Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети



Download 1,27 Mb.
bet116/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

Kavkaz xalqlari:
Kavkazliklar qadimdan yuksak madaniyat arboblari yetishib chiqqan xalqlardan biridir. IV-V asrlarda Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyada ham o’zlarining mahalliy yozuvlari vujudga keladi. Milodiy I-ming yillikning o’rtalarida Kavkaz xalqlari Eron, Vizantiya, Saljuqiylar, Arab xalifaligi, so’ngra Temuriylar va Usmonli Turklar davlatlari bilan to’xtovsiz urushlar olib borishga majbur bulganlar.
VIII asrda Ozarbayjon hududiga islom dini kirib keladi. XII-XIII asrlarda esa mamlakatda hunarmandchilik va savdoning keng rivojlanishi ilm-fan taraqqiyotiga ham turtki beradi. Bu davrda Ozarbayjonning yirik faylasufi va shoiri Ilyos Yusuf o’g’li Nizomiy Ganjaviy (1141-1203) hisoblanadi. Uning besh ajoyib dostondan iborat «Xamsa»si (Panj Ganji) Sharq xalqlari adabiyotida yangi bir bosqich bo’ldi. U 1141 yilda Ozarbayjonning Ganja shahrida tug’iladi. Ganja shahri IX asr o’rtalarida vujudga kelib, bu shahar XI-XII asrlarda yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz bo’lib, Arron davlatining poytaxti edi. Nizomiy yoshligidan ilm- fanga berilib, arab va fors tillarini mukammal o’rganadi. U falsafa, mantiq, tarix, tilshunoslik, astranomiya va boshqa fanlar bilan shug’ullangan. Nizomiy ulug’ lirik va epik shoir bo’lib, uning besh dostoni ya’ni «Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi), «Xisrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Xaft paykar» (Yetti go’zal) va «Iskandarnoma» asarlari uning vafotidan keyin bir kitob qilib to’plandi va «Panj Ganj» («Besh xazina») – «Xamsa» (Beshlik) nomi shuxrat qozondi.
XIII-XV asrlarda Ozarbayjonda tabiiy fanlar, tibbiyot va me’morchilik sohasida ko’plab taniqli olimlar yetishib chiqadi. Bular orasida shoirlardan Zulfiqor Shirvoniy, Avhidiy Marog’oiy, Izzaddin Gasan-og’li, shuningdek Marog’a rasadxonasining asoschisi Nasriddin Tusiy va boshqalar bor edi. XV asrga oid Bakudagi Shirvonshohlar saroyi va Tabrizdagi Moviy machit binolari Ozarbayjonda me’morchilikning ham yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Hozirgi Armaniston ham qadimgi sivilizasiya markazlaridan biri hisoblanadi. 1968 yilda Yerevan shahrining 2750 yilligi nishonlangan edi. Arman xalqi ham yuqorida aytgan bosqinchi davlatlar bilan tinimsiz urushlar olib borganlar.
Armanistonda IV asrdayoq xristian dini asosiy dinga aylanadi. Arman xalqining fani va madaniyati tarixida V asr boshlarida arman alefbosining joriy etilishi muhim vokea bo’ldi. Bunda ma’rifatchi olim Mesrop Mashtosu (361-440)ning xizmati kattadir.V asrda qadimgi arman adabiy tilining asoschisi faylasuf va yozuvchi Yeznik Koxbesi yashagan. V-VI asrning birinchi yarmida yashagan faylasuf David Anaxt Afina va Aleksandriyada bilim olib, Aflotun, Arastu va Pifagor asarlarini o’rganishi natijasida idealist faylasuf bo’lib yetishadi. Uning fikricha «hamma narsa xudo tomonidan yaratilgan». Biroq u «tashqi dunyo obektlari, jism va hodisalar real mavjud, ularni bilish mumkin» degan materialistik g’oyani ham ilgari suradi. David Anaxtning asarlari orasida asosiysi bo’lgan «Opredeleniye filosofii» nomli asari o’z mohiyatiga ko’ra dunyoviy va rasional asar hisoblanadi.
Yana bir arman olimi Ananiya Shirakasi VII asrda arifmetikadan «Masalalar va yechimlar» deb atalgan maktab darsligini tuzadi. Arab xalifaligiga qarshi kurash jarayonida armanlarning «Sasunsi Davud» (David Sasunskiy) nomli eposi saqlanib qolgan. Unda tog’li Sasun rayonining xalqi Ovnan Xutesi boshchiligida arablarni tor-mor etgan va Mush shahrini ozod qilgan. Sasunlik Davud—yig’ma obraz bo’lib, u arman xalqini birlikka da’vat etgan.
Qadimgi arman faylasuf-tabiatshunosi, shoir va bogoslov Ovanes Imastater (tax. 1045-1129) bir qator antik va o’rta asrlar davri olimlarining asarlarini, jumladan Arastu va Yevklid asarlarini arman tiliga tarjima qilishda katta xizmat ko’rsatgan. Shu bilan birga u o’sha paytda Armanistonnning poytaxti bo’lgan Ani shahridagi oliy maktabning asoschisi edi. Armanistonda tibbiyot ham yuksak darajada rivojlanib, tabiblardan Grigor Magistr (X-XI a.), Mxitar Gerasi (XII a.) va Amirdovlat Amasiasi (XV a.)lar mashxur tabiblar edi.
Arman donishmandi Mxitar Gosh (tax. 1133-1213y.y.)ning «Sudebnik» nomli asari asosan arman qonunlar to’plamini o’zida aks ettirgan asarlardan hisoblanadi. Faylasuf Ovanes Vorotnesi (1315-1386y.) Arastuning izdoshi bo’lib, pedagog, siyosatchi va cherkov xodimi edi. U « real olam, holbuki u xudo tomonidan yaratilgan bo’lsada, o’z qonunlari bilan mavjud. Insonning olam to’g’risidagi nuqtai-nazari hoh u to’g’ri bulsin hoh noto’g’ri faqat real hayotda tekshiriladi va o’rnatiladi». Ovanesning shogirdlaridan biri Grigor Tatevasi (1346-1409) ham pedagog, faylasuf va cherkov xodimi edi. U ham xudoning mavjudligini ustozi kabi inkor etmasada, biroq olam uzliksiz taraqqiyotda va harakatda degan materialistik dunyoqarashni ilgari suradi.
Arman me’morlari va binokorlari ham ajoyib inshootlar qurganlar.M: Echmiadzinedagi Ripsime cherkovi (VII a.), Tignis qo’rg’oni (IX-Xaa.), Xskonkedagi Sarkisa cherkovi (XI a.), Sanain monastыri (X-XIII aa.), Georgiy va Mugni cherkovlari (XVIIa.).
Gruziya hududida ham eng qadimgi davrlardan fan va texnika yuksak darajada rivojlangan. Gruzinlar ham boshqa kavkaz xalqlari kabi chet bosqinchilari bilan (kimmeriylar, skiflar, Rim imperiyasi va Fors, Arab xalifaligi va Vizantiya, mug’ullar va Temur hamda Usmonli turklar.) tinimsiz urushlar olib borganlar. IV asrlardan Gruziyada xristianlik qaror topa boshlaydi. Arablar quvilgandan keyin Kavkazdagi feodal davlatlar Gruziya atrofida birlashadi. XII asrda mamlakatni birlashtirishga katta hissa qo’shgan podsholardan biri bu Dovud Binokor hisoblanadi. Uning davrida yangi shaharlar quriladi, sud mukammallashtiriladi va feodallarning o’zboshimchaligini cheklash uchun ko’p sonli otliq qo’shin tuziladi. XII asrning oxirlarida Dovud Binokorning evarasi malika Tamarada ham Gruziya davlati ancha qudratga erishadi, bu esa fan va san’atning hamda me’morchilikning gullab yashnashiga olib keladi. Bu davrda Gelati shahridagi monastirda akademiya—oliy maktab barpo qilinadi. Unda ham diniy ham dunyoviy fanlar o’qitilib, falsafa, matematika, huquqshunoslikka oid ilmiy asarlar yozilardi.
Feodal jamiyatining shakllanishi va xristianlikning rasmiy dinga aylanishi Gruziyada o’rta asrlarning o’ziga xos dunyoqarashi bo’lgan – sxolastikaning vujudga kelishiga olib keladi. Ammo sxolastikaga qarshi bo’lgan, qadimgi yunon faylasuf-tabiatshunoslari asarlarini o’rganuvchi va targ’ib qiluvchi olimlar ham bo’lib, ulardan biri Ioane Petrisi (tax.1055-1130yy.) edi. U Vizantiyada ta’lim olib, Arastu, Prokl Diadox va boshqa asarlarni gruzin tiliga tarjima qilgan. Bagrationlar sulolasining vakilasi podsho Tamara saroyida alohida obro’ga ega bo’lgan ajoyib gruzin shoiri Shota Rustavili (XII a.) bo’lib, uning hayoti haqida juda kam ma’lumot saqlangan.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish