Alijonova durdona farhodjon qizi



Download 193,5 Kb.
bet13/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

8. Funksional terminologiya – zamonaviy terminlarning turli matnlardagi, professional muloqot holatlarida, mutaxassislarni tayyorlashdagi vazifalari, shu bilan birga nutqda va kompyuter tizimida terminlardan foydalanish xossalarini o‘rganadi. Hozirgi kundagi muhim masalalardan biri ham ayni shudir. Chunki nutqda biror bir terminni qo‘llash, masalan, makler termini. Bu terminni bir qator tilshunoslar dallol deb ham yuritishni taklif qilmoqdalar. Lekin makler – uy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi mustaqil vositachi. Bunga dallol termini aynan xos emas. Broker termini ham dallol terminiga ma’no jihatdan yaqinlashtirilsa-da, dallol – bu qoramol bozorida sotuvchi va xaridorning o‘rtasidagi mustaqil vositachi hisoblansa, broker yuridik yoki jismoniy shaxslarning oldi-sotdi ishlarida, sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida turuvchi mustaqil vositachi shaxsdir. Broker termini qo‘llanish jihatdan keng ma’nolarni ifodalaydi.

Ma’lum bir tilda biror bir tushunchaning paydo bo‘lishi jamiyat ehtiyoji va davr nuqtayi nazaridan amalga oshiriladi. Jahon tilshunosligiga marketing tushunchasining kirib kelishi XIX asrning o‘rtalariga borib taqalsa, o‘zbek tilshunosligida bu jarayon asrning oxirlariga kelib vujudga keldi. Marketing termini dastavval qator ilmiy adabiyotlarda, ya’ni iqtisodiy adabiyotlarda qo‘llangan bo‘lsa, keyinlik esa ommaviy axborot vositalari orqali keng omma ixtiyoriga uzatilib, jamoatchilik muomalasiga kiritildi. Sohalar terminologiyasida yangi soha vujudga keldi, natijada esa uning rivojida yangi bosqich boshlandi. Albatta, iqtisodiy jarayonlarning o‘rni beqiyos bo‘ldi. Ma’lumki, tovar va xizmatlarga bo‘lgan iste’molchilarning ehtiyojini, ularga haq to‘1ay olish qobiliyatlarini aniqlash zarurati, jahon iqtisodiy krizislari, tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish, ularni omborlarda to‘planib qolishi kabi holatlar marketingning shakllanishi va rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qildi.



Marketing atamasi iste’molga XIX asr 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan10. XX asrning boshida – 1903-yil AQSHning Pitsburg, 1905-yil Penselvaniya, 1910-yil Vikson universitetlarida marketing fanidan ma’ruzalar o‘qiy boshlandi. Amaliyotda ilk bor marketing bo‘limlari 1911-yilda “Kretis pablishing Ko”, “Yu. S. rabkerKo” kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati tarkibida tashkil etilgan. 1926-yilda AQSHda marketing va reklama o‘qituvchilarining Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931-yilda Amerika marketing jamiyati, 1937-yilda Amerika Milliy assotsiatsiayasi tuzildi. 30-40-yillarda ko‘pgina iqtisodiyot rivojlangan mamalakatlatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari tuzildi. 50-60-yillarda Xalqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari va marketing bo‘yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro tashkilotlar tuzildi. XX arsning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonning iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida marketing fani o‘qitila boshlandi. Shu yillarda marketing masalalari bilan S. Alimov, S. G‘ulomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, X. Raimov, A.Soliyev kabi olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar11. 1986-yilda “Sovplastil” qo‘shma korxonasida birinchi bo‘lib marketing bo‘limi tuzildi. Keyingi yillarda esa Toshtekstilmash, Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Toshselmash kabi yirik korxonalarda ham marketing bo‘limlari tuzildi. 90-yillarga kelib, deyarli barcha korxonalarda marketing bo‘limlari tashkil etildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlarida “Marketing asoslari” fani o‘qitila boshlandi12.

Marketing tovar ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabini shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir.



Iqtisodiy adabiyotlarda marketing tushunchasiga quyidagicha ta’riflar keltirilgan: Marketing – tovar ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarni, talabini shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing – biznes falsafasidir.13




Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish