Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/295
Sana04.08.2021
Hajmi1,3 Mb.
#137801
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   295
Bog'liq
gIL-7KoJwmwkfYx2R-oI0Vz6ju-BZajG

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
47 
library.ziyonet.uz/ 
 
59. Abu Said — temuriylardan. Sulton Muhammadning oʻgʻli. 1451 58 y. Larda 
Movarounnahr hokimi, 1458-69 yillarda esa temuriylar davlatining oliy hukmdori; U 
oʻzidan oldingi shoh Abdulqosim Boburga nisbatan ancha qattiqqoʻl, zulmkor edi. 
Navoiy va uning togʻalari Mir Said Kobuliy, Muhammad Ali Gʻaribiylar Husayn 
Boyqaroning Abu-Saidga qarshi harakatlarini qoʻllab-quvvatlaganlari uchun ularga 
gʻoyat sovuq munosabatda boʻlgan Abu Said ilm va san’at ahlini qadrlamagan hukmron 
boʻlgani uchun ham munosabatlarni yaxshilashdan koʻra Navoiyga Hirotni tark etish 
oson tuyulgan va u Samarqandga ketgan edi. Navoiyning Abu Saiddan norozilik 
tuygʻulari uning “Masnaviysi” — Sayyid Hasan Ardasherga she’riy maktubida oʻz aksini 
topgan. Bu asarda Navoiy oʻzining Xirotdan Samarqandga ketishini beixtiyor qilingan 
safar, deb e’tirof etadi. Boburda esa «Bilmon, ne jarima bila Sulton Abu Said Mirzo 
Hiridin ixroj qildi», degan ma’lumot bor. Navoiy Abu Said 1469 yilda Eronning Gʻarbiy 
qismlarini oʻziga boʻysundirish maqsadida yurish boshlab, Ozarboyjonda qatl etilgandan 
soʻng, Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallagach, yangi hukmdorning taklifi bilan 
poytaxtga qaytadi. 
 
60. Abdullatif Mirzo (tugʻ. 1422—23, vaf. 1450)—temuriylardan. Mirzo Ulugʻbeknnng 
uchinchi oʻgʻli, Hirotda bobosi Shohrux Mirzo tarbiyasida voyaga yetgan. 1440 y: dan 
boshlab harbiy yurishlarda qatnashgan Abdullatif Ulugʻbekka qarshi fitnalarda ishtirok 
etib, oxiri 1449 y. da qoʻshin tortadi va Samarqand beklari koʻtargan isyon sababli 
Ulugʻbek poytaxtga qaytadi. Abdullatif Damashq kentini ishgʻol qiladi va otasi, ukasi 
Ablulazizni qatl ettirib Samarqandni egallaydi. 1450 y. da Samarqand shimolidagi Bogʻi 
maydon yonida Ulugʻbek tarafdorlari tomonidan oʻldiriladn, Navoiy asarning VII 
majlisida Abdullatif haqida ma’lumot beradi va uning tabiatiga xos boʻlgan vasvasiylik 
va shafqatsizlikni koʻrsatib oʻtadi. Ammo «she’rni obdon aytur erdi», — deb ham 
ta’kidlaydi Navoiy. 
 
61. Tarj.: Yoʻqlik dashtida u ogʻizni oʻylab yurardim, u sabza miyiq koʻrinadi-yu 
yoʻlimning Xizri boʻldi. Bu baytda shoir mahbuba ogʻzining nihoyatda kichikligi, 
miyigʻidagi moʻychalar yangi ungan yashil sabzalarga oʻxshashligi va u koʻrinishi bilan 
qorongʻulikdagi yoʻlida Xizr boʻlib tuyulganini ta’riflaydi. 
 
Xizr esa afsonalarga koʻra, «obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha 
tirik yuradigan sirli karomatlar sohibi. Badiiy adabiyotda Xizr gʻoyibdan paydo boʻlib, 
yoʻldan adashganlarga qoʻmak beruvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yaxshilik va fahmu 
idrok timsoli hisoblanadi. 
 
62. Tarj.: Gul, gul, dedim, may ichida ruxsoring rangi namoyon boʻldi, uning gʻunchasi 
tabassum qildiyu u gul oldida boshqa gullar hech boʻlib qoldi. 
 
63. Ulugʻbek Mirzo — Muhammad Taragʻay (tugʻ. 1394, Sultoniya —vaf. 1449, 
Samarqand) buyuk ilmi nujum va riyoziyot olimi, davlat arbobi. Temurning nabirasi, 



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish