2
XVIII asr musiqasi
XVIII-asr Rossiya tarixida rivojlanishni o’zgartirishida rol
o’ynaydigan voqealar sodir bo’ladi. Pyotr I ni farmonlari Rus davlati va
uning madaniyatiga tubdan o’zgartirish kiritdi. Bu esa milliy madaniyatni
har tomonlama rivojlanishiga olib keldi.
Lekin bu o’zgartirishlar faqat jamiyatni boy qatlamlariga foyda keltiradi.
Jamiyatni past qatlamlarida yashovchi aholi qullarga aylandi.
XVIII asr davomida rus musiqa madaniyati juda tez rivojlandi. Rossiyada
musiqa san’atining yangi turlari: opera, fortepiano va simfonik asarlar
paydo bo’ldi. XVIII- asr oxirida rus musiqa madaniyatida esdaqolarli
voqea- milliy kompozitorlik musiqa maktabi tashkil topdi.
Pyotr I musiqani dvoryan oilalariga kirib borishiga diqqatini qaratdi.
Musiqa faqat bayramlarda emas, balki ochiq kechalar ishtirokchisiga
aylandi. Ansambllarda chet eldan kelgan menuet, allemanda, gavоt va
boshqa raqslar ijro etilardi. Chet el musiqasi bilan tanishish uchun Pyotr
I har hafta chet el kompozitorlari- Korelli, Vivaldi va boshqa
kompozitorlarning asarlari ijro etiladigan konsertlar uyushtirardi va bu
konsertlarga kelish majburiy edi. Musiqa bilan tanishish majburiy
bo’lsada, bu holat dvoryanlarni musiqaga qiziqishiga olib keldi. Ular
zerikishganlarida har xil musiqiy asarlarni yozishar va bolalarini musiqaga
o’rgatishardi.
Pyotr I o’tkazgan hamma bayramlarda ijrochi va ashulachilar ishtirok
etardi. Bu bayramlarda “kant” shaklida asarlar ijro etilardi. Kantlar asosan
Rus davlatni va Pyotr I ni sharaflash mazmunida bo’lardi. Bu kantlar
“kant-vivat” deb ham atalardi. Kant-vivatlarning musiqasi marsh shaklida
bo’lib, ko’tarinkilik, tantanavor va bayramona kayfiyatda ijro etilardi.
Kantlarning ba’zi jihatlar ta’siri rus klassiklarining asarlarida bilinadi.
Glinkaning “Ivan Susanin”operasining “Slavsya” xori bunga misol bo’la
oladi.
Moskvada 1702-yilda ochilgan teatr (Kunst teatri) musiqa va teatr
hayotini rivojida katta ahamiyatga ega.
1733-yili imperatritsa Anna Ioanovna tomonidan Peterburgga gastrol
uchun italyan drama truppasi taklif qilindi. Ko’p o’tmay kompozitor
Franchesko Arayi boshchiligida opera truppasi tashkil etildi. 1736-yil shu
truppa tomonidan Arayi musiqasi bilan 1-marta “Sevgi va nafrat kuchi”
3
nomli
Italiya
operasi qo’yildi. Truppada italyan va fransuz
kompozitorlarining operalari doimo qo’yilardi.
XVIII- asr ning 50-yillarida operalar rus tilida ijro etila boshladi. Birinchi
shunday opera Arayi tomonidan yozilib, Sumarokov so’zi bilan qo’yilgan
bo’lib, nomi “Tsefal va Prokris”edi. U 1755-yilda namoyish etilgan.
Yangi san’at uchun hayotdan olingan rus milliy turmush tarzi manbasi
bo’ldi.
Rossiyada yangi kompozitorlar guruhi paydo bo’ldi. Bulardan Ye.
I.Fomin,
D.S.Bortnyanskiy,
V.A.Pashkeyevich,
M.Matinskiy
I.Y.Xandoshkin, M.S.Berezovskiy, O.A.Kozlovskiy va boshqalarning
ismlarini aytish joiz. Ularning ko’pi chet elda ta’lim olgandi. Shu davrda
rus musiqasi umumyevropa madaniyatiga qo’shildi. Rus kompozitorlari
Yevropa kompozitorlaridan musiqa qoliplari, garmoniya va orkestrovka
sirlarini o’zlashtirishadi. Lekin bu ularga rus bo’lishlariga halal bermasdi.
Ular o’z ijodlarida rus hayoti, harakteri va qo’shiqlaridan foydalanib, ilk
milliy asarlarni yaratishga muvaffaq bo’lishgan.
Kompozitorlar guruhi katta tarixiy ahamiyatga ega. Ular milliy
kompozitorlik maktabiga asos solishgan. Ular ijodida opera, vokal lirikasi,
moslashtirilgan musiqa rivojlanib, XIX- asrda o’zining ravnaq topgan
davriga olib keldi.