Alijonova durdona farhodjon qizi


Terminlar № Terminlar



Download 193,5 Kb.
bet16/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

Terminlar



Terminlar

1

Avans

39

Konsignatsiya

2

Aksiyador

40

Kliring

3

Bazzoz

41

Investitsiya

4

Bazzozlik

42

Investor

5

Baqqol

43

Inflatsiya

6

Baqqollik

44

Bonus

7

Baqqolxona

45

Broker

8

Baqqolchilik

46

Iste’mol

9

Bo‘yrafurush

47

Mablag‘

10

Bozor

48

Daromad

11

Bozirgon

49

Xarajat

12

Bozorbon

50

Gilamfurush

13

Bozorbop

51

Korxona

14

Bozorboshi

52

Korxonachi

15

Bozorgir

53

Ko‘tara

16

Bozorgon

54

Ko‘tarasiga

17

Bozori

55

Ko‘tarfurush

18

Bozorkom

56

Brak

19

Bozorlamoq

57

Brakovka

20

Bozorlashmoq

58

Banderol

21

Bozorlik

59

Magazin

22

Bozorchi

60

Magazinchi

23

Bozorchilik

61

Marketing

24

Bozorshab

62

Konsalting

25

Bozor-o‘char

63

Savdogar

26

Bozurgoniy

64

Buromad

27

Bebozor

65

Narx

28

Dallol

66

Baho

29

Dallolboshi

67

Rasta

30

Dallollik

68

Mablag‘

31

Dallolchilik

69

Pul

32

Diler

70

Tijorat

33

Dilerlik

71

Tijoratchi

34

Dorifurush

72

Iqtisodiyot

35

Jallob

73

Tadbirkor

36

Vofurush

74

Tabdirkorlik

37

Korchalon

75

Xaridor

38

Konsignator

76

Xarid qilmoq


1.2-jadval. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da keltirilgan marketing terminlari
Jahon marketing terminologiyasida faol qo‘llaniluvchi, lekin “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ga kiritilmagan, kelgusida yaratiladigan “O‘zbek tili marketing terminlarining izohli lug‘ati”ga kiritilishi lozim bo‘lgan ayrim terminlar ifodasini taklif sifatida taqdim etmoqchimiz:

Rad etish darajasi – veb-sayt sahifasini ochib, keyin hech qanday harakat amalga oshirmay, chiqib ketgan kishilar soni. Elektron pochta marketingida bu ko‘rsatkich mijoz pochtasining kirish qutisiga tushmagan xatlar darajasi.

Harakatga chorlov – mijoz telefon raqamini terishi uchun “Hozir qo‘ng‘iroq qiling” veb-sayt havolasini bosishi uchun “Batafsil ma’lumot uchun” kabi harakatga chorlovchi qisqa xabarlar. Konversiya darajasi – yangilik xabarnomasi bilan tanishgan va mahsulot sotib olishni ko‘zlab, harakatni yakunlagan kishilar soni.

Cost per Lead (CPL) – har bir manba narxi: uchinchi tomondan sizga yo‘naltirilgan va jalb etilgan iste’molchilar uchun to‘lov amalga oshirish shakli.

Cost per Action (CPA) – har bir harakat narxi: kimdir reklama havolasini bosgani va harakatni yakunlagani uchun to‘lov amalga oshirish shakli.

Cost per Mille (CPM) – har bir ming kishi narxi: reklamani ko‘ruvchi har bir ming kishiga to‘lov amalga oshirish shakli.

CAC – Customer acquisition cost – bitta yangi mijozni jalb etishga sarflanuvchi xarajat.

CRM – Customer relationship management – mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish.

KPI – Key performance indicators – muvaffaqiyatni baholashda foydalanish uchun amalga oshirilgan harakatlar o‘lchovi.

PPC – Pay-per-click – istiqboldagi mijoz har safar raqamli reklamadagi havolani bosganda reklama beruvchiga to‘lanuvchi narx. Ushbu terminlar jahon marketing terminologik tizimida faol qo‘llanadi. Hozirda internet foydalanuvchilariga ham yuqoridagi birliklar begona bo‘lmasa kerak. O‘zbek terminologiyasi hamda leksikografiyasining muammoli jihati shuki, sanab o‘tilgan terminlarni iste’molga olib kirish, lug‘atlarda aks ettirish hisoblanadi.

Terminologiyada terminlar leksikasi tarkiban quyidagicha guruhlanadi: kasbiy terminlar – ma’lum kasbga doir bo‘lgan terminlar. Masalan, chevarchilikda adib, bel aylana, bo‘yi, eni, mokki kabilar shu kasbning maxsus so‘zlaridir. Ikkinchisi esa ilmiy terminlar bo‘lib, ma’lum bir fan uchun xoslangan terminlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun tilshunoslik terminlari: sema, semema, leksema kabilar. Terminlogiya sohasi ham alohida mustaqil sistema. Tarkibi bir necha sohalar va ularning terminlaridan iborat. Marketing terminologiyasi ham marketing terminlarini o‘z ichiga oladi. Marketing termini – marketing terminosistemasining elementi hisoblangan, marketing sohasidagi o‘ziga xos tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi.

Marketing terminosistemasi – o‘z ichiga sohaga oid terminlarni va terminoidlarni oluvchi tizim deya qayd etiladi. Tadqiqotchi terminoid deganda marketing sohasidagi kasbiy maxsus leksik birliklarni (quyida guruhlab chiqdik), kasbiy so‘zlashuv tilida qo‘llanadigan so‘z va iboralarni va kasbiy jargonlarni nazarda tutadi. Tadqiqot ishimiz davomida soha terminologiyasiga oid kasbiy terminlar shu soha vakillarini ifodalab keluvchi hamda sohada muntazam-nomuntazam qo‘llanuvchi birliklar va kasbga doir maxsus jargonlarni ham o‘z ichiga oladiki, quyida tahlilar, misollar tariqasida yoritib berishga harakat qildik. Natijada, marketing terminologiyasi nazariy va amaliy tomondan o‘rganildi.

Marketing terminologiyasida dominant kasbiy termin marketolog hisoblanib, uning izohi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da keltirilmagan. Terminga ta’rifni Bahodir Ergashev mas’ul muharrirligida nashr qilingan “Marketing terminlari izohli lug‘ati”da ko‘rishimiz mumkin: Marketolog – bozorni o‘rganadigan, bozorni biladigan, bozor tendensiyasini analiz qiladigan, o‘zi ishlaydigan yoki mahsulotni ilgari suradigan, bozorda yo‘lni qanday topishni biladigan mutaxassis18.



Kasbiy jargonga oid terminlar: har bir kasbiy soha vakillari tilida aynan o‘sha kasb egalari uchun tushunarli bo‘lgan, qo‘llanish doirasi chegaralangan maxsus terminlar bo‘lib, leksikologiyada kasbiy jargonlar nomi bilan yuritiladi. Marketing terminologiyasida ham bir qator ana shunday terminlar mavjudki, ularning ba’zilari bilan quyida tanishib chiqamiz.

Qora bozor – muayyan mahsulotlar yoki xizmatlarni juda yuqori narxlarda sotish asnosida noqonuniy savdo-sotiq yuritish. Taqchilik, ratsionlashtirish va narxlar ustidan qat’iy nazorat qora bozor paydo bo‘lishiga olib keladi.

Sendvich-men – G‘arb davlatlarida mavjud ko‘kragida, belida va qo‘llarida reklama plakatlarini ko‘tarib yuruvchi shaxs. Ushbu terminni kasbiy termin sifatida qabul qilishimiz o‘rinli hisoblanadi, lekin leksik jargonlar tarkibida turganligi bois biz uni kasbiy jargonlar tarkibiga kiritdik.

Eshikma-eshik – aholi gavjum yashaydigan joylarga mahsulot va xizmatlarni sotish. Bunda sotuvchi o‘z mahsulotini uyma-uy yurib sotishi mumkin. Ushbu savdo turi O‘zbekistonda 2020-yil 16-mart karantin cheklovlari e’lon qilingandan so‘ng ommalashdi, aholi ehtiyojlarini qondirishda muhim vazifani bajardi.

Bak – dollarning 1850-yillarda paydo bo‘lgan so‘zlashuvga xos ko‘rinishi. O‘zbeklar orasida dastlab baks tarzida qo‘llanilib, hozirda oddiy so‘zlashuv tilida ko‘ki shakli ommalashgan.

Tilla” iste’molchilar – inglizcha golden consumers terminining aynan tarjimasi hisoblanib, taklif uchun mukofot – choychaqa to‘lashga ham rozi bo‘luvchi xaridorlar.



Ossi – Avstraliya dollari, asosan, valyuta dillerlari jargonida qo‘llanadi.

Oq tovarlar” – uzoq muddat xizmat qiluvchi muayyan iste’mol tovarlari (idish-tovoq, avtomobil, televizor kabilar)ni ifodalash uchun ishlatiladigan marketing termini.



Plaggi – inglizcha puggies, televizor qarshisida uzoq vaqt o‘tkazadigan va zo‘raki reklamalar ta’siriga ancha mubtalo bo‘lib qolgan “yuki og‘ir” tomoshabinlar. 19 O‘zbekcha muqobili mavjud emas.

Marketing terminosistemasi – o‘rganilish obyekti keng yangi soha. Rus va ingliz tilshunosligida sohaga oid ishlar mavjud. Ammo o‘zbek terminologik tizimida ushbu sohani yoritib beruvchi maxsus tadqiqotlar olib borilmagan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti Xudoyberdiyeva Sevara tomonidan hozirgi kunda marketing terminologiyasi izchil o‘rganilmoqda. Marketing terminologiyasining boshqa soha terminologiyasidan farqi shundaki, mavzuning yangiligi, ushbu sohani tadqiq etishda ishlarning miqyosi kengligi, o‘zbek tilshunosligida o‘ziga xos o‘rni bilan ajralib turadi. Tadqiqot ishimizda ushbu mavzuni qisman ochib berishga va o‘zbek tili imkoniyatlarini yanada ko‘rsatib berishga harakat qildik.



1.3-§. Marketing terminlarining boshqa yondosh soha terminlari bilan bog‘liqlik, mushtarak va farqli lisoniy xususiyatlari

Zamon va makonda sodir bo‘luvchi har qanday jarayonlar, albatta, tilda ham o‘z aksini topadi. Yangidan yangi sohalarning vujudga kelishi esa bugunning muhim xususiyatlaridan bo‘lib kelmoqda. Zero, ilm-fan insonlarning aqliy faoliyati natijasida yuksak cho‘qqilarga chiqmoqdaki, ayni shu jarayonlar har bir tilning leksikasiga o‘z ta’sirini o‘ztkazmay qolmaydi. Til taraqqiyoti bir tomondan yangi atov birliklari, so‘zlar (neologizmlar) hisobiga amalga oshsa, boshqa tomondan tilning boyishi mavjud birliklarning qayta nomlanishi hisobiga yuzaga chiqadi20.

Har qanday milliy til lug‘at sistemasining, shuningdek, terminologik sistemasining rivojlanishida, takomillashuvida ikki narsaga to‘g‘ri amal qilish bu boradagi ishlarning muvaffaqiyatli, ijobiy natijalar bilan yakunlanishini ta’minlaydi:

1) tilning rivojlanishida amal qiladigan qonuniyatlar asosida ish yuritish;

2) terminga qo‘yiladigan talabdan kelib chiqib ish ko‘rish.21

Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi va yangi terminlarning paydo bo‘lishi fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Sistem-struktur tomondan terminologiya sohasiga yondashsak, uni qismlarga bo‘lib tahlil qilishimiz to‘g‘ri bo‘ladi. Zamon nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak hozirda har jabhada yangilanish va o‘zgarishlar davom etmoqda. Bu jarayonlar tilda o‘z aksini topmay qolmaydi. Ushbu hodisalarni tadqiq etgan Durdona Mahkamova esa tilshunoslik modernizatsiyasini yoritish bilan birga terminologiya sohasi rivojlanishining bir qator modernizatsiyalarini ham keltirib o‘tdiki, quyida ular bilan tanishamiz. Terminologik tizimlar doirasida vujudga keluvchi modernizatsiyalar: Leksik-semantik modernizatsiya – 1) tilda mavjud biror so‘zning terminologik tizimda yangi ma’no hosil qilishi. Masalan, donor tibbiyot terminlogiyasida (lot. dono – hadya qilaman) bemorga quyish uchun qonini, ko‘chirib o‘tkazish uchun teri yoki biror a’zosini beruvchi kishi. Fizika terminologiyasida donor – yarimo‘tkazgichlarda o‘tkazuvchanlikni vujudga keltiruvchi elektronlar bilan ta’minlovchi aralashma atomi. Marketing terminologiyasida bu atama moliyaviy tadqiqotlarda dunyo davlatlari, mintaqalar, hududlarni retsepientlarga va moliyaviy yordam ko‘rsatish (qarz berib turish va boshq.) bo‘yicha donorlarga ajratish. 2) sohaga yangi so‘zlarning kirib kelishi: marketing terminologiyasida: insayd, trendsetter, startap kabi neologizmlar.



Insayd – inglizcha “inside” so‘zidan olingan, biror tashkilotga tegishli axborotning boshqa manbalar ixtiyoriga borib tushishi.

Klaster – inglizcha “cluster”, bir hududdagi bir necha korxona yoki tadbirkorlarning kreativ yechim uchun umumiy intilishi. Misol: “…paxtani yetishtirishdan tortib, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olgan klaster usuliga biz O‘zbekiston paxtachiligining kelajagi sifatida qaramoqdamiz” (Sh.M.Mirziyoyev). klaster termini tilimizga yangi kirib keldi. oldin pedogogik termin sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa, hozirda esa yangi ma’no kasb etib, marketing, iqtisodiyotga doir usulni ifodalovchi atama sifatida qo‘llanilmoqda.

Startap (start up) – start oluvchi, boshlang’ich degan ma’nolarni bildiradi. Yosh tadbirkorlarning amalga oshirmoqchi, tezda muvaffaqiyatga erishish niyatida bo’lgan loyihalari.

Trend – mavsum xiti, eng dolzarb, so’nggi urf.

Trendsetter – jamiyatga trend olib kiradigan innovator insonlar.

Leksik-struktur modernizatsiya – shakliy modernizatsiya, yangi yoki mavjud so‘zning yangi, o‘zgargan, qisqargan shaklda terminologik tizimda qo‘llanilishi. Tilshunoslikda qisqargan so‘zlarni akronimlar deb ham yuritiladi. Akronim deganda alohida mustaqil so‘z yasash uchun boshqa alohida so‘zlarning bosh harflari birikma holatiga keltirilishini tushunamiz. Marketing terminologiyasi misolida 3M birikmasi borki, ushbu termin boshqa soha vakillari uchun yot tushuncha bo‘lsa-da, butunjahon marketing kommunikatsiyalarida ishlatiladi (Minnesota Mining and Manufacturing Corporation). AMA – Amerika marketing assotsiatsiyasi, ATL – Above the line, so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, chiziqdan yuqorida degan ma’noni bildiradi, lekin marketing terminologiyasidagi aynan izohi “ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga xarajatlar”22 deya talqin qilish mumkin. Tilshunoslikdagi ekonomiya tamoyilini aynan yuqoridagi so‘zning qisqargan shakllarida ko‘rishimiz mumkin. So‘z yasashning bunday turi abbreviatura deb ham yuritiladi. Ekonomiya tamoyilining abbreviaturalar bilan namoyon bo‘lishiga oid terminlarni boshqa soha terminologiyasida ham uchratishimiz mumkin. Sababi shuki, ilmiylik ixchamlikni talab etadi, ilmiylikning hosilasi terminlar hisoblanadi. Dunyo terminologik tizimida ham abbreviatsiya usulida hosil qilingan terminlar talaygina. Bunday terminlarni iste’molda qisqargan shakllaridan foydalanish qulaylik tug‘diradi. Terminologiyada sodir bo‘luvchi jarayonlar uning barcha tarmoqlariga birdek ta’sir o‘tkazadi. Jumladan, transterminlashish jarayoni mavjud bo‘lib, sohalar terminlarining bir-biriga o‘tishi23, ko‘chish jarayonidir.

Transterminlashish terminlarning sohalararo ko‘chib yurishi. Valyuta asli moliyaga oid termin, lekin marketing terminologiyasida ham qo‘llanadi. Veb-sayt, veb-sahifa kabi terminlar axborot texnologiyalari terminologik tizimiga xos termin. Axborot asrida biror sohaning rivoji texnika texnologiyalarsiz amalga oshmaydi. Demak, yuqoridagi terminlarning soha tizimida joy olishi o‘rinli. Marketing terminlarini reja asosida yondosh soha terminlari bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, tadqiqot ishimizning yangi qirralari namoyon bo‘ladi. Ya’ni boshqa sohalar bilan o‘zaro differensial va integral jihatlarini ochib berishimiz osonlashadi. Masalan, matematika fani terminologiyasida qiymat, matritsa, gipoteza, gistogramma kabi terminlar mavjudki, ularni marketing terminologiyasida ham uchratishimiz mumkin. Qiymat termini marketingda balans qiymati tarzida qabul qilingan. Boston matritsasi termini marketingga oid metodni ifodalab keladi. Bunda ishlab chiqarilgan kompaniya mahsulotlari portfolyosini baholash muhim hisoblanadi. Matematik modellar asosida ish ko‘riladi. Mazkur metod to‘rtta tablitsa shaklidagi diagramma ko‘rinishida tasvirlanadi. Har bir yacheyka mahsulotning rivojlanishi, hayotiy layoqati hamda foydaliligini ko‘rsatish uchun qo‘llanadi.

Geografik terminlar: geografik konsentartsiya, geografik madaniyat, geodemografik targeting, zonalashtirish. Geodemografik targeting deganda muayyan maqsadli auditoriyalar uchun mo‘ljallangan va turli demografik ma’lumotlar va kalassifikatsiyalardan foydalanadigan marketing tadbiri tushuniladi. Fizikaga oid muvozanat termini marketing terminologiyasida bozor muvozanati tarzida qo‘llanadi.

Qishloq xo‘jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar: agromarketing, agrar krizis, tovar xo‘jaligi, agrobiznes kabilar. Ijtimoiy fanlarga oid terminlar: moliya oligarxiyasi, avtonom byudjet, erkin savdo, bozor unsurlari, iqtisodiy inqiroz.

Shuningdek, marketing terminologiyasi tarkibida bank, moliya, iqtisod, reklama kabi yondosh sohalarga oid terminlar ham mavjud. Terminlar aynan bir xillikka ega, farqi shuki, terminga yondashuv soha xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Aksiya (ingl. action) – mulkiy huquqlarni belgilangan shaklda ifodalovchi, aksiyadorlik jamiyati chiqargan qimmatli, daromad keltiruvchi qog‘oz. Bank va moliya terminologiyasida mohiyatan ayni shu ma’noda qo‘llansa, marketingda aksiya – bu fransuzcha “action” so‘zidan olingan bo‘lib, aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo‘shganlikka guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va uni boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi qimmatli qog‘oz. Aslida, bir so‘z bilan aytganda aksiya termini qimmatbaho qog‘oz ma’nosini bildiradi. Ushbu termin mohiyatan ikkala sohada ham bir tushunchani ifodalasa ham qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi. Lug‘at tuzuvchilarning yondashuvi ham termin ma’nosiga ta’sir etgan.



Balans – bank terminologiyasida bank mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari holatini pul shaklida guruhlash va aks ettirish usuli hisoblanadi. Marketing terminologiyasida ham ayni shu ma’no qo‘llangan.

Umumiy izohni esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olamiz: “Balans (fr. balance – tarozi, lot. bilanx – tarozning ikki pallasi): 1) muvozanat tenglik; 2) doimo o‘zgarishda bo‘luvchi kirim-chiqim, daromad va buromadning o‘zaro nisbati yoki muvozanatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar tizimi.” Demak, balans terminining ayni muqobili muvozanat deb qayd etsak, maqsadga muvofiq. Ushbu termin ham sohalararo ko‘chib yurgani bois har bir soha xususiyatidan kelib chiqib, izohi beriladi, lug‘atlardan joy oladi.

Muayyan terminologik tizim yoxud umumiste’moldagi ma’nosi ko‘chirilgan leksemalar boshqa sohaning “mulki”ga aylanar ekan, yakka holatda ham, ma’lum so‘zlar qurshovida ham aynan shu sohaga doir tushunchalarni ifodalay oladi. Yana shuni ham xulosa o‘rnida ta’kidlashim joizki, bir termin turli sohalar terminologiyasi uchun ham birlik bo‘la olishi mumkin. Shuningdek, aynan sohaning o‘zigagina xos terminlar soha obyektiga aylangan tushunchalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Marketing terminologiyasigagina xos terminlar esa market termin elementibilanbog‘liq.


Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish