Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/295
Sana04.08.2021
Hajmi1,3 Mb.
#137801
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   295
Bog'liq
gIL-7KoJwmwkfYx2R-oI0Vz6ju-BZajG

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
50 
library.ziyonet.uz/ 
 
Sizni to shu yergacha yaxshi koʻraman va bas. Bu soʻzlardan Mirzo gʻoyat zavqlanib 
kulibdi va debdi: Agar menda ayb koʻrsang ayt, tanbeh ber, toki men uni tuzatay. Shoir 
debdi: Sizda sustkashlikdan boʻlak ayb yoʻqdir. Mirzo soʻrabdi: Qanaqa sustkashligim 
bor? Shoir javob qilibdi: Bir ogʻiz soʻz aytishda sustkashlik qilasiz. Agar menga bir ming 
oltin tanga berishlarini aytsangiz, men boyib qolardim. Mirzo kulib, shoirga ming oltin 
tanga baxshida qilgan ekan. 
 
83. Tarj.: Xoling anbar, yuzing gul, miyigʻing rayxondir; ogʻzing gʻuncha, tishing inju, 
labing marjondir. 
 
84. Amir Xusrav — Yaminuddin Abdulhasan Amir (tugʻ.1253, Patyoli — vaf. 1325, 
Dehli) shoir, adib, mutafakkir, bastakor. Xusrav Dehlaviy nomi bilan mashhur. Otasi 
Sayfuddin Mahmud lochin qabilasidan boʻlib, moʻgʻul istilosi arafasida Shahrisabzdan 
Hindistonga qochgan. Juda yoshlikdan she’r yoza boshlagan, avvaliga «Sultoniy» 
taxallusini olgan Xusrav Dehlaviy uzoq muddat Bangola va Dehli sultonlari xizmatida 
boʻlgan. Shoir klassik she’riyatning barcha janr va turlarida ijod qilgan. Urdu va arab 
tillarida ham she’r yozgan. U birinchi boʻlib she’rlarini alohida nomlar bilan hayotining 
turli fasllariga moslab 5 ta devonga ajratgan. Nizomiy Ganjaviyning «Panj Ganji» (Besh 
xazina) javobida 5 ta doston yozib, «Xamsa» deb atagan va bu bilan xamsachilik 
an’anasiga asos solgan. Shoir shuningdek boshqa dostonlar, adabiyot ilmi, insho san’ati 
va musiqa nazariyasiga oid ham asarlar yaratgan. Navoiy Xusrav Dehlaviyni har bir 
dostoni avvalida oʻzining moʻ’tabar salafi sifatida ta’riflaydi va uning she’rnyatdagi 
san’atkorligini yuksak baholaydi, she’rlarida ham shoirga payravlik qiladi. «Nasoyim ul-
muhabbat»da ham Xusravga alohida maqola bagʻishlaydi. Unda shoirning Shayx 
Nizomiddin avliyo xizmatida boʻlganligi, Shayx shoirga Muhammad Kosales (kosa 
yalovchi, gadoy) deb nom berganini yozadi. Navoiy bu yerda Mavlono Zohidiyning 
Xusravning mashhur qasidalaridan biri «Daryoi abror» (taqvodorlar daryosi)ga tatabbu’ 
(oʻxshatma) qilganini yozadi. 
 
85. Tarj.: 3uhraga chang yoki rubobni kim berdi; yo rab, tosh orasidagi la’lga porloqlikni 
kim berdi? Zuhra — Choʻlpon yulduzi (Venera). U Sharqda erta tongda, Gʻarbda 
kechqurun porlab koʻrnnadigan yorqin yulduz. Qadim yunonlarda Zuhra muhabbat 
ma’budasi hisoblangan. Zuhrani Nohid ham deb ataladi. Zuhra goʻzallik, muhabbat 
hamda musiqa ahli xomiysi sanaladi. 
 
86. Shayx Kamol — Kamoluddin Mas’ud (tugʻ. taxminan 1318—23, Xoʻjand — vaf. 
1401, Tabrez) Kamol Xoʻjandiy nomi bilan mashxur. Shoir asosiy tahsilni Xoʻjandda, 
keyin Samarqandda olgan. Xorazm va Shosh (Toshkand)da ham istiqomat qilgan. Kamol 
Xoʻjandiy nihoyatda bilimdon shaxs boʻlgan: adabiyot, arab tili, fiqh, hadis, kalom, 
hikmat, tafsir va tasavvufni puxta bilgan. Iroq va Ozarbayjoi hokimi Tabrez atrofidan 
Voliyonkuh degan mavze’ni tuhfa qilgach, oʻsha yerda bogʻ barpo etgan va uni Behisht 
deb atab, bogʻdorlik bilan kun kechirgan. 



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish