Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/295
Sana04.08.2021
Hajmi1,3 Mb.
#137801
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   295
Bog'liq
gIL-7KoJwmwkfYx2R-oI0Vz6ju-BZajG

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
46 
library.ziyonet.uz/ 
 
53. 852 (1448-49 y.). 
 
54. Hujjat ul-islom Imom Muhammad Gʻazzoliy — Abduhomid Muhammad ibni 
Muhammad Tusiy (tugʻ. 1058, Tus—vaf. 1111, shu shahar), mashhur mutakallim, faqih 
va sufiy. Avval Goʻrgan madrasasida, keyin Nishopur yaqinidagi «Nizomiya» 
madrasalarida tahsil koʻradi. Bir necha muddat Bagʻdoddagi «Nizomiya» madrasasida 
mudarrislik qiladi. Soʻngra Shom, Falastin va Hijozda yashaydi. Gʻazzoliy asarlarida 
falsafa, ilohiyot, riyoziyot, mantiq, tabiiyot va axloqqa oid masalalar yuzasidan bahs 
yuritiladi. Gʻazzoliyning tasavvufga oid asarlari xalq orasida keng ma’lum boʻlgan. 
Masalan, «Kimyoi saodat», «Eh’yo ul-ulum ad-din» (tirilish va din ilmi). Gʻazzoliy 
falsafasi asosida xudoni aql bilan anglash mumkin emas, uni ruhiy iltijolar, sigʻinish va 
ibodatlar orqali anglash mumkin, degan aqida yotadi. Navoiyning «Nasoyim ul-
muhabbat»ida Muhammad Gʻazzoliyga alohida maqola bagʻishlangan. Unda olimning 
kuniyati (abu, ibn, umm, bint kabi soʻzlar bilan boshlanadigan laqabi) Abu Homid va 
laqabi Zayniddin deb koʻrsatilgan. Misrning Iskandariya shahrida, Nishopurda yashagani 
ham qayd qilinadi. Gʻazzoliy Nishopurda xonaqoh va madrasa qurgan. Navoiy 
Gʻazzoliyning yana «Yoqut ut-ta’vil» (Soʻzning (boshqa ma’nodagi) yoqutlari), «Javohir 
ul-Qur’on» va «Mishkot ul-anvor» (Qandil nurlari) nomli asarlar yozganini ta’kidlaydi. 
 
55. Anvariy — Avhaduddin Ali Ibni Muhammad Ibni Ishoq (tugʻ. 1105, Abivardning 
Xovaron nohiyasi — vaf. 1187, Balx) mashhur fors shoiri. Tus madrasasida tahsil 
koʻrgan. Ilmi nujum, xikmat, handasa, falsafa va tib ilmlarini puxta egallagan. Tabiatan 
shoʻx va ozod fikr shoir 20 yoshlarida Sulton Sanjarga qasida bagʻishlagan va hukmron 
tomonidan saroyga taklif etilgan. Ma’lum muddat Marv va Nishopurda istiqomat qilgan, 
nihoyat 1154 y.da Balxga kelgan. Anvariyning hajviyalari gʻoyat oʻtkir boʻlib, zamona 
adolatsizliklari, zulmkorliklari va hukmron tabaqalarning axloqiy tubanliklariga qarshi 
qaratilgan edi. Anvariyning donishmandligiga, ma’rifatga chorlashlari, haqiqatgoʻyligi va 
turmush tarziga koʻra hakim deb ataganlar. Anvarining qasidanavislikning paygʻambari 
deb ta’riflaganlar. Shoirning qalamiga 250 ta qasida, 337 ta gʻazal, 472 ta ruboiy, 557 ta 
qit’a mansub boʻlib, she’riyatining umumiy hajmi 15000 baytni tashkil etadi. Anvariy 
devonidagi she’rlarga Alaviy Shodiobodiy (XVI asr) va Abdulhasan Farohoniy (XVII 
asr)lar tomonidan sharhlar bitilgan. Tojik olimi R.Hodizoda 1972 y. da shoir devonini 
izohlar bilan nashr etgan. 
 
56. Tarj.: Oʻz istagimni Ray mulki bilan qiyos qilganimda... 
 
57. Alauddavla Mirzo— Shohruxning nabirasi, Boysungʻur Mirzoning (vaf. 1433) oʻgʻli. 
1447—1448 y. larda Xurosonning bir qismini—Xirot atroflarini boshqargan. 
 
58. Bu qasida matla’ining birinchi misra’ida abjad hisobi bilan 849 (1445— 46 yil) 
berilgan; ikkinchi misra’idan ham xuddi shu ta’rix chiqadi. 
 



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish