saralash
→
yuvish
→
archish
→
qayta yuvish
→
to‘g‘rash.
Saralash. Sabzavotlardan unumli va tejamkorlik bilan foy-
dalanish maqsadida har bir taom uchun sifatiga, katta-kichik-
ligiga, me’yoriga ko‘ra saralanadi.
Yuvish. Sabzavotlar ishlatishdan avval sirtidagi tuproqlar-
dan, qumlardan yuvib tozalanadi.
Archish. Sabzavotlar ustki po‘stloqlaridan maxsus yoki od-
diy pichoqlarda va qirg‘ichda archib tozalanadi.
Qayta yuvish. Sabzavotlar ustki po‘stlog‘idan tozalangan-
dan so‘ng oqib turgan sovuq suvda yuviladi.
Sabzavotlarni to‘g‘rash usullari. Sabzavotlarni asosiy va
mu rakkab usullarda to‘g‘rash mumkin. Ularni to‘g‘rash uchun
oddiy, maxsus pichoqlardan va moslamalardan foydalaniladi.
Sabzavotlarni tayyorlanadigan taomga moslab, asosan, te-
gishli shakllarda to‘g‘rash mumkin (1-jadval). Asosiy usullar
sabzavotlardan taomlar va salatlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Murakkab usullar sabzavotlardan turli xil bezaklar tayyorlash
uchun ishlatiladi.
107
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |