Tayanch iboralar.
Uyg’onish davri tushunchasi, gumanizm, antik o’adriyatlar, jaholat asri, kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi, dastlabki manufakturalar, burjua sinfning tug’ilishi, fan va texnika rivoji, ziyolilar guruhi, adabiyot: Aligyeri, F.Rable, U.Shekspir, M. Servantes, J.Bakochcho xaykaltaroshlik va rassomlik: Leonardo, Mikelanjelo, Rafael, geogarfik kashfiyotlar: Vikinglar, B.Diash, X.Kolumb, A.Vespuchchi, V.Gamma, F.Magellan, F.Dreyk, kashf etilgan mamlakatlar xalqlari madaniyati, taqdiri, fan yutuqlari.
Дарснинг хронологик харитаси – 80 минут
Ўқитувчи дарс давомида қуйидаги ишларни бажаради
- Ташкилий қисм: хонанинг тайёгарлиги, жиҳозланиши, санитария ҳолати, талабаларининг давомати – 2 минут
- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут
XVI-XVII asrlar fan tarixida muhim davr bo’lib, bu davrda hozirgi zamon fani vujudga keldi. Uning asoschilari orasida buyuk olimlardan Galileo Galiley va Issak Nyutonlar ham turar edi.
Uyg’onish davrida, asosan XI-XVI asrlarda eski G’arbiy va Markaziy Yevropa madaniyatining o’rta asrlar ko’rinishining o’rniga yangi o’ziga xos shakllarga ega b o’lgan madaniyat, ya’ni insonparvarlik (gumanizm), antik qadriyatlarga qiziqishning uyg’onishi (shu yerdan bu davrning nomlanishi kelib chiqqan), sxolastikaning inkor qilinishi, odamning imkoniyatlariga, aqliga ishonish kabilar vujudga keldi.
Uyg’onish davri – bu feodal tuzum ichida kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi davri bњlib, bu davrda haykaltaroshlik, arxitektura, adabiyot, rassomlik o’ziga xos tezlik va yuksaklik bilan rivojlandi.
Uyg’onish davri, odamlar ongidagi o’zgarishlar hamma mamlakatlardan oldin Italiyada boshlandi. Italiyada madaniyatning yuksalishi yangi sinfning ya’ni burjuaziyaning vujudga kelishi bilan bog’liq edi. Chunki Italiyaning boy shaharlarida XIV asrlarda dastlabki manufakturalar paydo bo’ldi, burjua sinfi tug’ila boshladi. Burjuaziya o’zining dastlabki hukumronligi davridanoљ fan va texnikaning rivojlanishidan manfaatdor edi. Feodallardan farљli o’laroq burjaziya tolonchilik urushlari va boshqa yerlarni bosib olish evaziga emas, balki savdo-sotiaq va manufakturalar orљali boylik orttirishga intilardi. Manufakturalar bir-birlari bilan raqobatlashib, yangi mexanizmlar va asboblarni ishga solar, aniq hisoblar asosida qisqa muddatda qal’alar, portlar, kanallar qurdilar. Bu esa o’z navbatida o’qimishli kishilarga bњlgan talab oshishiga olib keldi. Buxgalterlar, yuristlar, o’qituvchilar, injenerlar va shifokorlar ko’proq kerak bo’la boshladi. Me’morlar dang’illama uylar qurib, rassomlar surat chizib va haykaltoroshlar haykal yasab, boylarning uylarini bezar edilar. Shunday qilib shaharlarda – aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi alohida kishilar guruhi ya’ni ziyolilar paydo bo’ldi.
Bu davrga kelib olimlarni inson va uning kuchi, qobiliyati, tabiat hodisalari va ularning sabablarini kuzatish, bilib olish va hokazolar љiziљtira boshladi. Natijada shu davrlarda Yevropada dastlabki muzeylar, botanika va zoologiya bog’lari va boshqa bir qator ilmiy yo’nalishlar paydo bo’ldi.
Gumanistlar (gumanus-lotincha – insoniy) feodal tartiblarni qoralab, odamlarni tabaqalarga bo’lishga qarshi chiqsalarda, ammo mavjud tuzumni butunlay rad qilmaydilar, uni tuzatishni xayol qiladilar.
Ko’pgina gumanist yozuvchilar cherkovga, papalarning ochkuzligiga qarshi chiqsalarda, ammo dindan aloљani uzmadilar. Ularning ba’zilari dinni «avom» xalqni itoatda tutish vositasi deb hisoblardilar. Gumanistlarning cherkov qoralagan va unitilayozgan qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatiga bo’lgan qiziqishining uyg’onishi yangi madaniy davrning «Uyg’onish davri» deb atalishiga olib keldi. Ular Qadimgi davr bilan Uyg’onish davrigacha bo’lgan oraliqni «jaholat asri» deb, unga «O’rta asrlar» deb nom quydilar. O’zlari yashagan zamonni esa «Yangi zamon» deb atadilar.
Shunday љilib ilm-fanning monastirlar va universitetlar doirasidan tashљariga, ya’ni savodli kishilar doirasiga kengroљ yoyilishi «Uyg’onish davri» fani va madaniyatida g’oyat buyuk burilish bo’ldi.
XIII-VIV asrlardayoљ «Uyg’onish davri» namoyondalaridan biri mashhur italyan shoiri, italiya adabiy tilining tuzilishiga katta hissa qo’shgan Dante Aligyeri (1265-1321) yashagan va ijod qilgan edi. Uning mashhur uch qismdan iborat (Ilohiy komediya) «Bojestvennaya komediya» nomli poemasida jannat va do’zaxga sayohat qilinadi. Dante o’rta asrning oxirgi va yangi zamonning birinchi shoirlaridan hisoblanadi, shuningdek, Dante falsafa va siyosat bilan ham shug’ullangan.
Uyg’onish davrining yana bir mashhur satirik yozuvchisi Fransua Rable (1494-1553) hisoblanadi. Uning besh tomli «Gargantyuya va Pantagryuel» romani uyg’onish davri madaniyatining ensiklopedik yodgorligi hisoblanadi. F.Rable o’z asarida feodal urushlarni, qirol hukumatini, dvoryanlarni, sud amaldorlarini tanqid qildi va feodal davlat qonunlarini fosh qildi. Romanda Papa va uning sadoљatli љullari yashagan «Papemaniya» oroli tasvirlanib, cherkov, papa va katoliklar bilan protestantlar o’rtasiga kurash masxara qilinadi.
Uilyam Shekspir (1564-1616) mashhur ingliz dramaturgi. Uning tragediyalar, komediyalar va drammalardan iborat 37 ta mashhur asarlari butun dunyo teatrlari sahnalarini zabt etdi. Shekspir o’zining «Gamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Romeo va Julyetta» va boshqa tragediyalarida insonning ulug’ligini, u barcha olamning ko’rki – ekanligini xitob qiladi. Shekspir feodal tuzumining yovuzligini tanqid qilib, uning hatto inson his-tuyg’ulari, muhabbatiga ham aralashayotganini o’z asarlarida yoritib beradi.
Buyuk ispan gumanist yozuvchisi Migel de Servantes Saavedrani(1597-1616) butun dunyoga mashhur qilgan uning «Don Kixot» romanidir. Servantesning bu asarida xo’rlanganlar va mazlumlarning himoya qilish, yovuzlik va adolatsizlikka qarshi kurash jarayoni tasvirlanadi.
Shuningdek, Petrarka, Bakochcho, Ariosto, Erazm Rotterdamskiy va boshqalarning asarlarida ham Uyg’onish davrining g’oyalari aks ettirildi.
Uyg’onish davrida tasviriy san’at, rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilik yuksak darajada rivojlanib, o’tgan o’rta asrlar san’atidan o’zining realiyligi, hayotiyligi va insoniyligi bilan farq qilardi. Florensiya shahri – butun Italiyaning madaniy markazi bo’lib, bu yerda Uyg’onish davri arxitekturasi vujudga kelgan edi va keyinchalik bu yangi tendensiya butun Italiya bo’ylab so’ngra boshqa mamlakatlarga ham yoyilgan edi.
Florensiyalik Leonarda da Vinchi (1452-1519) Italiyadagi Uyg’onish davrining eng buyuk arboblaridan biri edi. U rassom, haykaltorosh, me’mor, injener-ixtirochi, muzikachi va shoir bo’lsada, ammo rassomlik uning asosiy san’at turi hisoblanardi. Bu yerda u ayniqsa katta yutuqlarga erishdi. Buning isboti bo’lgan uning љalamiga mansub 1483-1494 yillarda ishlangan «Madonna v skalax», «Taynaya vecherya» (1495-1497), taxminan 1503 yilda ishlangan Mona Liza (yoki Jokonda) kabi asarlari butun dunyoga mashhur. Leonarda genial rassom bo’libgina qolmay, balki san’at nazariyasi bilan ham shug’ullangan. Uning o’limidan so’ng «Traktat o jivopisi» (rassomlik haqida traktat) nomli asari chop etildi. Bu asar Leonardoning shogirdi Melsi tomonidan u qoldirgan qo’lyozmalar va chizmalar asosida yaratildi.
Leonardo da Vinchining ilmiy va injenerlik qiziqishlari doirasi juda keng edi. U matematika, mexanika, fizika va astronomiya, isman optika, gidravlika va geologiya, botanika odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiyasi bilan shug’ullangan. Leonardo injenerlik sohasida katta faoliyat ko’rsatib, uning chizma daftarlarida tokarlik va to’љimachilik dastgohlarining ham, ip yigirish charxi va (metalni ishlovchi stanok) pechat qiluvchi mashinani ham, yer kovlagich mashina, yuk ko’tarkich asboblar va daraxtni љayta ishlovchi stanoklarni ham chertyoj va rasmlarini ko’rish mumkin. Leonardo uchuvchi apparatlarni konstruksiya љildi, gelikopter va parashyut, vertolyot, suv osti kemasi va akvalangchilar kiyimlari loyihasini tuzgan. Leonardo ilmiy kuzatishlar natijasida «Donishmandlik – tajriba mahsuli» - degan falsafiy qarashni ilgari suradi. Leonardo mustaqil fikrli kishi bo’lgani uchun butun umr sarsongarchilikda yurib, Fransiyada vafot etadi.
Uyg’onish davri insoniyatga yana bir qancha buyuk va ajoyib arboblarni yetkazib berdi. Bulardan biri italiyalik haykaltorosh, rassom, me’mor, harbiy injener, va shoir Mikelandjelo Buonarroti (1475-1564) edi. Uning mashhur «Dovud» haykali marmartoshdan yasalgan bo’lib, uning balandligi 5,5 metr edi. Mikelandjelo Rimdagi avliyo Pyotr soborini qurishda qatnashadi. U soborning juda katta gumbazi loyihasini tuzadi.
Uyg’onish davrining yana bir arbobi italiyalik rassom va arxitektor Rafael Santi (1483-1520) edi. U dastlab Florensiyada yashab ijod qildi. So’ngra Rimga taklif qilinib, avliyo Pyotr soborini qurishga rahbarlik qildi. Rafaelning eng mashhur rasmlaridan biri bu «Sikstin madonnasidir».
Shuningdek, italiyalik rassomlar Tisian Vechellio (1477-1576); Veroneze Paolo (1528-1588); Tintoretto Yakopo (1518-1594); Gollandiyalik rassomlar: Yan Van Eyk (1390-1441); Van der Veyden Rogir (1400-1464); Vreygel Piter (1525-1568); Rembrand van Reyn (1606-1669); Flamandiyalik rassom va haykaltorosh Pauel Rubens Peter (1577-1640); nemis rassomi Dyurer Albrext (1471-1528); Fransuz rassomlari: Fuke Jan (tax. 1420-1480); Haykaltorosh Gujan Jan (tax. 1510-1568); Klue Fransua (tax. 1505-1527) va boshqalar Uyg’onish davrining yetuk namoyandalari hisoblanadi. Shunday љilib, Uyg’onish davrining buyuk san’atkorlari hozir ham kishilarni qoyil qoldirayotgan nodir asarlar yaratdilar.
Biz yuqorida aytganimizdek, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o’z navbatida fan taraqqiyotiga ham turtki berdi. Masalan, tarix va geografiya fanlari sohasida nihoyatda katta yutuqlarga erishildi. 982 yilda islandiyalik (Viking) dengizchi Eyrik Raudi Grenlandiyani kafsh etdi va uning sohillarida o’z manzilgohlarini qurdi. Uning o’g’li Leyf Eyrikson (Baxtli) 1001 yilda taxminan Shimoliy Amerika qirg’oqlariga (400 s.sh.) va hozirgi Filadelfiya rayonlariga bordi.1
XV asrda yevropaliklar oltin qidirib topish uchun uzoq mamlakatlarga ilmiy safarlar uyushtira boshladilar. XV asr oxirlariga qadar yevropaliklar jahonning faqat uch qit’asini Yevropa, Osiyo va Afrikani bilardilar. Aslida skandinaviyalik dengizchilar (Eyrik Raudi va Leyf Eyrikson) X asr oxiri va XI asr boshlarida Grenlandiyani kashf etib, u yerdan Shimoliy Amerikagacha borgan bo’lsalarda, Yevropaning boshљa mamlakatlari bundan bexabar edi. Keyinroq bu kashfiyotni hatto Skandinaviyalik dengizchilarning o’zlari ham unitib yuborgan edilar.
Dastlab Hindiston va Xitoy bilan bo’lgan savdoni arablar o’z qo’llariga kiritib olgandilar. So’ngra Turklar 1453 yilda Konstantinopolni bosib olgach, yevropaliklarning Sharq bilan savdosi yanada qiyinlashdi. Turklar istilosi Yevropadan Osiyoga boriladigan yangi yo’llarni qidirib topishni tezlashtirdi.
Portugallarning Bartolomeo Diash boshchiligidagi ekspedisiyasi (1487-1488 y.) Afrikaning janubiy chekkasi yonidan aylanib o’tib, Hind okeaniga chiqadi. Yo’l mashaqqatidan charchagan matroslar safarni davom ettirishdan bosh tortadilar. Afrikaning janubidagi burunni ular «Yaxshi umid burni» deb atadilar.
Hindistonga g’arb tomondan suzib borishga uringan birinchi dengiz sayyohatchisi italiyalik Xristofor Kolumb (1452-1506) edi. U Italiyaning Genuya shahrida to’quvchi oilasida tug’iladi. 1485 yil Kolumb Ispaniyaning Kastiliya shahriga ko’chib boradi. Yerning shar shaklida ekanligini bilgan Kolumb Yevropada Hindistonga eng qisqa yo’lni ochish uchun odatdagidek sharqqa emas, balki g’arbga suzilsa bas deb hisoblardi.
Nihoyat 8 yildan so’ng Ispan qiroli bunday dengiz ekspedisiyasiga ruxsat beradi. Kolumb Atlantika okeani bo’ylab g’arbga 4 marotaba dengiz ekspedisiyasi uyushtiradi.
Birinchi ekspedisiya 1482 yil 3 avgustda Ispaniyadagi Kartaxen shahri yaqinidagi Palos qo’ltig’idan safarga jo’nab ketdi. Ikki oydan ortiqroq (70 kun) davom etgan suzishdan so’ng Kolumb Markaziy Amerika sohillariga yetdi. Birinchi ekspedisiya davrida Kolumb Amerika materigigacha borolmadi. Uning ekspedisiyasi San-Salvador orolini, so’ngra Bagam arxipelagidagi Kuba va Gaiti orollarini kashf etdi. 12 oktyabr 1492 yil San-Salvador orolining ochilishi kuni va uning sohiliga ekspedisiya a’zolarining tushishi – Amerika kashf qilinishining rasmiy sanasi hisoblanadi.
Ikkinchi ekspedisiya 1493-1496 yillarda amalga oshirilib, uning tarkibida 17 ta kema va 1,5 ming kishi bor edi. Bu ekspedisiya ham Amerika materikiga qadam qo’ya olmadi. Bu safar Dominik va Gvadelupa orollari, Kichik Antil arxipelagining bir qator orollari, Xardenes-de-la arxipelagi Puerto Riko, Yamayka, Pinos kabi orollar kashf etildi. Kolumb Gaiti orolining ichki qismiga bosqinchilik yurishlari qildi va 11 iyun 1496 yil Ispaniyaga qaytdi.
Uchinchi ekspedisiya (1498-1500) 6 kemadan iborat bo’lib, bu safar Janubiy Amerika sohillarigacha ya’ni Orinoko daryosi deltasi rayoniga (hozirgi Venesuela) qadam qo’yildi. Shuningdek, Trinidad va Margarita orollari kashf qilindi.
Kolumbning 4-chi va oxirgi ekspedisiyasi 1502-1504 yillarda bo’lib, unda 4ta kema qatnashdi. Kolumb hali ham Hindistonga bo’lgan g’arbiy yo’lni izlardi. Bu safar Markaziy Amerika qirg’oqlarigacha hozirgi Ganduras, Nikarauga, Kosta-Rika va Panama territoriyalariga borildi. Martinika oroli kashf qilindi.
Kolumb yangi qit’a kashf etganligini umrining oxirigacha ham bilmagan edi. U bu yerlarni Hindiston, aholisini esa hindular deb atadi. Shu sabab Amerika tub aholisini «indeyes»lar deb atash rasm bo’lib qolgan.
Kolumb kashfiyotlari bu yangi yerlarda ispan koloniyalarining vujudga kelishiga olib keldi. Mahalliy tub aholi dahshatli ravishda qirila boshlandi.
Kolumb kashf qilgan yerlarning yangi qit’a ekanligini Florensiyalik dengizchi Amerigo Vespuchchi (tax. 1451-1512) isbot qildi. Amerigo birinchi bo’lib bu yerlarni yangi kontinent ekanligi haqidagi fikrlarni aytdi va uni «Yangi Dunyo» deb atadi. 1507 yil Lotoringiyalik kartograf Valdzemyuller bu yangi kontinentni Amerigo Vespuchchi nomi bilan «Amerika» deb atadi. Bu nom tan olinib, keyinchalik Shimoliy Amerikaga ham tarqaldi.
Portugaliyalik dengizchi Vasko da Gama (1469-1524) birinchi bo’lib Yevropadan Janubiy Osiyo mamlakatlariga dengiz yo’lini ochdi. 1497 yilda Vasko da Gama boshliq 4 ta kemadan iborat ekspedisiya Lissabondan Hindiston tomonga yo’lga otlanadi. Yaxshi umid burunidan o’tib, ekspedesiya kemalari Somalining Molindi portida to’xtashadi. Bu yerda Vasko da Gama Hind okeanini yaxshi biladigan arab dengizchisi Ahmad ibn Majidni bortga oladi va u dengizchilarni Janubiy Hindiston qirg’oqlarida joylashgan Kalikutta shahriga olib boradi. Shunday qilib, 1498 yil may oyida Vasko da Gama hind rojasi љabulida bo’ladi va matroslarga sohildan murch, dolchin va boshqa ziravorlar sotib olishni buyuradi. Ikki yillik safardan so’ng 1439 yilda Lissabonga qaytgan ekspedisiya matroslarining yarmidan ko’pi halok bo’ladi. Shunga qaramay safarga sarf qilingan mablag’ga qaraganda 60 marta ortiq foyda olinadi.
Vaskoda Gamaning Hindistonga qilgan ikkinchi ekspedisiyasida 20 ta kema safarga otlandi. Kalikut shahridan shimolroqda hind qirg’oqlarida portugallarning tayanch bazalari tashkil etiladi. Kalikut shahri bosib olinib, talon-taroj qilinadi. Bu xizmatlari uchun Vasko da Gama 1524 yilda Hindistonning vise-qiroli qilib tayinlanadi.
Yerning shar shaklida ekanligini uzil-kesil isbotlab bergan dunyo aylana birinchi ilmiy sayohatni portugaliyalik va ispaniyalik dengizchi Fernando Magellan (taxminan 1480-1521 yillar) amaga oshirdi.
Beshta kemadan iborat Magellan ekspedisiyasi 1519 yilda Ispaniya janubidagi Sanlukar-de-Barrameda portidan safarga otlandi va g’arb tomonda Janubiy Amerika qirg’oqlari bo’ylab suzib 1520 yilda La-Plata qo’ltig’iga yetib bordi (bu qo’ltiqda Buenos-Ayres joylashgan). U yerdan kemalar Janubiy Amerikaning sharqiy sohillari bo’ylab janubga tamon suzishdi va sayohatchilar sohil bo’ylab uzoq vaqt suzish davomida o’zlariga notanish ulkan kenglikni (obshirnoye plato) ko’rishdi va uni Patagoniya deb atashdi.
Sayohatchilar Atlantika okeanining janubiy qismida Janubiy Amerika qirg’og’idagi San-Xulian buxtasida qishlab so’ngra yana janubga endi 4 ta kemada otlanishdi. Ekspedisiya muhim geografik kashfiyotni amalga oshirdi, ya’ni Janubiy Amerika materigining janubiy uchi va Olovli Yer arxipelagining o’rtasidan o’tuvchi hamda ikki okeanni (Anlantika va Buyuk yoki Tinch) tutashtiruvchi kanalni topishdi. Keyinchalik bu bo’g’oz Magellan bo’g’ozi deb ataldi.
Ekspedisiya kemalari shu kanal orqali endi uchta kemada yangi okeanga chiљishdi. Magellan ekspedisiyasi yana bir muhim geografik kashfiyotni amalga oshirdi, ya’ni Osiyo va Amerika qit’asi o’rtasida Yer yuzidagi eng katta okean mavjudligini ko’rsatdi. To’rt oylik dengiz safari vaљtida ob-havo yaxshi edi, shuning uchun dengizchilar bu okeanni Tinch okeani deb atadilar. Ammo oziq-ovqat va chuchuk suv deyarli tugaganligi dengizchilarni juda qiyin ahvolga solib qo’yadi. Ko’pgina matroslar singa kasalligi bilan bilan kasallanib o’ladilar. Nihoyat ekspedisiya Filippin orollariga borib yetdi. Bu yerda Magellan mahalliy aholi bilan b o’lgan jangda halok bo’ldi. Dunyo aylana sayyohatda 5 kemadan faqat 1 tagina kemaning Vatanga qaytishi bilan yakunlandi. «Viktoriya» nomli bu kemaning kapitani Elkano edi. U Magelan vafotidan keyin ekspedisiyaning boshqardi. «Viktoriya» Hind okeanidan o’tib, Yaxshi umid burnini aylanib њtadi va shunday qilib Sanlukar-de Barrameda portiga qaytib keladi. Shunday qilib Magellan ekspedisiyasining 965 kishilik komandasi bo’lgan beshta kemasida faqat bittasigina 18 ta kasal dengizchi bilan o’z vataniga qaytib keladi.
Magellan ekspedisiyasi muhim geografik kashfiyotlardan tashqari Yerning shar shaklida ekanligini isbotlaydi, shu bilan birga Yer yuzasining katta qismi okean va dengiz suvlari bilan qoplanganligini va u yagona dunyo okeanini tashkil etishini ham isbotladi
Biroq fan yuzasidan ijobiy hisoblangan bunday geografik kashfiyotlarning portugallar va ispanlar kashf qilgan mamlakatlar xalqlari taqdiridagi salbiy tomonlarini ham biz bilib qo’yishimiz zarur. Chunki kashfiyotchilar ortidan bu mamlkatlarga osongina boylik ortirish maqsadida ming – minglab istelochilar bora boshladi. Ular bo’ysundirilgan mamlakatlarni talab boylik ortirishardi. Yangi kashf etilgan mamlkatlar sohiliga birinchi bo’lib soldat, savdogar va pop qadam qo’yardi. Istelochilar haqida «ular qo’llarida but va dillarida oltinga hirs bilan borardi» deb gapirishar edi.
Portugaliya qiroli tomonidan Hind okeaniga ketma – ket yuborilgan harbiy kemalar yordamida arablarning Hind okeanidagi ustunligiga barham berildi va endi portugallar Hindistonga boriladigan dengiz savdo yo’lini o’z nazorati ostiga oldilar. Ular arab va hind kemalarini talar va dengizga cho’ktirib yuborar, asirlarni qul qilib sotar edi. Ularning ruxsatisiz birorta kema Hind okeanida suzolmas edi. Portugallar ziravorga boy o’lkalarni izlab Zond va Molukka orollariga bordilar, so’ngra yanada sharqroqqa suzib Xitoy va Yaponiya sohillarigacha yetdilar.
Sharq zirovorlarini Yevropa bozorlariga olib kelib sotishdan juda ko’p foyda olayotgan portugallar zirovor narxi uning ko’pligidan bozorda tushib ketmasligi uchun bir yilda besh-olti kema yuk olib kelishardi, xolos. Agar hosil dalada m o’l bo’lsa, ortiqchasini yoqib tashlashardi.
Ispaniya hukumati ham Amerikadan oltin topish uchun u yerga ilmiy ekspedisiyalarini yuboraverdi. Masalan, 1519 yilda Kortes boshliq 400 kishilik harbiy otryad asteklar yurti Meksikani, Pisarro boshliq 200 kishilik yana bir qurollangan otryad inklar mamlakati Peruni vahshiylarcha bosib oldilar va mahalliy axolini ayovsiz ravishda o’ldirdilar.
Tenochtitlan va Kusko podsholiklarining oltin xazinalarini qo’lga kiritgan istilochilar o’ljani taqsimlashda oltin va kumushdan yasalgan yuksak san’at asarlarini eritib yombi qildilar va o’z yurtlariga tashib ketdilar. Shu tariqa fan uchun o’ta muhim bo’lgan Amerika halqlarining qadimgi madaniyati vahshiyona suratda yoq’ qilindi. Hatto, XVI asr o’rtalarida Kuba va Karib dengizidagi ayrim orollarining tub aholisi bitta qo’ymay qirib tashlangan.
Shunday qilib, buyuk geografik kashfiyotlar natijasida savdo yo’llari O’rta yer dengizi orqali o’tadigan qit’alararo savdo yo’llari ya’ni jahon savdosi vujudga keldi. Bu jarayon Yevropa davlatlarida savdo-sotiq va tovar ishlab chiqarishning o’sishiga yordam bersada, biroq Amerika, Osiyo va Afrika halqlari uchun kulfatlar olib keldi.
Endi yana XV-XVI asrdagi muhim geografik kashfiyotlarning va tadqiqotlarning fan taraљљiyotidagi yutuqlariga qaytamiz. Xristofor Kolumb, Vasko da Gama va Fernando Magellan sayohatlaridan keyin ham dengizchilar okean uzra har tomonga suzib yurishni davom ettirdilar. Shu tariqa XVII asr boshlarida yana bir yangi qit’a – Avstraliya kashf qilindi. Ingliz qaroqchisi Frensis Dreyk Magellandan keyin ikkinchi bo’lib dunyo aylana sayohatni amalga oshirdi. Rus ovchilari Shimoliy Osiyoning inson oyog’i yetmagan joylarini kashf etdilar va Tinch okeani sohillariga chiqdilar. Natijada geografiya fani sohasida nihoyatda katta yutuqlarga erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |