1.5-rasm. Marketing terminologiyasi tarkibi
Marketing terminlarining tarkibiy qatlami quyidagi jadvalda aksini topgan. Bunda marketing terminologiyasini o‘zagida umumleksik qatlamda terminlashish jarayoniga uchragan terminlar joy oladi. Keying qatlamda esa transterminlar mavjud, soha terminologiyasidagi boshqa sohalarga ham xos bo‘lgan terminlarni uchratamiz. Katta qismni esa turli tillardan o‘zlashgan terminlar tashkil etadi. Terminlashish, transterminlashish va determinlashish jarayonlari terminologik jarayonlar hisoblanib, har qaysi soha terminologiyasini tadqiq etishda qo‘llash muhim hisoblanadi. Ushbu hodisalar orqali marketing terminosistemasining ichki xususiyatlarini yoritish, taqsimlash va guruhlash oson kechdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |