14
Qatnashuvchi shaxslar:
Ivan Susanin-Domnino qishlog’ida yashovchi bir dehqon…..….bas.
Antonida, uning qizi………………………………… .…..…soprano.
Vanya, Susaninning boqib olgan o’gay o’gl….…………….kontralto.
Bogdan Sobinin, Antonidaning kuyovi, askar…….……………tenor.
Rus askari…………………………………………………………bas.
Polshaning elchisi……………..……………………….………tenor.
Sigizmund, Polshaning qiroli ………………………………...…..bas.
Xorlar: dehqonlar, askarlar, polshalik qizlar, ritsirlar.
Polshalik yigit-qizlar baleti.
Opera xarakati 1612- yilning kuzi va 1613- yilning qish paytida sodir bo’ladi.
I parda – Domnino qishlog’ida,
II parda-Polshada,
III parda- Susanin xonadonida,
IV parda-o’rmonda,
Epilog- Moskva shahrida, Qizil Maydonda bo’lib ko’rsatiladi.
**********
Domnino qishlog’ining aholisi qaytib kelgan askarlarni quvonch bilan kutib
oladi. Bittagina Antonida mayus va hafa. U o’z qallig’i Bogdan Sobinin
qaytishini intizor kutmoqda. Bogdan qo’shin bilan
Polsha shlyaxtasiga qarshi kurashgani ketgan. Antonida to’y haqida
qayg’uradi.Otasi- hozir to’y mavridi emas, vaqt, zamon notinchligini
tushuntiradi. To’satdan daryo tomondan qo’shiq ovozi eshitiladi. Bu Sobinin
o’z qo’shini bilan qaytmoqda.U hush-xabar olib keldi: Minin va Pojarskiy
boshchiligida xalq orasidan ixtiyoriy qo’shin yig’ilishini aytadi. Dehqonlar
xursand, endi ular polshaning hukmdorligidan ozod bo’lishadi. Ivan
Susaninning to’yini qoldirish haqidagi qarori Sobinin kayfiyatini ancha
tushurib qo’yadi, chunki u jona-jon qishlog’iga aynan to’yni ko’zlagan
maqsadida qaytib kelgan. Oldin Susanin to’yni qilmay turamiz deb turib
oladi, ohiri to’yga roziligini berib, ikki yoshga oq fotiha beradi.
15
Qirol Sigizmund III qadimgi Polsha qasrida o’z g’alabasiga ishongan
shlyaxta to’y-tantana qilmoqda. Muhtasham zalda son-sanoqsiz mehmonlar;
birin-ketin Polsha xalq raqslari ijro etilmoqda. Birdaniga raqslar to’xtatilib,
zalga elchi kirib keladi.U Polsha qo’shinlarini mag’lubiyatga uchrashini va
Moskvadagi polsha otryadni asirga olinishi haqida xabar yetkazadi.Polyaklar
hayron.Ritsarlari qurollarini olib, Rossiya tomonga otlanmoqchi.
Susaninlar oilasida to’y taraddudi.Vanya Sobinin bilan birga
polyaklarga qarshi urushga bormoqchi. Kirib kelgan dehqonlar kelin va
kuyovni tabriklaydi. Birdaniga otlar chopishi eshitiladi.Eshik ochilib, uy
ichiga polyaklar kirib kelishadi. Moskvaga yetib borish uchun ularga yo’l
boshchi kerak.Dushmanlar Susaninni ko’ndirmoqchi, lekin u sotqin emas, u
vataniga sodiq inson.Oxiri yovlar unga oltin taklif qilishadi.Susanin ichidan
bir narsa o’ylab qo’yib, rozilik beradi.U polyaklarni Moskva o’rniga ,o’tib
bo’lmas quyuq o’rmonga olib borib qo’ymoqchi. Dushmanlarga
bilintirmasdan, Vanya o’g’lini sekin Minin va Pojarskiy oldiga jo’natib
yuboradi. Vanya ularni ogohlantirib qo’yishi kerak bo’ladi. Susanin esa
polyaklarga yo’l ko’rsatgani ketadi. Sobinin dushmanlar orqasidan , qo’shinni
yig’ib, quvlaydi. Vanya, Minin va Pojarskiylarga yetib olib, Susaninni
tezroq qutqarish to’g’risida yolvorib, yordam so’raydi.
O’rmonda charchagan va muzlab qolgan polyaklar ketmoqda. Susanin
haqida yo adashgan, yo ataylab noto’g’ri yoldan ularni boshlab ketganini
gumonsiraydilar. To’htab, polyaklar dam olmoqchi. Ular uhlab qolganda,
faqat Susanin o’yg’oq. U baribir o’ladi. Оmon qolmasligini sezib turgan. Jon
berish o’gir, lekin o’z vatanparvarlik burchini u ado etdi. Bo’ron ko’tariladi.
Uyqudan turganda polyaklar noto’g’ri joyga borib qolganlarini sezib
qolishadi. Susanin ularga bor hakiqatni ochadi. Jahli chiqqan polyaklar uni
o’ldirishadi.
Moskvada, Qizil Maydonda xalq rus qo’shinlarni muborakbod etmoqda
.Vanya, Antonida va Sobinin ham shu yerda. Xalq polyaklardanozod
bo’lishni va g’alaba qozonish uchun o’z jonini fido qilgan qahramonlarini
sharaflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: