- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут
XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarigacha bo’lgan tarixiy davr Yevropada cherkovni roli va papa hokimiyatining halqaro ta’siri ancha pasayib, fan va texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot sekulyarizasiya (cherkov ta’siridan xalos etish) qilina boshlandi.
Burjua mafkurasining va yangi rasional hamda empirik bilimlarning rivoji bir qator mustaqil yangi fan tarmoqlarining vujudga kelishiga olib keldi. Masalan falsafa, huquq va tibbiyot fanlari diniy aqidalardan ozod bo’la boshladi. Har holda cherkov ta’siridan qo’tilmagan bo’lsada bu davrda dunyoviy maktablar kupaya boshladi. Ularda o’qitishning yangi usullari yaratildi. Bir qancha mamlakatlarda dunyoviy oliy o’quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar va akademiyalar barpo qilindi.
Fan avvalo tabiiy hodisalarning o’zaro sabab va oqibatlarini rasional tushunishga va eksprerimentlar orqali hal qilishga harakat qila boshlaydi.
Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblari: (XVI asrning 60-70 yillaridagi Niderlandiya burjua inqilobi; XVII asrning 40-80 yillarida Angliya burjua inqilobi; XVII asrda Yevropaning qator davlatlarida bo’lib o’tgan inqiloblar, xullas, 1789-1794 yillardagi buyuk fransuz inqilobi.) davrida ilm-fan rivoji diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning obro’yini tushirib yubordi. Bu jarayon kapitalistik taraqqiyotga keng yul ochib berdi. Umumevropa miqyosidagi bu jarayon birinchidan tabiatshunoslik va texnika sohasidagi ilmiy bilimlarning o’sishiga va shu bilan birga ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez rivojlanishiga, ikkinchidan yuqorida aytganimizdek antifeodal inqilobi harakatlarning yuksalishiga olib keldi, ya’ni hunarmand, dehqonlar va ishchilar burjuaziya boshchiligida burjua inqiloblari davomida feodalizmga va yakka hokimiyatchilikka qahshatgich zarba bera boshladi.
Kapitalistik manufakturaning gullab-yashnashi va mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish fan va texnikaning rivojlanishini talab qilardi. Sanoatning rivojlanishi texnika, matematika, eksperimental fanlar va tabiiy fanlarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga yordam berdi. Dinga putur yetib va o’rta asr sxolastikasi kishanlari parchalanib borayotgan ana shu sharoitda fan taboro muvaffaqiyatli sur’atda rivojlana boshladi.
Hozirgi zamon fani o’zining tez sur’at bilan yuksalib borgan taraqqiyotini xuddi shu XVII asrdan boshladi deyish mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba’zi bir cheklangan sohalarda, masalan, astronomiya, tibbiyot namoyon bo’lgan bo’lsa, XVII asrning birinchi yarmida ilmiy bilimlarning asosiy prinsiplari va metodlari paydo bo’lishi (Bekon, Galiley, Nyuton, Dekart) bilan fan asri boshlandi. Lekin shunga qaramay XVII asrning birinchi yarmi fanning tong otar payti edi, xolos.
Ilmiy bilimlarning g’olibona rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni ingliz burjua inqilobidan keyin boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyildi va xalqaro tus oldi. Olimlar bir-birlari bilan xat yozishib turar, o’z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, nazariyalari haqida bir-birlariga xabar yuborar edilar. Birin-ketin akademiyalar – ilmiy markazlar vujudga keldi. Bu akademiyalarda tajribalar o’tkazilar – ular namoyish qilinar edi. Bunday akademiyalardan Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik jamiyati» tabiatshunoslik ilmiy jamiyatlarining eng dastlabkilaridan edi. «Qirollik jamiyati» birinchi fuqorolar urushi yillaridayoq tuzilgan bo’lib, inqilobdan keyin (1662 yildan boshlab) katta ishlar olib bordi. Uning a’zolari orasida Boyl, Guk, Nyuton kabi ilg’or olimlar bor edi.
1652 yilda Germaniyada imperator «Leopold akademiyasi», 1666 yilda Parijda «Tabiat fanlari akademiyasi», 1700 yili Berlinda «Fanlar akademiyasi», 1724-1725 yillarda Peterburgda, 1739 yil Stokgolmda, 1759 yil Myunxenda Fanlar akademiyalari tashkil qilindi va hokazo.
Akademiyalar bilan bir vaqtda ilmiy jurnallar ham ta’sis qilndi. Bu jurnallarning eng keksasi Parijda 1665 yildan chiqa boshlagan «Olimlar jurnali» hisoblanadi.
Shunday qilib, XVII-XVIII asrlar fanining eng muhim ikki xususiyati birinchidan uning kuzatishga, tajribaga, eksprimentga, ikkinchidan matematikaga tayanganida edi. Aniqlik va ishonchlilik yangi fanning bayrog’i bo’lib qoldi. Yangi fannnig XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti, bir tomondan, eng muhim ilmiy asbob-uskunalar (termometr, simobli va suvli barometr, havo nasosi, mayatnikli soat, elektr mashina, teleskop, mikroskop va hokazo)ning ixtiro qilishi va takomillashtirilishi asosida , ikkinchi tomondan matematikaning tez rivojlinishi asosida bordi.
Ammo XVII-XVIII asr fani ko’proq manufaktura ishlab chiqarishiga va ilk mashinalashgan ishlab chiqarishga bog’liqligi tufayli ham u asosan mexanistik fan edi. Boshqacha qilib aytganda yirik sanoatga aylanayotgan manufaktura davrida mexanikaning ikki moddiy negizi bu- soat va tegirmonning borligi edi.
Mashinalashgan sanoatga o’tishda yana shu ikkala moddiy negiz asos bo’lgan edi:
Soat – amaliy maqsadlar uchun ishlatilgan birinchi avtomat bo’lib, tekis harakat bilan ishlaydigan ishlab chiqarish nazariyasi ana shu soat asosida rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |