Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети



Download 1,27 Mb.
bet2/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

FANNING ANNOTASIYASI

Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushalib, O’zbekiston mustaqillikka erishdi. «Diyorimiz kishilari qadim zamonlardan, - deb yozadi O’zbekiston Respublikasi Prezidyenti I.A.Karimov, - o’zlariga ma’lum bo’lgan insoniyat bilan hamfikr bo’lib keldilar, yaqindan aloqa bog’lab yashadilar. Bunga ko’pdan-ko’p misollar bor. Osiyoning qa’ridan Yaqin Sharqqa, Ovrupaga va Afrikaga olib boradigan Buyuk Ipak yo’li. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutaffakirlar, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari davlatlar va shaharlar yaratuvchilari bo’lmish ulug’ ajdodlarimizning ijodiyoti o’zining ulug’vorligi, go’zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirmoqda».1 Mustaqillik sharofati bilan bobolarimiz qoldirgan boy madaniy ma’naviy merosini o’rganish uchun oldimizda keng yo’llar ochildi. Bizga nasib etgan istiqlol poydevorini mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yetarli, tanlangan yo’limizdan orqaga qaytmay, faqat oldinga intilmoqdamiz. Prezidyent I.A.Karimov uqtirganidek: «Oldimizda turgan eng muhim masala – bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va uni hayotimizga tatbiq etishdir».2


Binobarin, biz tarixchi olimlar oldida turgan asosiy vazifa – O’zbekistoning buyuk tarixini ajdod-avlodlarimizning tarixini ilmiy xolisona yaratishdir. Bunda olimlarimizga to’g’ri ravon yo’llar ochib berildi. Prezidyent I.A.Karimovning bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvida tarixning millat va mamalakat taqdiridagi o’rni, vazifasiga tamomila yangicha nazar bilan qaraldi va yangicha yondoshuv zarurligini uqtirdi. Uchrashuvda tilga olingan masalalar O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida», deb qabul qilingan qarorida o’z ifodasini topdi. Bu tarixiy qarorda o’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini ilmiy asosda xolisona o’rganish, tadqiqotlar zamonaviy talablarga javob beradigan yetuk, salohiyatli kuchli tarixchilar maktabi yaratish vazifalari belgilab berildi. Tarix asosida yosh avlodni mustaqillik, erkinlik, o’z-o’zini anglash ruhida tarbiyalash, ota-bobolarimiz merosini to’g’ri, xolisona o’rganish uchun katta ishlar amalga oshirmoq lozimdir. Asrlar davomida xalq, millat madaniyati, ma’naviyati oyoq osti qilindi, eski tuzumdan qolgan hamma asoratlarni yo’qotish zarurdir. «Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirimiz zarur»,3 – deydi I.A.Karimov. Shuning uchun ham O’zbekistonning haqqoniy tarixini yaratish uchun juda boy, xilma-xil hujjatlarni, turli davrlarda yashagan kishilarning esdaliklarni, arxiv va statistik matyeriallarni sinchkovlik bilan o’rganish, tahlil-tadqiq etish talab qilinadi.
Fan tarixi manbashunosligi Oliy o’quv yurtlarining yangi o’quv rejasiga kiritilgan muhim fanlardan biridir. Tarix bo’yicha mutaxassis bo’lib chiquvchi har bir talaba bu fanni bilishi kerak. hukumatimiz tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlarda o’quv yurtlarida xalqimiz tarixini jonli ravishda muhim tarixiy voqealar va faktlar asosida xronologik tartibda o’rganish talab qilinadi. Bu talabni bajarish uchun tarix o’qituvchisi albatta manbalardan xabardor bo’lishi lozim. Chunki tarixiy voqealar va faktlar haqidagi manbalar bizgacha bevosita axborot beradi. Demak, tarixiy manbalarni o’rganmasdan turib, bo’lib o’tgan tarixiy voqealar to’g’risida tegishli bilimga ega bo’lish mumkin emas. Faqat manbalar bilan tanishgan, uning ahamiyatini aniqlagan, uning hajmi va mundarijasini bilgan holda tarix qaysi hujjatlar asosida yozilganligi haqida tushunchaga ega bo’lish mumkin.
Kishilik jamiyatining tarixi to’g’risida ma’lumot beruvchi har qanday yodgorlik tarixiy manba hisoblanadi. Tarixiy manbalarga qo’lyozmalar, nashr qilingan kitoblar, qadimiy urf-odatlar, nutq elementlari, boshqacha qilib aytganda, tarixiy hayotning hammasi kiradi.
Tarixiy manbalar beshta asosiy shaklga ega bo’lishi mumkin: 1) Ashyoviy manbalar; 2) Etnografik manbalar; 3) Lingvistik manbalar; 4) Og’zaki manbalar; 5) Yozma manbalar. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan manbalarning yangi shakllari kelib chiqadi. Masalan: fotografiya, kinofilmlar, ovozni yozib olish kabi shakllari. Ashyoviy manbalar orasida arxeologik yodgorliklar alohida ahamiyatga egadir. Ularni o’rganish va tekshirish katta natijalarga olib kelishi va tarixchi uchun yangi materiallar berishi mumkin.
Yozuvlar vujudga kelgunga qadar epik asarlar (epos – gryekcha so’z bo’lib, doston, rivoyat, afsona asarlarini anglatadi) tarixni o’rganish uchun yagona manba edi. Yozuvlar ixtiro qilingundan so’ng esa toshlar yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar – eng qadimgi yozma tarix manbalari hisoblanadi. O’sha davrdagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik xattotlar, shoirlar tomonidan qayta-qayta ko’chirilgan yoki og’izdan-og’izga ko’chib, bizgacha yetib kelgan manbalar qadimiy manbalar hisoblanadi.
Xullas, hozirga vaqtda talaba yoshlarning fan asoslarini puxta egallab olishi ko’p jihatdan o’qitish va o’quv-tarbiya ishlarining qay tarzda tashkil etilishi, shuningdyek, darsliklar hamda o’quv qo’llanmalarining yetarli bo’lishi, ayniqsa, ularning mukammalligi va umumiy saviyasiga ham bog’liqdir. Bu muhim masala Oliy Ta’lim Vazirligining e’tiborini jalb qilishi lozim.

Kirish
Ushbu o`quv dastur Fan tarixi» kursidan tuzilgan bulib, unda fanning jamiyat taraqqiyotnda tutgai urni, ilmiy kashfiyotlar, yeirik muta -akkur allomalarning ijodi xaqida fikr yuritiladi. Tarix an ma’lumki, kishilik jamiyatida fan taraqqt'yotni belgnlovchi omillardan bulib kelgan Dasturda ilm jamiyatda ilmiy bilimlarning paydo, bulishidan tortib, bugungi ilmiy texnika progresti! imiy-texnika jarayonlar taxlnl etiladi. Ayniqsa, O`rta Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy allomalar merosiga aloxida e’tibo| beriladi. Talabalar «Fan tarixi kursini atroflicha tushunishlari uchun «San’at tarixi», «Falsafa tarixi», «Mantiq», «Adabiyot tarixi», «Dinshunoslik». «Tabiatshunoslik asoslari» kabi fanlardan xam yaxshi xabardor bulmog`ligi lozim

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish