Alijonova durdona farhodjon qizi


-jadval. Marketing termini ta’riflari



Download 193,5 Kb.
bet15/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

1.1-jadval. Marketing termini ta’riflari.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab korxonalar iqtisodiy faoliyatidagi o‘zgarishlar tobora o‘z mahsulotlarini eksport qilishga yo‘naltiradi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tovarlarni import qilishga ixtisoslashgan savdo tashkilolarining paydo bo‘lishi, mamlakatimizdagi xo‘jalik strukturalarining xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilishi – bularning barchasi, ayniqsa, korxona, tashkilot, bank va sug‘urta kompaniyalarining ishlab chiqarish, sotuv va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida marketing funksiyalari va usullarini yaxshi bilishni talab qiladi.

Marketing terminiga ta’rifni turli lug‘atlarda ham uchratishimiz mumkin. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da marketing terminiga: “Marketing [ingl. marketing < market – bozor; sotish, pullash] 1. Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (talab va iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug‘ullanuvchi sohasi. 2. Bozor ehtiyoji talablaridan kelib chiqqan holda korxonaning yangi xil mahsulotlar ishlanmalarini tayyorlash, tovarlar ishlab chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshqarish va tashkil etadi.15

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da: “Marketing (ingl. market – bozor, bozordagi harakat, faoliyat) korxonaning tovar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli.16 Marketing xizmatlari esa maxsus tayyorgarlik ko‘rgan marketologlar guruhi.

“Marketing terminlari izohli lug‘ati”da keltirilishicha: “Marketing (inglizcha market – bozor) – bozor holatini har tomonlama o‘rganish va oldindan baholash asosida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu tariqa yaxshi foyda topishni uyushtirish17” – deya talqin qilinadi. Yuqoridagi ta’riflardan shuni xulosa qilish mumkinki, marketing insonlar hayotini farovonlashtirishga qaratilgan, keng qamrovli muhim sohadir. Uning til xususiyatlarini tadqiq etish sohani yanada yaqindan bilishga ko‘mak beradi. Ushbu tadqiqot ishida marketing terminologiyasi tadqiq etilgan, natijada, terminlarning xususiyatlari ochib berilgan. Tilshunoslikdagi har bir sohaning rivoji ana shu soha negizida shakllangan lug‘atlar bilan belgilanadi. Ma’lumki har qanday terminologik lug’at u yoki bu soha terminlarini tartibga keltirish, ularning terminologiyadagi o‘rnini topdira olish singari muhim vazifalarni bajaradi.

Marketing termini – marketing terminosistemasining elementi hisoblangan, marketing sohasidagi o‘ziga xos tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi. Soha terminologiyasiga oid yagona lug‘at A.Mamanazarov tomonidan ishlab chiqilgan, lekin ushbu lug‘atni sohaga oid mukammal lug‘at deb bo‘lmaydi. Unda terminga yondashuv bir tomonlama kechgan, natijada lug‘at tarkibida bir qator kamchiliklar ham mavjudligini ko‘rdik: birinchidan, asosan, inglizcha o‘zlashmalar bilan to‘ldirilganligi, ikkinchidan, soha terminologiyasiga oid barcha terminlar qamrab olinmaganligi, masalan, etimologik jihatdan o‘rganilmaganligi, uchinchidan, terminlarni kalkalash orqali birikma terminlarning ko‘payib ketganligi, bilamizki, termin qisqa, lo‘nda va aniq bo‘lishi, shuningdek, o‘zi ifodalayotgan tushunchani konkret izohi muhim hisoblanadi.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham bir qator marketing sohasiga oid terminlar o‘z ifodasini topgan, ammo bu lug‘atda bozor tushunchasi bilan bog‘liq 20 dan ortiq, kasbiy shaxsni ifodalovchi terminlar 20 ga yaqin (asosan, sotuvchilikka oid) jami 100 ga yaqin terminlar keltirilganki, hozirda mavjud marketing sohasini yoritib bera oladigan sohaning o‘zigagina tegishli terminlar keltirilmagan. Jadvaldagi terminlar izohli lug‘atni sinxron va diaxron tadqiq etish jarayonida to‘plandi.






Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish