Mixail Ivanovich Glinka
Mixail Ivanovich Glinka 1804 yilda Smolensk guberniyasining
Novospassk qishlog’ida tug’ildi.
Bo’lajak kompozitorning bolalik yillari dvoryanlar xonadonida o’tdi. Unga
dehqonlar hayoti yaqin, dehqonlar qo’shig’i hamroh edi, qishloq manzarasi
esa uni doim maftun etardi, shu sababdan ham ular kompozitor hayotida
chuqur iz qoldirdi.
Yosh Glinkada musiqa qobiliyatining rivojlanishida, krepostnoy
(tutqunlikdagi) mashshoqlar orkestri juda katta rol o’ynaydi. U mana shu
orkestr cholg’ulari, xalq qo’shiqlari va chet el kompozitorlari asarlari bilan
tanishishga muyassar bo’lgan edi. Glinka Asosiy Pedagogika instituti
qoshidagi Oliyjanob pansionda tarbiyalandi va dunyoviy ma’lumot oldi.
Glinka pansionda o’qigan davrida ham musiqa bilan shug’ullanishini
to’xtatmadi: fortepianodan xususiy darslar oldi, musiqa nazariyasini o’rgandi,
musiqa ijodi sohasida qobiliyatini sinab ko’rdi va oradan ko’p vaqt o’tmasdan
iqtidorli pianinochi va yosh kompozitor sifatida shuhrat qozondi.
Pansionni tugatgach, u yosh musiqa ishqivozlari guruhi bilan yaqinlashdi,
bu munosabat musiqa faoliyatining yanada rivojlanishiga imkon berdi .
Uning «Qiynama meni», «Oh, go’zal qiz» singari romanslari mana shu
davrda yozilgan edi.
Glinka zamondosh kompozitorlar ijodini diqqat bilan kuzatib bordi, rus
maishiy musiqa asarlari namunalarini tingladi.
Glinkaning Kavkazga borishi unda boshqa xalqlar milliy san’atiga hurmat-
ehtirom bilan qarash hissini uyg’otdi.
1830 yilda Glinka musiqa ma’lumotini yanada oshirish maqsadida chet
elga boradi, to’rt yil davomida o’tkazgan sayohatining uch yili Italiyada
o’tdi .
Glinka Italiya opera san’atini sinchiklab o’rgandi. Uning o’zi bu
to’g’risida , «Ovozni boshqarish bilan aloqador bo’lgan juda injiq va qiyin
san’at bilan va uni qanday qilib yozish yo’llari bilan tanishdim», deb yozadi.
Glinka chet eldan o’z vataniga kamolga yetgan va murakkab ijodiy
yo’lga puxta tayyorlangan usta kompozitor bo’lib qaytadi.
12
Glinka Peterburgga qaytib kelgandan keyin opera uchun juda ko’p
syujetlar axtardi va pirovardida «Ivan Susanin» syujetiga opera yozishni
ma’qul deb topdi. Kompozitor opera asarining birinchi sahifasiga bu opera
qahramonlik operasi ekanligini yozib qo’ygan edi. «Ivan Susanin» operasi
1836 yilda birinchi marta sahnaga qo’yilgan edi.
Nikolay I opera nomini «Ivan Susanin» demasdan , «Podshoh uchun jon
fido» deb o’zgartirishga buyurdi. Rus musiqa san’atida sahnaga birinchi
marta oddiy erkak kishi , dehqonlardan chiqqanligi uchun u zodagonlar
doimiy saroy opera teatri sahnasida faqat italyan operalarini eshitardilar, shu
sababdan rus xalq ruhiga yaqin bo’lgan bu mashhur operaga munosabat
ijodkor kutganicha bo’lmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |