sababdan ham bu kompozitorlarning asarlari ko’p yillar davomida rus xalq
10
Mana shu davrda Verstovskiyning «Askoldova mogila» va boshqa asarlari
yaratildi. Verstovskiy operasiga yorqin so’z dialoglari kiritilgan, operada
musiqa dramaturgiyasi yetarli darajada mukammal bo’lmasa ham, unda
ko’pgina ajoyib xor, ariya va qo’shiqlar bor edi.
Mana shu opera rus milliy musiqa maktabining yaratilishi uchun asos
bo’ldi. Shu davrda hukmron sinflar faqat g’arb musiqasi, chunonchi italyan
va fransuz musiqa madaniyatini joriy qilishga intilardilar, ammo yuqorida
bayon qilingan asarlarning yaratilishi bu g’oyaga qarshi kurash shakllaridan
biri bo’ldi.
Rus klassik musiqasi M.I.Glinka ijodida uzil-kesil shakllandi.
Pushkin rus adabiyoti tarixida xalq ijodi va xalq ozodlik kurashi bilan
chambarchas bog’langan yangi realistik uslub davrini ochgani singari, Glinka
ham rus musiqasida xalq qahramonlik g’oyalarini ifodalaydigan va xalq
qo’shiq ijodiga asoslangan davr yaratishga muvaffaq bo’ldi.
Glinka xalq-qahramonlik operalarining yaratilishiga asos bo’lgan birinchi
rus tarixiy –realistik opera «Ivan Susanin»ni yozdi, uning «Ruslan va
Lyudmila» operasi epik-ertak operalariga yo’l ochib berdi. Dargomijskiy
«Rusalka» operasi orqali birinchi xalq maishiy musiqali dramani yaratdi,
«Keksa kapral», «Titulyar maslahatchi», «Chuvolchang», qo’shiqlarida esa
hajviy va realizm namunalarini boshlab berdi.
XIX asrning 50-60- rus ijtimoiy hayotida katta yuksalishlar ro’y berdi. Bu
yuksalish adabiyotda (Chernishevskiy, Belinskiy, Dobrolyubov, Nekrasov),
rassomchilikda («Peredvijnik»- rassomlar guruhi, Kramskoy, Perov va
boshqalar) o’z ifodasini topdi.
1862 yilda Peterburgda, 1866 yilda esa Moskvada konservatoriyalar
ochildi, professional musiqa ta’limi rivojlandi. Aka-uka Anton va Nikolay
Rubinshteynlar konservatoriyalarning tashkilotchilari edilar.
Shu davrda «Yangi rus musiqa maktabi» deb ataladigan kompozitorlarning
ijodiy birlashmasi yuzaga keldi, bu birlashmada M.P.Musorgskiy
A.P.Borodin, N.A.Rimskiy-Korsakov, S.A.Kyuilar bor edilar, unga
M.A.Balakirev rahbarlik qilardi.
Bu to’da o’z oldiga Glinka boshlab bergan yo’lni davom ettirish va uning
asarlarini targ’ib qilish vazifasini qo’ygan edi.
«Yangi rus musiqa maktabi» musiqa ijodlarida rus musiqa folklori bilan
birga boshqa xalqlar musiqasi, jumladan, sharq musiqasidan ham keng
foydalandi.
Rus kompozitori P.I. Chaykovskiy ijodi ham shu davrda ravnaq topdi.
11
Glinka,
Borodin,
Musorgskiy,
Rimskiy-Korsakov,
Chaykovskiy,
Raxmaninov, Glazunov, Skryabin va boshqalarning asarlari rus klassik
musiqasining nodir namunalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: