Alisher navoiy lirikasi


Yordin ayru ko`ngul mulkedurur sultoni yo`q



Download 240,3 Kb.
bet9/16
Sana18.07.2022
Hajmi240,3 Kb.
#820342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Alisher navoiy lirikasi

Yordin ayru ko`ngul mulkedurur sultoni yo`q,
Mulkkim sultoni yo`q, jismidururkim, joni yo`q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qora tufrog’dekdurkim, gul-u rayhoni yo`q.
Bir qora tufrog’kim, yo`qtur gul-u rayhon anga,
Ul qorong’u kechadekdurkim, mahi toboni yo`q.
Ul qorong’u kechakim yo`qtur mahi tobon anga,
Zulmatedurkim aning sarchashmayi hayvoni yo`q.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni aning bo`lmag’ay
Do`zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo`q.
Do`zaxekim ravzayi rizvondin o`lg’ay noumid,
Bir xumoredurki, anda mastlig’ imkoni yo`q.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajrdin dardi-yu, lekin vasldin darmoni yo`q. (3. 252-253)
Avvalo, ta’kidlash joizki, mazkur g’azalda ko`zga «yarq» etib tashlanadigan san’at bargardonishdir. Ya‘ni mazmunni kuchaytirish, ta’kidlab ko`rsatishga xizmat qiluvchi «takrir», takror, qaytarishdir. Ayni g’azalda baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so`z yoxud kalimalar guruhi ikkinchi satr boshida kelib, aytilmoqchi bo`lgan g’oyaviy niyatni ta’kidlab ko`rsatishga xizmat qiladi. Masalan: «Mulkkim sultoni yo`q, jismidururkim joni yo`q, Bir qaro tufrog’dekdurkim...» va hokazo. Ikkinchidan, g’azal matlasida ifodalangan bo`liq ma’no-mazmun uning maqtasiga qadar tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, tanosub kabi san’atlar vositasida tadrijiy rivojlantirish usulida yozilgan. Unda yor – ko`ngil, mulk – sulton, jism – jon, tufrog’ – gul-u rayhon, qorong’u kecha – oy, zumat – obi hayot (tiriklik suvi), do`zax – ravzayi rizvon, xumor (ichkilik, majozan ishq) – mastlig’ (ilohiy fayzdan sarxushlik) kabi juftliklar o`zaro ziddiyatni hosil qilgan. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, matlada shoirning oshiqona, orifona, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’rifiy qarashlari o`z in’ikosini topgan. G’azalning keyingi baytlarida ishora ketgan barcha mavzularga oid mulohazalar silsilaviy takomillashtirilgan. Asardagi baytlararo fikrni mantiqiy bog’lash quyidagi tartibda ekanligi ko`zga tashlanadi: Yorsiz ko`ngil – sultonsiz mulk, sultonsiz mulk –jonsiz jism, jonsiz jism – gul-u rayhonsiz qora tuproq, gul-u rayhonsiz qora tuproq - oysiz tun, oysiz tun – obi hayoti bo`lmagan zulmat, obi hayoti bo`lmagan zulmat – jannat bog’idan yiroq bo`lgan do`zax, jannat bog’idan yiroq bo`lgan do`zax – ishqszlik, ishqsizlik – ilohiy fayzdan bebahralik. Xotima: Hajrning dardi bo`la turib, vasl darmoni (umidi) bo`lmasa-da, ishqdan voz kechma.
Mantga asoslanib, «Yordin ayru ko`ngil»ni – sultonsiz mulk, jismsiz jon, gul-u rayhonsiz qora tuproq kabilarga tashbeh qilingani singari matladagi «sultonsiz mulk» ham teng bog’liqlik asosida aytilganlarga qiyoslangan, deyish mumkin. Anglashiladiki, shoir g’azalda ma’naviy va ijtimoiy-siyosiy hodisalarni yondosh rivojlantirib boradi va ko`ngil uchun mahbuba, ishq va undan bahramandlik qanchalik zarur bo`lsa, mamlakat uchun ham podsho shunchalik muhim, degan umumlashma-xulosani ilgari suradi. Faqat matla’ va undan oldingi baytda shoirning ishqiy mavzuga oid qarashlarini badiiylashtirishga mayli kuchayganligini unutmaslik lozim. Bu, albatta, shoir g’azaliyotidagi yetakchi mavzu ishq-muhabbat ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Shuningdek, unda qo`llangan badiiy timsollar vositasida ilgari surilgan yetakchi g’oya ishqi majoziy – insoniy muhabbat va haqqa yetgan oriflar ishqi – ilohiy ishqqa ham birdek daxl qila oladi. Alisher Navoiyning uqtirishicha, ulkan bir shartning o`sha ikki ishq o`rtasida ko`ndalang turishi muhabbat talqinidagi tasniflarga sababdir. Inson taqdirining hamma jabhalarida ko`zga tashlanadigan ishq jazavasida pok niyat, pok qalb, pok so`z, pok ko`z, pok e’tiqod amal qilsagina ishqi majoziy haqiqiy ishq maqomiga ko`tarila oladi. O`shandagina tasniflarga ehtiyoj sezilmaydi. Mumtoz adabiyot namoyondalari, jumladan, Alisher Navoiy g’azaliyotiga doir ajratishlar (oshiqona, orifona, rindona, qalandarona...) esa o`ta nisbiy tushunchalardir.
Alisher Navoiy g’azallarining bosh qahramoni, shubhasiz, shoirning o`zidir. Ularda muallifning ichki tug’yonlari, ruhiy iztiroblari-yu quvonchlari, tarjimayi holiga oid qaydlar uchraydi. Shuningdek, shoir g’azaliyotidagi boshqa obrazlar: ma’shuqa, shoh, darvesh, shayx, zohid, orif, rind, soqiy, raqib kabilar va rang-barang badiiy timsollar asardagi yetakchi g’oyani she’rxonga teran yetkazish uchun buyuk tafakkur sohibining taxayyul olamidan she’rga ko`chdi hamda badiiy salohiyati yuksak g’azallarning vujudga kelishini ta’min etdi.

Download 240,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish