O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
AL-XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’l yozma huquqida
UDK 94 (575.1)
BEKCHANOV ZUFARBEK MADRIMOVICH
XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda suv resurslaridan
foydalanish muammolari
5A120203 – Tarix (yo’nalishlar va mamlakatlar bo’yicha)
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya
Ilmiy rahbar:
t.f.n. dots. Davletov S.
Urganch 2013 yil
M U N D A R I J A
Kirish…………………………………………………………….... 3
I bob. Suv resurslarini boshqarish muammolari va ularning insoniyat
tarixida tutgan o’rni…………….……………………………….. 11
-
Suv resurslarini boshqarish muammolari va ularning ijtimoiy
taraqqiyotida tutgan o’rni…………………………………………. 11
-
O’zbekistonda suv xo’jaligi majmuasining shakllanishi va uning
rеspublika ijtimоiy-iqtisоdiy taraqqiyotidagi rоli……………….….19
3. Suv resurslaridan foydalanishning transchegaraviy muammolari
(Rog’un GESi qurilishi loyihasi misolida)…………………………25
I bob bo’yicha xulosa…………………………………………….. 41
II bob. XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda resurslaridan
foydalanish jarayonlari…………………………..……………… 42
-
XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda qishloq xo’jaligida suv
resurslaridan foydalanish jarayonlari………………………………42
-
Sanoatlashtirish jarayonlarining suv ekosistemasi holatiga ta’siri....49
II bob bo’yicha xulosa……………………………………………. 57
III bob. Orol muammosining kelib chiqishi va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari…………………………………………………………... 58
1. Orol dengizi inqirozining yuzaga kelishi va unga sobiq ittifoq markazining munosabati…………………………………………….58
2. Orol muammosining ekоlоgik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari…..….65
III bob bo’yicha xulosa…………………………………….……....76
Xulosa……………………………………………………………….79
Ilova…………………………………………………………………83
Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………….85
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, XXI asrdan boshlab suv - oltin, uran, gaz, ko’mir va boshqa qimmatbaho foydali qazilmalardan ko’ra qimmatbaho xomashyoga aylandi. AQSh Milliy qidiruv Kengashining taxminiga ko’ra, xalqaro mojarolar xavfining o’sishi aynan ichimlik va qishloq xo’jaligi uchun suv yetishmovchiligi sababli ekanligini e’tirof qilishmoqda.1
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab suv resurslaridan foydalanish, ularni boshqarish va ularni ijtimoiy taraqqiyotda tutgan o’rni kabi masalalar borasida Prezidentimiz I. A. Karimov o’zining bir qator nutq va risolalarida; “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kabi risolalarida; “Tabiatga yaqinlik, jonajon o’lkaning bepoyon go’zalligidan bahramand bo’lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi”, deb fikrlarini davom qildirib, “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta havfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan barobardir. Tabiat va inson o’zaro bir-biri bilan muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo’ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas ekologik falokatlarga olib keladi.”2 Bu jarayon oqibatlarini biz Orol muammosi borasida kelib chiqqan katta aziyatlar natijalarida sezdik. Ya’ni, Prezidentimiz I. A. Karimov 1996-yil xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining III sessiyasida so’zlagan nutqida; “Orol fojiasi Qoraqalpog’iston va Xorazm vohasiga, uning iqlimiga, tabiatiga ham ta’siri juda salbiy bo’layotganini hammamiz yahshi bilamiz. Bu fojianing eng yomoni, eng og’ir ta’siri shu zaminda yashayotgan odamzotning sog’liq-salomatligiga bo’lsa, shu qatorda dehqon taqdiriga tushayotgan og’irligini o’lchab bo’lmas…”1 deb ta’kidlagan edi. Bu haqidagi masalalarni Prezidentimiz I. A. Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48 va 50-sessiyalarida ham, Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkilotining Budapeshtda bo’lib o’tgan sammitida ham ta’kidlab o’tgan.2 Barcha davrlarda ham suv muammolarining mavjudligi ularni o’z vaqtida bartaraf qilish Davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, ularni ijobiy hal qilinishi xalqimizning baxtli, farovon yashashi uchun zamin yaratadi.
Shunday vazifalarni amalga oshirish borasida mamlakatimizda barcha sohalardagi kabi suv resurslaridan foydalanish muammolarini yechimini davrlar tizimida, xronologik tartibda, tahlil qilish, oldingi davrlarda yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolarni tahlil qilish, ijtimoiy shart-sharoitlar asosida bartaraf qilish mumkinligi, ilmiy-nazariy jihatdan isbotlash maqsadida magistrlik dissertatsiyamiz uchun tanlangan mavzu dolzarb va zamonaviy mavzu ekanligini tasdiqlaydi.
Natijada; ayon bo’lishicha, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab umumiy tarzda tarixni rivojlanish bosqichlarini barcha sohalarga xos manbalarda aynan, suv resurslaridan foydalanish muammolarini ham yakka tartibda davr nuqtai nazaridan (xronologik) tahlil qilish zarurligi aniqlandi.
Bu borada turli ijtimoiy rivojlanish davrlarida suv resurslaridan to’g’ri foydalanish muammolarini yechimi masalalarini tarixiy-xronologik tarzda yondashish asosida har bir bo’limning asosiy talablaridan to’g’ri foydalanish qadimgi tarixiy manbalarda, jumladan “Avesto”, O’rxun-Enasoy bitiklarida, qolaversa, mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy rislolalarida, gidrografik manbalardan hisoblanmish Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida badiiy asalaridan suvdan oqilona foydalanish haqida fikrlar keltirlgan bo’lib, suv manbalarini tashkil qilish borasida mehnatkash xalqning qayg’urishi, mehnatsevarligi va kuch-qudrati bilan vujudga kelgan(darhaqiqat, 1939-yil 1-avgustdan 15-sentabr(45 kun)gacha qurib bitkazilgan, uzunligi 270 kilometr bo’lgan, 160 ming kolxozchi ishtirok qilgan Katta Farg’ona kanalini eslaylik1) suv inshootlari haqida ko’plab ma’lumotlar keltirilgan.
Mavzuning o’rganilish darajasi: XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolarini yechimi bo’yicha keltirilgan fikrlarimizni har tomonlama tahlil qilish borasida ellikdan ortiq tarixiy tizimda chop qilingan manabalar, suv irrigatsiyasi masalalari bilan shug’ullangan mutaxasislar tajribalarini tahlil qilish orqali suv resurslaridan to’g’ri foydalanish bo’yicha hayotga tadbiq qilingan tadbrilar qonun-qoidalar, ko’rsatmalar ularni bajarilishi masalalarini tarixiy izchillikda o’rganish jarayonlariga tayangan holatda dissertatsiyada nazarda turilgan gipoteza (ilmiy bashorat) ni tahlil qilish borasida muammoning o’rganilganlik darajasini aniqladik.
Suv resurslaridan foydalanish muammolarini A.R.Muhammadjonov, Y.G’.G’ulomov, P.Shermuhammedov, S.P.Tolstov2, O. Abduraхmanоv3,
Z. Akramоv, A. Rafikоv4, T. A. Alimоv, A.A. Rafiqоv5, M.B.Ametov, J.Halilov, M.Aliyev6, D.B.Bobojonov7, O. Bеgmatоv8, M. Mamadazimоv9, S. Mamashakirov10,
N. Minashin1, S.Xadimetov2, Q. Qoraboyev3, P. G’ulоmоv4, K.M.Nasritdinov5, Abdullayeva6, R.Reimov, O.Husainov, S.K.Kamolov, Muhammad Ali, D.Keyzer, Z.Akromov, A.Rafiqov, E.Y.Yusupov, S.K.Ziyodullayev, S.R.Davletov kabi olimlar tomonidan O’zbekistonda suv resurslaridan umumiy tarzda foydalanish muammolari yoritib berilgan. Shuningdek arxiv materiallaridan ham bu masalalarni yoritishda foydalanildi.8
Lekin, aynan XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolariga va ularni yechimiga qaratilgan manbalar juda kambo’lganligi sababli, “Вестник Қарақалпоқистана”, “Xalq ta’limi” oynomasi, ”Ekologiya xabarnomasi”, Markaziy davlat arxivi, Xorazm viloyati arxivi, Xorazm viloyati hokimiyati arxivi, internet ma’lumotlari kabi manbalar orqali magistrlik dissertatsiyamizni mavzusini ochib berishda foydalanildi.
Magistrlik dissertatsiyamizning mavzusiga nisbatan tarix o’qituvchilarining qarashlari kabi manbalar asosida bugungi davr nuqtayi-nazaridan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonining tarix fanini tarix faning ravnaqiga ta’siri jihatida XX asrning 60-80-yillaridagi O’zbekiston hududida 2500 gektar qo’riq-bo’z yerlarining ochilishi, paxta, qand lavlagi va makka hukmdorligi kabi yo’nalishlar tizimida o’ziga xos salbiy va ijobiy ta’sirlar darajasini aniqlash nazarda turildi.
Shu mulohazalardan kelib chiqqan holda magistrlik dissertatsiyamizning xususiyatlari prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida bugungi kunda suv resurslari bilan bog’liq paydo bo’lgan muammolarni bartaraf qilishiga nisbatan ko’rilayorgan chora-tadbirlarlar; suv resurslarini ko’paytirish, sug’orish ishlarini to’g’ri tashkil qilish, suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik, yer massivlarining sho’rlanishdan saqlash, Orol suvining quriyotganligi tufayli paydo bo’layotgan salbiy oqibatlarini vaqtida to’g’ri baholash va ularni to’g’ri baholash, suniy ekinzorlarni ko’paytirish, yerosti suvlaridan sug’orishda foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash borasida olib borilayotgan anjuman va tadbirlar bitkazuv – malakaviy ishimizning ajralmas qismi sifatida o’z mazmun-mohiyatini tashkil qiladi.
Darhaqiqat, prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek; “Shu Vatan barchamizniki ekan, uning oltin tuprog’i ham, bir qultum suvi ham hammamizningrizq-u ro’zimiz, tinch-totuvligimiz asosi bo’lmog’i kerak.
Tabiatni sevish, avaylash, uni ardoqlash har-bir fuqaroning iymon ishiga aylanishi kerak.”1
Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni baratarf qilish borasidagi tavsiya, xulosalarni yaratish zarurligi tasdiqlandi.
Bu esa, magistrlik dissertatsiyada qo’yilgan muammoning har tomonlama o’rganilmaganligini navbatdagi fikrlar tasdiqlaydi.
Birinchidan, tarixiy davrlarga xos barcha jarayonlar shu jihatdan, suv resurslaridan foydalanish muammolarining kommunistik mafkura nuqtayi-nazardan qaraganligi;
Ikkinchidan, aynan XX asrning 60-80-yillarida Sobiq Ittifoq tizimida ko’pgina amalga oshirilayotgan tadbirlarni, aynan suv resurslaridan foydalanishda O’zbekiston hududiy sharoitiga to’g’ri kelmasligi;
Uchinchidan, XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda suv resurslaridan foydalanishda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bugungi davr imkoniyati va XXI asr texnologiyalaridan foydalangan holda bajarilishi kabi ishlarni bajarilishini kasb etadi.
Magistrlik dissertatsiyasi maqsad va vazifalari asosida o’zimizning tadqiqot va tajribamizga xos xulosa va tavsiyalar yaratdik. Ular asosida magistrlik dissertatsiyamizni vazifalari o’z ifodasini topadi: XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolariga xos shart-sharoitlar, erishilgan yutuq va kamchiliklarni shu davrlargacha va bu davrdan keyin oshirilajak tadbirlarni tadrijiy-xronoogik tarzda ifodalash, ularni bir-biriga nisbatan qiyoslash, aniq fikrlarni tadqiq qilish.
Mavzu yuzasidan tashkil qilingan barcha tadbirlarni targ’ibot qilish, kelgusida bu masalani tutajak o’rni va ahamiyatini aniqlash va umumlashtirish.
Magistrlik dissertatsiyasining predmeti: XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolarining yechimini afzallik va salbiy xususiyatlarini bugungi davr nigohi va bu kabi muammolarning farqi kabi xususiyatlarning izohi.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy-tekshirish metodlari:
O’lkamiz tarixini o’rganuvchilar uchun mavzu yuzasidan aniq ma’lumotlar, bilim, ko’nikma, malakalarni yaratish bo’yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlar (50 dan ortiq), dasturlar, o’quv rejalari, darsliklar o’quv qo’llanmalarini o’rganish, tahlil qilish;
Mavzu yuzasidan uni mazmun-mohiyatini ochib berishga yo’naltirilgan og’zaki savol-javob anketalarini tahlil; suhbatlar, davrlar miqyosida qiyoslash, taqqoslash, mavzu borasida bugungi kunda amalga tatbiq qilinayotgan namunaviy tadbirlar, statistik ma’lumotlarni o’rganish (Styum uslubi).
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy farazi:
XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolalrining afzallik va kamchilik tomonlarini ilmiy-amaliy asoslarini tahlil qilish, davrlar miqyosida o’rganish;
Bunday farazlar asosida himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
Birinchidan; o’sib kelayotgan avlodni o’tgan asrning 60-80-yillarida o’lkamiz hududida suv resurslaridan foydalanish muammolari va ularni yechimi bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirish;
Ikkinchidan; Mavzu yuzasidan belgilangan davrlargacha va undan keying davrlarda, aynan O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin suv resurslaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar aniq ifodalash, ommalashtirish.
Izohlangan fikrlardan kelib chiqqan holdamagistrlik dissertatsiyamizning yangiligi;
- XX asrning 60-80-yillarida O’zbekistonda suv resurslaridan foydalanishda amalga oshirilgan ishlarni o’ziga xos jihatlarini aniqlash, ularni ilmiy-sharoit asoslarini ochib beruvchi uslub, vosita, shakllarining tahlili;
- Mavzu yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlarning afzalliklari, kamchiliklarini o’rganayotgan davrgacha va o’rganilgan davrdan keying davrlarda suv resurslaridan foydalanish foydalanish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar
bilan qiyoslash, taqqoslash hamda bu jarayonda olib borilayotgan tadbirlarni samaradorlik tadbirlarni samaradorlik darajasini isboti.
Magistrlik dissertatsiyasini natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: tarixiylik, xolislik, uzviylik va tarixan muhim ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy jarayonlarning sabab-oqibati bog’lanishining muqarrarligi kabi ilmiy tamoyillarga xizmat qilishi nazarda tutildi. Ilmiy tadqiqot olib borishni turli yo’llariga,kompleks-statistik qiyosiy solishtirish (tarixiy voqealarga murojaat qilish) usullariga va tarixiy hodisa,fakt raqamlarnifalsafiy mushohada qilish yo’liga, turli davrlarda chizilgan va suratga olingan rasmlarga asoslandi.
Mamlakatimiz tarixshunosligida tadqiq qilinayotgan muammolar bo’yicha kamchiliklar to’ldirilgan, umuman, atrof-muhitni himoya qilish va kelajakda mamlakatimizning ekologik havfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish borasida amaliy takliflar bayon etiladi.
Ilmiy tadqiqotni yozishda, o’rganiladigan masalalarni baholashda, ilmiy xulosalarga kelishda, taklif va tavsiyalarni ilgari surishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning asarlari, risolalari, nutq va suhbatlari metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O’zbekistonda atrof – muhitni muhofaza qilish va sog’lomlashtirish yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar tadqiq etilib, mavzuni hozirga qadar bo’lgan adabiyotlarda yoritilish darajasi o’rganiladi va ilgari murojaat etilmagan birlamchi manbalar hamda so’ngi ma’lumotlar ilmiy muomilaga kiritiladi.
Sobiq sho’rolar davridagi ekologik masalalarning tadqiq etilishi tahlil qilinadi.
Suv resurslaridan to’g’ri foydalanish yuzasidan aniq ma’lumotlar keltiriladi.
Orol muammosini bartaraf etish uchun ko’rilayotgan chora-tadbirlar, bu yo’lda Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligi yoritildi.
O’rganilgan materiallar asosida jamiyat taraqqiyotining ustuvor sharti bo’lgan ijtimoiy-ekologik muhitni yaxshilasi yuzasidan taklif va mulohazalar beriladi.
Tadqiqotning manbasi: O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar Davlat arxivlari hamda hokimliklarning joriy arxiv materiallari, jamoat tashkilotlari hujjatlari tashkil qiladi. Shuningdek, statistik to’plamlar va ma’lumotnomalar, ekologik saytlarning internet materiallari hamda respublika, viloyat va shahar matbuot organlarining sahifalarida chop qilingan materiallaridan foydalanish ko’zda tutiladi.
Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samardorligi: dissertatsion tadqiqot natijalari, shuningdek, unda keltirilgan faktologik materiallar ekologik harakatlarni tadqiq qiluvchilar, shuningdek, qishloq xo’jaligi hodimlari, ekologik va boshqalar tomonidan mintaqadagi ekologik muammolarni hal qilish uchun foydalanish mumkin. Ish O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunchilik organlari faoliyatida amaliy ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan “Ijtimoiy fanlarning dolzarb muammolari” ilmiy maqolalar to’plami va “Bugungi kunning falsafiy-metodologik muammolari” ilmiy – nazariy seminar materiallarida 3 ta ilmiy maqola e’lon qilingan.
Ishning tuzilishi. Tadqiqot kirish, uch bob, yetti bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. Suv resurslarini boshqarish muammolari va ularning insoniyat
tarixida tutgan o’rni.
-
Suv resurslarini boshqarish muammolari va ularning ijtimoiytaraqqiyotida tutgan o’rni.
Suv tabiatning eng nоyob, nоdir hamda bеbahо nе’matlaridan biridir. U butun tirik mavjudоt – insоn, o’simlik va hayvоnоt dunyosi, tuprоq uchun hayot va yashash manbaidir. Vahоlanki, suv tabiiy atrоf muhit muvоzanatini saqlash, uni mo’’tadil hоlati va mutanоsibligini ta’minlоvchi asоsiy оmil bo’lib ham hisоblanadi. SHuningdеk, suv хalq хo’jaligi, sanоat, qishlоq хo’jaligi ishlab chiqarishida, оziq-оvqat mahsulоtlari bilan ta’minlashda hamda ekоlоgik muhitni saqlashda asоsiy vоsitalardan biridir.
Ayni paytda, qishlоq хo’jaligida suv rеsurslaridan ko’prоq fеrmеr хo’jaliklari faоliyatida fоydalanilishini tasdig’i sifatida yuqоridagi statistik ma’lumоtlar ham shuni ko’rsatmоqda va bu hоlat alоhida nazоratni amalga оshirishni taqоzо etadi.
SHu ma’nоda yurtbоshimizning 2010 yil 12 nоyabrdagi “Mamlakatimizda dеmоkratik islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirish kоnsеpsiyasi “dagi nutqida, “Хususan, atrоf-muhitni himоya qilishni taminlash tizimida nоdavlat nоtijоrat tashkilоtlarning rоli va o’rnini bеlgilashga qaratilgan “Ekоlоgik nazоrat to’g’risida”gi Qоnun lоyihasini ishlab chiqish va bоshqa qatоr qоnun hujjatlarini qabul qilish fursati yеtdi”, dеb qayd etgan1. Bu g’оya fеrmеr хo’jaliklari faоliyatida suv rеsurslaridan оqilоna fоydalanishni ham nazоrat etishni huquqiy asоsi hamdir.
Yer sharidagi barcha suv zaхiralarining 97,2 fоizi оkеanlarda jamlangan va tarkibi o’ta sho’r bo’lganligi uchun istе’mоl qilib bo’lmaydi. Suv zaхiralarining 2,2 fоizi yеr yuzi va tоg’liklarni qоplagan muzliklardagi chuchuk suvlar hissasiga to’g’ri kеladi. Mazkur suvlar esa insоn yashaydigan jоylardan uzоqda jоylashganligi tufayli, ularni istе’mоlda ishlatish juda qiyin.
Dunyodagi barcha daryo va ko’llar, yеr оsti suv manbalarining umumiy suv zaхirasi butun Yer shari suv zaхirasining atigi 0,6 fоizini tashkil qiladi. Ushbu suvlarning ham bir qisminigina insоn istе’mоl qilishi mumkin. Mazkur zaхiraga kiruvchi yеr оsti suvlarining ko’p qismi hamda ko’plab ko’llarning suvi minеrallashganligi uchun, ularni ham to’g’ridan-to’g’ri istе’mоl qilib bo’lmaydi.
Оna sayyoramizdagi chuchuk suvlar zaхirasining 98 fоizi (37,5 mln/km3) yеr оsti suvlari hissasiga to’g’ri kеladi, lеkin ularning qariyb tеng yarmi yеr yuzasidan 800 mеtrdan оrtiq chuqurlikda jоylashgan. Bunday chuqurlikdagi suvni yuqоriga chiqarish ko’p kuch va mablag’ talab qiladi.
Chuchuk suv zaхirasining 1,47 fоizi (125 000 km3) yеr usti ko’llarida va faqat 0,1 fоizigina daryo va sоylarda jamlangan. Оdamzоd faqat shu suvlarni istе’mоl qiladi. Ko’rib turganimizdеk, istе’mоlga yarоqli suvlarning zaхirasi juda оz va ular insоniyat ta’sirida yil sayin kamayib bоrmоqda.
Kеyingi yillarda dunyo ahоlisining sоni shiddat bilan ko’payib bоrayotganligini inоbatga оlsak, ularning оziq-оvqat mahsulоtlari va chuchuk suvga bo’lgan ehtiyojini qоndirish dоlzarb ahamiyat kasb etadi.
Yuqоrida ta’kidlanganidеk, jahоnda chuchuk suv zaхiralari nihоyatda chеgaralangan. Bunga tеskari prоpоrtsiоnal ravishda dunyo ahоlisining suv istе’mоli yildan-yilga оrtib bоrmоqda. Jumladan, 2000 yilda butun dunyoda 1 kunda 26 540 mlrd litr suv istе’mоl qilingan yoki jоn bоshiga 4 280 litrga to’g’ri kеlgan, uning 72 fоizi qishlоq хo’jalik ekinlarini sug’оrish uchun ishlatilgan. Shunday bo’lsa-da, sayyoramizning ko’pgina qismida qariyb 2 mlrd. kishi chuchuk suv yеtishmasligidan aziyat chеkayotir va yana 2 mlrd. ga yaqin kishi chuchuk suv еtishmasligiga duch kеlmоqda.1 Jahоn Bankining bashоratlariga ko’ra, ХХI asrning o’rtalariga bоrib dunyo ahоlisining 40 fоizi chuchuk suv еtishmasligidan aziyat chеkishi, 20 fоiz ahоli esa qariyb chuchuk suvsiz yashashga to’g’ri kеlishi mumkin.
BMT tоmоnidan suv muammоsiga bag’ishlab o’tkazilgan sammitlarda Butunjahоn barqarоr rivоjlanishining asоsi sifatida bеshta asоsiy muammо – Suv va kanalizatsiya, Enеrgiya, Sоg’liqni saqlash, Qishlоq хo’jaligi va Biохilmaхillik alоhida o’rin tutishi ta’kidlangan. Bunda suv muammоsi bоshqa muammоlarni hal qilishning asоsi ekanligi tufayli ham birinchi o’rinda turadi. Qurg’оqchil mintaqada jоylashgan mamlakatimiz sharоitida ham suv rеsurslari ijtimоiy-iqtisоdiy farоvоnlik va ekоlоgik barqarоrlikni ta’minlоvchi asоsiy оmil sanaladi.
Yurtimizda qadimdan оta-bоbоlarimiz suvni e’zоzlab kеlishgan. Chunki, suvni obi-hayot deydilar, suv bor joyda hayot bor. Suv tugagan joyda hayot ham tugaydi. Darhaqiqat, suvsiz hayotni hayotni tasavvur etib bo’lmaydi. Suv butun borliq, jumladan inson, o’simlik va jonivorlar dunyosi uchun zarur asosiy omildir. Suv butun hayotiy jarayonlarning asosi, sayyoramizdagi bosh harakat-fotosintez jarayonida kislorodning yagona manbai hisoblanadi. O’simlikning 90, hayvonot dunyosining 75 foizi suvdan tashkil topgan, tirik mavjudot 10-20 foiz namlikni yo’qotsa, halok bo’ladi. Suv xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng miqyosida foydalaniladi, ayniqsa, sug’oriladigan dehqonchilikda nisbatan ko’proq ishlatiladi, masalan 1 t bug’doy yetishtirish uchun vegetatsiya davrida 1500 t, 1 t sholiga 7 ming t, 1 t paxtaga 4-10 ming tonnaga yaqin suv kerak bo’ladi.
Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish resurslarni an'anaviy tushunish doirasidan tashqariga chiqadi hamda talab bilan taklif o’rtasidagi muvozanatga erishishga intiladi.
Hozirgi vaqtda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish konseptsiyasi o’zida sektorlar, suvdan foydalanish va taklifo’rtasidagi integratsiyani, atrof-muhit va inson bilan integratsiyani ifodalaydi (BMT-suv virtual o’quv markazi). Turli mamlakatlarning sribni muvaffaqiyatli tadbiq etish bo’yicha tajribasi bu jarayon bir necha o’n yilliklar davom etishi mumkinligini ko’rsatmoqda. Keksalar hamisha: “Suvni isrof qilma, bolam. Suvning uvoli tutsa - yomon tutadi”, deyishadi. Ma'lumotlarga ko’ra, hozirgi paytda dunyo bo’yicha har yili 3 milliondan ortiq kishi toza suv ichmaslik oqibatida kasallikka chalinayapti. Umuman, suv bilan bog’liq sabablar tufayli kasallanayotganlar soni 1,2 milliardni tashkil etadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, respublikamizda yiliga 2,9 milliard kubometr suv ishlatilar ekan. Shuning 92% qishloq xo’jaligi, qolgani esa energetika, sanoat va boshqa sohalarga sarf bo’lar ekan. Ushbu raqamlardan anglashiladiki, mamlakatimizda suvga bo’lgan ehtiyoj yuqori. Ho’sh, biz ichimlik suvidan qanday foydalanayapmiz?
Arab mamlakatlarida yil –o’n ikki oy issiq havo kuzatilishi ma'lum. Shunday bo’lsada, ushbu mintaqada bir kishi uchun bir kecha-kunduzda 70 litr ichimlik suvi sarflanar ekan. Yevropa davlatlarida esa bu ko’rsatkich 180 litrni tashkil etadi. Toshkentda xonadonlarning jihozlanganligiga qarab, kishi boshiga sutkalik me'yor 90-330 litr etib belgilangan. Haqiqat esa, 700 litrgacha suv ishlatiladi. Achinarlisi shundaki, ana shu obi-hayotning kattagina qismi ehtiyoj uchun emas, balki behudaga oqib ketadi. Erta tongda tishlarni tozalash, yuz-qo’lni, kiyim-kechaklarni yuvish jarayoni atigi besh daqiqa davom etsa, taxminan 20-21 litr suv isrof bo’ladi. Toshkent shahri xonadonlari bo’yicha hisoblasak, shumuddatda uylardan 11 million 648 ming litr suv oqib chiqib ketishi mumkin ekan.
Chunonchi, poytaxt aholisiga bir kecha-kunduzda 2,3 million kub metr ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Shuncha miqdordagi suvni iste'molga yaroqli holga keltirish uchun o’rta hisobda 10 tonna achchiq tosh, 2 tonna xlor, 840 ming kv. soat elektr quvvati sarflanadi. Bu jami 40 million so’m harajat demakdir. Buyuk musavvir, olim va donishmand Leonardo da Vinchi (1452-1519-yy.) sayyoramizda eng ko’p tarqalgan modda - suvni hayot manbai deb atagandi. Darhaqiqat, hatto vujudimizning qariyb 70% suvdan iboratdir.
Suv kabi havo ham mavjudlikning asosini tashkil etuvchi unsurdir. Havo deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun muhim manba.Odamlar, o’simliklar, hayvonlar havodan nafas olmasa yashay olmaydi, havosiz besh daqiqadan ortiq yashab bo’lmaydi. Yer, suv va havoni ifloslantirish qattiq gunoh hisoblanadi. Bu talabga rioya qilmaganlarga qadimda tan jazosi belgilangan. “Ariqlardan oqqan suv o’z-o’zini tozalab turadi va faqat oqar suvdan istemol qilish kerak”, deb ko’rsatilgan. Xalqimizda chuqur mazmunli “uvol” so’zi bor. Har qanday moddiy ne'matlardan isrofgarchilik bilan foydalanish, tabiat resurslari, yer osti boyliklari, suv, yer, o’simlik va hayvonot olamini nest-nobud qilish uvol va gunohhisoblanib kelingan. Binobarin, “uvol” tushunchasi tor ma'noda non, suv, tuzni tejab-tergab foydalanishni ifoda etsa, keng ma'noda tabiat boyliklaridan, noz-ne'matlaridan oqilona foydalanishni aks ettiradi. Olimlarning xisoblab chiqishlaricha, bir gektardagi terakzor 340 kilogramm changni o’ziga yutar ekan. Ko’pchiligimiz bu daraxtlarning sog’ligimiz uchun koni foyda ekanini bilamiz-u, ammo ularni ekib, to daraxtga aylantirguncha mehr bilan parvarishlashning uddasidan chiqmaymiz. Ekologiya yomon, atrof-muhit iflos, shuning uchun kasallik ko’p, deya noliymiz.
Tabiatni seving, e'zozlang, unga ta'zim qiling, bizning hayotimiz, borligimiz u bilan bog’liqdir. Darhaqiqat, tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko’z ochib ko’rgan dunyo, bamisoli ona quchog’i, inson uchun beshikdir. Shunday ekan, uni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir.
Prezidentimiz “Tabiatga yaqinlik, jonajon o’lkaning benihoya go’zalligidan bahramand bo’lish ma'naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma'naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishiga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi”, deb ta'kidlab o’tgan edilar.1 Shu Vatan barchamizniki ekan, uning oltin tuprog’i ham bir qultum suvi ham hammamizning rizqu- ro’zimiz, tinch-totuvligimiz asosi bo’lmog’i kerak. Tabiatni sevish, avaylash, uni ardoqlash har bir fuqaroning iymon ishiga aylanishi lozimdir.
Fan va texnika taraqqiyoti tufayli yaratilgan barcha transport vositalarini, kompyuter texnikasini, robotlar, kosmik kemalarni bir tomonga, o’simliklarni ikkinchi tomonga qo’yib, ularning ahamiyatini baholasa, barcha texnika mo’jizalari o’simliklar bajargan ishni bajara olmaydi, ya'ni ular barcha tirik organizmlarga kislorod, oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor moddalar, qurilish va boshqa materiallar yetkazib, yerda hayotni ta'minlab turibdi.
Ma'lumki, suv o’zining erituvchanlik hususiyati bilan yerda hayotni ta'minlab turibdi. Sayyoramizning to’rtdan uch qismini suv tashkil etsa ham, uning o’rtacha 1 foizi ichishga yaroqlidir. Bunga daryo, ko’l, yer osti suvlari kiradi. Hozirgi vaqtda sayyoramizda ichimlik suvi inqiroziy darajada kamayib bormoqda. Uning kamayishiga asosiy sabab oldin ichishga yaroqli bo’lgan suv havzalarini ifloslantirish, toza suvdan kimyoviy zavodlarda ko’p foydalanish orqali sodir bo’layapti. Chunki, ba'zi kimyoviy zavodlar 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun 100 tonna toza suv ishlatadi. Kimyoviy zavodlardan chiqqan suvni tozalab, qayta foydalanib ham bo’lmaydi, ya'ni uning tarkibidagi moddalarni ajratish qiyin.
Hozirgi davrda sayyoramizda ichimlik suvi yetishmasligidan 2 mlrd.ga yaqin kishi qiynalayapti. BMT hisob-kitoblariga ko’ra, 2015-yilda sayyoramizdagi aholining yarmiga yaqini ichimlik suvi yetishmasligidan qiynalib qoladi, 2025-yilda esa, sayyoramiz aholisining uchdan ikki qismiga ichimlik suvi yetmay qoladi. Odam soni hozirgi darajada ko’payib borsa, bu 7,5 mlrd. kishini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda dunyo bo’yicha 1 trillion dollar miqdorda ichimlik suvi idishlarga solib sotilmoqda. Yana 10 yildan so’ng ichimlik suvi sotilishi 15 trillion dollarga ko’payadi. Bu neft mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadning 40% ini tashkil etadi. Shuni ta'kidlash kerakki, suvni neftga o’xshash qayta ishlash zarurati bolmaydi. Kelgusida ichimlik suvi zaxirasiga ega bo’lgan mamlakatlar suvni sotib, katta daromad ko’radilar, ammo ichimlik suvi kam bo’lgan mamlakatlar katta iqtisodiy zarar ko’radilar.
Hozirgi vaqtda inson hayoti uchun o’ta havfli bo’lgan yuqumli kasalliklar borgan sari ko’payib bormoqda: OITS, parranda gripi va yaqinda Hind okeanidagi daxshatli sunamidan so’ng, 4 turdagi yangi (oldin uchramagan) yuqumli kasallik paydo bo’ldi. U bezgakka o’xshash bo’lib, shungata deb ataladi. Ushbu kasallik Indoneziya, Hindixitoy mamlakatlarida 7,4 mln. kishining halok bo’lishiga olib keldi. Bu kasalliklar paydo bo’lishining asosiy sababi biosferaga zaharli kimyoviy moddalarning ko’payib ketganligi, radiatsion fonning oshganligi hamda boshqa tashqi ekstremal omillarning kuchayganligidir. Hozirgi vaqtda oldin uchramagan 70 ming xil kimyoviy moddalar biosferaga tarqalgan. Ular va boshqa ekstremal omillar tirik organizmlarni mutatsiyaga uchratib, ayniqsa, oldin beozor bo’lib yashab kelgan mikroorganizmlarni kasallik tarqatuvchi mikroblarga aylantiradi. Yuqorida keltirilganlarga binoan unchalik uzoq bo’lmagan kelajakda sayyoramizda global darajadagi ekologik krizislar sodir bo’lishi mumkin. Oqibatda iqtisodda umumiy krizis bo’lib, aholi soni keskin qisqaradi. Bu hodisani amerikalik olim Forrester va boshqalar o’zlarining “O’sish chegarasi” (1972-yil) nomli asarlarida ilmiy asosladilar. Ular aholi soni o’sishini tabiiy boyliklar iste'mol qilinishining kuchayayotganligi bilan solishtirib (yiliga Yerdan 100 mlrd. tonna tabiiy boyliklar - metall, neft, gaz, ko’mir va hakazolar olinayapti), aholining o’sishi inqirozga olib kelishini, bu esa aholi keskin kamayishiga olib keladi, deb bashorat qiladilar. Bunday holat XXI asrning ikkinchi yarmida sodir bo’lishi mumkin, deb yozishadi. Ularning hisob-kitobiga ko’ra,sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish XXI asrning boshlarida o’sadi. Shundan keyin u keskin kamayib, XX asrning boshlaridagi darajaga tushadi. XXI asrning boshida mineral resurslarning zahirasi keskin kamayib, mazkur asrning o’rtalarida deyarli tugab qoladi. XXI asrning birinchi yarmida tashqi muhit juda ifloslanadi. Ammo ushbu asrning o’rtalariga borib, sanoat ishlab chiqarishi keskin qisqarishi tufayli tashqi muhitning ifloslanishi kamayadi. Amerikaning sobiq davlat kitiblaridan biri shunday degan: “Mamlakatda sanoat taraqqiyoti qancha tez bo’lsa, inqiroz ham shuncha tez yaqinlashadi”.1
Sayyoramiz aholisining soni XXI asrning o’rtalariga qadar ko’payib, keyin u kamayib boradi. Ushbu asrning oxirlarida deyarli ikki barobar qisqaradi. Buning asosiy sababi, tabiiy resurslar kamayib borishi orqali oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning qisqarishi hamda meditsina xizmatini yomonlashuvi orqali sodir bo’ladi.
“O’sish chegaralari” nomli asarda yuqorida keltirilganlardan tashqari qo’shimcha fikrlar ham bildiriladi. Ammo bu fikr oldingi fikrni mazmunini o’zgartirmaydi, ya'ni agar zahira mineral boyliklar ikki barobar ko’p deb faraz qilsak ham, XXI asrning o’rtalarida sayyoramiz aholisi keskin qisqaradi. Chunki, bu davrda atrof-muhitni ifloslanishi shunday darajaga yetadi-ki, oqibatda aholining bir qismi qirilib ketadi.
Shunday qilib, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ekologik falokatlarning oldini olish uchun aholini sonini o’sishini ongli ravishda to’xtatish, tabiiy resurslardan foydalanishni keskin kamaytirish (tejash), sanoat ishlab chiqarishi o’sishini to’xtatish, tashqi muhit ifloslanishining oldini olish bo’yicha keskin choralarni ko’rishi, oziq-ovqat mahsulotlarini ko’paytirish tadbirlarini ko’rish va hakozolar. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, XXI asrda iqtisodiy sharoit me'yorida bo’lishi uchun yuqorida keltirilgan tadbirlar zudlik bilan amalga oshirilishi kerak, aks holda kech bo’lib, muammolar chuqurlashadi. Yuqorida keltirgan falokatlar tez sodir bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |