Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi

44 - rasm. Kolkoskop.
Bazal haroratni aniqlash
uch un ertalab to ‘g ‘ri ichak harorati 
oMchanadi. M e’yoridagi ovulatsion sikl ikki fazadan iborat b o ‘lib, 
follikulin fazasida to ‘g ‘ri ichakdagi h aro rat 36—37°C b o ‘ladi. 
Ovulatsiya kunlari bu ko'rsatkich birm uncha pasayadi, so‘ng yana 
37—38°C b o ‘ladi. Ovulatsiya b o ‘lmagan vaqtda harorat ko'rsatkichi 
bir xilda bir fazali b o ‘ladi.
,,Ko‘z q o ra ch ig ‘i “ sim ptom i
b a c h a d o n b o ‘yni k a n a lid a n
chiqayotgan shilliqqa qarab aniqlanadi. Sikl davom ida kanalning 
tashqi b o ‘g‘izi kengayib, undagi shilliq m iqdori ko'payib boradi. 
Ovulatsiya vaqtida servikal kanalda shilliq to'plam i ko‘z qorachg‘ini 
eslatadi. L yutein fazasining oxirida shilliq m iqdori kam ayib, 
kanalning tashqi b o ‘g‘izi quruq bo'ladi. Ovulatsiya b o ‘lmagan vaqtda 
,,qorachiq“ sim ptom i yaxshi bilinm aydi yoki y o ‘q b o ‘ladi.
Arborizatsiya ( ,,paporotnik“)sim ptom i.
H ay zsik lin ing birinch i 
3 kunida pinset yordam ida servikal kanaldan buyum oynasiga, 
ehtiyotlik bilan ezib yuborm asdan shilliq olinib, ustiga izotonik 
eritma tomiziladi va quritiladi. M ikroskop ostida ko'rilganda shilliq 
ovulatsiyaga yaqin tarqalgan barglar ko‘rinishini oladi. Bu ko'rinish
152


ovulatsiya vaqtida aniq bilinadi, so‘ng keyingi hayz sikliga qadar 
boradi. Ovulatsiya bo‘lmagan vaqtda bunday o ‘zgarish aniqlanmaydi.
Sitologiya tekshirishida qinning yuqorigi 1/3 qism idan pinset 
yoki qoshiqcha yordam ida surtm a olinadi. Surtm ani yupqa qilib 
buyum oynachasiga surtiladi, quritiladi, spirt va efir bilan qotirilib, 
m ikroskop ostida k o ‘riladi.
Jinsiy gorm onlar ta ’sirida qinning epiteliy qavatida o ‘zgarishlar 
kuzatiladi. Estrogenlar ta ’sirida epiteliy hujayralari m uguzlanadi, 
estrogenlar qanch a k o ‘p b o ‘lsa, ularning m uguzlanishi shuncha 
k o ‘p b o ‘ladi. Shunga asoslanib, qinning tozalik darajasi 4 xil: 
I, II, III va IV bo'ladi.
Hayz sikli m e ’yorida kechganda, sikl fazasiga qarab III va IV 
tu r farqlanadi, u lar follikulin fazasining estrogen m iqdoriga qarab 
o ‘zgarib turadi.
E ndom etriyning 
gistologik tekshirishda
(qirindi II fazaning 
oxirida olinadi) en d o m etriy n in g m uguzlanishiga tayyorligi va 
organizm ning gorm onlar bilan to'yinganligi aniqlanadi.
Q on plazm asi va sutkalik siydik tarkibidagi 
gormonlarning
miqdoriga
k o ‘ra buning 
gormonal darajasi
aniqlanadi. Shu bilan 
birga gipotalam us, gipofiz va buyrak ustibezi gorm onlarining 
faoliyati ham aniqlanadi.
Biopsiya olish.
G istologik tek shirish b ach a d o n , b ach ad o n
b o ‘yni, qin va tash qi jinsiy a ’zolar hu jay ralarining gistologik 
tuzilishi va ulardagi patologik o ‘zgarishlarni aniqlash m aqsadida 
o'tkaziladi. Buning uch u n shubha qilingan a ’zo to ‘qim asidan 
biotom yordamida to ‘qima bo‘lakchasi olinadi. Buni shpris yordamida 
aspiratsiya qilish yoki bach ad on b o ‘shlig‘iga kirish y o ‘li bilan 
bajarish ham m um kin. O lingan to ‘q im a fo rm alinn ing 40 %li 
eritm asi yoki 96 %li spirtga solinib, laboratoriyaga yuboriladi, u 
yerda maxsus tayyorlanib, m ikroskop ostida k o ‘riladi.
Rentgen yordamida tekshirish.
B achadon naylarining o ‘tkazuv- 
ch an lig in i tekshirish m aq sadid a 
gisterosalpinografiya
u sulidan 
foydalaniladi. Buning uchu n maxsus tayyorgarlikdan keyin shpris 
yordamida bachadon bo‘shlig‘iga 2—5 ml kontrast m odda yuboriladi. 
B a c h a d o n b o ‘y n ig a p u ly o v k a q o ‘y ilib , re n tg e n y o rd a m id a
tekshiriladi.
B ach ad o n n ay larin in g o ‘tk azu v ch an lig i yaxshi b o ‘lganda 
k o n trast m o d d a y u bo rilgand a 20 d aq iq ad an s o ‘ng b ach a d o n
n a y la rin in g a m p u la r q ism id a n q o rin b o ‘s h lig ‘in in g c h a n o q
qismiga, bir sutkadan so ‘ng esa butun qorin b o ‘shlig‘iga bu m odda
153


tarqaladi. B achadon naylari o ‘tkazuvchanligi past yoki b o ‘l- 
m aganda, uning joylashgan o 'rn in i aniqlashga yordam be rad i.
Bachadon naylaridagi chand iq larn i aniq bilish m aqsadida 
pelviografiya
o'tkaziladi, bunda kontrast m oddadan oldin qorin 
bo ‘shlig‘iga kislorod yoki karbonat angidrid gazi yuboriladi.
Bachadon naylarining o'tkazuvchanligini tekshirish maqsadida 
pertubatsiyadan
ham foydalaniladi. B achadon b o ‘shlig‘iga Riva- 
Rochchi apparati yordam ida bosim ostida havo kiritiladi. Havo gaz 
naylari orqali qorin b o ‘shlig‘iga o 'ta d i, buni stetoskop yordam ida 
eshitib ko'rib aniqlash m um kin. Bu usulning kamchiligi naylarning 
havo o'tkazm ayotgan sohasini aniq bilib bo'lm aydi.
E n d o sk o p ik te k sh ir is h u su li.
E n d o s k o p iy a y o r d a m id a
tekshirilayotgan sohani ko'rish m um kin. Buning uchun yoritgich 
va optik sistemadan foydalaniladi.
Gisteroskopiya
bachadon b o ‘shlig‘i shilliq qavatidagi patologik 
o'zgarishlarni, o'sm asim on tuzilm alarni, chandiqlarni ko'rishga 
yordam be rad i.
Laparoskopiya
qorin old devorini teshib ko'rish yo'li bilan 
o'tkaziladi va qorin bo'shlig'i a ’zolari ko'riladi. Bu usul yordam ida 
bachadon va uning ortiqlari, o'sm alari, qorin bo'shlig'idagi boshqa 
a ’zo o'smalari tekshiriladi. Agar laporoskopiya o'tkazishning imkoni 
bo'lm asa, 
kuldoskopiya
o'tkaziladi. Kuldoskop qin orqali orqa 
gumbazga kiritiladi. Kuldoskopiyaning ishlash prinsipi laporosko­
piya kabidir. Bu operatsiyalarning barchasi ayol jism ining o g'riq - 
sizlantirib o'tkaziladi
Kuldoskopiya kabi 
qorin bo ‘shlig‘i qinning orqa gumbazi orqali
punksiya
qilinadi. Bu muolaja bachadondan tashqari homiladorlikni 
aniqlash, bachadon ortiqlarining o 'tk ir yallig'lanishi yoki boshqa 
kasalliklar natijasida qonda yiring bor-yo'qligini tekshirish ham da 
davolash m aqsadida o'tkaziladi.
Diagnostika yoki davolash maqsadida 
gidrotubatsiya
o'tkaziladi. 
Bu usulning m aqsadi dori m oddasini aw al bachadon bo'shlig'iga, 
u yerdan b ach a d o n naylariga yubo rishd an iborat. B achado n 
naylarini davolash, o 'tk azu v ch an lig in i ta ’m inlash m aqsadida, 
bachadon b o'sh lig 'i va bachadon naylariga quyidagi aralashm a, 
y a’ni lidaza, gidrokortizon, antibiotiklar fiziologik eritm a bilan 
birga yuboriladi.
Kom pyuter tom ografiyasi
y o rd a m id a a ’zo q a v a tm a -q a v a t 
tekshiriladi. U ning afzalligi shundaki, tekshirilayotgan a ’zodagi 
patologik o'zgarishlar joyi aniq k o'rin ad i va aks etadi.
154


U T T
o ‘zining oddiyligi, zararsizligi, aniq natija berishi bilan 
hozirgi zam on tibbiyotida k o ‘p q o ‘llanilm oqda. T o 'q im ala r nur 
o ‘tkazuvchanligining har xil ekanligi ultratovush toN qinlarida aks 
etadi. T o‘qimalarda patologik o'zgarishlar b o ‘lganda, uning qalinligi, 
konsistensiyasi va tuzilishi o'zgaradi. Bu usulni 
transabdominal
(q o rin devori u stid an ) va 
transvaginal
(q in orq ali) o 'tk a z ish
m um kin. Bunday usul yordam ida tibbiyotda organizm dagi bir 
qancha patologik jarayonlarga aniq tashxis qo'yiladi.
Diagnostik maqsadda bachadon b o ‘shlig‘ini qirish.
D iagnostik 
m aqsadda bachadon b o 'sh lig 'i quyidagi vaziyatlarda qiriladi: qon 
ketganda, hayz sikli buzilganda, rak, polinoz xastaliklari gum on 
qilinganda, hom iladorlikni to 'x tatish m aqsadida.
Tashqi jinsiy a ’zolarga ishlov berilgandan so 'n g ko'zgu qinga 
kiritilib, qin va bachadon bo'yniga m ahkam lanadi. Kichik o'lcham li 
ku retka—qirg'ich yordam ida bachado n b o 'sh lig 'i shilliq qavati 
qiriladi. O lingan qirindi spirt yoki form alinli idishga solinadi va 
y o ila n m a bilan birga, gistologik tekshirish m aqsadida, labora­
toriyaga yuboriladi.
Tibbiyot ham shirasi kerakli asbob-uskunalar, bem orni tayyor- 
lash, tashqi jinsiy a ’zolarga ishlov berish, steril stol tayyorlashni 
bilishi va shifokorga m uolaja o 'tkazish da yordam berishi zarur. 
H am shira kerakli yo'llanm ani to'ldirib, m uolajani maxsus daftarga 
yozadi, ishlatilgan asboblarni dez.eritm aga solib, ularni zarar- 
sizlantiradi.
H ar qanday holatlarda ham shira bem orga m uolaja vaqtida 
shoshilinch yordam ko'rsatishi va shifokor k o'rsatm alarini to 'liq
bajarishi kerak.



Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish