Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


  PAZANDACHILIKDA  ISHLATILADIGAN



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/255
Sana02.01.2022
Hajmi2,14 Mb.
#79269
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   255
Bog'liq
texnologiya 5 uzb

1.3.  PAZANDACHILIKDA  ISHLATILADIGAN 
TEXNOLOGIK  JIHOZLAR  VA  ULARDAN  FOYDALANISH
Jihоzlаr  vа  ulаrdаn  fоydаlаnish  haqida  umumiy 
tushunchа
Pazandachilikda uy sharoitida va texnologik jarayonlarda 
ishlatiladigan jihozlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Taom va pazandachilik mahsulotlarni tayyorlashda va 
isitishda ishlatiladigan jihozlar: gaz yoki elektr plita va du-
xovkalari, elektr tovalar, elektr suv qaynatkich, mikroto‘lqinli 
pech, toster va boshqalar.
2. Oziq-ovqat mahsulotlariga mexanik ishlov beradigan ji-
hozlar: go‘shtqiymalagich, sabzavotlarni tozalash va to‘g‘rash 
moslamasi, sharbat siqqich kabilar.
3. Oziq-ovqat mahsulotlariga nomexanik ishlov beradigan 
jihozlar:  idish-tovoqlarni  saqlaydigan  shkaflar,  stollar,  taxta-


111
kachlar, pichoqlar, bolg‘achalar, idish-tovoqlar va oshxona 
anjomlari. 
4. Dasturxon tuzash uchun zarur bo‘lgan jihozlar: stol-stul-
lar, oshxona servislari va asbob-anjomlari, dasturxon va so-
chiqlar.
Oshxonada ishlatiladigan jihozlar, idish-tovoqlar harorat 
o‘zgarishiga, yuvuvchi moddalarga, dezinfeksiya vositalariga 
chidamli, sirti silliq, tiniq bo‘lishi lozim. Oshxonada ishlatila-
digan nomexanik jihozlarga stollar, idish-tovoqlar, mahsulot-
lar yuvadigan vannalar va boshqalar kiradi. Stollar usti suv 
o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi. 
Idishlar issiq suvga biroz iste’mol sodasi, yuvish vositala-
ri solib, tegishli moslamalar yordamida yuviladi. Bu vositalar 
idishlarni yaxshi tozalaydi. Og‘zi tor idishlarning ichi max-
sus cho‘tkada yuviladi. Ruxlangan choynaklarning ichini esa 
iste’mol sodasi qo‘shilgan suvda qaynatib, so‘ng yuviladi.
Taomlarni tayyorlashda turli o‘lchamdagi qozonlar va tova-
lardan, kastrulka hamda sirlangan tog‘arachalardan foydalani-
ladi. Mahsulotlarga ishlov berish uchun esa maxsus moslama-
lar, asboblardan foydalaniladi. Bunday mos 
la 
malarga turli xil 
taxtakachlar, taxta-o‘qlovi, juva, g‘alvir, elak, ko‘pirtirgich, 
turli kattalikdagi tog‘orachalar, shakldor keskich, shirinlik qo-
liplari kiradi. Hozirgi davrda bunday anjomlarning zamonaviy 
turlaridan ham foydalanilmoq da. Xususan, turli idish-tovoqlar, 
qasqonlar, kastrulkalar, chovgum, salat idishlari, suv qaynat-
kich, mikrovolnovka, zamonaviy choynak, turli o‘lchamdagi 
pichoqlar, sharbat tayyorlagich shular jumlasiga kiradi. 
Bulardan foydalanish orqali mashg‘ulotlar qiziqarli olib bo-
riladi hamda o‘quvchilarning uy-ro‘zg‘or anjomlari va asbob-
uskunalaridan foydalanish bo‘yicha malakalarini oshiradi. 
Oshxonada mahsulotlarni kesib to‘g‘rashda taxtakachdan 
foydalaniladi. Xom go‘sht kesadigan taxtalar, pichoqlar alo-


112
hida ajratilib belgilab qo‘yiladi, ya’ni «XG» (xom go‘sht 
uchun). Pishgan go‘sht, kolbasa, pishloq, non va hokazolar-
ni kesish uchun ham alohida belgilangan taxta va pichoq-
lar ishlatiladi, ya’ni «XS» (xom sabzavot), «PG» (pishgan 
go‘sht), «PS» (pishgan sabzavot), «N» (non) va boshqa harf-
lar bilan belgilanadi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish