqiyosdir.  Muallimlik  faoliyatini  olib  borish  o’ta  mas'uliyatli  va  sharafli,  ayni 
vaqtda,  murakkab  ish sanaladi.  Ushbu faoliyatni  samarali yoiga qo’yish mudarris 
hamda  ustoz-murabbiylarning  muayyan  talablarga  javob  bera  olishlariga  bog’liq. 
Eng  muhim  talab  –  ularning  chuqur  bilim  va  yuksak  ma'naviy-axloqiy  xislatlarga 
ega  bo’lishlaridir.  o’qituvchining  samarali  ta'lim  berish  yo’llari  va  ularning 
mohiyatidan xabardor bo’lishi nihoyatda muhimdir. Navoiy mazkur fikrlarni ilgari 
surar  ekan, nodon,  mutaassib  hamda  johil  muallimlar  va  ularning  xatti-harakatlarini 
tanqid  qiladi.  Xususan,  «Mahbub  ul-qulub»da  maktabdorlar  va  ularning  faoliyatlari 
mazmuni  xususida  to’xtalar  ekan,  o’qituvchi  mehnati,  murabbiylik  haqqini 
xolisona  baholaydi,  biroq  shu  o’rinda  ularning  johil  va  ta'magir  bo’lishlarini 
qoralaydi: 
«Uning ishi odam qolidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila  bilmas. Bir 
kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa  bir to’da bolaga ilm va 
adab o’rgatadi, ko’rkim, bunga nima etsin. Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati 
ozlar  boladi,  undan  kishiga  yuzlarcha  mashaqqat  kelsa  qanday  bo’ladi.  Har  qanday 
bo’lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko’pdir, agar shogird podshohlikka erishsa 
ham unga (muallimga) qulluk qilsa arziydi. 
Haq  yoiida  kim  senga  bir  harf  o’qitmish  ranj  ila,  Aylamak  boimas  ado  oning 
haqin yuz ganj ila». 
Ayni o’rinda adib har bir yoshning aqliy va jismoniy kamolotga  yetishida ilm-
fan  va  tarbiyaning  ahamiyatini  ko’rsatib  berish  bilan  birga,  jamiyat  taraqqiyotining 
ta'minlanishida ilm ahli, olirau fozillarga nisbatan hurmat ko’rsatish, ularning turmush 
darajasini yaxshilash masalalariga ham e'tiborni qaratadi. 
Mutafakkir o’qituvchining hurmatini qay darajada yuqori baholasa, uning shaxsi 
va  faoliyatiga  nisbatan  talabni  shu  darajada  oshiradi.  Ayniqsa,  madrasa 
mudarrislarining bilimli, fozil, dono, kamtar va ma'naviy jihatdan pok bo’lishlarini 
talab etadi. Bu boradagi qarashlarini quyidagicha ifodalaydi: 
«Mudarris  (dars  beruvchi)  kerakki,  g’arazi  mansab  bo’lmasa  va  bilmas  ilmni 
aytishga  urinmasa,  manmanlik  uchun  dars  berishga  havas  ko’rgizmasa  va 


 
100 
olg’irlik  uchun  gap-so’z  va  g’avg’o  yurgizmasa,  nodonlikdan  sallasi  katta  va 
pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun  madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. 
Yaramasliklardan  qo’rqsa  va  nodonlikdan  qochsa,  nainki:  o’zini  olim  bilib,  necha 
nodonga turli xil fisq  ishlarni mumkin, balki halol qilsa; ishlarni qilmoq undan sodir 
bo’lsa  va  qilar  ishlarni  qilmaslik  unga  qoida  va  odat  bo’lib  qolsa.  Bu  mudarris 
emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir». 
Alisher  Navoiyning  talimiy-axloqiy  asarlarida  o’z  ifodasini  topgan  aksariyat 
hikmatli  fikrlar  asrlar  davomida  insoniy  munosabatlar  jarayonida  takror-takror 
qollanilib kelishi natijasida maqollarga aylanib ketgandir. Chunonchi: 
Dardlik  ko’ngil  -  shulalik  chiroq,  Yoshlik  ko’z  -  buloq.Tuyaqushga  yuk  ortib 
ko’chib bo’lmas. 
o’t ishi qovurmoq, Yel ishi sovurmoq. 
Oshning ta'mi tuz bilan, Kishining yaxshiligi so’z bilan. 
Sog’lik tilasang, ko’p ema, Izzat tilasang, ko’p dema. 
To’magirdan yaxshilik tilama, Gadoydan aqcha so’rama. 
Baxilning omonatni asrashi ajab, Vafodorning xiyonat qilishi ajab. 
Buzuqidan hayo tilama, Zolimdan shafqat tilama. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish