Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети


- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут



Download 1,27 Mb.
bet134/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут

O’zbekiston - ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlardan biri, umuminsoniy sivilizasiyaning ajralmas bir qismi hisoblanadi.


Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazishlar va tadqiqotlar bu zaminda odamlar juda qadimdan yashaganligini va ularda dastlabki emperik (tajribaga asoslangan) bilimlar shakllana boshlaganligini ko’rsatadi.
O’zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ana shu qadimiy ilmiy merosni o’rganib, uni boyitib, o’z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilmu-fani va madaniyatiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.
O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach o’zbek olimlarining faoliyatida va o’zbek faniing rivojida yangi bir davr, yangi bir bosqich boshlandi. «Bizning istiqbolimiz- deb aytgan edi I.A. Karimov O’zbekiston Fanlar Akademiyasining 50–yilligiga bag’ishlangan tantanali majlisda - ko’p jihatdan olimlarning hozirgi ilmiy izlanishlariga, ularning yuksak qobiliyatlariga va oqilona tavsiyalariga bog’liq».* Darxaqiqat Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek bugungi o’zbek faninig vazifasi – kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini va qonuniyatlarini aniqlab, ko’rsatib berishdan iboratdir.
Bugungi kunda O’zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy- madaniy markaz hisoblanib, mamlakatda 59 ta (61ta) Oliy o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda, shulardan 16 tasi universitet:

  1. Toshkent universiteti.

  2. Toshkent texnika universiteti.

* Karimov I.A. Nasha sel: svobodnaya i prosvetayushaya Rodina. T., t.2, 1996., 77-78str.
3. Toshkent iqtisodiyot universiteti.
4. O’zbekiston jahon tillari universiteti.
5. Samarqand Davlat universiteti.
6. Andijon universiteti.
7. Buxoro universiteti.
8. Namangan universiteti.
9. Termiz universiteti.
10. Urganch universiteti.
11. Farg’ona universiteti.
12. Qarshi universiteti.
13. Qaroqalpoq universiteti.
14. Toshkent agrar universiteti.
15. Jaxon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti.
16. Guliston universiteti.
Qolgan 39 tasi pedagogika, tibbiyot, texnika, iqtisodiyot, qishloq xo’jalik, san’at, madaniyat va boshqa institutlardir. Ularda 300 mingga yaqin talaba bilim olmoqda. Oliy o’quv yurtlari 276 ta mutaxassislik bo’yicha mutaxassislar tayyorlamoqda.* Shuningdek respublikamizda 140 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari bo’lib, ularda 20 mingdan ortiq ilmiy xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda.*
Shu bilan birga yurtimizda 246 (258) ta o’rta maxsus o’quv yurtlari, shu jumladan 16 kollej, 133 ta texnikum, 102 ta bilim yurti faoliyat yuritadi. Ularda qariyb 250 ming o’quvchi 170 (198) mutaxassislik bo’yicha ta’lim oladi.*
O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniga (1997 yil 2 avgust) muvofiq, umumiy ta’lim uch bosqichdan iborat:
- boshlang’ich ta’lim --------- (1- 4 sinflar);
- tayanch ta’lim -----------------(5 – 9 sinflar);
- o’rta ta’lim -------------------(10 – 11 sinflar).

* 100 savolga 100 javob. T., O’qituvchi. 1998., 103 bet.


* Katyukova T.V. Istorii nauki. T., 2002., str.74.
Mazkur qonunga ko’ra majburiy ta’lim muddati 9 yilga keltirildi va tayanch ta’lim muddatini qamrab oladigan bo’ldi. 1995 yilgi ma’lumotga ko’ra O’zbekiston Respublikasida 183 boshlang’ich maktab, 1814 tayanch maktab, 7203 o’rta maktab va 184 kechki maktab bo’lib, ularda 418,7 ming pedagog ishlaydi.
O’zbekiston maktablarida ta’lim o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz, rus, turkman va tojik tillarida olib boriladi. Shuningdek O’zbekiston uchun yangi bo’lgan o’quv yurti turlari: gimnaziya, lisey, biznes maktab va boshqalar ochildi. O’zbekiston Respublikasida 185 ta gimnaziya (15,5 ming o’quvchi), 187 ta umumta’lim liseyi (50 ming o’quvchi) faoliyat ko’rsatadi.
Yana O’zbekistonda 1000 ga yaqin maktabdan tashqari ta’lim muassalari faoliyat ko’rsatmoqda:
-230 ta o’quvchilar saroyi va uyi;
-137 ta yosh texniklar;
-118 ta tabiatshunoslar;
-42 ta yosh sayohatchilari markazi;
-360 ta bolalar va o’smirlar sport maktablari va h.k.
1997 yil 29 avgustda Oliy Majlis «Ta’lim to’g’risida» yangi qonun va «Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur» qabul qildi. O’zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim joriy qilindi. 9 – sinfni bitirgan yoshlar uch yillik akademik lisey yoki kasb-hunar kollejlarida o’qiydigan bo’ldi:
O’zbekistonda uzluksiz ta’lim quyidagi turlarda amallar oshiriladigan bo’ldi:
-maktabgacha ta’lim;
-umumiy o’rta ta’lim;
-o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi;
-oliy ta’lim;
-oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta’lim.
Shu bilan birga O’zbekiston mustaqillikka erishgach sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda atayin tashkil qilinmagan bir qator muhim (harbiy strategik) ixtisosliklar bo’yicha alohida oliy o’quv yurtlarini tashkil eta boshladi. Bularga:
-Mudofaa vazirligi qoshidagi Harbiy akademiya;
-Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi;
-Bank-moliya akademiyasi;
-Toshkent aviasiya instituti;
-Navoiy tog’-kon instituti;
-Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi o’nlab yangi o’quv muassalari tashkil etildi.
Shunday qilib «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Respublikamizda davr talabiga mos keladigan, boy aqliy merosi, ijodiy va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turadngan yuqori darajada kamolotga erishgan mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishni ko’zda tutadi. Shu maqsadda jahonning ilg’or universitetlari tajribalaridan kelib chiqqan holda 1993 yildan Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga talabalar qabul qilishda test sinovi o’tkazishga qaror qilindi. Bolalarning aqliy qobiliyati va iqtidorini ilmiy test tuzish usulida aniqlashni fransuz psixologi Alfred Bine ishlab chiqqan bo’lib, bu tizim g’arbiyevropa mamlakatlarida keng tarqalgan.
Bundan tashqari 1993 yil Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida ikki pog’onali o’qish tizimiga o’tish uchun Nizom va Dasturlar ishlab chiqildi. Bunda bakalavr ilmiy darajasini olish uchun 4 yil, magistrlik ilmiy (akademik) darajasini olish uchun 6 yil o’qish talab qilinishi ko’zda tutiladi.
Mustaqil O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish uchun jahon andozalari darajasida bilim olgan iste’dodli, ruhan barkamol yosh milliy kadrlar zarur. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvar qaroriga muvofiq «iste’dodli yoshlarni saralash, tanlash va ularga yordam berib, xorij mamlakatlarda o’qib, dunyoviy tajribalarni, jahon taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganishlari maqsadida «Umid» jamg’armasi tuzildi».
Ariza bergan har bir yosh yigit va qiz maxsus tanlovdan o’tadi, ya’ni 2-3 kurs talabalari ta’limning bakalavr usuli bo’yicha tanlov uchun o’tkaziladigan saralash imtihonlarida, bitiruvchi talabalar, korxona va tashkilotlarning oliy ma’lumotli yosh xodimlari ta’limning magistrlik usuli bo’yicha tanlov uchun saralash imtihonlaridan o’tadilar.
Bu ishga ta’lim va til o’rganish bo’yicha Aksels, Ayreks, Britaniya kengashi, Konrad Adenauer Fondi, Tasis kabi xalqaro tashkilotlar hamkorlik qilmoqda. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan yoshlarga horijiy o’quv yurtlarida bilim olish uchun prezident granti berildi.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonlik yoshlar AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiyaning mashhur oliy o’quv yurtlarida o’qishmoqda.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish