Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Download 5,27 Mb.
bet4/5
Sana25.06.2017
Hajmi5,27 Mb.
#15656
1   2   3   4   5

II bob bo’yicha xulosa.
Turkistanda paxtachilik ahvolini tekshirib chiqqan komissiyaning ma’ruzasini tinglab, qabul qilgan qarorida paxtaga bo’lgan davlat monopoliyasini saqlab qolish Xalq Komissarlari Sovetining Turkistonda paxtachilikni qayta tiklash rejasi to’g’risida 1920 yil 24-dekabr qarorini bajarish zarurligini ta’kidladi va 1922-yilda 210 ming desyatina yerga paxta ekishni asosiy raqam qilib belgilab berdi. Xalq Xo’jaligi Oliy Soveti paxtaning narxini bug’doy narxiga 2,5 dan 1 nisbatida belgiladi.

Ilgarigi paxtakor dehqonlar ittifoqi o’rniga qishloq xo’jalik kooperativ shirkatlari tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Paxtachilik kooperatsiyasi dehqonlar bilan hisob-kitob qilishdan ozod qilinib, uning zimmasida pax­ta komitetlari bilan birgalikda paxta ekishni tashkil etish va paxtakorlariing davlat majburiyatlarini bajarishlari uchun kafil bo’lish vazifasi yuklandi.

Paxtachilikni qayta tiklashni tezlashtirish va respublikaga g’allani o’z vaqtida tashib keltirish uchun Xalq Xo’jaligi Oliy Soveti Yettisuv temir yo’lini qurish to’g’risida qaror qabul qildi. Bosh Paxta Komiteti paxta kontraktini (shartnoma) joriy etdi, paxta uchun natura tariqasida avans berish va hisob-kitob qilishning ilgarigi tartibi o’rniga paxta ekuvchilarning o’zlari bilan bevosita pul bilan hisob-kitob qilish sistemasini o’rnatdi1.

Shu tariqa Sobiq Ittifoqning Markaziy Osiyo xom-ashyolaridan foydalanish ishlari jadallashishda davom qilaverdi. O’tgan asrning 60-80-yillariga kelib, paxta maydonlarini ko’paytirish obi-hayot deb atalmish, suv resurslarini taqchilligini yuzaga keltirgan debocha bo’ldi desak yanglishmagan bo’lamiz.

1960-yillarning bоshlarida Qarshi cho’llaridagi yеrlarni sug’оrish va mеliaоratsiya bo’yicha yangi lоyihalar ishlab chiqildi. Jumladan, 1960 yilda “Srеdazgidrоvоdхlоpоk” tоmоnidan mazkur hududni sug’оrish bo’yicha tехnik-iqtisоdiy dоklad taqdim qilindi. Ammо, unda yerlarga suv chiqarish elеktr enеgiyasi va qatоr mехanizmlarni kеng ko’lamda qo’llash оrqali suvni bir nеcha marta ko’tarib haydash asоsida amalga оshirilishi ko’zlangan edi. Aynan shu dоklad Qarshi cho’lidagi ko’p yillik yangi yerlarni o’zlashtirish ishlariga asоs bo’ldi1.

XX asrning ikkinchi yarmida xorijlik mualliflar paxta yakkahokimligining salbiy oqibatlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilganlar. Masalan, M. Miller shunday qayd qilgan edi: «ko’rib chiqilayotgan hududda paxtachilikning katta o’rin tutishi boshqa ekinlarni yetishtirishga salbiy ta’sir ko’rsatdi»2. G. Smit esa maqolalarida O’zbekistonni butun hayot bitta qishloq xo’jalik ekini, ya’ni paxta tomonidan boshqariladigan respublika sifatida tasvirlagan. «Respublikaning butun aholisi, - deb yozadi u, - «qirol paxta»ga xizmat qilishga majbur, xalqning butun iqtisodiy va madaniy hayoti bitta maqsadga bo’ysundirilgan – paxta yetishtirish rejasini bajarish»3. Fransuz muallifi R. Djosset: «butun O’zbekiston bitta yagona paxta dalasiga aylantirilgan, bu hol boshqa barcha qishloq xo’jaligi ekinlarining rivojlanishini cheklab qo’ygan va respublikani markaziy rayonlardan keltiriladigan oziq-ovqatga, donli ekinlarga qaram qilib qo’ygan»4 - deb yozadi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, dunyo yurtimiz haqida yangi taraqqiyot darajasi yuqori darajada o’sayotgan yurtning istiqboli, yosh avlodning jahon arena va sahnalarida qo’lga kiritayotgan yutuqlarini, aqliy tafakkuri keng salohiyatli farzandlari ulg’ayib chiqayotgan, sivilizatsiya o’choqlari tarixan chuqur ildiz otgan zamin sifatida tanidi. Prezidentimiz I. A. Karimov rahnamoligida ishlab chiqilayotgan ekologiya; suv resurslari, Orol dengizini asrash va Orolbo’yi aholisining salomatligini yahshilashga qaratilgan tadbirlar sezilarli darajada o’z samarasini bermoqda.

III bob. Orol muammosining kelib chiqishi va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
1. Orol dengizi inqirozining yuzaga kelishi va unga sobiq ittifoq

markazining munosabati.
Bugungi kunda insoniyatga tahdid solayotgan yadroviy xavfdan qolishmaydigan o’zga bir havf - umumbashariy miqyosda atrof-muhitning ifloslanishi va buzilishi odamlarni beixtiyor xushyor torttiradi. Zero, Prezident Islom Karimov uqdirganidek: “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish –o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan barobardir… Tabiat va inson o’zaro bir-biri bilan muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo’ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas ekologik falokatlarga olib keladi”. Mustamlakachilik davrida sobiq Ittifoq rahbariyati olib borgan noqobil siyosat O’zbekiston aholisining turmush tarzini juda og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Chunonchi, 70-yillar boshida O’zbekiston O’rta Osiyoning 1/3 qism hududiga, 60 foiz aholisiga ega bo’lib, sanoat mahsulotlarining 2/3 qismini, Qorako’l terining 70, kanopning 100, ipakning 75, paxtaning 72 foizini, shuningdek, ko’p miqdorda oltin, simob, volfram, neft, meva va sabzavot, poliz mahsulotlarini yetkazib bergan. Shunday bo’lsada, respublika og’ir iqtisodiy ahvolda edi.

Orol dengizi ekologik muammoga duch kelmasidan oldin (1911-1962 y. y.) suv yo’li va baliqchilik maskani bo’lgan. Kemalar Termiz shahrini Amudaryo va Orol temir yo’l bekati bilan bog’lagan. Yiliga 44000 tonnagacha noyob (mo’ylobli va laqqa ) baliqlar ovlangan.1

O’zbekiston turli-tuman mahsulotlar, jumladan, don, go’sht, qand-shakar, neft va neft mahsulotlari, taxta, yog’och, avtomobillar, turli xil asbob-uskunalar, xalq iste'moli mollarini tashqaridan olar edi. Iste'mol buyumlari va oziq-ovqat bozor fondlarining yarmi sobiq ittifoqning boshqa mintaqalaridan va import yo’li bilan ta'minlanib kelindi. O’zbekistonga olib kelinayotgan va tashib ketilayotgan resurslarni hisobga olganda, bularning kamomadi 35 foizni tashkil etardi.

Hisob-kitoblarga qaraganda, respublika aholisining qondirilmayotgan talabi 8-9 milliard so’mni tashkil etib, u har yili 600-800 mln. so’mga o’smoqda edi. Shu yerda ta'kidlab o’tish joiz, har yili 5-6 mln. tonna paxta hosili yetishtirgan O’zbekiston korxonalarining o’zida bor-yo’g’i 150 ming tonna paxta tolasi qayta ishlangan. Vaholanki, 70-80-yillarda Bolgariya va Vengriya to’qimachilik korxonalarining 80 foizi, Polsha to’qimachilik korxonalarining 70 foizi va boshqa “sotsialistik mamlakatlar”dagi korxonalarning aksariyat ko’pchiligi o’zbek paxtasi asosida ishladi. O’zbekistondan olib ketilgan va qayta ishlangan paxta hisobiga sobiq SSSRning boshqa hududlari yiliga 40 mlrd. rubl milliy daromad qildi.

Orol dengizi butun mintaqada yagona hisoblanib, Markaziy Osiyoda shu jumladan, Quyi Amudaryo hududida katta ahamiyat kasb etadi, bevosita hududning atrof-ekologiyasi, tabiatning mo’tadilligi, iqlim darajasi, unda istiqomat qiladigan insonlarning sog’ligi va turmush tarzi bilan bog’liqligini belgilaydi. Dengizning suvi qadimdan o’zgarib turgan. Dengizning suvi 1785-yili toshadi, oradan qirq yil o’tib 1825-yilda kamayadi. 1835-50-yillarda yana toshib, 1862-yilda yana kamaygan. 1881-yilga kelib esa suv sathi juda kamayib ketadi, ammo to’rt yil o’tgach, yana tosha boshlagan. Dengizning shimoliy-sharqidagi katta orol – Ko’korol 1880-yilda suv pasayganidan bu yerda kemalar yura boshlagan…

1935 -yilda Orol dengizi maydoni 69670 km2, suvining miqdori 1153 km3 bo’lgan bo’lsa, shundan bor-yo’g’i 16 yil oldin, ya'ni 1919-yilda maydoni - 67300 km2, suvi - 1087 km3ni tashkil etgan. Demak, shu qisqa muddatda dengiz suvi ko’paygan. Ammo, 1976-yilga kelib, dengiz maydoni 64,5 ming km2 , suvi 1000 km3 dan iborat bo’lib qoldi. Bu ko’rsatkichlar Orol dengizi suvining kamayishiga ma'lum ma'noda tabiiy o’zgarishlar ham ta'sir qilgan bo’lishi mumkin degan xulosani beradi. Lekin, XX asrning oxirida yer, suv va boshqa tabiiy resurslarga nisbatan olib borilgan siyosat oxir-oqibatda ekologik vaziyatning izdan chiqishi sabablaridan biri bo’ldi. “Biz tabiatning talablariga bo’ysunolmaymiz, bizning maqsadimiz uni yengish”, degan shiorlar bilan suv va yerdan o’lchovsiz foydalanish, yangi qo’riq yerlar ochyapmiz, deb unga xo’jayinlik qilish, daryolarni “jilovlash” salbiy oqibatlarga olib keldi. 2000-yilda dengiz maydoni 29 ming km2, suv hajmi 180 km3nigina tashkil etdi. Prеzidеntimiz ta’kidlaganidеk, suv ta’minoti masalasini biz biz mintaqamizdagi fojia bilan, ya’ni Orol fojiasi bilan bevosita bog’laqmoqdamizki, bu fojia Chernobil fojiasidan qolishmaydi.1

Orol dengizi falokati 60-yillardan boshlab avj olishining sababchilaridan biri, paxta yakkahokimligi bo’ldi. Qo’riqyerlarga hujum boshlanib ketishi oqibatida har yili 80-100 ming gektar yer ishga tushirildi. Jumladan, 70-yillardan boshlab Mirzacho’l va uning tarkibiy qismi bo’lgan Jizzax cho’lida paxtachilik vohasini tashkil etish maqsadida qo’riqyerlarni sug’orish va o’zlashtirish ishlari avj oldi. Shu munosabat bilan uzunligi 127 km ga teng bo’lgan Janubiy Mirzacho’l bosh kanali va Markaziy Mirzacho’l kollektori hamda Jizzax suv ombori qurilib, Shimoliy Mirzacho’l kanali kengaytirildi. Shu davrda Markaziy Farg’onada cho’llarni o’zlashtirish uchun Katta Andijon, Katta Namangan kanallari va Andijon suv ombori (sig’imi 2 mlrd. m3), Surxon-Sherobod vodiysida

Janubiy Surxon, Uchqizil, Degeres suv omborlari qurildi. Qarshi dashtida esa Qarshi magistral kanali va Tolimarjonsuv ombori qurildi. Xullas, Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganidek, O’zbekistonda 1975-85 yillarda 1 mln. ga atrofida yangi yer o’zlashtirilgan bo’lsa, 1990-yilda bu ko’rsatkich yana 1,5 baravar oshdi.

Natijada Amudaryo va Sirdaryoning Orolga quyiladigan suv miqdori yildan-yilga kamayib bordi. Jumladan, 1960-1980 yillarda Orolga suv quyilishi 50-60 km3 dan 20-30 km3 ga tushgan bo’lsa, 90-yillarda bu ko’rsatkich 5-6 km3 ni tashkil etdi. Paxtachilik esa muttasil rivojlanib bordi. Umuman, 1946-1985-yillar davomida paxta hosili 5,5 baravar ortgan holda, chigit ekilgan maydonlar 841 ming gektardan 1989,8 ming gektarga ko’paygan. 80-yillar o’rtalariga kelib esa paxtaning salmog’i 75 foizdan, ayrim viloyatlarda undan ham oshib ketdi. Holbuki, jahon tajribasi ko’rsatishicha yerning xosildorligini normal qayta tiklashga jiddiy putur yetkazmaslik uchun chigit ekiladigan maydonlar 60 foizdan oshmasligi kerak. Lekin bu masala markazni kam tashvishlantirar edi. O’zbekiston paxta yakkahokimligining og’ir zulmidan tinkasi qurib, paxta yetishtirishni ko’paytirishning barcha imkoniyatlari tugagan va reja topshiriqlari noreal tus olgan bir sharoitda ham Markaz paxta tayyorlash rejasini yildan-yilga muttasil sharoitda oshirishni o’ylar edi. Jumladan, 1982-yilda respublika oldiga 6 mln. 300 ming t. paxta topshirish vazifasi qo’yilgan bo’lsa, 2000-yilga borib paxta yalpi hosilini 8 mln. tonnaga yetkazish dasturi ishlab chiqilgan edi.

Respublika rahbarlari Markazga belgilangan rejalar xayoliyligini tushuntirmoqchi bo’lsalar ularning so’zlari qo’pollik bilan bo’lib qo’yilardi. Masalan, 1983-yilning kuzida Gorbachevdan paxta tayyorlash rejasini amalda bajarib bo’lmaydi, deb yordam so’ralganida, Gorbachev “agar rejani bajarish kerak bo’lsa, demak butun 17 mln. aholini paxta terimiga chiqarish kerak” deb javob beradi.

Sobiq Ittifoqning yerlarni xo’jasizlarcha o’zlashtirish, paxta monopoliyasini kuchaytirish siyosati Orol fojiasini sababchisi bo’ldi.Masalan, 1929-yilda Markaziy hukumat topshirig’i bilan muhandis L.Zinovev boshchiligidagi bir guruh suv xo’jaligi hodimlari Turkistonga kelishadi. Ular o’lkaning suv inshootlari va paxta yetishtirish imkoniyatlari bilan qiziqadi va bu haqda Markaz uchun ma'lumotlar to’playdi. Markaz vakillari o’z xulosalarida ko’proq paxta yetishtirish uchun Orol dengizini quritib bitirish zarurligini asoslashga harakat qilishgan. Buni qozoq olimlari qo’lga kiritgan xarita ham tasdiqlaydi. Xarita 1962-yili chizilgan va Moskvada nashr qilingan bo’lib, uni Orol muammolari bilan shug’ullanuvchi geografik arxiv hujjatlari ichidan topib olishadi. Unda Orolning suvi, maydoni, hayvonot olami haqida ma'lumotlar berilgan va asta-sekin uni quritish tavsiyalari ilova qilingan bo’lib, ularda Orol dengizi qurib bitgach, uning o’rniga sholi va paxta ekish rejalari batafsil hikoya qilingani ma'lum bo’ladi.

Markaz o’zining ushbu rejasini Orolbo’yi mintaqasida joylashgan respublikalarning rahbarlaridan ham sir tutgan edi. Jumladan, 80-yillarda O’zbekiston rahbari bilan suhbatda bo’lgan Komil Yashin uni shunday eslaydi: “…1983-yil oktyabr oyining boshida men Sharof Rashidov qabulida bo’ldim. U kishini kayfiyati yo’q, tushkun bir holatda ko’rdim. O’zaro hol-ahvol so’raganimizdan keyin rahmatli shunday dedi: “Bilasizmi, hozir meni nima qiynayapti?

Uzoq yillar davomida Orolning nasibasini paxtaga berdik, bizning paxtamiz tufayli ittifoqimiz qaddini tikladi… Paxtaga sarflanayotgan suv Sibir daryolari hisobiga qoplanadi, deb o’ylagan edik, afsuski, umidimiz sarob bo’lib chiqdi. Yana shunisi achinarliki, paxtadan keladigan foyda xalqimizning turmushini yaxshilamadi. Shunday qilib, ham dengizimizdan ajradik, ham xalqimizning turmush darajasi pasayib ketdi... Biz uzoq muddatga mo’ljallangan rejalarimizda ham, ularni amalga oshirish uchun yo’l tanlashda ham yanglishgan ekanmiz…”. Bu gaplardan shu narsa ko’rinib turibdiki, Sharof Rashidov ham yuqori minbardan turib Orol muammosi haqida qayg’urgan va uni Komil Yashin ta'biri bilan aytganda, “Orol fojiasi o’ldirdi”.

1989-yil KPSS Markaziy komitetining kotibi Y. Ligachev Orolbo’yi muammolari bilan tanishish maqsadida Nukusga keldi. U yerda partiya-xo’jalik faollari bilan kengash o’tkazdi. Unda markazning vakillari “Orolni, albatta, asrab qolamiz, bu haqida ortiqcha gapirishning hojati yo’q?”, deb va'da berishdi. Ammo ushbu yig’ilishda Ye.Ligachevning hamrohlaridan biri, SSSR tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasining raisi F.Morgun so’zga chiqib: “Orol fojiasining bosh

aybdori-ongi, saviyasi past bo’lgan o’zbek, qoraqalpoq xalqlaridir”,- degan fikrni aytadi.

1990­-yilning noyabr oyi o’rtalarida Sobiq SSSR Ministrlar Soveti raisining o’rinbosari A. Dogujevning topshirig’i bilan Nukusga bir guruh ekspertlar kelishadi. Ular hukumat komissiyasi raisining Qoraqalpoqiston Respublikasiga kelishidan oldin Orol muammolarini o’rganishi, Orolbo’yi atrofida istiqomat qilayotgan aholining hayoti bilan yaqindan tanishishi lozim edi. Lekin,ekspertlarga “Tiklanish” va “Komsomol” orollari ko’rsatilmaydi. Bu sobiq markazning Orol haqidagi achchiq haqiqatni nainki, xorijiy davlatlarning vakillaridan, zarur bo’lsa, o’zining sodiq fuqarolaridan ham sir tutganidan dalolat beradi.

“Orolni asrash qo’mitasi” raisi Pirmat Shermuhammedov 1991-yilgacha Orol muammosiga bag’ishlab 107 ta yig’ilish o’tkazilganini, Moskva, Toshkent, AQSh, Angliya, Nukus, Urganch, Toshhovuzda bo’lgan anjumanlarni ham qo’shib hisoblaganda, bu raqam 500-600 ga yetajagini va ularning barchasi natijasiz qolayotganini ta'kidlaydi.

Qoraqalpog’istonlik olimlar Orol taqdiriga oid bir qator ilmiy anjumanlar uyushtirdilar va 20 yildan ortiq davr mobaynida ular Orol dengiziga qo’shimcha suv resurslarining zaruriyati, ularni to’g’ri ishlatish, dengizning qurishini to’xtatish uchun qat'iy choralar belgilash haqida Markaziy davlat organlariga takliflar kiritib kelishdi. “Lekin ularning da'vatlari sovet-partiya amaldorlarining sovuq, hatto aytish mumkinki, surbetlarcha loqaydligiga duch kelavergan. Bunga ajablanmasa ham bo’ladi-deb yozadi Islom Karimov. Chunki, xo’jalik yuritishning sotsialistik tizimining tabiiy xom-ashyo resurslaridan foydalanishda vahshiylarcha, ekstensiv usulda katta harajatlar va isrofgarchiliklar bilan foydalanishga asoslangani butun mohiyatiga ko’ra mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab munosabatda bo’lish g’oyasi butunlay yot edi”.

Ma'lumki, KPSS Markaziy qo’mitasi va SSSR Vazirlar Kengashining 1988-yilgi Orol muammolariga bag’ishlangan qarorida dengizni asrash maqsadida Amudaryoning o’ng va chap qirg’oqlariga oqava suvlar uchun mo’ljallangan kollektorlar qazish rejalashtiriladi. Hukumat bu maqsadga mablag’ ajratadi. Lekin bu rejalar ham amaliy natijasini topmay qolib ketdi.

Shunday beparvo munosabat sharoitida ham yurtimizning ko’pgina jonkuyar farzandlari, mahalliy olimlarimiz Orolbo’yi muammolari bilan qiziqib, turli izlanishlar olib borishgan. Lekin, ularning amaliy ahamiyatga molik muhim fikr-mulohazalari sobiqmarkaz jamoatchiligi tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi. Jumladan, xorazmlik Ozod Xusayinov o’zining 25 yillik faoliyatini shu masalaga bag’ishladi. U bundan bir necha yil oldin: “Agar Amudaryo suvidan hozirgidek xo’jasizlarcha foydalanish davom etsa, suvning yer ostiga singib filtrlanishi va bug’lanishi oqibatida 6-7 yildan keyin Quyi Amudaryo hududida chuchuk suv taqchilligi ro’y beradi”,- degan edi. Holbuki SSSR olimlari O.Husayinovning bu haqqoniy fikrlarini qo’llab-quvvatlashmadi. Umuman, bu davrda kim Orol haqida haq gap aytsa, u to’siqqa uchrar edi.

1987-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida Orolni asrash qo’mitasi tuziladi. Unga professor P.Shermuhammedov boshchilik qiladi. Qo’mita a'zolaridan biri Muhammad Ali O’zbekiston televideniesida “Orol mening taqdirimda” degan ko’rsatuv olib boradi. Ko’rsatuvda birinchi marta qurigan dengiz tubida suvsiz qolib ketgan kemalar qabristoni, 100 km chekinib ketgan dengizning mash'um manzarasi, suvsizlikdan halloslab yotgan baliqchilar shahri Mo’ynoq, barcha-barchasi namoyish etiladi. Ammo, Orol haqida aytilgan achchiq haqiqat o’sha paytdagi respublika rahbarlariga yoqmaydi. Muokamalardan so’ng, ko’rsatuvni olib borgan bosh muharrir ogohlantiriladi va bundan keyin Orol haqida ko’rsatuv qilinadigan bo’lsa, respublika suv xo’jaligi vazirligi ijozati bilan berilsin, deb uqtiriladi. Natijada, yirik o’zbek shoir va adiblari ishtirok etgan “Orol mening taqdirimda” badiiy ko’rsatuvini eng avval suv xo’jaligi vazirligining o’n bir kishidan iborat guruhi ko’rikdan o’tkazadigan bo’ldi va oxir-oqibat bosh muharrir ishdan bo’shatildi.



2. Orol muammosining ekоlоgik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga kuyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, yer osti suvlari hamda otmosfera yonilgilari tushishi va yuzadan suvning buglanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 - 2,10 o`zgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan bo`liq bo`lib, suvning hajmi 100 - 150 kub km, suv sathi maydoni - 4000 kv, km ni tashkil etgan.Sug`oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida su`orilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurg‘oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994 yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, sho’rlanish darajasi 9-10 gG`l dan 34-37 gG`l ga ortadi; 2000 yilga borib 180- 200 gG`l ko’tariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 - 110 sm tashkil etmoqda. Qirg’oq chizig’i 60 - 80 km pasayib, ochilib qolgan yerlar 23 ming km2 tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoladi.

Shimoliy Amerika qirg’oqlaridan topilgan tuz kukunlari o’zidan bir necha ming kilometr uzoqlikda – sharqiy yarim sharda joylashgan Orol dengizi sohillaridan ko’tarilgani ma’lum bo’ldi.1 Ushbu hodisaga hududiy muammo, deb qaraguvchilar esa bugungi kunga kelib, bu hadik Markaziy Osiyo mintaqasini yorib chiqib, butun dunyoga tahdid solayotgan global voqeyilik ekanligini, nihoyat anglab yetdilar. Har yili Orol dengizi qirg’oqlaridan ko’tarilayotgan 75 million tonnalik tuzli chang-to’zonning nechog’lik atrof-muhitga yoyilishi inobatga olinsa, bu muammo ko’lamining xatarli ekanligini ko’z oldimizga keltirish unchalik qiyin emas.

XX asr insoniyatga fan-texnika inqilobini, taraqqiyotning misli ko’rilmagan qudratini namoyon etdi. Biroq yaqindagina oyoqlagan XX asr bashar farzandlariga sivilizatsiya, inqilobiy taraqqiyot hadya etish bilan bir qatorda turli xil yechimi mushkul muammolarni “meros” qilib qoldirdi. Achinarlisi shuki, biz yuksak deb atab, faxrlanayotganimiz sivilizatsiya insonlarga tabiatga qanday munosabatda bo’lishni, ekologiya havfidan qutulishni, ekologik madaniyatni shakllantirish yo’llarini ko’rsata olgani yo’q. Bu aytish mumkin bo’lsa, insoniyat taqdiridagi g’alati paradoksga o’xshaydi. Asrimiz ibtidosi bizni bunga guvoh qildi.

Yer yuzida aholi sonining o’sib borishi, fan-texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar o’z hududlaridagi tabiiy resurslaridan imkoni boricha foydalanishi, jamiyat taraqqiyotini tezlashtiribgina qolmay, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar tizginini ham izdan chiqardi. Natijada Yer yuzidagi 7200 million gektar o’rmondan hozirda 4100 million gektar atrofidagi o’rmon qoldi xolos. Rasmiy ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, har yili atmosferaga dunyo miqyosida o’rta hisobda 50 million tonna har xil uglevodorodlar, 260 million tonna oltingugurt oksidlari, 50-60 million tonna azot oksidlari, 2 million tonnadan ortiq chang va kulsimon moddalar “hadya” etilmoqda. Hozirgi kunga kelib ekologik holat millati, tili, davlatidan qat’iy nazar, barchani birdek tashvishga solmoqda. Dunyoning qaysidir nuqtasida sodir bo’layotgan salbiy holat boshqa bir hududga bundanda jiddiyroq havf solishi mumkin. Birgina Orol muammosi bunga yorqin misol bo’la oladi.

So’nggi 50 yil oralig’ida yangi o’zlashtirlgan yerlarni sug’orish oqibatida

Amudaryon olinayotgan suv miqdori 3 marta ortdi. Natijada 1980-yilga kelib Orol dengizi maydoni sal kam 2 marta (66,5 ming kvadrat kilometrdan 36 ming kv. kilometrgacha) qisqardi va suv sathi 14 martagacha pasaydi. Dengizga oqizilayotgan suv miqdorining keskin kamayganligi oqibatida 2000-yilga kelib, uning maydoni 23 ming kv. kilometrga qisaqarib, suv sathi taxminan 20 metrga pasaydi. Shu bilan bir qatorda dengizning qurib qolgan qismidan shamollar ko’tarayotgan mineral tuzlar 1000 kilometrgacha bo’lgan maydonga tarqalib, Pomir tog’laridagi muzliklargacha davom etmoqda. Koinotdan olinayotgan suratlarda Orolning bir nechta ko’llarga aylanib borayotganligi yaqqol ko’rinadi. Aholi salomatligiga xavfli omillar orasida Amudaryo suvining ifloslanishi alohida o’rinni egallaydi. Keyingi yillarda daryo suvi tarkibida mineral tuzlar va zaharli moddalar 3 marta ortgan.1 Amudaryoning yuqori oqimida joylashgan viloyatlarda qishloq xo’jaligi ekinlari uchun ishlatilayotgan kimyoviy moddalar qoldiqlari mavjud oqava suvlardan har sekundda 250 kub.m. miqdorda zovurlar va ko’llar orqali daryoga oqizilmoqda. Qishloq joylardagi ko’plab aholining hanuzgacha daryo suvidan iste’mol qilganligi oqibatida sariq (gepatit), oshqozon-ichak kasalliklari, kam qonlik (anemiya) xastaliklari darajasi anchagina yuqori bo’lib qolmoqda. Oroldan ko’tarilayotgan mineral tuzlar miqdorining ortib borishi, qishloq xo’jaligida ximiyaviy moddlarning ko’plab ishlatilishi natijasida yer osti suvlarining zaharlanishi va sho’rlanish darajasi ortmoqda. Oqibatda har yili 20 foizga yaqin mevali daraxtlar quriydi. 80-yillarda bu holat ayniqsa Tuyamo’yin suv ombori ishga tushirilishi natijasida Hazorasp va Bog’ot tumani hududlarida ko’plab ko’zga tashlangan bo’lsa, hozirgi kunda vohaning ko’pgina hududlarida kuzatilmoqda.

Ekologik tizmlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir. Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy g’arbiy qizil qum, Zaungao`z, Qoraqum, Janubiy ustyurt va Amudaryo delutasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni - 473 ming km2 bo`lsa, uning Janubiy qismi 245 ming km2 tashkil etadi. Bunga KKR hududi, O`zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshhavu`z viloyatlari kiradi. Orol va orolbo`yida sodir bo’layotgan jadal ravishdagi cho’llanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baholash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengitubining ochilishi va daryo delutalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln.ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi.

Shunday qilib, Markaziy Osiyo hududida qum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida ko’chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda yiliga atmosferaga 100-150 mln. tonnagacha chang - tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang - tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5% ham ortib yubormoqda chang - tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan ko`zatilgan. Chang - tuzon uzunligi - 400 km, eni esa 40 km bo`lib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning yer yuzasida yog’ilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 - 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol bo`yiga yog’ilayotgan chang - tuz zarrachalaridan umumiy miqdor o`rtacha 520 kg/ga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri bo`lib qoldi. KKRning sug`oriladigan maydonlari chang-tuz fraksiyalari 250 kg/ga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Sho’rlangan qum tuzlari yili Orol bo`yidagi 15 ming ga yaylovlarni egallab bormoqda. G’o`za uchun ajratilgan maydonlar kasallik ko`zgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. Qishloq xo`jalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Kashkadaryo, Buxoro, Samarkand) II kategoriyada erlaning ko`payishiga olib kelmoqda. Amudaryoning o`rta okimi joylashgan. Turkmanistonning suv xo`jalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chikmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida ko`pchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub yerlar hisoblanadi, sho’rlangan, kuchli sho’rlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproqlarning sho’rlanishi hisobiga kishilik xo`jalik mahsulotlari hosili O`zbekistonda - 30%, Turkistonda 40 %, Qozog’istonda - 33%, Tojikistonda - 1990 Qirg’izistonda - 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan yerosti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo qirg’oklarini pasayish natijasida daryolarning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yuboradi. Bu o`z navbatida to’qay o`simliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy bo`lgan o’tlog’i - botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir cho`l, kumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol bo`yining sanitar - epidemiologik ahvoli nixoyatda ogir aholi markazlashtirilgan suv bilan ta'minlash 29-67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiqsuv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi?

Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni ta'kidlash lozimki, Orol o`z tarixi davomida ilmiy ma'lumotlarga qaraganda ko`p marta o`z shaklini o`zgartirganini va qurib qolgani ma'lum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak bo`ladi.

Dengizning qurigan sohillaridagi to’planib qolgan yerdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tug’diradi.O’sha yerdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda. Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qayg’urmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablag’lari ajratilgani bilan usha mablag dengizga xarajat qilinishini xech kim o’z nazoratiga olmayapti. Bundan kelib chiqadiki, mablag’lar o’sha yerga "yetmayapti". Buni qisqa qilib shunday ta'riflash mumkinki, O’rta Osiyo mamlakatlarida kurgokchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va O’rta Osiyo mamlakatlari "pichoq suyakka qadalganida" anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib kolgandan so’ng bu muammoni yechish yo’llari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi, bu xo’jalik extiyojlariga ishlatilishi ya'ni paxta, bugdoy sugorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlagan.

Orolni saqlab qolish haqida hozirgi vaqtda bir necha fikrlar mavjud.

1. Orolni qanday bo’lmasin qutkarish va uni avvalgi holatiga qaytarish zarur.

2. Orol dengizini sathini barqaror bir sathida saqlab bo’lmaydi, shuning uchun uni to`liq qurishi muqarrar.

3. Orol sathini ma'lum bir sathda saqlab qolish mumkin va uni amalga oshirish mumkin.

Birinchi fikr 1986-87 yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari tomonidan va boshqa qardosh respublika yozuvchilar tomonidan qo’llab-quvvatlangan.

Ikkinchi fikrda, ular suvni yangi yerlarini o`zlashtirish va sug`orishga sarflash kerak, dengizni qutqarib bo’lmaydi, uning qurishi muqarrar demoqda.

Uchinchi fikr, Orol muammosi bilan maxsus shug’ullangan olimlar va mutaxassislar tomonidan ko’tarilgan. Ular o`z fikrlarini ushbu muammo ustidan olib borgan. Ko`p yillik ilmiy izlanishlari aosida tushuntirib, dengizni barcha ekologik va ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatini to`g`ri taxmin qilgan holda uning sathini ma'lum mutloq balandlikda saqlab qolish mumkinligini isbotlab berdilar. Orol dengizini dastlabki mutloq balandlikka (53 )m ko’tarishning iloji yo`q. Orol sathini bir mutloq balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi kunda bir necha fikirlar o`rtaga tashlanmoqda.

- Ba'zilar Kaspiy dengiz suvini kanal orqali Orolga o`tkazishni:

- Ko`pchilik Orolni Sibir daryolari suvi hisobiga tuldirishni:

- Ba'zilari Amudaryo va Sirdaryo boshlanishi muzliklarini 17 ming km2 yeritib yuborishni ko`pchilik maslahat berdilar.

Markaziy Osiyodagi suv omborlari (92 ta, 72 tasi O`zbekistonda) suvni daryolarga ochib yuborishni o`rtaga tashlagan. Bulardan tashqari ba'zi mutaxassislar Orol dengizi ostida taxminan 1-1,5 ming m chuqurlikda Orolning 1961- yilga qadar bo`lgan suv hajmiga nisbatan 4 barobar va undan ham ko`proq miqdrdagi yerosti suvlari mavjud ushbu suvlarni bug’lanish yo`llari bilan bir necha skvojinalar (burgular) orqali dengizga ko’tarib chiqish mumkinligini ko`rsatadilar.

Dengizni saqlab qolish uchun 70 km kub suv kerak.

- 100 km kub suvni yer ostidan chiqarish uchun 600 ming ta skvijina kerak. Unga 100 mlrd sum mablag` kerak bo’ladi.


  • 600 ming skvajinani 7 x q 4,2 mln. skvajina kerak bo`ladi.

  • 700 kmG`kub suvni er ostidan skvajina orqali suv chiqarish uchun 700 mlrd so’m pul kerak.

  • 600 ta skvajinani qazish uchun 1 ml tonna quvur truba kerak..

  • 600 ming ta skvajina kazish uchun 1 mlrd, tonna truba yoki quvur kerak.

  • 42 mln skvajina kazish uchun - 76 mlrd tonna truba yoki quvur kerak.

Lekin O`zbekiston respublikasi 2005-yildan boshlab dengiz atrofida 18-20 mingta skvijina qazish kerak, bunga 30 mln.tonna truba kerak bo`ladi. Shunday qilib Orol sathini ma'lum bir mutloq balandlikda saqlab qolishning birdan-bir yo`li ushbu havzaning o`zida mavjud bo`lgan suv rezervlarini saqlab qolishdir. Orolga har yili kamida 20 kmG`kub suv quyilib turish kerak. Xo’sh ana shu 20 km suvni qayerdan topish kerak. Ma'lumki sug`orish uchun 90 % suv sarf bo`ladi. Uning foydali ish koiffitsenti 0,63 ga teng. Agarda ushbu ko`rsatkichga 0,80 ga yetkazilsa ancha suv jamg’ariladi. Demak, asosiy e'tiborni suv yo`qotishni iloji boricha kamaytirishga karatish kerak.

Orol dengizining qurib borish xavfi g’oyat keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo’lib qoldi. Orol dengizi muammosi uzoq o’tmishga borib taqaladi.

Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta’siriga qoldi.

1994-yilga kelib Orol dengizidagi suvning sathi-32,5 metrga, suv hajmi- 400 kub kilometrdan kamroqqa, suv yuzasining maydoni esa 32,5 ming kvadrat kilometrga tushib qoldi.

Prezidentimizning BMT sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’shlangan yalpi majlisidagi nutqida ta'kidlanganidek, “qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa o'nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada qariyb barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo'qoldi. Bugun Orolbo'yida nafaqat ekologik, balki dunyo miqyosida og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo'ldi”.

BMT Bosh kotibi janob Pan Gi Mun 2010 yil 4-5-aprel kunlari Orolbo'yiga tashrifi chog’ida vaziyat bilan yaqindan tanishib bunga ishonch hosil qildi. Hozirda Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli “o'lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln tonnagacha chang ko'tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho'llashish sur'atlari o'sib bormoqda. Bugungi kunda Orol dengizini o'rnida asosan 6 ta qoldiq ko'llar hosil bo'lgan. Orol dengizining qurib ketgan yerlaridan shamol orqali havoga tuz va chang ko'tarilib, yuzlab kilometr hududlarga tarqalmoqda. Bu nafaqat Orolbo'yi, balki undan uzoq hududlarda ham qurg’oqchilikni keltirib chiqarmoqda.

Ushbu muammo XX asrda Yer yuzida ro'y bergan eng mudhish ekologik falokat bo'lgani tufayli uni bartaraf etishga nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun jahon hamjamiyati jalb etilgan.

Uzoq yillar mobaynida eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida ekologik muammo bilan jiddiy shug’ullanilmagan. Tabiiy va mineral-xom ashyo zaxiralaridan vahshiylarcha, ekstensiv usulda, juda katta xarajatlar va isrofgarchiliklar bilan foydalanishga asoslangan sotsialistik xo'jalik yuritish tizimining butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab munosabatda bo'lish g’oyasi butunlay yot edi. Aksincha, boyliklardan bunday foydalanish ikki tuzumning iqtisodiy musobaqasida mamlakatning asosiy dastagi, eksport imkoniyatlarining negizi bo'lib keldi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstensiv omillarga qaratilgan edi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag’ ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham qoplamas edi. O'rmonlar o'ylamay-netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar edi. Yoqilg’i va mineral xom-ashyo zaxiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda juda ko'p miqdorda qazib olinganidan ko'pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy tozalash inshootlariga ega bo'lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zararli va zararli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv havzalarini, yer maydonlarini ifloslantiradigan bo'ldi. O'z ko'lami jihatidan beqiyos darajada katta gidroenergetika loyihalarini ro'yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BAM, Turksib kabi temir yo'llarni, avtomobil, neft-gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlashtirdi. Butun boshli aholi punktlarining yo'q bo'lib ketishiga, ekologik muvozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishiga ham olib keldi.

Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik vaziyatning murakkabligi shundaki, u bir necha o'n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas, balki mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Inson – tabiatning xo'jayini, degan soxta sotsialistik mafkuraviy da'vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ko'plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojeaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondning yo'q bo'lib ketishi jar yoqasiga keltirib qo'ydi.

Har qanday jamiyat va mamlakatning barqaror taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanishi iqtisodiy o'sishning 3 ta omili bilan aniqlanadi: mehnat resurslari, sun'iy ravishda yaratilgan ishlab chiqarish qurollari va tabiiy resurslar. Iqtisodiyot fani ekologik muammolarga etarli e'tibor qaratmaganligi oqibatida iqtisodiy rivojlanishning texnogen turi yuzaga keldi. Bu turni tabiatni barbod etuvchi rivojlanish turi sifatida baholash mumkin, chunki u ekologik cheklanishlarni hisobga olmaslik asosida yaratilgan sun'iy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishga asoslangandir.

Iqtisodiyotning agrar yo'nalishidagi rivojlanish va suvdan oqilona foydalanmaslik oqibatida Orol dengiziga quyiladigan Amudaryo hamda Sirdaryoning suv hajmlari kamayib ketdi. Orol dengizi muammosi nafaqat mintaqaviy, balki sayyoraviy fojeaga aylandi. Mintaqada yerlarning sho'rlanishi sababli paxta hosildorligi kamayishidan ko'rilgan iqtisodiy zarar bir necha o'n milliard so'mni tashkil etdi. 3 milliondan ortiq Orolbo'yi aholisi uchun ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar vujudga keldi .

Suv ta'minoti va chegaraoldi suv resurslaridan hamkorlikda foydalanish muammosi Markaziy Osiyo davlatlari rivojini oqsoqlantirayotgan omillardan biri hisoblanadi. Suv muammosi – Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat qurilishidagi yaxlit jarayonga ta'sir ko'rsatuvchi, milliy xavfsizlik manfaatlariga bevosita daxldor bo'lgan mavzu. Chunki suv doimo taraqqiyotning eng muhim geoiqtisodiy va strategik resursi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi, uni nazorat qilgan holda, nafaqat o'z iqtisodiyotini va ijtimoiy sohani o'zgartirish, shuningdek, umuman, Markaziy Osiyodagi vaziyatni ham nazorat qilish mumkin.

Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganidan so'ng, mintaqadagi suv masalalarida jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Yangidan tashkil topgan beshta mustaqil davlat o'z yo'lini bozor iqtisodiyotiga qadam tashlash bilan boshladi, bu esa beqaror ekologik vaziyat sharoitlarida mintaqaning ayrim hududlarida suv resurslarini boshqarish va undan foydalanish masalalariga yondoshuv jihatlarini qayta ko'rib chiqishni talab qildi. Mintaqaning har bir davlati atrof-muhit muammolariga munosabatni o'zgartirgan holda hamda xalqaro suv huquqi tamoyillariga muvofiqlashtirish zaruratini anglagan holda, o'zining milliy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot manfaatlarini belgiladi. Bugungi kunga kelib shu narsa aniq bo'lmoqdaki, alohida davlatlar o'rtasidagi huquqiy asosni ta'minlamay turib, suv muammolarini hal qilishga erishish mumkin emas. Shuning uchun ham hozirgi kunda huquqiy asos uni amalga oshirishning asosiy vositasi deb hisoblanmoqda. Bunday sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta'minlash va muvozanatga erishish manfaatlari va shu bilan birga milliy xavfsizlik va barqarorlik nuqtai nazaridan kelib chiqib O'zbekistonning ushbu jarayonda jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosi sifatida ishtirok etishi dolzarb masalalardan biridir.

Shunday qilib, mintaqa ekologiyasini yer shari miqyosida eng murakkab hududlardan biriga aylanshiga quyidagi sabablar asos bo'lmoqda:

- sobiq sovet tuzumidan qolgan eskicha reja asosida qurilgan iqtisod, suv-energetika, transport-kommunikatsiya muammolari;

- Amudaryo suvini haddan tashqari ko'p miqdorda sug’orishga jalb etish oqibatida Orolga suv quyilishning keskin kamayishi;

- cho'llarning kengayishi, tuproq sho'rlanishining kuchayishi;

- qishloq xo'jaligi pestitsidlari bilan tuproqlar va yer osti suvlarining ifloslanishi;

- noto'g’ri (suv resurslarini haddan tashqari ko'p isrof qilinishi) sug’orish va sug’orish infratuzilmalaridagi kamchiliklar.

Mazkur muammolarning o'zaro hamkorlikda bartaraf etilishi bugungi kunda ustivor vazifalar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyoda suv-energetika, ekologik muammolarning ijobiy hal etilishi oqibatida mintaqaning siyosiy va iqtisodiy barqarorligiga erishish imkoniyatlari kengayadi.


Download 5,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish