Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети



Download 1,27 Mb.
bet129/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

Tegirmon – dastlabki suv tegirmoni qurilgan vaqtlardan boshlaboq unda mashina organizmining hamma muhim elementlari bor edi. Harakatga keltiruvchi kuchning me’yorini o’lchash, bu kuchni qo’llashdagi eng yaxshi usullar - tishli uzatma, tishlar haqidagi va ishqalanish haqidagi ta’limotga ham ana shu tegirmon asos bo’ldi.
Shunday qilib, fan va texnika, ayniqsa, matematika, mexanika va astronomiya fanlari mashinalashgan sanoatga o’tish, kapitalistik sanoatning taraqqiy qilishi va diniy dunyoqarashni yengish asosida rivojlanib bordi.
Sanoatning va tabiiy fanlarning tezkor rivoji, ilmiy izlanishlar, eksprimentlar va tajribalar tufayli erishilayotgan yutuqlar va falsafa fanining materiyalistik yunalishiga turtki berdi… (falsafiy dunyoqarishni yoritish kerak)
Tabiiy fanlar:
Galiley, Kipler va Nyutonlarning zamondoshlari ichida ko’plab tabiatshunos olimlar mavjud edi. Ana shulardan biri italyan fizigi va matematigi Evandjelista Torrichelli (1608-1647) bo’lib, Rimda Benedetti Kastilli rahbarligida matematik ma’lumot oladi. Torrichellining «Traktat o dvijenii tyajelыx tel», nomli asari Galileyning e’tiborini tortadi. Galiley o’z asarlaridan birini qayta ishlab chiqishni ishonib unga topshiradi. Galiley o’limidan so’ng, 1642 yilda Torrichelli Pizan universiteti matematik professori lavozimini yoki o’rnini egallaydi. Torrichelli 39 yoshida, ya’ni erta vafot etsada, fan tarixida katta ishlar qilishga erishdi. Torrichelli matematika, mexanika, gidravlika sohasida katta ishlar qildi. Uni fanda yanada tanitgan ishi, bu o’ta oddiy tajriba usuli bilan Yerning yuza qismiga havoning bosimi mavjudligini, ya’ni havonining og’irligini aniqladi va namoyish qildi, atmosfera bosimini o’lchash uchun oddiy barometrni ixtiro qildi. (Kirillin V. 7-rasm, 215bet).
Fransuz fizigi Edm Mariott (1620-1684) turli sohalar bilan shug’ullangan olimlardan biri hisoblanadi. U optika, yorug’lik(svet) difraksiyasi, gidravlika va ayniqsa u o’zining gazlar hususiyatlari ustida olib borgan tajribalari bilan tanilgan.
Ingliz olimi Robert Boyl 1662 yilda va undan mustaqil ravishda Edm Mariott ham 1676 yilda eksprimental ravishda «Boyl-Mariott qonuni» deb ataluvchi qonunni aniqladilar, unga ko’ra: muayyan gaz massasi uchun o’zgarmas temperaturada bosim hajmga teskari proporsionaldir: R1 = V2
R2 = V1
Temperatura ortishi bilan gaz bosimining ortishini 1787 yilda fransuz fizigi J.Sharl eksperimental ravishda aniqlaydi. Bu – fanda Sharl qonuni nomi bilan ataladi, ya’ni: muayyan gaz massasining bosimi o’zgarmas hajmda absolyut temperaturaga proporsionaldir:
R1 = T1
R2 = T2
Shuni ta’kidlash kerakki, ya’ni E. Mariott Parij Fanlar Akademiyasining eng birinchi a’zolaridan biri hisoblanadi.
Ingliz ximigi va fizigi Robert Boyl (1627-1691) Irlandiyaning Lismor qurg’onida gersog oilasida tug’iladi. U Temza daryosi bo’yidagi Iton shahridagi taniqli kolledjda o’qidi. Italiya va Fransiya bo’ylab sayohat qilgan Boyl, bir necha yil Jenevada o’qidi. Dastlab din ta’sirida bo’lgan Boyl zohidona hayot kechiradi. Hatto bu davrda Angliyada fuqorolar urushi ketayotgan davrda, ya’ni O.Kromvel boshchiligidagi respublikachilarning qirol armiyasi bilan jang olib borayotganida ham Boylning barcha qiziqishlari fan bilan bog’liq edi.
1663 yilda Londonda rasmiy tashkil topgan «Qirollik jamiyati»ning tuzilishida ham Boyl asosiy tashabbuskorlardan biri edi. 1665 yilda Boyl Oksford universitetining fizika fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ladi. 1680 yilda R.Boyl «Qirollik jamiyati»ning prezidenti lavozimiga saylanadi, biroq uning o’zi bu lavozimni rad etadi.
Dj.Bernal aytganidek: «R.Boyl, shubhasiz, «Qirollik jamiyati»ning boshlang’ich davrida uning asosiy figurasi bo’lgan bo’lsa, shu jumladan I.Nyuton ham jamiyatning gullab-yashnagan davrida uning asosiy figurasi edi».
Boylning yaqin do’sti va birinchi yordamchisi bo’lib uzoq vaqt faoliyat ko’rsatgan keng tarmoqli olim va ajoyib eksperimentator Robert Guk (1635-1703) edi. U Uayt orolida ruhoniy oilasida tug’iladi. Dj.Bernal yozganidek: «Agar Boyl Qirollik jamiyatining yuragi bo’lsa, unda Guk uning ko’zi va qo’llari edi. U Faradeygacha bo’lgan davrning buyuk fizik-eksperimentatori edi. Mexanika, fizika, ximiya va biologiya bilan qiziqqan Guk metallarning mexanik xossalari, materiallarning elastik deformasiyalanishlari, elastiklik chegarasi ustida ish olib borib, fanda «Guk qonuni» deb ataladigan ixtironi amalga oshirdi. Uning ixtirosi, ya’ni aylanma prujinli mayatnik keyinchalik aniq soat va xronometrlarning yaratilishiga asos bo’ldi. 1660 yilda Guk mikroskop sxemasini takomillashtirdi.»
Endi R.Boylga qaytadigan bo’lsak u Dj.Bernal aytganidek Guk va Faradey kabi yirik eksperimentator bo’lmasada, yoki Nyuton va Maksvell kabi yuksak matematik qobiliyatga ega bo’lmasada, biroq fan uchun juda ko’p ishlar qildi. O’zining ilmiy salohiyatiga ko’ra Boyl ensiklopedist olim edi. Uning fandagi asosiy xizmati ximiyani mustaqil fanga aylanishini boshlab berdi.
Fransuz olimi Blez Paskal (1623-1662) matematik, fizik, yozuvchi va diniy faylasuf edi. U Klermon- Ferrane shahrida matematik E.Paskal oilasida tug’iladi. 1655 yilda B.Paskal Por-Royaldagi yanseniychilik (Kalvinizmga yaqin diniy-falsafiy oqim. Gollandiyalik va’zchi Yanseniy asos solgan) monastiriga joylashib, bu oqimning maslakdoshlaridan biriga aylanadi. Matematika va fizika sohasida ko’p ishlar qilgan Paskal gidrostatikaga asos soladi. Bu qonunga ko’ra suyuqlik yuzasiga qilingan tashqi ta’sir kuchi suyuqlik orqali barcha yunalishda bir xil uzatiladi. Masalan:
«Havoning massasi haqida»gi asarida Paskal havo bosimining zichligi Yer yuzasidan qancha yuqoriga chiqilsa shuncha kamayib borishini aniqlaydi. Shu bilan birga barometr ko’rsatgichi havoning holatiga, ya’ni temperaturasiga va namligiga bog’liq va shuning uchun ham barometr ob-havoni oldindan aytib berish pribori bo’lib xizmat qilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
Nyuton va Galileyning zamondoshi buyuk golland matematigi, fizigi va mexanigi Xristian Gyuygens (1629-1695) Gagada yozuvchi va siyosiy arbob oilasida tug’iladi. Nederlandiyaning Leyden va Bredi shaharlaridagi universitetlarida o’qib, huquqshunoslik va matematikani o’rganadi. 22 yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini e’lon qildi.
Tez orada X.Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini – muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar obyektivlarining yorug’lik kuchini oshirib, ularni takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri Titanni kashf etdi va uning aylanish davrini hisobladi. Saturnda hozir hammaga ma’lum bo’lgan halqalar borligini aniqladi. O’zining «Mayatnikli soatlar» (1658) nomli asarida u mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi.
Gyuygensning matematika, mexanika va astronomiyaga oid asarlari unga katta shuhrat keltirdi. Gyuygens Londonga kelib ko’plab ingliz olimlari bilan tanishdi va u 1663 yilda London «Qirollik jamiyati»ning birinchi xorijiy a’zosi bo’ldi.
Fransuz olimlarining taklifiga ko’ra u 1665 yilda Parijga keldi va bu yerda 16 yil yashadi. Fransuz Fanlar akademiyasi raisligiga taklif qilindi.
1681 yil Gyuygens vataniga qaytadi va optika bilan shug’ullanadi. U yaratgan okulyardan hozirgacha foydalanilmoqda. O’zining optika haqidagi ishlarini Gyuygens 1690 yilda nashr qilingan «Yorug’lik haqida traktat» nomli asarida e’lon qildi. Bu asarda u birinchi marta yorug’likning to’lqin nazariyasini bayon qildi. M: island shpati kristalida ochilgan ikkilanma nur sinish hodisasini tushuntirib berdi. Optik bir o’qli kristallardagi klassik sinish nazariyasi hozirda ham Gyuygens ta’limoti asosida bayon qilinadi.
«Yorug’lik haqidagi traktat»ga «Og’irlik sabablari» degan ilova qo’shilgan edi. Bunda olim butun olam tortishish qonunini ochishga yaqin kelgan edi. Gyuygensning ko’pgina muhim ishlari uning vafotidan keyingina bosilib chiqdi. M: «Jismlarning zarba ta’siridagi harakatlari haqida», «Diopritika», «Kosmoteoros» va boshqalar.
Endi XVIII asrda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy ishlar rivojini tahlil qilishni biz buyuk matematik va fizik, Peterburg Fanlar akademiyasi a’zosi Leonard Eyler faoliyati bilan boshlaymiz.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish