Karamli salat
Kerakli masalliqlar: 1 bosh karam, 50 g shakar, 50 g
o‘simlik moyi yoki 50 g smetana, 250 g ko‘k piyoz, 100 g
yangi olma, 100 g qizil sabzi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Yangi karam mayda somoncha
qilib to‘g‘raladi va tuz qo‘shib aralashtirib ustini yopib
qo‘yiladi.
2. To‘g‘ralgan karamga yaproqcha usulida to‘g‘ralgan olma,
mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz va mayda somoncha qilib
to‘g‘ralgan sabzi qo‘shib aralashtiriladi.
3. Tayyorlangan masalliqqa shakar va qizigan yog‘ yoki
smetana qo‘shib aralashtiriladi (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |