O‘zbekcha quymoq: 2dona tuxum, 15 g un, 10 g yog‘,
50 g sut, 2 g tuz.
1. Ozgina ilitilgan sutga tuz, un solib yaxshilab iylanadi,
unga tuxumni chaqib aralashtiriladi.
2. Tovaga yog‘ surtilib unga 1 sm qalinlikda tayyorlangan
masalliq qoshiq bilan quyiladi va sirti qizargunicha pishiri-
ladi.
3. Tayyor quymoq likopchalarga solinib, yuziga eritilgan
sariyog‘ quyiladi va dasturxonga tortiladi.
1. Tuxum tuzilishi bo‘yicha qanday qismlardan iborat?
2. Tuxum sifatini qanday bilish mumkin?
3. Tuxumni qaynatish usullari qanday?
4. Tuxumdan yaxlit quymoq tayyorlashni aytib bering.
118
5. Tuxumdan tayyorlanadigan omlet turlari va tayyorlanishini aytib
bering.
6. O‘zbekcha quymoq qanday tayyorlanadi?
Amaliy mashg‘ulot.