Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети



Download 1,27 Mb.
bet126/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

Isaak Nyuton (1643-1727)
Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton 1643 yil 4 yanvarda Kembridjdan 75 km uzoqlikda joylashgan (Grantem shahri yaqinida) Vulstorp qishlog’ida uncha boy bo’lmagan fermer oilasida tug’iladi. Uning otasi tug’ilmasdan oldin vafot etgandi. Isaak 12 yoshida Grantem maktabiga o’qishga kiradi.
Maktabni tugatgach u 1661-1665 yillarda Kembridj universitetining Triniti yoki Troisa kolledjini tugatib, bakalavr ilmiy darajasini oladi. Mashhur matematik olim professor Barrou yordamida Nyuton Kembridj universitetining «Lyukasov» kafedrasiga ishga kirib, u yerda to 1701 yilgacha faoliyat ko’rsatadi.
Nyuton hayotining eng muhim ijodiy davri bo’lib, uning vabo epedimiyasidan qochib o’zi tug’ilgan Vulstorpda o’tkazgan 1665-1667 yillar hisoblanadi.
Bu yerda olimni buyuk kashfiyotlarga olib kelgan asosiy g’oyalari shakllandi. Ana shularga: fizikaning matematik asoslari – differinsial va integral hisobni yaratishga ko’zgu teliskopning ixtiro qilinishiga, yorug’likni ajratishga oid tajribalarga, astronomik kuzatishlar va mexanika asoslariga, eng muhimi butun olam tortishish qonunining ochilishiga olib kelgan ishlari kiradi. 1668 yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan so’ng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi.
1668 yilda Nyuton o’z qo’li bilan ko’zguli teleskopni qurdi. 1671 yilda xuddi shu turdagi, biroq razmeri jihatdan katta va yanada takomillashgan ikkinchi teleskopni ixtiro qildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ya’ni Nyutonning teleskop sohasidagi ishlari fanda Galeliy xizmatlari qatoriga tenglashtiriladi.
Nyuton ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy muammolari bilan uviy bog’langan edi. Masalan: optika sohasidagi tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan edi. «Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi» (1672y) nomli optikaga bag’ishlangan birinchi ishida Nyuton o’zining yorug’likning korpuskulyar gipotezasiga oid qarashlarini bayon qiladi. Qizg’in bahsga sabab bo’lgan Nyutonning yorug’lik tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqadi. U vaqtda Nyuton yorug’lik haqida korpuskulyar va to’lqin tasavvurlarini o’z ichiga oluvchi gipotezani olg’a suradi. Nyuton qorong’ilashtirilgan xonaga kichik tirqish ochib, tushayotgan quyosh nuri yo’liga shisha prizma qo’yib hosil qilingan quyosh nuri spektrini yetti xil rangga ajratdi. (Umuman odamning ko’zi quyosh yorug’ligi spektrida 160 ga yaqin turli ranglarni ajrata oladi).
Keyingi tajribalarda Nyuton rangli nurlarni aksincha yig’uvchi linza orqali oq yorug’likka to’plashga erishdi. O’zining optik tadqiqotlarini u 1704 yilda yozilgan «Optika» kitobida e’lon qilib, unda o’sha zamon faniga ma’lum bo’lgan turli optik hodisalarning mukammal manzarasini chizib berdi.
1687 yil I.Nyuton o’zining «Matematicheskiye nachala naturalnoy filosofii», ya’ni «Tabiiy falsafaning matematik asoslari» (qisqacha «Asoslar») nomli kapital asarini nashrdan chiqardi. Unda olim butun klassik fizikaning asosini tashkil etgan yer va osmon mexanikasining yagona sistemasini yaratdi. Bu ilmiy asarida Nyuton fizikaning asosiy tushunchalari – massaga, zichlikka ekvivalent materiya miqdorining, impulsiga ekvivalent harakat miqdorining, kuchning turli shakllarini va boshqalarni ta’riflab berdi.
1672 yilda Nyuton London Qirollik jamiyatining a’zosi qilib saylandi. 1703 yilda esa uning prezidenti bo’lgan Nyuton umrining oxirigacha shu lavozimda qoladi.
1696 yilda Monetnыy dvor- nazoratchisi bo’lib saylangan Nyuton- deb yozadi Dj.Bernal (Nauka v istorii obshestva –str.265) –o’zining halolligi va haqgo’yligi tufayli 1699 yilda uning direktori lavozimiga ko’tariladi.
1699 yilda u Parij Fanlar Akademiyasining xrijiy a’zosi etib tayinlanadi. Fan oldidagi xizmatlari uchun Nyuton 1705 yilda dvoryanlik unvoniga sazovor bo’ladi.
1727 yil 31-martida 84 yoshida vafot etgan Isaak Nyuton Vestminstr abbatligining milliy panteoniga dafn qilinadi. Butun insoniyat tarixida eng buyuk olimlardan biri bo’lgan Isaak Nyuton fanning turli sohalari bo’yicha o’zidan juda ulkan ilmiy meros qoldirdi. O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tatbiq qildi. Bu qonunga ko’ra, barcha moddiy jismlar bir-biriga tortilib, bunda tortishish kuchi kattaligi jismlarning fizik va ximiyaviy xossalariga, ularning harakat holatiga, jismlar turgan muhitga bog’liq emas. Yerga tortilish har qanday moddiy jismni Yerga tortilishi tufayli vujudga keluvchi og’irlik kuchining mavjudligidan namoyon bo’ladi.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish