Alisher navoiy lirikasi


Yoshing ellik bo`ldi, yuz qo`yg’il fano tufrog’ig’a



Download 240,3 Kb.
bet3/16
Sana18.07.2022
Hajmi240,3 Kb.
#820342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Alisher navoiy lirikasi

Yoshing ellik bo`ldi, yuz qo`yg’il fano tufrog’ig’a
Kim, shabob ayyomi aysh-u beadablig’ chog’i bas.
(MAT. 3. 201-bet.)
Bunday misollarni yana ko`plab keltirish mumkin. Shuningdek, «G’aroyib us-sig’ar» devonidagi bir qator she’rlarda Sulton Husayn Boyqaroning podsho sifatida tilga olinishi ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Zero, Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallaganida, Ulug’ shoir 28 yoshda edi. Bulardan tashqari, Sayyid Hasan Ardasherning vafoti (1488-1489) munosabati bilan yozilgan masnaviy «Navodir ush-shabob» devonidan o`rin olgan. Holbuki, bu davrda ulug’ shoir 47-48 yoshlarda edi. Ko`rinadiki, «Xazoyin ul-maoniy» devonlariga taqsimlangan she’rlar nisbiy mohiyat kasb etadi. Yana shuni unutmaslik lozimki, «Xazoyin ul-maoniy»dan o`rin olgan asarlar 1498-yilga qadar yozilgan she’rlardir. Taniqli adabiyotshunos olim Hamid Sulaymon «Xazoyin ul-maoniy» devonining ilmiy-tanqidiy matnini yaratish sohasida juda katta izlanishlar olib bordi. Tadqiqotchi «Xazoyin ul-maoniy»ning Toshkent, Sankt-Petrburg, Dushanbe, Boku, Parij, London va dunyoning boshqa shaharlaridagi muzey hamda kutubxonalarida saqlanayotgan ko`p sonli qo`lyozmalari surat nusxalarini yig’ib, ularni qiyosiy o`rganib chiqib, nashr ettirdi. (Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. I, II, III, IV tomlar. Toshkent: «Fan», 1959-1960.) Alisher Navoiyning 1498-yildan keyin ijod etgan hamda turli sabablarga ko`ra mazkur yig’ma devonga kiritilmagan she’rlari ham olimning e’tiboridan chetda qolgan emas. Yig’ma devonning Hamid Sulaymon nashri IV tomida bunday she’rlar «Navoiy tomonidan «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilmagan she’rlar» sarlavhasi ostida keltirilgan bo`lib, ular 24 g’azal, 2 ruboiy, 8 qit’a, 4 farddan iborat. (MAT. IV tom, Toshkent: «Fan», 1960, 773-794-betlar.) Keyinchalik bu she’rlarning yana yangi topilganlarini qo`shib, filologiya fanlari doktori Fozila Sulaymonova «Ayyomi visol o`ldi yana» nomi bilan mo`jaz bir to`plam holida (Toshkent, 1996) ulug’ shoir ijodi muhiblariga tuhfa qildi.
Alisher Navoiy she’riy merosi ko`lamining kengligi, ayni choqda rang-barang mavzularni o`zida mujassamlashtirganligi bilan ahamiyatlidir. She’rda hayotning barcha murakkabliklari haqida nozik ishoralarda badiiy fikr yuritish adabiy ijodga xos yetakchi xususiyat sanaladi. Shu ma’noda ulug’ shoir she’riyatini u yashagan davrning notakror qomusi deyish mumkin. Unda shoir zamondoshlarining shavq-u zavqi, tabassumi-yu qahqahasi, g’azabi-yu nafrati, ingrashi-yu dardli fig’oni, shirin xayollari-yu ezgu niyatlari, baxtli kunlari-yu musibati, to`y-u ta’ziyasi, xullas, murakkab ruhiy-maishiy olami, sertashvish hayot sahifalari yorqin iz qoldirgan. Buyuk mutafakkir faoliyat ko`rsatgan zamonning ilmiy-badiiy saviyasi, tafakkur kengliklari, falsafasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy, ilohiy-irfoniy mezonlari uning she’riy merosida badiiy tajassumini topgan. Shu bois ulug’ shoirning rangin she’riyati mohiyat-mazmuni bilan, shubhasizki, ma’nolar xazinasidir. Unda Sharq mumtoz adabiyoti an’analari takomillashtirilgani, hamd, na’t, mav’iza yo`nalishidagi she’rlarga keng o`rin berilganini kuzatish mumkin. Ishq-muhabbat mavzusi esa kichik she’riy asarlarining tayanch yo`nalishini tashkil etadi. Ayni choqda bu ko`hna va doimo yangilanib boruvchi barhayot mavzu ulug’ shoir qalamida ayricha joziba kasb etdi. Natijada uning oshiqona she’rlari bag’rida XV asr ikkinchi yarmi hayotining ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy, ilohiy-irfoniy, qarashlari go`zal badiiy ifodasini topdi va shunday kichik janrdagi asarlar mavzular olamining boyitilishiga munosib hissa bo`lib qo`shildi. Ishq-muhabbat inson - ma’naviy kamolotida hal qiluvchi mavqega egadir. Ulug’ shoir muhabbat mavzusida qalam tebratar ekan, eng avvalo, dard ahli – oshiqlarga murojaat qiladi:

Download 240,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish