«Ivan Susanin» operasining qisqacha mazmuni.
Rus xalqi 1611- yilda Pol’sha bosqinchilariga qarshi kurash uchun kuch
to’playdi. Kuzma Mininning vatanparvarlik chaqirig’iga javoban butun xalq
vatan mudofaasiga otlanadi. 1612- yilda Minin va Pojarskiy rahbarligida
ko’ngilli xalq lashkarlari Moskvani bosqinchilardan ozod qiladilar, ammo
rus yerining ayrim joylarida partizan guruhlari polyaklarga qarshi kurash
olib boradilar.
Kostromali dehqon Ivan Susanin oilasi ham bu kurashdan chetda qolmadi.
Susaninning qizi Antonidaning kuyovi Bogdan Sabinin ham partizanlarga
qo’shilib ketdi.
Polyak panlari g’alabani bayram qilib, o’g’irlangan o’ljalarni taqsimlay
boshladilar, ammo shu paytda Moskva ostonalarida polyak qo’shinlarida
polyak qo’shinlarining tormor qilinganligi haqida xabar keladi. Polyak panlari
qaytadan Rus’ yeriga yurish boshlaydilar. Polyaklar to’satdan Susanin uyiga
bostirib kiradilar va Moskvaga olib boradigan yo’lni ko’rsatishni talab
qiladilar. Susanin polyaklarni o’tib bo’lmaydigan botqoqlik o’rmonga
boshlaydi, o’g’li Vanyani esa xalq lashkarlariga xabar bergani yuboradi.
Polyaklar Susanin maqsadini payqagach , uni o’ldiradilar. Xalq Qizil
maydonda o’z sarkardalari Minin va Pojarskiyni g’alaba bilan tabriklaydi.
* * * * * * *
«Ivan Susanin» operasida oddiy dehqon Ivan Susanin obrazi – xalq
qahramoni va vatanparvarlikning badiiy jihatdan umumlashgan obrazi
darajasiga ko’tarilgan. Glinkaning xalqchillikni juda yaxshi tushunishi rus
13
klassik musiqasining eng muhim omillaridan hisoblangan - haqqoniylik va
realizmning hayotda barqaror o’rin olishiga olib keladi.
Operada xalq sahnalari katta o’rin egallaydi. Lirik ohangdor xalq
qo’shiqlari ruhida yozilgan «Mening vatanim» nomli dehqonlar xori opera
g’oyasining asosiy musiqaviy ifodasi hisoblanadi.
Xor sahnalari rus xalq qo’shiqlariga asoslangan bo’lib, xalq hayotining
hilma – xil tomonlari bilan chambarchas bog’langandir. Polyaklar
ko’rsatiladigan sahnalarga polonez, mazurka, krakovyak singari G’arbiy
Yevropa raqslari ham kiritilgan .
Opera hayotbaxsh, yorqin xarakterli «Senga Shon-sharaflar bo’lsin» nomli
mashhur xor bilan tugaydi. Bu xor dushmanlarni ona yerdan haydagan
mardona xalqning yuksak vatanparvarlik kayfiyati, tantanasi va shodligini
ifodalaydi .
Glinka «Ivan Susanin» operasi sahnaga qo’yilganidan keyin bir necha yil
davomida kompozitor va pedagog sifatida jiddiy ishladi.
1842 yilda kompozitor o’zining ikkinchi operasi - «Ruslan va
Lyudmila»ni yozib tugatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |