2. O’zbekistonda suv xo’jaligi majmuasining shakllanishi va uning rеspublika ijtimоiy-iqtisоdiy taraqqiyotidagi rоli
Markaziy Osiyoda sug’oriladigan dehqonchilik, xususan paxtachilikni taraqqiy qildirish maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirildi, katta yer maydonlari o’zlashtirildi. Suvsiz qarqoq yerlarda bog’-u bo’stonlar barpo etildi. Ammo arxelogik manbalar guvohlik berishicha, ko’hna va azim diyorimizda yangi o’zlashtilgan qo’riq yerlarning ko’p qismi avvallari ham dehqonchilik uchun foydalanilganligi ayon bo’ldi.
Arxeolog S.P.Tolstovning ma’lumotlariga ko’ra, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik vujudga kelgan. Amudaryo va Sirdaryoning quyi etaklarida qadimda sug’orishda ishlatilgan yerlarning jami maydoni 4,5-5,0 mln. gektarga yetgan. Shundan miloddan avvalgi I asrga qadar bu maydonlarning katta qismi sug’orishda foydalanilgan.
Tarixiy urushlar va iqtisodiy tushkunliklar kabi nomutanosibliklar o’zlashtirilgan yerlarni ko’plab qismlarini izdan chiqarib yuborgan.
Arxeolog S.P.Tolstovning ma’lumotlariga ko’ra, sug’orish tarmoqlari mavjud bo’lgan joylarda hammasi bo’lib 10-15 % yerlar sug’orilgan. Sug’orish asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Sherobod, Chirchiq, Tajan, Murg’ob kabi yirik daryolar suvlari asosida olib borilgan.
Arxeolog olimlarimiz Y.G’.G’ulomov va A.R.Muhammadjonovlarning fikricha, Janubiy O’zbekistonda (Zangkanali va boshqalar), Janubiy Tojikistonda (Qabadiyon vohasi, Vaxsh va Hisor vodiylari), Toshkent va Samarqand vohalari ayniqsaAmudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimlaridagi qadimgi sug’orish tarmoqlarining qoldiq izlari shundan xabar beradiki, qadimgi sug’orish Kushon davlati davrida, ya’ni I-IV asrlarda eng yahshi taraqqiy etgan. Jumladan ko’plab chig’irlardan ham foydalanilgan.Bugungi kunda ham mavjud bo’lgan kanallar, masalan, Toshkent vohasidagi Bo’zsuv, Salar, Samarqand vohasidagi Eskiangor va Tuyatortar, Buxoro vohasidagi Shohrud va Romitonrud, Xorazmdagi Qirqqiz va Chermenyop kanallar insoniyat tarixida muhim o’rin egallagan1.
Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarishning ayrim elementlari uzoq tarixiy o’tmishda amaliyotda qo’llanilgan va konseptsiya sifatida o’z rivojlanishida bir necha bosqichlarni bosib o’tgan. Umuman olganda, Orol dengizi havzasida mavjud bo’lgan sug’orish tizimi qadimgi zamonlarda suv resurslarini boshqarishdagi mavjud yondoshuvlar bilan taqqoslanganda ekologik, siyosiy, ijtimoiy va institutsional nuqtai nazarlardan o’zining barqarorligini isbot qildi.
Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish rivojlanishida to’rtta asosiy, uzluksiz, izchil va ayni vaqtda kesishadigan bosqichlarni ajratib ko’rsat1ish mumkin. Bular:
1) sektorlar bo’yicha yondoshish - 1820-1950 yillar;
2) kooperativ yondoshish - 1960-1970 yillar;
3) boshqarishga yo’naltirilgan yondoshish - 1980 yillar;
4) maqsadga erishishga yo’naltirilgan yondoshish - 1990 yillardan boshlab hozirgi vaqtgacha.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib qishloq xo’jaligi asosan daryolar bo’yiga yuritiladigan dehqonchilikning ariq va sug’oriladigan turlariga asoslangan 1800-yillar boshidagi O’rta Osiyoga nigoh tashlaymiz.
Tog’ oldi va tog’larning quyi bag’irlarida dehqonchilik va chorvachilik keng yoyilgan. XIX asrning 60-yillarida sanoat shiddat bilan rivojlangan davrda quyi Amudaryo, Zarafshon va Farg’ona vodiysi hududida sug’oriladigan yerlarni o’zlashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar boshlandi. Ushbu mintaqalarda o’sha paytlardagi materiallar va asboblardan foydalangan holda sug’orishning an'anaviy usullari yetarlicha muvaffaqiyatli natijalar berdi.
Daryolar yoki magistral kanallardagi suv satxi yer maydoni yuzasiga nisbatan ancha past bolgan hududlarda suv olish uchun sug’orish tizimlarining bosh inshootlariga suv olish uchun chig’irlar yoki suv g’ildiraklari o’rnatildi (matli, 1970). Bu yerlarni keng kolamda o’zlashtirish boshlangunga qadar SRIB elementlari qo’llanilgan nisbatan barqaror yondoshuv edi.1
Tarixda sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida sug’oruv suvlaridan adolatli va
oqilona foydalanishda miroblik lavozimlari tayinlanib, ular katta ahamiyatga ega bo’lgan. XIX asr oxirlarida Peterburgga yo’l olmoqchi bo’lgan Buxoro amiridan buyuk mutafakkir Ahmad Donish (1827-1897-y.y.) quyidagilarni iltimos qilgan ekan: “Rus podshosidan so’rang, birinchidan, Zarafshon suvlarini belgilangan miqdorda Buxoroga yuborish to’g’risida; ikkinchidan, rus podshosi bizga muhandis yuborsin, u Amudaryodan Buxoro yerlariga suv chiqarish uchun kanal qazishda yordam bersin”. Azaldan suvni xalqimiz aziz va muqaddas ne’mat sifatida asrashgan va u haqida qayg’urishgan.
Tariхiy manbalarda keltirilgan ma'lumotlar shuni ko’rsatadiki, sobiq Sho’rolar davlati o’ziga xos xom-ashyo bazasiga aylantirgan ushbu o’lkani qanday tobe qilish yo’llarini juda yaxshi bilgan. Zero, bu yo’llar bilan undan oldingi asrda ham aynan Chor Rossiyasi qiziqib qolgan edi. Jumladan, Turkiston general-gubernatori, adyutant Kaufmanning podsho bilan yozishmalaridan birida shunday so’zlar bor: “Biz Orolni o’ylashimiz kerak. Biz shunday qilishimiz kerakki, Amudaryo bilan Sirdaryoning suvlari Orolga yetib bormasin. Bu suvlar paxta uchun ishlatilsin. Orolga esa Sibirdan suv keltirish lozim. Ana shundagina Turkistonni mustamlaka sifatida tutib turishimiz mumkin bo’ladi”.
Quyi Amudaryo aholisining tarixiy taqdiri hamisha Orol, Amudaryo va Sirdaryolar bilan bog’liq bo’lib kelgan. Lekin buni ko’pchilik sobiq ittifoq “jamoatchiligi” tushunmas edi. XIX asr oxirida rus klimatologi, Peterburg FA a'zosi A.Y. Voeykov “Orol kerakmas bir ko’l”, degan fikrga kelib, uni yo’qotish taklifini beradi. Lekin Chor hukumatining bu ishni amalga oshirishga fursati yetmadi. Bu ishni sovet hukumati qoyilmaqom qilib bajardi va dengiz yo’qotildi.
Sobiq sovet hukumatining O’zbekiston hududini paxta bazasiga aylantirishga qilgan harakatlari ko’p qirrali va keng qamrovli edi. Ular bu yo’lda arxeologik ekspeditsiyalardan ham foydalanib, qadimda O’zbekiston hududidagi sug’orma dehqonchilik yerlaridan qanday foydalanilgan, hozirda qanday foydalanish imkoniyatlari mavjud, degan masalalarni hatto, tarix fani oldida turgan muammolardan ham yuqori qo’yishgan. Jumladan, bu illatdan 40 yil davomida faoliyat yuritib, Xorazm tarixini butun dunyoga tanitishda juda katta hissa qo’shgan, mashhur arxeolog va etnograf S.P.Tolstov boshchiligida Xorazm arxeologiya va etnografik ekspeditsiyasi ham chetda qolgani yo’q edi.
Bu ekspeditsiya faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri ham aynan sug’orma dehqonchilik yerlarini, aniqrog’i, paxta dalalarini yanada kengaytirish yo’llarini topishga yo’naltirilgan edi. Ekspeditsiya faoliyatining bu qirrasi ayniqsa, o’tgan asrning 60- yillaridan keyin eng asosiy vazifaga aylandi.
Buni ekspeditsiyaning rahbari S.P.Tolstovning o’zi ham ochiq-oydin tan olib yozgan edi: “Qadimgi o’zanlarni va shu o'zanlar negizida vujudga kelgan qadimgi sug’orish tizimlarini o’rganish ham oldimizda turgan juda muhim vazifalardan edi. Orta Osiyo cho’llariga suv chiqarish va bu yerlarni sug’orishning ulkan loyihalari tuzilishi munosabati bilan bu vazifa yil sayin tobora zo’r ahamiyat kasb eta bordi. Kommunistik qurilishning ulug’vor rejalarini belgilab bergan partiyamiz XXII syezdi va N.S.Xrushchevning bu syezdda qilgan ma’ruzasidan keyin qadimiy sug’orish tizimlarini bu yerga suv chiqarish maqsadida o’rganish bevosita amaliy ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Barcha sohalarning olimlari, shu jumladan, arxeologlar va etnograflar bu buyuk muammolarni hal qilishga qo’llaridan kelgan hissasini qo’shishlari kerak, albatta…”.
Bu ekspeditsiya tarkibida arxeolog va etnograflardan tashqari professional geograflar, gidrograflar, tuproqshunoslar ham bo’lgan. S.P.Tolstov o’zining “Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab” asarining so’nggida Xorazm va Qoraqalpog’iston yerlarining qanchasi qadimda dehqonchilikda
foydalanilganini xomaki hisob-kitob qilib keltirib o’tadi va hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan yerlardan 4-5 marta ko’p yerdan foydalanilganini yozadi. U Xorazm va Qoraqalpog’iston hududlarida yerlarni o’zlashtirishga zo’r berishni, Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan yanada keng miqyosda foydalanish lozimligini ham tavsiya qilib o’tadi. Jumladan, muallif quyidagilarni ta'kidlaydi: “Yangi sotsialistik sharoitda qadimgi zamonda sug’orilgan yerlarni muvaffaqiyat bilan batamom o’zlashtirish uchun shart-sharoit muhayyodir. So’nggi ikki yarim ming yil davomida bu yerlar bir emas, 3 karra o’zlashtirilib, uzoq muddat davomida ishga solinganligining o’ziyoq hozirgi zamon texnikasi vositalari bilan bu yerlarni o’zlashtirish bemalol amalga oshadigan ish ekanidan dalolat berib turibdi.
Хullas, o’tmishdan tо hоzirgi kunga qadar оta-bоbоlarimiz suvni muqaddas bilib, uning har tоmchisidan samarali va tеjamli fоydalanishgan. Sababi, suv rеsurslarining miqdоri va sifati jamiyatning barqarоr ijtimоiy va iqtisоdiy rivоjlanishini bеlgilaydigan muhim оmillardan hisоblanadi. Shu nuqtai nazardan ham mamlakatimiz taraqqiyotida suv rеsurslari alоhida o’rin tutadi.
Bugungi kunda rеspublikamiz hududida 11,47 km3 miqdоrda ichki suv rеsurslari shakllanib, shundan 4,82 km3 – Amudaryo havzasiga, 6,65 km3 – Sirdaryo havzasiga to’g’ri kеladi1. Qоlgan 80 fоizdan оrtig’i esa, transchеgaraviy suv rеsurslari hisоbiga to’ldiriladi.
Umuman, mamlakatimiz iqtisоdiyotida jami ishlatilayotgan suvlarning 88 fоizi qishlоq хo’jaligi hissasiga to’g’ri kеladi, qоlgani – maishiy хizmat ko’rsatish sоhasi – 8 fоiz, enеrgеtika – 1,5 fоiz, sanоat – 2 fоiz, baliqchilik– 0,5 fоizni tashkil etadi2.
Bunday hоlat o’z-o’zidan mavjud suv rеsurslaridan samarali va оqilоna fоydalanishni tashkil etish, sug’оriladigan yerlarning mеliоrativ hоlatini yaхshilash, suv хo’jaligi inshооtlari tехnik hоlatini yaхshilash va ularni mоdеrnizatsiya qilish, suvni tеjash tехnоlоgiyalarini kеng ko’lamda jоriy etish, suv хo’jaligi tashkilоtlarining tехnik bazasini mustahkamlash, suv istе’mоlchilari uyushmalari faоliyatini yanada yaхshilash, sоha mutaхassislarining malakasini оshirishga qaratilgan islоhоtlarni taqоzо etadi. Bu vazifalarni amalga оshirish uchun tеgishli huquqiy asоslar yaratilishi zarur bo’ladi.
Suv rеsurslaridan maqsadli va tеjamli fоydalanish sоhasida mamlakatimizda qabul qilingan mе’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, хalqarо intеgratsiyadagi kеlishuvlar ham mavjud. Jumladan, 2009-yilda O’zbеkistоn Rеspublikasining «Suv va suvdan fоydalanish to’g’risida»gi qоnuniga suvdan fоydalanuvchilar va suv istе’mоlchilarining majburiyatlarini yanada оshirish, ularning huquqiy maqоmlari, vazifalarini aniq bеlgilashga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
Suv хo’jaligi inshооtlarini zamоnaviylashtirishga davlat budjetidan juda katta mablag’ ajratilayotgani hеch kimga sir emas. Rеspublika bo’yicha har yili o’n minglab kilоmеtr magistral kanallar, sug’оrish va nоv tarmоqlari, qanchalab gidrоtехnik inshооtlar va gidrоpоstlar tоzalanadi va ta’mirlanadi, tехnik hоlati yaхshilanadi. Natijada, suvni tеzkоr bоshqarish va istе’mоlchilarga o’z vaqtida kafоlatli еtkazib bеrish imkоniyati yaratilib, sug’оrish tarmоqlaridagi tехnik va filtratsiyaga yo’qоlishlar sеzilarli darajada kamayadi.
2007-yilda Prеzidеntimizning Farmоniga ko’ra, sug’оriladigan yerlarning mеliоrativ hоlatini yaхshilash Jamg’armasi tashkil etilishi, 2008-2012 yillarga mo’ljallangan Davlat Dasturining qabul qilinishi, bu bоradagi ishlar sifatini yangi bоsqichga ko’tardi. Vazirlik ma’lumоtlariga ko’ra, Jamg’arma tоmоnidan 2008-2012 yillarda birgina kоllеktоr-drеnaj tarmоqlarini qurish, rеkоnstruktsiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga jami 750 mlrd. so’m miqdоrida mablag’ ajratilgan. Ushbu mablag’ 3,56 ming km kоllеktоr-drеnaj tarmоqlari, 143 dоna mеliоrativ nasоs stantsiyalari, 797 dоna vеrtikal drеnaj quduqlarini rеkоnstruktsiya qilish va qurish ishlariga, shuningdеk, minglab kilоmеtr zоvur-drеnaj tarmоqlarini ta’mirlash va tiklash ishlariga, 1500 ga yaqin zamоnaviy, yuqоri unumli mеliоrativ tехnika va mехanizmlarni оlib kеlishga sarflangan.
3. Suv resurslaridan foydalanishning transchegaraviy muammolari
( Rog’un GESi qurilishi loyihasi misolida).
Оrоl dеngizi havzasida Markaziy Оsiyoning 5 ta rеspublikasi jоylashgan bo’lib, hududi 1550 ming km2ni tashkil etgani hоlda, sug’оriladigan maydоnlar 7,95 mln gеktarga tеng. Mintaqada tiklanadigan suv rеsurslari hajmi yiliga o’rtacha 118-120 km3ni tashkil etadi. Ularning asоsiy tarkibi Amudaryo, Sirdaryo suvlari hamda yеr оsti suvlari zaхiralari (14,7 km3)dan ibоrat. Suv оmbоrlari hajmi – 60 km3ga tеng1. Dеngiz havzasida Оrоl dеngiziga quyiladigan umumiy suv rеsurslarining 55,4 fоizi – Tоjikistоn hududida, 25,3 fоizi – Qirg’izistоnda, 7,6 fоizi – O’zbеkistоnda, 3,9 fоizi – Qоzоg’istоnda, 2,4 fоizi – Turkmanistоnda, qоlgan 5,4 fоizi – Afg’оnistоn hamda qisman Хitоy va Pоkistоn davlatlarida shakllanadi2.
Markaziy Osiyo davlatlari suv sohasida ikki xil toifaga bo’lingan bo’lib, birinchi toifaga Amudaryo suvlarining asosiy qismi boshlanadigan Tojikiston hamda mintaqadagi eng uzun hisoblangan Sirdaryo boshlanadigan Qirg’iziston kiradi. Ikkinchi toifaga esa, daryolarning qo’yi oqimida joylashib, suvning asosiy qismini iste’mol qiladigan, o’z hududida suv resurslari manbalari kam, lekin boshqa turdagi tabiiy resurslarga boy bo’lgan O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmaniston kiradi. Bu ikki toifadagi davlatlarni suv havzalarining ekotizimlari birlashtiradi. Bir davlatdagi suvdan foydalanish rejimining o’zgarishi boshqa davlatlarning manfaatlariga ta’sir etmay qolmaydi.
Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari ham o’zlarining sobiq Ittifoq qonunchiligiga moslashtirilgan suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish borasidagi qonunchiligini o’z manfaatlari doirasida qayta ko’rib chiqdi, o’zgarishlar kiritdi va ba’zi davlatlar tomonidan yangi suv kodekslari qabul qilindi. Biz mintaqa davlatlarining mustaqillikdan keyingi davrda qabul qilingan suv qonunlarining rivojlanishi, ulardagi ahamiyat qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni ko’rib chiqamiz.
Hozirgi kunda Qozog’istonda suvga oid munosabatlar mamlakat Konstitutsiyasi, 2003 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Suv kodeksi” va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmoqda.
Qozog’istonda suvga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan muntazam ravishda katta e’tibor qaratilayotganligidan darak bermoqda.
Xususan, davlatlararo suv komissiyasi direktori o’rinbosari V.Sokolov Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlarida suvga oid munosabatlar XX asrning 90-yillarida qabul qilingan qonun va normativ hujjatlar bilan tartibga solinayotgan bir paytda Qozog’istonda yangi “Suv kodeksi” qabul qilinganligini ta’kidlaydi. Haqiqatan ham, mamlakatda 1993 yilda qabul qilingan suv kodeksiga 1996, 1999, 2001 yillarda bir qancha qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilib, 2003 yil 9 iyulda esa, yangi tahrirda qabul qilingan. Bu esa, o’z navbatida, mamlakatda suv qonunchiligiga bo’lgan e’tibor qonunchilikning asta-sekin takomillashayotganligini bildiradi.
Qozog’iston Respublikasida “Suv kodeksi”ga binoan suv fondini boshqarish havzaviy tamoyil asosida amalga oshiriladi. “Suv kodeksi”ning 1-moddasining to’rtinchi bandida belgilanishicha, havzaviy tamoyil asosida boshqarish bu-ma’muriy hududiy birliklar o’rtasida daryo, ko’l va boshqa suv ob’ektlari havzasi chegarasidagi suv resurslarini gidrografik belgilari bo’yicha taqsimlanishini amalga oshirishdir1.Bu esa o’z navbatida G.B. Sersenbaevaning fikricha, Sirdaryo, CHu, Irtish, Ural kabi daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali muhofaza qilish imkonini beradi.
Sersenbaevani ta’kidlashicha, Qozog’istonda 2003 yil qabul qilingan suv kodeksida avvalgi qonunchilikda bo’lmagan ba’zi yangi qoidalar, ya’ni Qozog’iston Respublikasida ratifikatsiya qilingan suv resurslarining tartibga solinishi to’g’risidagi xalqaro normalar milliy qonunchilik normalariga nisbatan ustuvorlikka ega ekanligi belgilab qo’yilganligini aytib o’tdi. Bu qoidaning belgilanganligi Qozog’istonning asosan transchegaraviy suvlardan foydalanish borasida vujudga keladigan ziddiyatli holatlarni ijobiy hal qilishda xalqaro huquq normalariga asoslanishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda Qozog’istonda suv resurslaridan foydalanish va uning muhofazasi borasida qonunchilik bazasi takomillashtirilmoqda. Bu respublikada suvga oid munosabatlarning oqilona tarzda tartibga solinishining asosiy omilidir.Shundan kelib chiqib ta’kildash mumkinki, bu mamlakatda suv qonunchiligi yanada rivojlantirilib boriladi.
Ma’lumki, Qirg’iziston dunyoda suv zahiralari miqdori bo’yicha yetakchi o’rinlarda turadi. Shuning uchun ham mamlakatda keyingi vaqtlarda suv munosabatlarini huquqiy jihatdan samarali boshqarish uchun qonunchilik bazasini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Qirg’izistonda suvga oid munosabatlar 2005-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Suv kodeksi” va 2001-yil 29-iyundagi “Qirg’iziston Respublikasida suv ob’ektlari, suv resurslari va suv xo’jaligi inshoatlaridan davlatlararo foydalanish to’g’risida”gi kabi qonuni1 va shu asosida qabul qilingan normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.Qirg’iziston Respublikaning “Suv kodeksi”ning asosiy maqsadi bu aholini va iqtisodiyotni sifatli va yetarli darajada suv resurslari bilan ta’minlash va suvdan foydalanish va uning muhofazasi borasidagi yagona huquqiy asoslarni o’rnatishdir2.
Qirg’iziston Respublikaning “Suv kodeksi”ning 98-moddasiga ko’ra, mamlakatda davlatlararo suv resurslaridan foydalanish konstitutsiya va qonunlar, davlatlar o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama kelishuvlar, shartnomalar va Qirg’iziston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro suv huquqi normalari bilan tartibga solinadi degan umumiy qoida kiritilgan. Ushbu qoidadan boshqa davlatlararo suv resurslaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi bironta ham modda belgilanmagan.
Mamlakatda suv resurslaridan foydalanish va ularning muhofazasini ta’minlash borasidagi konunchiligida davlatlararo suv resurslaridan foydalanish jarayonining barcha jihatlarining belgilanmaganligi, kelajakda Qirg’izistonning suv resurslaridan foydalanish jarayonidagi manfaatdor davlatlar bilan bo’ladigan munosabatlarida ko’proq o’z manfaatlari nuqtai nazaridan ishtirok etishiga olib kelishi mumkinligi belgilab qo’yilgan.
Markaziy Osiyoning suv resurslariga boy davlatlaridan yana biri bo’lmish Tojikistonda suv munosabatlarini tartibga soluvchi mehyoriy hujjatlar ichida “Suv kodeksi” alohida o’rin egallaydi. Chunki ushbu kodeksda suv resurslaridan foydalanish sohalari, boshqaruv va ularni muhofazasini ta’minlashning asosiy qoidalari o’rin olgan.
Tojikiston Respublikasining “Suv kodeksi” 2000 yil 29 noyabrda mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan bo’lib, 5 bo’lim, 24 bob, 146 moddadan iborat1. Tojikiston Respublikasining “Suv kodeksi”ning 2, 3 boblarida esa, suvning holatiga ta’sir qiluvchi inshoatlar, korxonalar va boshqa ob’ektlarni loyihalashtirish, joylashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish, suv ob’ekti va boshqa qo’riqlanuvchi suv zonalarida ishlab chiqarishning tartibi belgilangan.
Tojikiston Respublikasining “Suv kodeksi” Tojikistonning suv munosabatlari sohasidagi xalqaro hamkorlik borasidagi siyosati xalqaro suv huquqi tamoyillari asosida suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularning muhofazasini, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini, chet davlatlar bilan manfaatli va do’stona hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashi kerakligi ham ko’rsatilgan.
Turkmaniston Respublikasida suvga oid munosabatlar mamlakat Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan “Suv kodeksi” hamda boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ushbu normativ huquqiy baza ichida 2004-yil 1-noyabrdan kuchga kirgan «Suv kodeksi» asosiy o’rin egallaydi. Kodeksda asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda mamlakatda suv resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi va muhofazasini ta’minlashga qaratilgan qoidalar kiritilgan.
Turkmaniston Respublikasining “Suv kodeksi”ning asosiy maqsadi mamlakatda suv munosabatlarini ilmiy asoslangan holda boshqarish, suvdan aholi ehtiyojlari uchun, iqtisodiyot sohalari va atrof-tabiiy muhitda foydalanish jarayonini oqilona tartibga solish, suv resurslarini ifloslanishdan, kamayishdan muhofaza qilish, suv ob’ektlari holatini yaxshilash, suv resurslariga zararli ta’sir etuvchi harakatlarni oldini olish va yo’qotish, suv munosabatlari sohasidagi qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.
Turkmaniston Respublikasining “Suv kodeksi”ning 27 bob, 113 moddadan iborat.Turkmaniston Respublikasining asosiy suv manbalaridan biri transchegaraviy daryo bo’lgan Amudaryodir.Shuning uchun ham mamlakat suv kodeksida davlatlararo suv obyektlaridan foydalanish tartibi belgilangan. Jumladan, kodeksning 5 bo’limida davlatlararo suv ob’ektlaridan foydalanish xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinishi belgilab qo’yilgan.
Markaziy Osiyo suv havzalarini boshqarishning umumiy sxemasi tabiatning o’ziga asoslangan bo’lib, hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish va rivojlantirishni taqozo etadi. Hamkorlik mexanizmlari esa xalqaro huquq normalariga, jumladan, 1966-yil Xelsinkida imzolagan «Xalqaro daryo suvlaridan foydalanishning normativ qoidalari» hamda BMT miqyosida 1992 yil 17 martda Xelsinkida qabul qilingan Chegaralararo suv oqimlari va davlatlararo daryolardan foydalanish va muhofaza qilish konvensiyalariga asoslangan bo’lishi lozim.
Quyidagilarni xulosa o’rnida ta’kidlashimiz mumkin. Transchegaraviy suvlardan foydalanish masalasi o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan mintaqaviy muammolarning aksariyatidan ustun turadi. Chunki mazkur masala mintaqa xavfsizligi va tinchligi uchun, unda yashayotgan aholining ehtiyoji uchun hamda mintaqada joylashgan davlatlarning iqtisodiy jihatdan gullab-yashnashida muhim ahamiyat kasb etib, bu masalaga bo’lgan e’tiborni ya’nada oshiradi.
Transchegaraviy suvlardan foydalanish borasida davlatlararo ziddiyatlatli masalalarning kelib chiqishining asosiy sababi, bu borada bir yoqlama fikr yuritish va umum ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy resurslarning faqat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda o’zlashtirishga bo’lgan harakatdir. Lekin mintaqada joylashgan davlatlar bu boradagi masalada “bir yoqadan bosh chiqarish” tamoyilini ilgari surib, transchegaraviy suvlardan oqilona foydalanishlari lozim.
Ana shunday vaziyatda Rog’un loyihasi har qanday tanqidga munosibdir. Rog’un GESi Tojikistonda Vaxsh daryosida qurilayotgan gidroelektrostantsiya bo’lib, Vaxsh kaskadi tarkibiga kiradi va uning yuqori qismi hisoblanadi. Texnik loyihasi 1974-yilda sobiq ittifoq Gosstroyi (“Davlat qurilish”) tomonidan tasdiqlangan. Loyihaga ko’ra ROG’UN baland (335 metr) tosh tashlamalari asosidagi to’g’ondan iborat to’g’onbo’yi gidroelektrostantsiyasi bo’lib, u to’la hajmi 13,3 kub kilometr va foydali hajmi 10,3 kub kilometr bo’lgan yirik Rog’un suv omborini hosil qilishi lozim. GESning loyiha quvvati - 3 600 MVming/ soat.
GES inshooti tarkibi: balandligi 335 metrlik mahalliy materillardan iborat tosh tashlamali to’g’on; qurilish va foydalanish tunnellari; tarkibida mashina zali (uzunligi 220 metr, eni 22 metr, eng yuqori balandligi 78 metr) va transformatorlar uchun xonalar (200x20x40) bo’lgan GESning yer osti inshooti. Qurilishni nihoyasiga yetkazish ishlari 3,2 milliard dollarga baholangan1.
To’g’on har oyda yer silkinishlari bo’lib turadigan yuqori seysmik hududda bunyod etilayotganligini, tog’ jinslari qulashini va mustahkam emasligini va bunday sharoitda tunnellar barpo etishning qariyb iloji yo’qligini, bu yerda bunyod etiladigan to’g’on ostida tosh tuzi qatlami mavjud bo’lib, parchalanishlar vujudga kelishini hisobga olsak, (to’g’on bunyod etilishi oqibatida suv yuqori bosim ostida sizadi va tuz qatlamlarini yemiradi) loyihani juda murakkab sharoitda amalga oshishiga olib keladi. GES qurilishiga tayyorgarlik jarayoni 1976 yilda boshlangan edi. Quruvchilar uchun Rog’un shahri bunyod etildi - ko’p qavatli uylar, maktab va bolalar bog’chalari qurildi. Qurilish maydoni 1000 - 1700 metrgacha balandlikda joylashgan. Eng yaqin temir yo’l stantsiyasigacha 80 chaqirim. Loyihaga sobiq sovet respublikalaridagi 300 dan ortiq korxona jalb qilindi.
Gidroquruvchilar yuqori bosim ostidagi mustahkam bo’lmagan, qulab tushuvchi tog’ jinslari mavjud sharoitda qurilish tunnellarini bunyod etishga majbur bo’ldilar. Rejaga ko’ra 63 kilometr uzunlikdagi tunnel teshilishi kerak edi. Oyiga bir necha o’n metrlik tunnel kovlanardi, xolos. To’g’onning o’rta qismi yumshoq qum tuproqli, so’ngra shag’al va tosh aralashmasi, yon tomonlariga tosh to’kildi. To’g’on hajmi 76 ming kub metr. Olimlarning mahlumotlariga ko’ra, to’g’onning geologik qurilishi asosida yirik tosh tuzi qatlami mavjudki, u filtratsion oqimning faol hududiga to’g’ri keladi. Suv sathining ko’tarilishi va filg’tratsion oqim harakatga kelishi oqibatida to’g’on asosida suffizion jarayonlar rivojlanib, mahlum bir sharoitda uni yuvib ketilishi asos va gidrouzel inshootining bus-butun bo’lib qolishiga xavf tug’diradigan darajada tezlashadi...
Ma’lumki, Tojikistondagi Rog’un GESi yuqori seysmik, ko’chki va sel jarayonlari sodir bo’ladigan hududda olib borilmoqda. Boz ustiga uning to’g’oni ostida tosh tuziga to’la Iloq-Vaxsh tektonik yorig’i joylashgan. Shu tufayli ko’p millionlik O’rta Osiyo aholisi hayotiga xavf solayotgan Rog’un jahon jamoatchiligining, ekologlar, nufuzli olimlar, juda ko’plab ekspertlarning g’azabini keltirayotgani bejizga emas. Bundan tashqari, Amudaryo va Sirdaryo butun mintaqaning asosiy obi hayot manbai sifatida yuz yillardan buyon O’rta Osiyo aholisini suv bilan tahminlab kelgan va O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’iziston hamda Turkmaniston chegaralarini kesib o’tgan holda transchegaraviy ahamiyatga molikdir. SHuning uchun ham suv xavfsizligi O’rta Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar uchun yaxlit tarzdagi strategik vazifa hisoblanadi.
Rog’un to’g’oni yorilib ketishi natijasida juda katta balandlikdagi suv to’lqini sanoqli lahzalarda Vaxsh va Amudaryo oqimi bo’ylab shitob bilan pastga otiladi va dastlab Tojikistonning o’ziga, shundan keyin O’zbekiston, Afg’oniston va Turkmanistonga o’nglab bo’lmaydigan darajada zarar yetkazadi. Buning oqibatida hosil bo’lgan “tsunami” tufayli sanoqli lahzalarda 5 million kishi yashaydigan 700 dan ortiq aholi punkti suv ostida qoladi. SHundan ko’rinib turibdiki, Iloq-Vaxsh hududida joylashgan gigant gidrouzel yangi va yangi yer silkinishlarining sababchisi bo’lib qoladi.
Rog’un loyihasi bundan yarim asr oldin ham qizg’in bahslarga sabab bo’lgan, lekin bundan nariga o’tmagandi. Chunki o’sha davrda barcha loyihalar anhanaviy tizimda tayyorlanar va tasdiqlanar edi. Albatta GES loyihachilari to’g’onning xavfsizligi, konstruktsiyasining seysmik mustahkamligi haqida bong urishardi. Global iqlim o’zgarishi sayyoramizdagi hayotga o’zining aytib bo’lmas darajadagi tuzatishlarini kiritayotgan bugungi kunda esa Rog’undagi tadqiqotlarni baholashda uning loyihasi o’tgan asrda yaratilganligini va u bunday holatda texnik tomondan haqqoniy xavf tug’dirishini birinchi navbatda hisobga olish kerak. O’tgan 40 yil davomida Rog’unning to’g’oni jiddiy darajada siljigan bo’lishi mumkin. CHunki Tojikiston hududida, ushbu mintaqadagi kabi yer qimirlash hech qachon to’xtagan emas. Bundan tashqari, ushbu qurilishning holati ustidan texnik nazorat o’tgan o’n yilliklar ichida umuman olib borilmagan, shuningdek, bu davrda daryoning boshlanish qismida seysmik rivojlanish va tektonik holatlar bo’yicha tahlillar o’tkazilmagan. Bu o’rinda shuni eslatib o’tish lozimki, Yaponiyada bo’lgani kabi darajadagi zilzilalar turli yillarda Tojikiston hududida ham sodir bo’lgan. 2008 yilda esa bunday tabiiy falokat natijasida 74 kishi hayotdan ko’z yumgan, ularning yarmiga yaqini bolalar edi. 2010 yil davomida sodir bo’lgan yer silkinishlari oqibatida minglab uylar vayron bo’ldi. Ularning ayrimlari markazi Rog’un shahri yaqinida bo’lib, kuchi 4 balldan 6 ballgacha yetdi. Bundan tashqari, akademik B.Nigmatullaevning bashorat qilishicha, yaqin yillar ichida Pomir-Hindikush tog’lar tizimida kuchli yer silkinishlari sodir bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Ma’lumki, qurilishi misol uchun 10 yil davomida muzlatib qo’yilgan besh qavatli uyni bunyod etishni davom ettiruvchi har qanday muxandis birinchi navbatda oldin bir-biriga kavsharlangan konstruktsiyalar bo’yicha ekspert xulosalariga ega bo’ladi. Ana shunday sharoitda nima uchun dunyoda sodir bo’layotgan va ilgari misli ko’rilmagan fojiaviy voqealar, texnogen falokatlar Rog’un qurilishi tashabbuskorlari ko’zini ochmayotganligini tushunish qiyin. Bu o’rinda sarf-xarajat va qurilish muddati bo’yicha ham iqtisodiy jihatdan samarali, ehtibor tortar, eng asosiysi, Markaziy Osiyo mintaqasining ko’p millionli aholisi hayotini tahlikaga qo’ymaydigan kichik GESlar qurish ushbu muamoni hal etishning eng maqbul yo’li ekanligini ko’pchilik ekspertlar ehtirof etmoqda.
Hattо, eng qulay vaziyatda ham Rоg’un GESining ko’zda tutilayotgan enеrgеtik rеjimda ishlashi Amudaryo quyi qismida yashayotgan ko’p milliоnli ahоli turmush sharоitining kеskin yomоnlashuviga оlib kеladi. Daryoda suvning minеrallashuvi 2 baravar оrtadi, vеgеtatsiya davrida uning оqimi ancha kamayadi1. Hisоb-kitоblarga ko’ra, qishlоq хo’jalik ekinlari, aralash qayta ishlash tarmоqlari va baliq rеsurslarining nоbudgarchiligi tufayli ko’riladigan zarar 5 yil ichida qariyb, 20,6 mlrd AQSH dоllarini tashkil etadi2.
Sobiq ittifoq parchalangach, GES qurilishi muzlatib qo’yildi va 1993 yilning 8 mayidayoq yuqori qurilish to’sinini kuchli sel oqimi yuvib ketdi, tunnellar va mashina zali qisman suv ostida qoldi. Tabiatning o’zi qariyb 40 yil davomida Rog’unga qarshi bo’lmoqda. SHunday ekan, “milliy g’oya” niqobi ostidagi va xalq tomonidan inkor qilingan bunday g’oya natijasida amalga oshirilgan loyiha muvaffaqiyatli bo’lishi mumkinmi? Bu borada qaror qabul qiluvchilar o’z xalqiga qarshi borish xavfli ekanligini tushunib yetishlari darkor. 2004 yilda Tojikiston hukumati bilan “Rusal” kompaniyasi o’rtasida GES qurilishini nihoyasiga yetkazish bo’yicha kelishuv imzolandi. “Rusal”ning mablag’i hisobidan loyihaning texnik-iqtisodiy asosi yaratildi, GES maydonida bir muncha ishlar amalga oshirildi (jumladan mashina zali quritildi). Biroq tomonlar loyihaning bir qator muhim o’ziga xos jihatlari bo’yicha, jumladan, to’g’on balandligi va uning xususiyati (“Rusal” tomonidan beton to’g’on balandligi 285 metr bo’lishi yuzasidan taklif kiritildi) yuzasidan bir to’xtamga kelolmadilar va 2007 yilning sentyabrida Tojikiston rasman ushbu kompaniya bilan kelishuvni bekor qildi. Bundan tashqari, Rossiya investitsiyasi evaziga alyuminiy zavodini sotishga rozi bo’lmadi. 2009 yilning dekabrida rejalashtirilgan Vaxsh daryosini to’sish ishlari orqaga surildi. Mamlakat rahbarlari oldida GES qurilishini nihoyasiga yetkazish uchun moliyaviy manbalar topish masalasi ko’ndalang bo’lib qoldi. Xorijiy investorlar qo’llab-quvvatlamagach, Tojikiston o’z kuchi bilan Rog’un qurilishini nihoyasiga yetkazishni mo’ljalladi va buning uchun Rog’un GESi aktsiyasi chiqarildi va aholiga sotildi. O’sha paytlarda “Farg’ona.Ru” yozganiga qaraganida 1.3 milliard dollarlik 5 million dona aktsiya chiqarildi. 2010 yilning 1 martidan boshlangan keng miqyosdagi “ixtiyoriy-majburiy” tadbir natijasida aktsiyalar sotuvidan tushgan mablag’ 173 million dollarni tashkil qildi. Huquq himoyachilari “hozircha o’zi yo’q GES aktsiyalari bahzi mintaqalarda ish haqi va nafaqa o’rniga berilayotganligini” xabar qildilar.
Ayrim tojik ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, hukumat aholidan Rog’un loyihasi uchun yiqqan pulni rekord darajadagi past foiz stavkasini (0,6%) taklif qilayotgan tojik banklariga joylashtirishdan bosh tortish bilan o’zini noqulay ahvolga solib qo’ymoq. Ayrim kuzatuvchilar taxminicha, vaziyatdan chiqishning yagona yo’li Rog’un GESni xususiylashtirishga xorijiy banklarni jalb etish edi, ammo hukumat bundan bosh tortdi, Tojikiston banklari o’rtasida o’tkazilgan tenderning uchinchi bosqichi norasmiy yakunlariga ko’ra, birorta ham bank bu ishga bosh qo’shishni istamagan.
O’nlab odamlar hayotiga zomin bo’lgan Sayano - Shushensk GESidagi halokat ham ushbu loyiha muxandislik nuqtai nazaridan puch va istiqbolsiz ekanini isbotladi. CHunki ushbu ulkan inshoot ham Rog’un GESi loyihasi uchun asos qilib olingan qurilish normalari va standartlariga muvofiq barpo etilgan edi.
Boz ustiga ekspertiza natijalari shuni ko’rsatadiki, Rog’un gidrouzelining ilgari barpo etilgan inshootlari qurilishi chog’ida ushbu eskirgan qurilish normalari ham qo’pol ravishda buzilgan. O’sha davrda qurilgan mashina zalining qarama-qarshi devorlari bir-biriga tomon 90 santimetrdan ziyod siljiganining o’ziyoq bunga aniq dalil bo’la oladi.
Nufuzli mutaxassislarning fikricha, qurilish uchastkasi uchun joy mutlaqo noto’g’ri tanlangan. Negaki, ushbu maydon Rixter shkalasi bo’yicha 9 va undan yuqori balli halokatli zilzilalar muntazam sodir bo’lib turadigan Ilyaks-Vaxsh yorig’i zonasida joylashgan. Ushbu hududda yuz bergan 9 balli zilzilalar 1907 yil Qoratog’, 1911 yil Sarez darasi, 1949 yil Xaitni larzaga keltirganini, 100 mingdan ortiq kishining o’limiga sabab bo’lganini tojikistonlik olimlar, yoshi ulug’ kishilar unutgani yo’q hali. Tojikistonning yetakchi seysmologlari ushbu zilzilalar yuzaga kelgan jarayonlar tahlili asosida Rog’un GESi quriladigan hududda keyingi o’n yillikda kuchli yer silkinishlari yuz berishi mumkinligini bashorat qilmoqdalar.
Rog’un GESi ishga tushiriladigan bo’lsa, to’g’on ostida qoladigan yuz metr qalinlikdagi tuz qatlami ushbu ulkan texnogen halokat xavfini yanada kuchaytiradi. Ushbu tuz qatlamining suv tahsirida doimiy yuvilib turishi, hattoki sezilar-sezilmas seysmik siljishlar ham 350 metrlik uyma to’g’onning o’pirilishiga olib kelishi muqarrar. Bunday holat ro’y beradigan bo’lsa, yer sathidan 100 metr baland bo’lgan to’lqin pastga sekundiga 130 metr yoki soatiga 468 kilometr tezlikda yopiriladi. Oqibatda quyida joylashgan Nurek GESi to’g’onini butunlay o’pirib, bu to’lqin yanada balandlashadi va Vaxsh kaskadidagi boshqa barcha GES va gidrouzellarni vayron qiladi, Tojikiston, O’zbekiston va Turkmanistonning o’nlab shahar va aholi punktlari suv ostida qoladi, butun O’rta Osiyo mintaqasida misli ko’rilmagan texnogen va ekologik halokat yuzaga keladi.
Rog’un GESi qurilishi loyihasi yuzaga keltiradigan xavflarni qayd etarkanmiz, uning Tojikiston va qo’shni davlatlar ekologiyasi, bio xilma-xilligi hamda millionlab odamlar istiqomat qilayotgan joylarga yetkazadigan muqarrar fojiali tahsilini e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Loyiha bo’yicha 14 kub kilometr sig’imga ega Rog’un GESi suv omborini to’ldirish uchun sakkiz yil kerak bo’ladi. Bu davrda Amudaryo oqimi keskin o’zgarib, uning quyi qismidagi hududlarda uzoq yillar qurg’oqchilik yuzaga keladi.
Rog’un suv ombori to’la quvvat bilan ishga tushgach, GESning energetik ish rejimiga o’tkazilishi yoz-kuz mavsumida omborda suv to’planishi sababli qurg’oqchilik va suv tanqisligini yuzaga keltirishi, qish mavsumida esa elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida suv omboridan katta miqdorda suv chiqarilishi oqibatida toshqinlar bo’lishi, botqoqlanish va suv bosishi yuz minglab gektar serhosil yerlarni yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Bunday vaziyat O’zbekiston va Turkmanistonning millionlab aholisini muhim hayotiy manbalardan mahrum etadi.
Shunday qilib, Rog’un GESi qurilishi loyihasining amalga oshirilishi oqibatida katta miqyosdagi qurg’oqchilik, ocharchilik, kasalliklar tarqalishi yuzaga keladi, Amudaryoning quyi qismida yashayotgan millionlab odamlar boshqa joylarga ko’chishga majbur bo’ladi.
Huquqiy nuqtai nazardan Rog’un GESining qurilishi xalqaro normalarning qo’pol buzilishi hisoblanadi. Negaki, barcha parametrlarga ko’ra, Amudaryo transchegaraviy suv oqimi bo’lib, uning suvidan foydalanish rejimini o’zgartirish bilan bog’liq har qanday qurilish ushbu daryo o’z hududidan oqib o’tadigan qo’shni davlatlarning roziligi bilangina amalga oshirilishi kerak. Bugun O’zbekiston butun mintaqamiz uchun falokat bilan yakunlanishi ehtimoli bo’lgan mazkur loyihani amalga oshirishga rozilik bermaslik uchun yetarli darajada huquqiy, ekologik, iqtisodiy va boshqa huquq va dalillarga ega.
“Ekologiya xabarnomasi” jurnalida chop etilgan “Rog’un suv ombori qurulish maydoni va uning atrofidagi seysmik holat” nomli tadqiqotida ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo Yer sharining seysmik jihatdan faol bo’lgan zonalaridan biri bo’lib, mintaqaga tutash hududlarda ko’p sonliqurbonlar va vayronagarchiliklarga sabab bo’lgan kuchli yer silkinishlari ro’y bergan. Statistik tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, so’nggi 150 yil ichida mintaqa atrofida 17 marta yuza (o’chog’I 30 km. chuqurlikda bo’lgan) va 20 dan ortiq chuqur (o’chog’I 280 km. chuqurlikda bo’lgan) 9 balli zilzila lar qayd etilgan. Ma’lumki, Rog’un GESi Pomir va Tyan-Shan tog’lari tutashgan hududda qurilmoqda. “Bu ikki yirik tektonik tuzilmalar Janubiy Tyan-Shan va Hisor-Ko’kshol yoriqlari chegarasida joylashgan. Rog’un suv ombori joylashgan Vaxsh yorig’i esa ularning bir qismi bo’lib, mintaqaning seysmik holati hamda ikkita tog’ tizmalarining o’zaro to’qnashuvi yuqorida nomlari keltirilgan yoriqlarning harakatiga bog’liqdir. Yoriqlarning dinamik ta’sir etish umumiy maydoni 30-40 km.ni tashkil etadi. Uning seysmik faolligi Markaziy Osiyodagi eng kuchli sanaladi. Yer yuza qismida (o’chog’I 30 km.gacha chuqurlikda bo’lgan) 8 va undan yuqori balli eng kuchli 17 ta zilzila aynan mana shu hududda ro’y bergan va ularning 6 tasi so’nggi 110yil ichida qayd etilgan”, deb ta’kidlaydi olimlarimiz. Ularning fikricha, mazku hududda 9 balli zilzilalar har 15-20 yilda takrorlanib turadi. “1974-yildagi 9 balli Markonsu zilzilasini yodga olaylik. O’tgan 38 yil mobaynida bu yerda boshqa kuchli yer silkinishi kuzatilmadi. Seysmik holatning uzoq vaqt sokin hukm surishi ancha havotirlidir. Chunki bunda kuchliroq zilzila kuztilishi bosimi ortib borayotgan bo’lishi mumkin. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, Rog’un suv ombori qurilayotgan hududda global seysmik faollik davri boshlangan va bu yerda yanada kuchliroq yer silkinishining qayd etilishi ehtimoldan holi emas”, debta’kidlaydi tadqiqot mualliflari. Ularning so’zlariga ko’ra, Rog’un elektrostansiyasi qurilayotgan maydon 1907-yilda ro’y bergan Qoratog’ zilzilasi va 1949-yilda qayd etilgan Xoit zilzilalari o’choqlari orasida joylashgan. Ushbu hududda o’shandan beri 9 va undan yuqori balli yer silkinishlari boshq akuzatilmagan. Hozirga qadar Nurek GESidan 20 km. narida va Rog’un GESidan 30 km. oraliqda 3 marta 8 balli zilzila-1930 va 1943-yillarda Fayzobodda hamda Kofdonda ro’y bergan. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, Rog’un gidrouzelining ilgari barpo etilganinshootlar qurilishi chog’ida qurilish normalari qo’pol ravishda buzilgan. O’sha davrda qurilgan mashina zalining qarama-qarshi devorlari bir-biriga qarab 90 santimetrdan ziyod siljiganining o’ziyoq bunga aniq dalil bo’la oladi.
Rog’un GESi ishga tushiriladigan bo’lsa, to’g’on ostida qoladigan yuz metr qalinlikdagi tuz qatlami ushbu ulkan texnogen halokatlar havfini yanada kuchaytiradi. Ushbu tuz qatlamining suv ta’sirida doimiy yuvilib turishi, hattoki sezilar-sezilmas seysmik siljishlar ham 300 metrlik o’yma to’g’onning o’pirilishiga olib kelishi mumkin. Bunday holat ro’y beradigan bo’lsa, yer sathidan 100 metr baland bo’lgan to’lqin pastga soniyasiga 130 metr yoki soatiga 468 kilometr tezlikda yopiriladi. Oqibatda quyida joylashgan Nurbek GESi to’g’onini butunlay o’pirib, bu to’lqin yanada balandlashadi va Vaxsh hududidagi boshqa barcha GES va gidrouzellarni vayron qiladi. Tojikiston, O’zbekiston va Turkmanistonning o’nlab shahar va aholi punktlari suv ostida qoladi, butun O’rta Osiyo mintaqasida misli ko’rilmagan texnogen va ekologik halokat yuzaga keladi. O’zA xabariga ko’ra, yaqinda xalqaro suv resurslari va ekologiya muhandisligi akademik jurnalida AQShning Nyu-Meksiko va Shimoliy Dakota universitetlari tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan “Rog’un gidroelektrostansiyasi to’g’onining O’zbekiston qishloq xo’jaligiga ta’siri” deb nomlangan maqola chop etildi. Maqolada aytilishicha, “Rog’un” gidroelektrostansiyasining qurilishi tufayli yuzga keladigan suv muammosi O’zbekiston qishloq xo’jaligiga har yili 600 million AQSh dollari miqdorida zarar keltirishi, yalpi ichki mahsulotning ikki foizga kamayishi hamda 300 ming kishining ishsiz qolishiga sababchi bo’lshi mumkin. Rog’un to’g’onining qurilishi O’zbekiston iqtisodiyotiga keltiradigan zararni amerikalik tadqiqotchilar shunday xulosa bilan yakunlashgan. Ularning ma’lumotiga ko’ra, Rog’un suv omborini to’ldirish uchun 12,4 yil kerak bo’ladi. Bu davr nihoyatda katta murakkabliklarni keltirib chiqarishi muqarrar. Chunki Amudaryo oqimining bir qismi to’siladi va suvi mazkur suv omboriga yo’naltiriladi. Olimlarning fikricha, Rog’un GESining asosiy salbiy ta’siri yoz mavsumida – u suvga to’ldirilib, qishda suvi chiqarib yuborilganida ayniqsa kuchayadi. Rog’un GESi elektr energiyani to’liq ishlab chiqaish tartibida ishlagan ishlagan paytda, ayniqsa Amudaryoning suv sathi 18 foiz suv sathi kamayadi, qish davrida esa aksincha, 54 foiz ko’payadi. Bu esa O’zbekistonda may –sentabr oylarida (sug’orish mavsumida), ya’ni muhim vegitatsiya mavsumida keskin suv taqchilligini yuzga kelishi, sentabr-may oylarida esa suv ko’payishi mumkin. “Bu holat O’zbekiston iqtisodiyotiga katta zara keltiradi, ya’ni 506 ming gektar yerni (sug’oriladiganmaydonning qariyib 11 foizini) qishloq xo’jaligi oborotidan chiqarib tashlashga olib keladi. Bu kamida 336 ming kishi ishsiz qoladi, demakdir. Natijada O’zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2,2 foizga qisqaradi, davlat daromadlari 6,9 foizga kamayadi va eng yomoni, iqtisodiy o’sish ham pasayadi,” deyiladi maqolada. Rog’un GES Vaxsh daryosida qurilayotgan gidroelektrostansiya bo’lib, Vaxsh kaskadining yuqori pog’onasi hisoblanadi. Loyihaga ko’ra, ushbu inshoot to’g’onli GES tipidagi baland (335 m.) tosh-tashlamali to’g’on hisoblanadi. Qurilish ishlari yakunlangach esa Rog’un dunyodagi eng baland to’g’onli GES bo’ladi. Uning qurilmalari tarkibiga mahalliy materiallardan bunyod etilgan balandligi 335 metrli tosh-tashlamali to’g’on, qurilish va ekspluatatsiya tunellari, mashina zali (uzunligi 220 m., eni 22 m., eng baland joyi 78 m.) va transformatorlar binosidan (200x200x40 m.) iborat yer osti GES binosi kiradi. GES loyiha quvvati – 3600 mVt, o’rtacha ishlab chiqarish -13,1 mlrd. kVt/s ni taskil etadi. GES binosida oltita quvvati 600 mVtdan iborat radial-o’qli gidroagregatlar o’rnatish ko’zda tutilgan. Muhandislarnig mo’ljaliga ko’ra, GES to’g’oni to’liq hajmi 13,3 km2 va foydali hajmi 10,3 km2 bo’lgan yirik Rog’un suv omborini tashkil qilishi kerak. Suv omboridan ham energetic, ham irrigatsion maqsadda foydalanish rejalashtirilgan. GES qurilishi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi, birinchi o’rtacha yillik ishlab chiqarish 5 mlrd. kVt/s bo’lgan holda 400 mVtni tashkil etishi kerak. Tabiatning noyob ne'mati suv muammosi hozirgi kunda mintaqaviy doiradan chiqib umumbashariy masalaga aylanib ulgurdi. Agar e'tibor berib qaraladigan bo’lsa, dunyoning barqaror rivojlanishi aynan shu masalaga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishda xalqaro huquq normalarining buzilishi kuzatilmoqda.
Ma'lumki, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik xalqaro huquqiy me'yorlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, suv munosabatlari milliy (har bir davlatning ichki) hamda xalqaro qonunchilik asosida tartibga solinadi.Transchegeraviy suv resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi asosiy xalqaro huquqiy hujjatlardan biri bo’lgan “Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko’llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo’yicha Konvensiya” (1992 yil 17 mart, Xelsinki) ga O’zbekiston Respublikasi 2007-yil 9-avgustda qo’shilgan. Mazkur xalqaro hujjat talablaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonuniga 2009-yil 25-dekabrda tegishli o’zgartishlar kiritdi. Jumladan, mazkur qonunning 2-moddasida transchegaraviy suv ob'ektlari (ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o’tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari) hamda transchegaraviy suvlar (ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o’tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yerusti yoki yerosti suvlari)ga ta'rif berilgan beґilib, 4-moddada Transchegaraviy suv ob'ektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanishi, 91-moddada esa O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o’rtasida transchegaraviy suvlardan va transchegaraviy suv ob'ektlaridan foydalanish va suvni iste'mol іilish to’g’risidagi nizolar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadigan tartibda hal qilinadi, deb belgilab qo’yilgan.
Zero, hech kimning boshqalarga va kelajak avlod uchun asrab-avaylashimiz lozim bo’lgan tabiatga zarar etkazish orqali o’z ehtiyojlarini qondirishga haqqi yo’q.1 Markaziy Osiyo mamlakatlari “sovuq urush” barham topgandan keyingi davrda xalqaro munosabatarning yangicha tizimi tarkib topishi jarayoniga jadal qo'shilmoqdalar. Ikki muhim omil: geostrategik sharoit va tabiiy resurslar Markaziy Osiyo mintaqasining olamshumul iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |