109
Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanardi. Musulmon
ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog’langan edi;
shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda musulmonlarning juda ko’p diniy
o’quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga
o’xshagan o’quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernator bo’lgan
Kaufman
barcha
musulmon muassasalariga nisbatan «aralashmaslik»
(betaraflik) siyosatini tutdi.
o’rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm ruslar
o’rnashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o’z
siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi
1866-yili ochilgan edi.) Rus maktablariga ruslar bilan birga o’qish uchun mahalliy
aholi bolalari ham qabul qilinardi. Turkistondagi boshlang’ich rus maktablarida
hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha ko’proq o’rgatilardi;
bundan maqsad - mahalliy aholiningbolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi.
Chorizmning Turkistondagi ruslashtirishdan iborat maktab sistemasi uning
Volgabo’yi uchun maqullangan «Ilminskiy sistemasi»dan farq qilardi. Qozon
pedagogi Ilminskiy Volgabo’yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun
alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda o’qish dastlab
bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o’qitilar edi,
shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslavie) dinini targ’ib qilish ruhida
tuzilgan edi. Bulardan farqli o’laroq, islom dini ta'siri kuchli bo’lgan Turkistonning
mahalliy aholisi o’rtasida xristianlar missionerligiga
ruxsat etilmas edi; buning ustiga
rus maktablarida musulmon dinini o’qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga
o’qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o’qitilar edi.
Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870-yillardan ochila boshladi:
1876-yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va xotin-qizlar
gimnaziyalari, 1879-yili esa, Toshkentda o’qituvchilar semi-nariyasi ochildi.
Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinardi. o’qituvchilar
seminariyalarida esa, mahalliy aholi bolalariga 103 o’rin ajratilgandi.
Turkistonda dastlab ochilgan ba'zi rus maktablarida o’quvchilarning 104 va undan
ko’prog’ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo’lsa-da, lekin butun Turkiston
oikasi bo’yicha hisoblaganda bunday maktablarda o’quvchi mahalliy aholi bolalari
200dan oshmasdi. Bularning ham ko’pi qozoq bolalari boiib, o’zbek va tojik bolalari
juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari «kofirlar» maktablariga qarshi targ’ibot
yurgizardilar. Rus maktablarida, ayniqsa, o’rta maktablarda o’quvchilar o’rtasida
o’z ijti-moiy ahvoliga ko’ra boylar va oqsuyaklarning bolalari ko’pchilikni tashkil
etardi.
Chorizmning maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo'1-sa ham, lekin
rus bolalari bilan mahalliy aholi bolalarining birgalikda o’qishlari ular o’rtasida
o’zaro do’stlikni tarbiyalar edi.
Rus maktabiga o’qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada
ancha qiyinchilik tug’ilardi. Shuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini
mutlaqo bilmaydigan o’quvchi rus tilida so’zlashishni o’rganib olmaguncha
odatda quyi bo’limda o’qir, rus tilida so’zlashishni o’rganib olgandan keyingina
yuqori bo’limga o’tkazilardi. Yuqori bo’limlarga o’quv yilining o’rtalarida ham
111
uchun pansion (yotoqxona) ham bor edi. Bu maktablar davlat byudjetidan
ta'minlanardi.
1879-yili Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu serainariya
maktablari rus boshlang’ich sinflari uchun o’quvchilarga ona tilidan muallimlar
tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 80-yillari o’rtalaridan boshlab
seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga kirishdi.
Mahalliy tilni o’rganish majburiy qilib qo’yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning
xususiyatlaridan biri boldi. Unda V.P.Nalivkin o’zbek tilida dars bera boshlagan
birinchi o’qituvchi edi. 1887-yili Nalivkin tuzgan lug’at va grammatika risolasi nashr
etildi. Bular tilshunoslik tarixida o’zbek tiliga doir birincbi qo’llanmalar bo’ldi.
Maktablar uchun ajratilgan mablag’ning kattagina qismi o’rta o’quv yurtlariga
sarflanardi. Toshkentdagi kadetlar korpusiga ayniqsa ko’p mablag’ sarflanardi.
Ishlab turgan to’rt o’quv yurtidan tashqari 1900 -yildan boshlab yana beshta o’quv
yurti ochildi. Samarqandda va Yangi Marg’ilonda qizlar va erkaklar gimnaziyalari
ishga tushdi; 1905-1916-yillar ichida o’rta maktablar soni ikki baravardan ziyodroq
ko’paydi; uyezd markazlarining deyarli hammasida o’rta maktablar paydo bo’ldi.
Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Qo’qon va Toshkent shaharlarida 1905-1907-
yillari yangi tipdagi o’rta maktablar - o’g’il va qiz bolalar birga o’qiydigan
kommersiya bilim yurtlari ochildi.
Turkistonning iqtisodiy rivojlanishi hunar-texnika tipidagi maktablarning
ochilishiga olib keldi. Chunonchi, 1896 -yildayoq Tosh-kentda paxta zavodlari va
boshqa zavodlarni ta'mirlash uchun kadrlar tayyorlaydigan bilim yurti ochildi;
1897-yili irrigasiya nazoratchilari tayyorlaydigan kurs tashkil etildi. 1902-yili
Toshkent yaqinida qishloq xo’jalik gidrotexnika maktabi ochildi; 1904-yili
Samarqandda bog’dor-chilik va shu yilning o’zida Toshkentda temiryo'1 texnika
bilim yurti ochildi. 1908-yili A.M.Malinovskaya Toshkentda qo'1-hunar ustalari
hamda hisobchilar tayyorlaydigan xususiy qizlar hunar maktabini ochdi. Shu tariqa,
Turkistonda madaniy-iqtisodiy rivojlanish ancha yuksak po-g’onaga ko’tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: