23
«Rusalka» operasining qisqacha mazmuni
Dnepr daryosi bo’yidagi tegirmon. Natasha sevimli knyazni kutmoqda.
Knyaz Natasha bilan xayrlashgani keladi, chunki u boy tabaqaga mansub
qizga uylanmoqchi. Knyaz qimmatbaho sovg’alar bilan qiz va uning otasini
yupatmoqchi bo’ladi. Natasha farzand kutayotganligini aytadi. Knyaz ketadi.
Natasha o’zini daryoga tashlab g’arq bo’ladi.
Knyaz uylanmoqda . To’y avjiga chiqqanda g’arq bo’lgan qizning mungli
qo’shig’i eshitiladi.To’y buziladi.
Oradan 12 yil o’tadi. Tun. Dnepr yoqasidagi vayrona tegirmon.Suv
parilarining qo’shig’i eshitiladi. Knyaz keladi . Juldur kiyingan, telba
tegirmonchi chol- Natashaning otasi ham paydo bo’ladi.Kichik suv parisi
knyazni suvga yaqin keltiradi.Tegirmonchi chol knyazni suvga itaradi.
Shinavandalarning operaga bo’lgan munosabati turlicha bo’ldi; aristokratiya
tabaqasi, odati bo’yicha, opera rus milliy operasi bo’lganligi uchun uni nazar-
pisand qilmadilar, demokratik kayfiyatidagi ziyolilar esa uni yaxshi
baholadilar. Mashhur rus musiqa tanqidchisi Serov «Rusalka» ni maqtab
yozgan edi.
Ammo kompozitor ruhan qattiq iztirob chekdi, vaqtincha do’stlaridan
uzoqlashdi, musiqa hayotiga faol ishtirok etmay qo’ydi.
1859 -yilda Kryuchkin bilan Stepanov «Iskra» nomli satirik jurnal chiqara
boshlaydilar. Jurnalga Dargomijskiy ham jalb qilinadi.
Shu davrda kompozitor «Keksa kapral», nomli dramatik qo’shiq yaratdi.
Qo’shiqda ofitser tomonidan haqoratlangan va buning ustiga o’lim jazosiga
чhukm qilingan keksa askar obrazi gavdalangandir. Bundan tashqari,
Dargomijskiy «Chuvolchang», «Titulyar maslahatchi» singari bir qancha
satirik asarlar ham yozdi.
Kompozitor 1864-1865- yillarda yana chet elga chiqib ketdi. Varshava,
Bryussel, Leypsig, Parij va boshqa shaharlarda bo’ldi. Bryusselda uning
asarlari ijro etildi, belgiyaliklar ham uni qizg’in olqishladilar.
Dargomijskiy 1865- yilda vataniga qaytib kelgandan keyin, postanovkadan
olib tashlangan «Rusalka» operasi qaytadan sahnaga qo’yildi va zo’r
muvaffaqiyat qozondi.
«Rusalka» operasidan keyin Peterburg va Moskva teatri sahnalarida
«Esmeralda», va «Vakx tantanasi» asarlari qo’yildi.
1867- yilda kompozitor Rus musiqa jamiyati direksiyasi tarkibiga a’zo
bo’ldi.
24
1861- yildan 1867 -yilgacha uchta simfonik uvertyura- fantaziya
«Baba Yaga», «Ukrain kazachog’i», «Finn mavzulariga fantaziya»(«Chuxon
fantaziyasi»)ni yaratdi. Muallif bu asarlarida ustozi Glinka boshlagan yo’lni
davom ettirib, xilma-xil milliy qo’shiq kuylarini asosiy manba qilib oldi.
Dargomijskiy 1867- yilning oxirida Pushkin asari asosida «Tosh mehmon »
operasini yozishga kirishdi. Bu asar boshdan oxirigacha birgina rechitativdan
iborat bo’lib, unda ariya, xor, ansambl singari opera san’ati uchun muhim
nomerlar kiritilmagan edi.
Kompozitor 1896- yil yanvar oyida vafot etdi. Uning vasiyati bo’yicha
«Tosh mehmon» operasi Kyui va Rimskiy –Korsakov tomonidan tugatildi.
Opera 1872 -yilda Peterburgdagi Mariin teatri sahnasida qo’yildi.
Dargomijskiyning ijodi rus musiqasining kelgusida rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko’rsatgan edi. 60- yillar rus musiqa san’atining namoyandalari
Dargomijskiyni Glinka yo’lini davom ettirgan tolmas ijodkor sifatida
baholaydilar. Kompozitor boshlab bergan psixologik musiqali drama janri
zamondosh kompozitorlar uchun katta imkoniyatlar ochib berdi.
A.S. Dargomijskiy beshta opera, uchta simfonik asar, xorlar, vokal
kvartetlar, triolar, duetlar va yuzga yaqin ashula hamda romanslar yaratgan
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: